Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Sayfiddin Sayfulloh

SayfiddinSayfulloh
Ushbu kanal filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos va dinshunos olim ustoz Sayfiddin Sayfulloh domlaning shaxsiy kanali boʻlib, bunda tasavvuf ta'limoti va unga doir mavzular yoritib boriladi.
Подписчики
1 360
24 часа
30 дней
-10
Просмотры
447
ER
37,13%
Посты (30д)
30
Символов в посте
656
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Религия и духовность
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
March 10, 14:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

March 08, 18:26

Tarjimon: Yo'ldosh Eshbek
Behuda kechirdim kunni, oh netayin umrim seni,
Sening-la bo‘lmadim g‘ani, oh, netayin umrim seni,
Keldimu kechdim bilmadim, yig‘lab bag‘rimni tilmadim,
Ketar jafosin qilmadim, oh, netayin umrim seni,
Oh, o‘zimga yor sanardim, yana vafodor sanardim,
Ag‘yor ekansan bilmadim, oh, netayin umrim seni,
Ishonganim qani o‘zing, tolpinganim shodon so‘zing,
Qozonganim qolur to‘zib, oh, netayin umrim seni
Ketib, ketib turolmasang, kelib meni ko‘rolmasang,
Davr-u davron surolmasang, oh, netayin umrim seni,
Chun meni qo‘yib ketarsan, borib qabrga kirarsan,
Kirib unda so‘z aytarsan, oh, netayin umrim seni,
Xayrim, sharrim yoziladur, umrim ipi uziladur,
Surat mendan buziladur, oh, netayin umrim seni
Miskin Yunus ketdi sarson, ajab safar etdi sarson,
Qoldi hasrat, ketdi sarson, oh, netayin umrim seni.
📖
Yunus Emro va tasavvuf
🔖
Nashrga tayyorlovchi va tarjimon:
Sayfiddin Sayfulloh
@SayfiddinSayfulloh

March 07, 04:12

Nafsni sindirish, tizginlash uchun kurashsa, uning istaklariga muxolifatda bo‘lsa, albatta, Zuljalol (Alloh)ning zoti va sifatlarini mushohada etish namoyon bo‘ladi. Shayton vasvasasidan hazar qilib, o‘zlarini ma’siyatdan va Allohga muxolifatda bo‘lishdan…

March 06, 09:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Дунё дардлари доимо ғофилликдан келади.
Зикрни дойими қилинг.
Гуноҳларга мойил бўлманг
Акис ҳолда зикир узилиб қолади

March 05, 09:30

Қалбнинг тозариши ҳақида
"Албатта, қалб фақатгина фараҳлар - нафснинг фараҳи (қувончи) билан булғанади. Энди киши Нуҳ (А.С) умрининг мислича намозу рўзани адo этса ҳам покланмайди. Намозу рўза фақат азолардан кирликни кетказади. Қалб эса фақатгина ўзидан фараҳлар кирларини кетказадиган нарсалар туфайли покланади. бу эса юксак ғам-ҳузн билан бўлади.
Ҳаким Термизий
қаддасаллоҳу таоло сирраҳу
"Риёзатун нафс"
китобидан
Араб тилидан таржимон
Жўрабек Чўтматов

March 02, 03:30

3⃣
UCHINCHI ASOS.

Mujohada. Shayton, dunyo va yomonlikka buyuruvchi nafs singari botiniy dushmanlarga qarshi mujohada qilmoq – kurashmoqdir. Shuni bilginki, nafs, shayton va dunyo – din yo‘lidan ozdirish uchun bandaning iroda va ixtiyor yo‘liga g‘ov bo‘lib…

February 27, 20:37

Tarjimon: Yo'ldosh Eshbek
Ko‘nglim tushdi bir savdoya, kel, ko‘r, meni ishq nayladi,
Boshimni berdim g‘avg‘oya, kel, ko‘r meni, ishq nayladi.
Men yurarman yona-yona, ishq bo‘yadi meni qona,
Na oqilman, na devona, kel, ko‘r meni, ishq nayladi.
Men yurarman eldan ela, Do‘st so‘rarman dildan dila,
G'urbatda holim kim bila, kel, ko‘r meni, ishq nayladi.
Rangim sariq, ko‘zimda yosh, bag‘rim g‘arib, bo‘g‘zimda tosh,
Holim bilgan dardli qardosh, kel, ko‘r meni, ishq nayladi.
G‘urbat elida yurarman, do‘stni tushimda ko‘rarman,
O‘yonib Majnun bo‘larman, kel, ko‘r meni, ishq nayladi.
Goh to‘zarman yerlar kabi, goh esarman yellar kabi,
Goh tusharman sellar kabi, kel, ko‘r meni, ishq nayladi.
Toshqin suvday oqarman, dardli jigarim dog‘larman,
Eslab Shayximni yig‘larman, kel, ko‘r meni, ishq nayladi.
Qo‘lim ol, turgiz meni, yo vasliga yetkar meni,
Ko‘p yig‘ladim, kuldir meni, kel, ko‘r meni, ishq nayladi.
Men Yunusi bechoraman, boshdin ayog‘i yoraman,
Do‘st qo‘lida ovvoraman, kel, ko‘r meni, ishq nayladi.
📖
Yunus Emro va tasavvuf
🔖
Nashrga tayyorlovchi va tarjimon:
Sayfiddin Sayfulloh
@SayfiddinSayfulloh

February 27, 13:04

Mavlono Xolid Bag'dodiy hazratlaridan tariqatda qabul va ra'd Asoslari
Shahvatlarga berilib ketgan, dunyo lazzatlari bilan ovora bo‘lgan savdogarlardan; ilmni odamlar oldida obro‘ orttirish va dunyo molini jamlash vositasiga aylantirgan tolibi ilmlardan; bekorchilik sabab tariqatga suyanib olgan kimsalardan uzoq bo‘ling.
“Solihlik” va “muridlik” nomi ostida o‘z og‘irligini odamlarning bo‘yniga yuklaydigan kimsalarni tariqatga qabul qilmang.
Dunyoning biror martaba va mansabi qo‘liga o‘tsa, unga yo‘lbarsdek tashlanadigan; bir murid yoki hatto bir xalifa bilan qiyos qilinganda g‘azablanadigan kimsalarni tariqatga olmang.
Xalifalik sabab shuhrat va pul topayotganlarni ko‘rib, shuhrat va mol orttirish uchun xalifalik orzusiga tushganlarni ham tariqatga qabul qilmang.
Bilingki, mening nazarimda eng sevimlingiz — o‘ziga ergashganlar ichida dunyo ahli kam bo‘lgan, yuki yengil bo‘lgan hamda fiqh va hadis ilmi bilan eng ko‘p mashg‘ul bo‘lganingizdir.
Shuni unutmangki: kim sultonga yaqinlashsa, Alloh taolodan uzoqlashadi; ergashuvchilari ko‘paygan sayin shaytonlari ham ko‘payadi; moli ortgan sayin hisobi og‘irlashadi.
Bunday kishilar bilan jamoatingizni ko‘paytirishga moyil bo‘lishingiz tama’, shuhrat va martaba sevgisini kuchaytiradi. Din berib, evaziga dunyo olishga sabab bo‘lishi mumkin.
Bu niyatlarning barchasi fasodga olib boruvchi va zararli narsalardir; ortiqcha bayonga hojat yo‘q.
(
Maktuboti Mavlono Xolid, 12-maktub
)
https://t.me/+zViKlMOBsD5kZWUy

February 27, 04:29
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

February 27, 02:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram