Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Venchur kundaligi

ayakubofff
Abdulaziz Yakubov - “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi boshqaruv direktori lavozimida faoliyat olib boraman. Sizlarga startaplar, investitsiya va texnologiyalar haqidagi tajribam bilan o‘rtoqlashaman.
Подписчики
2 216
24 часа
-3
30 дней
-60
Просмотры
2 298
ER
103,7%
Посты (30д)
Символов в посте
651
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
July 23, 11:01

🇺🇿
O‘zbekistonda startap madaniyati: ekotizimga hozircha nimalar yetishmaydi?
The Tech’ning yangi muallifi bilan tanishing — Yoshlar Ventures bosh direktori Abdulaziz Yakubov. O‘zining ilk maqolasida u tez o‘zgarayotgan dunyoda startap ekotizimi qanday rivojlanayotgani va nima uchun yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash kelajakka kiritilgan investitsiya ekanini so‘zlab beradi.
Batafsil:
https://the-tech.kz/ozbekistonda-startap-madaniyati-ekotizimga-hozircha-nimalar-yetishmaydi/
@thetechkz

July 13, 18:02
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram


Nolib o'tiradiganlar bilan startap qurib bo'lmaydi!
🤝
Eng zo'r g'oyani ham ishtiyoqsiz jamoa bilan bir pul qilish mumkin. Ammo oddiygina g'oya kuchli, qiyinchilikdan qochmaydigan jamoa qo'lida aqlbovar qilmas
muvaffaqiyatga aylanadi.
⚡️
Yoshlar Ventures - sen yarat, biz qanot beramiz
!

May 29, 17:30

Nega doim Telegram va Instagramda blog yuritishga harakat qilaman?
Oxirgi bir yil ichida doimiy post yoki video qo‘ya olmayotgan bo‘lsam ham, buning bosimi ichimda baribir turardi. Kontent qo‘ya olmay qolgan paytlarim rosa siqilib yurardim.
Buning sababi qanaqadir "shaxsiy brend" yuritish yoki ijtimoiy tarmoqda faol ko‘rinish uchun emas. Shunchaki o‘zim ham sizlar bilan birga yangi narsalarni o‘rganishni xohlayman, xolos.
Bitta post yozish uchun mavzu tanlashning o‘zi rosa kuch olib qo‘yadi. Lekin o‘sha mavzuni kengroq yoritish uchun boshqa maqolalarni o‘qib, tahlil qilayotganimda, o‘zim ham bilmagan ko‘p narsalarimni o‘rganib olaman. Yoki sohamga oid kitob o‘qiyotganimda eng zo‘r joylarini sizlarga o‘zimning formatimda yetkazib beraman-u, o‘zim ham yaxshilab eslab qolaman.
Oxirgi paytda o‘rganayotgan narsalarim juda ko‘p, lekin sizlarga ulashishga yetarlicha kuch topolmayotgandim. Endi asta-sekin hammasini tiklayapman. Lekin baribir ichimda bitta qo‘rquv bor, bu shijoat yana o‘chib qolmasmikin?
Aslida bugun gaplashmoqchi bo‘lgan mavzuyim ham aynan shu, shijoat va hafsala haqida.
Odam butun umr bir xil shijoat bilan yashashi mumkinmi?
Albatta ha! Faqat bitta sharti bor. atrofingizda buni qadriga yetadigan va o‘zingizga o‘xshagan shijoatli insonlar bo‘lishi kerak. Energiya almashinuvi kamaydimi demak, muhitni o‘zgartirish kerak.
Mening ham blog yuritishda shijoatim pasayib ketishiga eng katta sabab, bu sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz kamayib ketishi bo‘lishi mumkin. Agar men qo‘yayotgan maqola yoki videolar kimgadir foyda beryotganini sezib tursam, mana shu energiya bilan juda uzoq muddat sizlar bilan onlayn bo‘la olaman.
Endi sizlarning shijoatingizni Instagram’ga qo‘ygan yangi videomning izohlarida ko‘raman:
https://www.instagram.com/reel/DY2MICMIou8/?igsh=MXdzdnMxZGlxZ2o3MQ==

May 20, 14:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston startap ekotizimini yanada rivojlantiradigan katta qadamlar tashladik.
Yaqinda
Alisher Sadullayev
ning qo‘llab-quvvatlashi bilan Amerikadan tashrif buyurgan mehmonlarimiz Yasin va Tariq bilan bir stol atrofida yig‘ildik. O‘zbekiston startap ekotizimining traektoriyasini o'zgartirishga hissa qo'shadigan loyihalar ustida ishlayapmiz.
Xo‘sh, nimalarni reja qilyapmiz?
Birinchidan: Yoshlar Ventures’ning San-Fransiskodagi ofisini kengaytirish.
Silikon vodiysining qoq markazida o‘zbek asoschilari uchun haqiqiy "baza" yaratmoqchimiz. Resurslar, kuchli networking va hamjamiyat. Barchasi global bozorga chiqayotgan yigitlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi.
Ikkinchidan: Dunyo darajasidagi mentorlarni O‘zbekistonga olib kelish.
Yigitlarimiz eng zo‘r bilimlarni olish uchun vatanidan ketishlari shart emas. Biz top darajadagi founder va investorlarni (masalan, a16z tomonidan qo‘llab-quvvatlangan operatorlarni va Y Combinatorda qatnashgan va 5 mln dollardan ko'p investitsiya olgan asoschilarni) to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekistonga olib kelamiz. Toshkentdan tortib viloyatlargacha jahon andozasidagi bilim yetib boradi.
Uchinchidan: Deep-Tech tadqiqotchilari uchun AI Xakaton.
Bu navbatdagi navbatchi xakatonlardan biri bo‘lmaydi. Bu aynan ilm-fan bilan shug‘ullanadigan, chuqur fundamental bilimga ega olim va tadqiqotchilar uchun. Maqsadimiz, akademik bilimlarni real biznes va ta'sirchan loyihalarga aylantirish.
Bu hali hammasi emas. Hozirda AQSH'dagi biznes farishtalar bilan o‘zbek startaplariga birgalikda investitsiya kiritish (co-investment) bo‘yicha jiddiy muzokaralar olib boryapmiz.
Startaplarimiz uchun nafaqat pul, balki aqlli kapital (smart capital) kerak.
Hozircha bu rejalar yakuniy emas, lekin yo‘nalishimiz aniq, jamoa to‘g‘ri yig‘ilgan va maqsadimiz juda katta.

May 12, 16:13

Amerikada, Stanford universitetida aylanib yurganimizda, ilhom kelib qoldi-yu, shartta podkast yozib yubordik! Silikon vodiysining muhiti, Stanford atmosferasi va startaplar haqida samimiy suhbat bo‘ldi.
Podkastni tomosha qilish:
👉
https://www.youtube.com/watch?v=x2UywsXJlKs

May 01, 09:54

"Startap g'oyam bor, lekin nima qilishni bilmayman"
degan bahonalar davri tugadi!
Obuna bo'ling.
Katta yangiligimiz bor:
Debocha

April 11, 19:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Do’stlar, bu oy xizmat safarlari shunchalik ko’payib ketdiki, siz bilan yetarlicha bog’lana olmadik. Aybga buyurmaysiz.
Lekin shogird/assistent arizalari ko’rib chiqildi, hammangizga rahmat, yaxshi yozibsizlar.
Aprel oyida o’tganlarni oflayn uchrashuv uchun chaqiraman. Tafsilotlarni o’shanda aytaman.
Hozircha AQSHdan salom
🙂

March 29, 14:53

Do‘stlar, loyihalar ko‘lami juda katta. Venchur, startaplar va har kungi qat’iy ishlar bor. Hozir menga oddiy yordamchi emas, men bilan birga ishlab, o‘rganishga och va mas’uliyatli shogird kerak.
Kimni qidiryapman?
Quyidagilar sizda bo‘lishi kerak:
• Ingliz tili (C1/B2): maqolalarni bemalol o‘qiy olishingiz, xorijiylar bilan yozishmada qiynalmasligingiz kerak.
• AI bilan chiqishib ketgan bo‘lish: ChatGPT, Midjourney va boshqa tool’lardan foydalana olish, ishni tezlashtira olish.
• Mas’uliyat: berilgan vazifani unutmay, oxirigacha yetkazish.
• Mobillik: yonimda yurishga, uchrashuvlarda qatnashishga va real biznesni ichidan ko‘rishga tayyor bo‘lish.
Nima olasiz?
• Venchur va IT olamining ichida bo‘lasiz.
• Kuchli tadbirkorlar va mutaxassislar bilan tanishasiz.
• Mendan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajriba olasiz.
• Va albatta, zerikarli bo‘lmaydi
🙂
Qanday topshirish mumkin?
Formani to’ldiring
👇
https://forms.gle/ohZFEqs5Vkz8Zqcs5

March 26, 08:24

Shu desangiz obunachilarim ichidan bir kishini yonimga
shogirt
qilib
olmoqchiman
.
Davogarlar bo’lsa -
⚡️

March 15, 17:25

Hayrli kech do’stlar anchadan beri sizlarga maqola chiqara olmayabman. Ramazon oyida shaxsiy bloglarimga e’tibor qaratish qiyin bo’lmoqda
😞
Lekin sizlarga ajoyib yangiligim bor, men bilan olingan birinchi podkastni sizlar bilan ulashmoqchiman
⬇️
https://youtu.be/ZP-i_nd8tIs?si=3F-trdNed4v3dpZ-
Fikringizni ushbu podkast kommentariya bo’limida kutaman)