
Bebbo
Qoʻshimcha ovqat berganda paydo bo’ladigan toshmalarda nimalarga eʼtibor berish kerak?
Agar farzandingiz qoʻshimcha ovqatga kirgach, dumbasida toshmalar paydo boʻlayotgan boʻlsa, quyidagilarga rioya qiling:
Ratsionni tahlil qiling:
Toshma aynan qaysi yangi mahsulot kiritilgandan keyin kuchayganini kuzating.
Reaksiyani keltirib chiqargan taomni vaqtincha toʻxtating.
Gigiyena:
Nam salfetkalardan butunlay voz keching! Faqat oqib turgan iliq suvda yuvintiring va
terini sochiq bilan ishqalamasdan,
suvni sekin artib oling.
Havo vannalari:
Taglikni (pampers) imkon qadar kamroq tuting,
terining havoda nafas olishiga sharoit yarating.
Toʻsiq (baryer) kremlar:
Har yuvintirishdan soʻng tarkibida rux (Sinc) boʻlgan maxsus himoya kremlarini surting.
Qiz bolalarda taglik dermatiti nima uchun koʻproq uchraydi va o’g’il bolalarga qaraganda og’irroq kechadi?
Siydik konsentratsiyasi:
Qiz bolalarda siydik tarkibi terini tezroq taʼsirlantirishga moyil.
Anatomik joylashuv:
Orqa chiqaruv teshigi bilan qin bir-biriga yaqin joylashgani sababli,
axlat tarkibidagi fermentlar va bakteriyalar teriga hamda shilliq qavatga juda tez tarqaladi.
Qizimda toshma chiqqanda men
pampers ishlatmay qoʻyganman, har safar siyganda va ichi kelganda iliq suvda yuvganman.
Rux (Sinc) saqlovchi surtmalar va emollientlar ishlatganman. Shunda ham
bitishi juda uzoq davom etgan.
Chunki muammoning eng birinchi sababchisi — oʻsha
nam salfetka
va terining mikroshikastlanishi edi.
Atopik dermatit haqidagi 3 ta eng katta mif
1-mif: "Atopik dermatit yuqumli."
Yo‘q, bu
genetik va immunologik xususiyat,
muloqot orqali o‘tmaydi.
2-mif: "Gormonal mazlardan mutlaqo foydalanib bo‘lmaydi."
Shifokor nazorati ostida
to‘g‘ri dozada qo‘llangan gormonal mazlar yallig‘lanishni tez va xavfsiz to’xtatadi.
3-mif: "Bola ulg‘ayishi bilan butunlay o‘tib ketadi."
Aksariyat bolalarda yosh o‘tishi bilan bezovta qilmasligi mumkin, lekin
teri baribir umrbod maxsus parvarishga muhtoj bo‘lib qolishi
mumkin.
Atopik dermatit —
bu hukm emas, shunchaki
teriga o‘zgacha va doimiy e'tibor talab etiladigan hayot tarzi.
Ona homilador bo‘lganidan atigi 12 soat o‘tgach, homila jadal rivojlana boshlaydi! Bu ajablanarli emas, axir u bor-yo‘g‘i to‘qqiz oy ichida bitta hujayradan to‘laqonli chaqaloqqa aylanishdek ulkan yo‘lni bosib o‘tishi kerak.
Bu jarayon qanday kechishini infografikamizda ko‘rsatib beramiz!
Atopik dermatitda qat'iy parhez shartmi?
Ko‘pchilik onalar atopik dermatitni faqat oziq-ovqat allergiyasi deb o‘ylashadi va hamma mahsulotlarni farzandlariga yeyishni ta’qiqlab qo’yishadi. Bu noto‘g‘ri yondashuv.
Quyidagi qoidalarga amal qiling!
Faqatgina
shifokor nazorati ostida tasdiqlangan allergengagina cheklov qo‘yiladi.
Asossiz qat'iy parhez organizmni kuchsizlantiradi.
Xonadagi
namlikni 40-60% darajasida tutib turish,
tez-tez ho‘l tozalash ishlarini olib borish.
100% paxtali, yumshoq matolardan
tikilgan kiyimlarni tanlash.
Go‘dakning karavotchasi ustiga osib qo‘yiladigan o‘yinchoqlar: bola rivojlanishi uchun foydalimi yoki ko‘proq kattalarga kerakmi?
Osma, ya’ni «mobil» o‘yinchoqlar mavzusi bahsli va qiziqarli, keling, uni bir o‘rganib chiqamiz! Agar qisqa javob beradigan bo‘lsak, asosiy tezislar quyidagicha:
Agar to‘g‘ri foydalanilsa, «mobil» foydali, ya’ni rivojlantiruvchi o‘yinchoq bo‘lishi mumkin
Ota-onalarning ham ko‘zini quvnatadi!
Noto‘g‘ri foydalanilsa, u ma’lum darajada zarar ham keltirishi mumkin.
Shunday qilib, umuman olganda, har uchala fikr ham (“foydali”, “ota-onalarni ham xursand qiladi”, “foydasiz, hatto zararli” degan ma’lum darajada to‘g‘ri. Ota-onalar uchun estetik jihatini, aftidan, ularning o‘z ixtiyoriga qoldiramiz-u, bolaga qanday foyda keltirishini esa batafsilroq o‘rganamiz.
Go‘dakning karavotchasi ustiga osib qo‘yiladigan o‘yinchoq qanday zarar yetkazishi mumkin?
- Agar u ko‘zga juda yaqin, ya’ni 30 cm va undan kamroq masofada osig‘liq tursa, bu ko‘zning zo‘riqishiga olib kelishi mumkin. Ishonmayapsizmi? Hech bo‘lmasa bir daqiqa davomida diqqat bilan burningizning uchiga qarab ko‘ring, shunda nima demoqchi ekanimizni tushunasiz.
- Ayniqsa, ovoz chiqaradigan osma o‘yinchoq, bolaning joniga tegmasligi uchun karavotcha ustida doimiy osilib turmasligi lozim.
- Agar osma o‘yinchoq bolaga chindan ham qiziq bo‘lsa, go‘dak tinchroq uxlashi va chalg‘imasligi uchun uni uyquga yotqizishdan oldin o‘yinchoqni olib qo‘yish kerak.
Uning foydasi nimada?
Bunday o‘yinchoqlar ko‘rish va eshitish qobiliyatini (agar tovush chiqaradigan o‘yinchoq bo‘lsa), biroz keyinroq esa bola o‘yinchoqlarga intila boshlaganda, mayda motorika va harakatlar muvofiqligini rivojlantirishga yordam beradi. Umuman olganda, undan bolaga qiziq bo‘lgan har qanday yorqin o‘yinchoqdan qanday foyda bo‘lsa, shunday foyda bor. Undan biron bir o‘zgacha foyda kutish kerak emas.
Undan qanday to‘g‘ri foydalanish kerak?
- Bir-biridan yaqqol ajralib turuvchi (kontrastli) ranglarni, masalan, qora va oq rangni tanlang — bu ko‘zimiz ilg‘ay oladigan eng keskin kontrastdir.
- O‘yinchoqni bolaning ko‘zidan 40 -50 sm masofada osib qo‘ying.
- Bir muddat osib qo‘yib, so‘ng olib qo‘ying.
- Uxlatishdan oldin yechib, olib qo‘ying.