Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

AbdulHodiy Qori

abdulhadiyhafiz
Ushbu kanal Abdulhodiy qorining rasmiy telegram kanali. WebSayt https://abdulhodiyqorisamiyev.uz/ Instagram.com/AbdulHadiyHafiz https://www.youtube.com/c/AbdulHadiyHafiz Taklif va mulohazalar uchun: @Abdulhadiyhafiz_bot
Подписчики
1 960
24 часа
30 дней
-30
Просмотры
1 690
ER
86,22%
Посты (30д)
21
Символов в посте
582
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Религия и духовность
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
June 15, 14:40
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🙂
Таҳажжудда Қуръон тиловати
Хоҳласангиз ҳам, хоҳламасангиз ҳам, таҳажжудда Қуръон
(дан кўп-кўп тиловат қилиш)
сизни ўзгартиради... Албатта ўзгартиради...
Валлоҳи, гўёки сиз бутун дунёга эгалик қилгандек бўласиз. Шундай экан, ўзингизни бу улуғ яхшиликдан маҳрум қилманг...
Қалбингизни тўлдирадиган нурдан, устингизга ёғиладиган раҳматлардан ва ҳаётингизни қамраб оладиган баракалардан бенасиб қолманг...
Дуо ижобатининг лаззатидан ва Маликул мулк
(Аллоҳ таоло)
ҳузурида туриш - вуқуф лаззати, саодатидан ўзингизни айирманг...
🤲
Изоҳ: Хуфтон намозини ўқиб, бироз ором олгандан кейин ўқиладиган намоз таҳажжуд намози, дейилади. Таҳажжуд намозини бомдод вақти киргунича ўқиса бўлади. Кечанинг охирги учдан бир қисмида ўқимоқ афзалдир.

@AbdulhadiyHadiy

June 11, 20:05
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#jumamuborak
🌙
🙂
Ассалому алайкум!
Тортиқ бўлсин сизга дуо саломлар,
Дуода энг гўзал ширин каломлар.
Илоҳо қалбингиз нурларга тўлсин,
Жума айёммингиз муборак бўлсин!

🌐
📹
@AbdulHadiyHafiz

June 07, 12:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎤
Muhammad Siddiq Minshaviy
📖
"Baqara" surasidan
📕
Nodir qiroatlar

@AbdulHadiyHafiz

June 07, 12:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🙂
Shayx Muhammad Siddiq Minshaviyning nodir qiroati
Bugun «Jome’u turosil Minshaviy», ya’ni «Minshaviy merosi to‘plami» kanalining obunachilari 65 ming nafarga yetibdi. Kanal jamoasi bu voqeani keng nishonlamoqda.
Nodir tilovatlarga ixtisoslashgan ushbu kanal barcha Qur’on shaydolariga mashhur qorilarni tanitib, ularning go‘zal qiroatlarini taqdim etib kelmoqda.
Yana bir xushxabar shuki, «Qur’oni Karim» radiosi kecha shayx Muhammad Siddiq Minshaviy hazratlarining nodir murattal qiroatini e’lon qildi. «Ertadan boshlab, bu qiroat radiotinglovchilarga uzatilishi bilan uni yozib olib, kanalimizga joylab boramiz. Maqsadimiz — siz azizlarga bu qiroatni oson va asl sifatda yuklab olish imkoniyatini yaratishdir», -deydi kanal jamoasi.
Ana shu nodir qiroatdan ilk qismlarini siz azizlarga havola qilamiz:

@AbdulhadiyHafiz

June 05, 02:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎤
AbdulHodiy Qori
📖
"Kahf" surasi
🌙
Juma muborak
📹
🌐

@AbdulHadiyHafiz

June 04, 22:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#jumamuborak
🌙
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Қуёш чиққан энг яхши кун жума кунидир. Одам шу куни яратилган, шу куни жаннатга киритилган ва ундан чиқарилган, қиёмат ҳам айнан жума куни қоим бўлади», дедилар».
Имом Муслим ривоят қилган.
@AbdulHadiyHafiz

June 04, 06:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🙂
Qur’on sohibi erishadigan besh robboniy

Qur’oni Karim faqat tilovat qilinadigan kitob emas. U insonni dunyoda hidoyatga, oxiratda esa oliy maqomlarga yetaklovchi ilohiy ne’matdir. Qur’on bilan yashagan, uni o‘rganib amal qilgan va boshqalarga o‘rgatgan kishilar uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulkan bashoratlarni berganlar.
1. Shafoat martabasi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:
«Qur’on o‘qinglar! Zero, u Qiyomat kuni o‘z sohiblariga shafoatchi bo‘lib keladi».
(Imom Muslim rivoyati)
Qiyomat kunida har bir inson najotga va yordamga muhtoj bo‘ladi. Ana shunday og‘ir pallada Qur’on o‘z sohibining yonida turib, uning haqiga shafoat qiladi. Bu esa Qur’on ahliga berilgan eng buyuk ne’matlardan biridir.
2. Rif’at martabasi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:
«Qiyomat kuni Qur’on sohibiga: “O‘qi va ko‘taril! Dunyoda qanday tilovat qilgan bo‘lsang, shunday tilovat qil. Sening martabang oxirgi o‘qigan oyating huzurida bo‘ladi”, deyiladi».
(Imom Abu Dovud rivoyati)
Bu hadis Qur’on ahlining jannatdagi darajalari Qur’on bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatadi. Kim Qur’on bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lgan bo‘lsa, uning maqomi ham shunchalik baland bo‘ladi.
3. Suhbat martabasi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:
«Qur’onni mohirona tilovat qiladigan qori ulug‘, itoatkor va sharafli farishtalar bilan birga bo‘ladi».
(Imom Buxoriy rivoyati)
Qur’on ahlining hamrohligi oddiy insonlar bilan emas, balki Allohning mukarram farishtalari bilan bo‘lishi naqadar ulkan sharafdir.
4. Xayriyat martabasi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar:
«Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rgangan va uni boshqalarga o‘rgatgan kishilardir».
(Imom Buxoriy rivoyati)
Inson uchun eng katta fazilatlardan biri — yaxshilar safidan o‘rin olishdir. Qur’onni o‘rganish va o‘rgatish esa ana shu sharafli maqomga eltadigan yo‘ldir.
5. Ahliyyat martabasi
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Odamlar ichida Allohning xos bandalari bor».
Sahobalar:
«Ular kimlar, ey Allohning Rasuli?» deb so‘rashdi.
Shunda u zot:
«Qur’on ahli — Allohning ahli va Uning xos bandalaridir», dedilar.
(Ibn Moja rivoyati)
Bu Qur’on ahliga berilgan eng oliy ta’riflardan biridir. Chunki ular Alloh taoloning maxsus e’tibori va muhabbatiga sazovor bo‘lgan bandalar sifatida zikr qilingan.
Xulosa
Qur’on sohibi shafoatga erishadi, darajalari yuksaladi, farishtalar bilan hamsuhbat bo‘ladi, insonlarning eng yaxshilaridan deb e’tirof etiladi va nihoyat Allohning xos bandalari safidan joy oladi.
Shunday ekan, Qur’onni faqat tilovat qilish bilan cheklanib qolmay, uni yod olishga, ma’nolarini anglashga, hayotimizga tatbiq etishga va kelajak avlodlarga yetkazishga harakat qilaylik.
Alloh taolo barchamizni Qur’on ahli, Qur’onning xos xizmatkorlari va uning shafoatiga sazovor bandalaridan qilsin.
📖

@AbdulhadiyHafiz

May 30, 08:25
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

😎
XUSHXABAR
🕌
Yurtboshimiz tashabbusi bilan Marg’ilonda yangi oliygoh qurilishiga start berildi

@
AbdulhadiyHafiz

May 28, 20:09
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Жума_муборак
🌙
Ширин ҳаётингиз маънога тўлсин!
Истаган ниятингиз ижобат бўлсин!
Чеҳрангиз сўнмасин, ҳамиша кулсин,
🙂
Жума айёмингиз муборак бўлсин!

🌐
⛔️
@AbdulHadiyHafiz

May 26, 17:36
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🙂
Tabrik
🎉
Iydul Adho — Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!
🐑
Qurbonlik — Allohga yaqinlashish, mehr-oqibat va saxovatdir. Ushbu muborak ayyomda qilgan barcha qurbonlik va ibodatlarimiz dargohida qabul bo‘lsin.
🤲
Alloh xonadoningizni fayzu barakaga to‘ldirib, qalbingizga tinchlik va hayotingizga baxt ulashsin. Ezgu niyatlaringizni eng hayrlisi bilan ro‘yobga chiqarsin.
🌙
Qurbon hayiti barchamizga muborak bo’lsin!
📹
🌐

@AbdulHadiyHafiz