
Komil Allamjonov
Qadrli do‘stlar!
Sizni Qurbon hayiti bilan chin dildan samimiy tabriklayman!
Ushbu ayyom sharofati ila oilalarimizda mehr-muhabbat va inoqlik, jamiyatimizda o‘zaro hurmat-ehtirom, jahonda tinchlik-osoyishtalik hukm sursin. Vatanimizga qut-baraka yog‘ilsin. El-yurtga manfaat keltiradigan ezgu amallarimiz ziyoda bo‘lsin. Alloh taolo samimiy orzu-niyatlarimizni, duolarimizni ro‘yobga chiqarib, yuzimizni yorug‘ qilsin.
Bayram muborak bo‘lsin!
—
Дорогие друзья!
Искренне поздравляю вас с праздником Курбан хайит!
Пусть в эти благословенные дни в наших семьях царят любовь и согласие, в обществе — взаимное уважение, а на всей земле — мир и спокойствие.
Пусть наша Родина будет наполнена достатком и благополучием, а добрые дела, совершаемые во благо людей и страны, множатся с каждым днём. Пусть Всевышний примет наши искренние молитвы, исполнит благие намерения и озарит наш путь добрыми свершениями.
С праздником вас!
AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning Hindistonga tashrifi munosabati bilan Nyu-Dehli shahrida uyushtirilgan qabul marosimida qatnashdim.
Amerikalik hamkorlarimiz bilan savdo aloqalarini kengaytirish va yangi investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha jonli hamda mazmunli muloqotimizni davom ettirish imkoniyatidan mamnunman.
—
В Нью-Дели приняла участие в приёме по случаю визита Государственного секретаря США Марко Рубио в Индию.
Рада возможности продолжить наш живой диалог с американскими партнёрами о расширении торговли и привлечении новых инвестиций.
Uzbek IPO
#тарих
#бубошланиши
Mamlakatimiz tarixida ilk bor aksiyalarimiz xalqaro ommaviy savdoga chiqarildi: O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi “Franklin Templeton” bilan hamkorlikda bir vaqtning o‘zida London va Toshkent fond birjalarida IPO jarayonini boshladi.
Tizimli va izchil islohotlar natijasida iqtisodiyotimiz 3 barobar o‘sdi, davlat institutlari samaradorligi ortib, investorlar uchun kafolatlar mustahkamlandi. Natijada O‘zbekiston global kapital bozori uchun yanada ochiq va ishonchli hamkorga aylandi.
Mamlakatimiz IPO jarayonlarida “BlackRock”, “Franklin Resources”, “Redwheel” kabi ko‘plab yirik xalqaro investorlarning ishtirok etishi dunyo hamjamiyati tanlagan yo‘limiz, salohiyatimiz va kelajagimizga ishonch bildirayotganining yorqin isbotidir.
—
Впервые в нашей истории состоялось международное публичное размещение акций: Национальный инвестиционный фонд Узбекистана совместно с Franklin Templeton запустил IPO одновременно на Лондонской и Ташкентской фондовых биржах.
Благодаря системным и последовательным реформам наша экономика выросла в 3 раза, повысилась эффективность государственных институтов, укрепились гарантии для инвесторов. В результате Узбекистан стал более открытым и надёжным партнёром для глобального рынка капитала.
Участие в нашем IPO крупнейших международных инвесторов, включая BlackRock, Franklin Resources, Redwheel и многих других, является убедительным свидетельством доверия международного сообщества к нашему курсу, потенциалу и будущему.
Ikkinchi jahon urushi yillarida osoyishta kelajak uchun jon fido qilgan insonlarni hech qachon unutmaymiz.
Faxriylarimiz, front ortida mehnat qilganlar va urush yillarining og‘ir sinovlarini boshidan kechirgan barcha yurtdoshlarimizga cheksiz minnatdorlik bildiramiz.
Ota-bobolarimiz bugungi tinch hayot uchun nihoyatda katta badal to‘lagan. Uni asrab-avaylash
—
bizning muqaddas burchimiz.
—
Мы всегда будем помнить всех, кто в годы Второй мировой войны отдал свою жизнь ради мирного будущего.
Мы благодарны ветеранам, труженикам тыла и всем, кто пережил тяжёлые военные годы.
Наши отцы и деды заплатили огромную цену за мирную жизнь. И наш долг — беречь её как самое дорогое, что у нас есть.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, "Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mahmudovna Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari va Telegram kanali ochildi.
Endi bu yerda Birinchi xonim faoliyati, safarlari, uchrashuvlari, muhim loyihalari va tashabbuslari haqidagi dolzarb yangiliklarni kuzatib borish mumkin.
Voqealardan xabardor bo‘lish uchun O‘zbekiston Birinchi xonimining rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling:
Telegram:
t.me/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram:
instagram.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook:
facebook.com/share/1AznLKkuSx
—
У Первой леди Республики Узбекистан, председателя Попечительского совета Международного общественного фонда «Zamin» Зироат Махмудовны Мирзиёевой появились официальные страницы в социальных сетях и канал в Telegram.
Теперь здесь можно следить за актуальными новостями о деятельности Первой леди, ее поездках, встречах, ключевых проектах и инициативах.
Чтобы быть в курсе событий, подписывайтесь на официальные страницы Первой леди Узбекистана:
Telegram:
t.me/Ziroat_Mirziyoyeva_First_lady
Instagram:
instagram.com/ziroat_mirziyoyeva_
Facebook:
facebook.com/share/1AznLKkuSx
Facebook|
Instagram|
X
Samarqand, 5-qism | 20.04.2026
—
Самарканд, часть 5 | 20.04.2026
Kecha, shuningdek, Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi Stefano Berterame bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Juda muhim va jiddiy masalalar muhokama qilindi. Biz giyohvand moddalar aylanmasini nazorat qilish milliy tizimini izchil takomillashtirishib bormoqdamiz, bu borada xalqaro ekspertlarning xulosasi biz uchun katta ahamiyatga ega.
Muloqotda tahliliy va laboratoriyaviy bazani rivojlantirish, raqamli nazorat vositalarini joriy etish, soha mutaxassislarini tayyorlash mavzulariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida Qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.
—
Вчера также состоялась встреча с Генеральным секретарём Международного комитета по контролю над наркотиками Стефано Бертераме.
Вопросы поднимались важные и сложные. Мы продолжаем совершенствовать национальную систему контроля за оборотом наркотиков, и для нас очень важна международная экспертная оценка.
Особое внимание было уделено развитию аналитической и лабораторной базы, внедрению цифровых инструментов контроля, а также подготовке профильных специалистов.
В ходе встречи рассмотрели практические аспекты предстоящего визита миссии Комитета в Узбекистан.
Samarqand, 4-qism | 20.04.2026
—
Самарканд, часть 4 | 20.04.2026
Samarqanddagi xalqaro forum doirasida BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi direktori o‘rinbosari Bo Matiasen bilan uchrashuv o‘tkazdim.
Muloqot chog‘ida narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Samarqand forumini doimiy faoliyat yurituvchi muloqot maydoniga aylantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekistonning BMT Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov komissiyasiga saylanishi amaliy aloqalarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirildi.
—
На полях международного форума в Самарканде провела встречу с заместителем исполнительного директора Управления по наркотикам и преступности ООН Бо Матиасеном.
Рассмотрели перспективы расширения сотрудничества в противодействии наркоугрозам, организованной преступности, киберпреступности и коррупции. Обсудили вопросы превращения Самаркандского форума в постоянно действующую диалоговую площадку.
Выражена уверенность, что избрание Узбекистана в Комиссию ООН по предупреждению преступности и уголовному правосудию откроет новые возможности для расширения практического взаимодействия.