Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Bobil Kutubxonasi

bobil_kutubxonasi
Reading Because Murder Is Wrong! Hamkorlik: @bobil_reklama Instagram: https://www.instagram.com/caeternolis/?hl=bn
Подписчики
5 707
24 часа
3
30 дней
19
Просмотры
1 786
ER
31,29%
Посты (30д)
14
Символов в посте
1 191
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Языковое обучение
Краткое описание
October 26, 10:38

Eshitishimcha, O'zbekistonda jamiyatning eng og'riqli yaralaridan, eng jirkanch illatlaridan biri bo'lmish pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi tayinlanayotgan ekan. O'rinli qaror. Aslida ko'pimiz bundan qoniqmay jinoyatchining jismoniy butunligiga tahdidni ham oqlaydi. Men ham bunga qarshi emasman, lekin huquqiy jarayonda xato nasibi ham qoldirilishi kerak. Ya'ni, kimdir tuhmat bilan qamalsa, kun kelib oqlanishi mumkin, ammo qatl qilinsa, hech kim uni qaytarolmaydi. Natijada, hammaga ma'lum, sud tizimimiz doim ham holis ishlayvermaydi.
Shu o'rinda turmush yoshini ham qayta savol ostiga olish kerak.
Oxirgi marta borgan paytim yoshlar orasida turmush qurish vasvasasi aylanib yurganini ko'rdim. Negadir "Qiz qolmaydi" qabilida gaplar ko'payibdi. Avval bo'lajak qaynonalar universitet ostonasini supurgan bo'lsa, endi maktab o'qituvchilariga sarpo kiydiraman, deydi.
O'n olti yashar qiz ham qonunan bola hisoblanmaydimi?
Avval ham eshitardik, avom tabaqa orasida "Qizni kichkinaligidan tarbiyalab keyin uylan" degan gap bo'lardi. Bir ora bu yo'q bo'ldi, lekin yana tirilibdi. Hali burnini ham artolmaydigan yigirma yashar bolalar o'n to'rt yashar qizlarga ilakishyapti. Va, bu ota-onalar tomonidan ham o'ta tabiiy qabul qilinyapti. O'n sakkiz yoshga to'lganiga bir oy bo'lgan kishining o'n sakkiz yoshga to'lishiga bir oy qolgan kishiga gapirishi ham aslida jinoyat. Jamiyat sifatida buni anglashimiz kerak.
Va, yo'q, hech kim hech qayerga qochib ketayotgani yo'q. O'n to'qqiz yoshda uylangach Xudo he yo'q be yo'q seni boy qilib qo'ymaydi. Puling bo'lgan taqdirda ham hali o'zing bola bo'la turib bola ulg'aytirolmaysan. Ulg'aytirgan bolangdan jamiyatga foyda tegishi qiyin... O'zi shundog'am xuddi bir nimadan quruq qolgandek tug'ilgan bolalarning travmasi o'zbek jamiyati ongostida yiringdek irib yotibdi. Bu yiring isini esa biroz vazminlik, kutish, o'zini jilovlash bilan yo'qotish mumkindir balki.
Kimdir bu erta turmush vasvasasini tobora avj olayotgan muhofazakorlikka taqaydi. Bo'lsa bordir, lekin aytib qo'yay, biz hech qachon yangi kelgan qoidalarni tom ma'noda hazm qila olmaymiz. Umraga savob uchun bormaymiz. Hijobni ko'pincha oilaviy majburlashlar natijasi o'laroq taqamiz. Va, Allohning amri deb o'n sakkizda uylanmoqchi bo'lganlarning ko'pi bobosining mozorida Fotiha ham o'qiy olmaydi. Tan olaylik buni.
Bilmadim, ehtimol bu jamiyatdagi maqsadsizlikdan ham bo'lishi mumkindir... Qancha o'qima, qancha ishlama, baribir o'zing istagan odam bo'lolmaysan. Bu umidsizlik ichida balki oila qursam bari o'z iziga tushib ketar, degan puch istak...
Filologiyada "deus ex-machina" degan tushuncha bor. Ba'zan yozuvchi asarini shunchalik chigal voqealar bilan o'rab chirmaydiki, oxiri qahramonlarini qutqarish uchun yo'q joydan lop etib qandaydir chora yaratadi. Bu choraning mantiqli bo'lishi shart emas. Masalan, ertaklardagi shahzodani olaylik. Hech kim uning qayerdan kelgani, nega kambag'al qizga oshiq bo'lgani yo uni qutqarish istagini bilmaydi. Shunchaki shahzoda qutqaruvchi. Mana shu mantiqsiz holatni deus ex-machina deb ataymiz. Ya'ni, mashinadan chiqqan Xudo. Hech narsadan hech narsa yo'q namoyon bo'lgan najot.
Hayotda deus ex-machina yo'q. Har bir harakatimizning natijasi, mantig'i bor. Biz uni rad qilganimiz sayin jamiyatda hech qachon ota rolini ko'rmay oxiri "menga hamma narsa mumkin" deb o'ylaydigan travma qoplari, hamma narsani yuzakilikdan iborat deb o'ylaydigan sohta shaxsiyat manqurtlari ko'payaveradi...
Qissadan hissa, pedofildan nafratlangan holda borib o'n besh-o'n olti yashar qizga ko'z olaytirmaylik. Biroz odam bo'laylik. Yigirmadan keyin farzandli bo'lsak ham hech kim bizni urib o'ldirmaydi. Gormonlarimizni din bahonasi bilan quturtirgandan ko'ra ularni nazoratga olsak, hammamiz nisbatan sog'lom jamiyatda yashaymiz.
Mirzohid
@bobil_kutubxonasi

October 23, 10:31
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Kampusda kuz :)

October 19, 16:20

Shu kunlarda Alpomish dostonini qayta o'qiyapman. Shu bois tishimga tega boshlagan ba'zi mantiqiy xato va tahminlarni yozib o'tmoqchiman.
1. Boybo'rining zakot fikridan boshlaylik. Boybo'ri o'zini shunchalik ustun ko'radiki, hatto zakotini berish uchun o'zidan ustun odam ham topolmaydi. Shu bois ana, inim Boysari menga zakot bersin, topgani harom bo'lmasin, deydi. Boysari esa og'asi jo'natgan yetti mahramni g'azab ustida o'ldiradi. Endi og'am o'g'illi bo'lib meni past ko'ryaptimi? Drama!!! Boysari shundog'am Shohimardon pirim og'asiga o'g'il, o'ziga qiz bergani uchun alamzada edi. Zakot esa buni battar qildi. Boz ustiga, bu yerda Boysarining bugun xalqimiz ongostiga singib ketgan "shaxsiy manfaatga asoslangan tanish-bilishchilik yoxud oqibat" illatini isbotlaganini ham ko'ramiz. Og'am mendan (!) zakot so'rayapti? Begona emasmizku. Undan ko'ra yot ellarda yurganim yaxshi. Ya'ni, tizimga itoat qilgandan ko'ra boshqa yurtda besh battar yashaganim yaxshi.
2. Mahram elchilarni o'ldirgach nima qiladi? Albatta burnini sho'lqillatib xalqidan, to'g'rirog'i oqsoqollardan maslahat so'raydi. Buni haligi bechoralarni o'ldirishdan avval ham qilishi mumkin edi, to'g'rimi? Elchiga o'lim yo'q, degan narsani nahot bilmasa? Menimcha, buyoqda faqat hasad va alam emas, balki davlat tuzumiga o'ta boshlagan ko'chmanchi turkiyning iztirobi ham bor. Zakot ya'ni soliq bo'lsa, xususiy mulk degani ham aslida xususiy bo'lolmaydi. Buni oqsoqollar sukunatidan keyingi Yartiboyning aytimida ko'ramiz.
3. Xo'p, Yartiboy kim? El orasida hurmat-izzati yo'q, poygakdan zo'rg'a joy topadigan nom-nishonsiz odam. Boysariga bizdan maslahat so'rama, deydi. Nega? Chunki zakot berma desa Boysari, ber desa Boybo'ri o'ldiradi. O'zing pishirgan osh. Lekin, Yartiboy yana bir haqiqatni fosh qiladi. Aytimda "xalqing seni unday sevadi, bunday sevadi, shu bois sen qayoqqa borsang bizaram o'shaqqa boramiz" deydi-yu gap orasida shunday gullaydi:
Bunda qolgan odam tayin o'ladi,
Fe'li ketib zakot deb ham turibdi,
Qolganning molini tortib oladi.
Ya'ni, gap Boysariga bo'lgan sadoqatda emas. Hamma mol va jon dardida. Yana, ushbu mashmasha Yortiboy uchun o'zini ko'rsatish imkonini beradi. Yo'qotadigan narsasi yo'q. Gapirmasa ham o'lib ketishi mumkin. Shuning uchun gapirsin, balki Boysarining ihlosini qozonib bu poygakdan qutular.
4. Qalmiqlar, to'g'rirog'i Toychaxon aslida biz o'ylaganchalik yovuz emasdek. Baxshi Boysari-yu xalqining neccha-necha to'qay moli, ot-u tuyasi borligini ikki soat madh etgach, oraga "bular ekin-tikin bilmasdi" deb qo'shib ketadi. Xo'p. Keyin? Keyin bular Boysarining bema'ni arazi sabab Qalmiq tomon yo'lga tushadi. Uyoqda Toychaxon degan ekin-tikin ishiga usta hukmdor bor. Bularning chorvasi o'sha Toychaxonning dalasiga kirib ketadi. Bular ham dala yo ekin nima bilmaydi, shu bois ha, bu o't ekanda, deb molini boqaveradi. Buni ko'rgan Toychaxon g'azablanib ularni jazolaydi. Nega endi u yovuz bo'lishi kerak? Masalan, vikinglar mo'ynaga ishqiboz bo'lishgan. Kelib Boysarining to'qson to'qay qo'yini so'yib ketsa, butun mollari-yu tuyasining terisini shilib olsa, keyin Boysari ularni jazolasa... Vikinglarni himoya qilarmidik? Albatta yo'q.
Hozircha shular.
🙂
Ps. Bu yozganlarimni ilmiy-filologik matn sifatida tushunmang. Lekin kelajakda "Alpomish" ning ijtimoiy-iqtisodiy, antropologik tahlilini amalga oshirsam kerak))
Mirzohid
@bobil_kutubxonasi

October 18, 13:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 16, 14:05

...
Jarrohlarning aytishicha,
har jarohat o‘z shulasin taratar emish.
O‘chirsang uydagi chiroqlar barin,
malham bog‘lash mumkin ekan
jarohatga o‘z yorug‘ida.
Jon o‘quvchi,
jonim o‘quvchi, bor yo‘g‘i majozdir
senga berganim.
Bor yo‘g‘i muallaq manzara.
“Rasm emas, surat emas, muallaq manzara deb atangiz uni,
shishadagi muallaqlik —
xuddi mansura yo kumush soqqa degandek”
deydi Dyushamp
1912 yili
Bruklin Muzeyidan Konnektikut tomon
sakkiz bo‘lakka bo‘lib olib ketilayotgan
"Bo‘ydoqlari Qip Yalang‘och Yechintirgan Kelin” haqida.
Bu holatda
nima o‘sha muallaq qolgan?
Turmush bo‘lsa kerak hartugul.
Erimning ta'biri bilan aytganda
nazoratgoh.
Shu so‘zga bir qara,
qandoq shu'lavor.
Enn Karson, "Erning Go'zalligi" dan parcha
Mirzohid tarjimasi

October 13, 10:47
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Wtf is minimalism?
Bizning ajdodlar haqiqiy fashionista emasmi?

October 12, 13:00
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Anqarada osmonning bir maqtangisi keldi

October 10, 15:24

Biznikilar uchun samolyotda ketish odobi:
1. Styuardessalarni videoga olish mumkin emas. Ammangizning o'g'li yoki oshdagi jo'ralaringiz shundog'am samolyotga chiqqaningizga ishonishadi. O'z qizingizga ravo ko'rmagan tajovuzingizni bu ishchi ayollarga ham ravo ko'rmang.
2. Agar bortda maxsus shippak berilmasa poyabzalingizni yechmang. Hammaning ham burni siznikichalik kuchli emas.
3. Bola yig'lashi mumkin, leki go'dagi arillab ishib ketgan odamlar yonidagi yo'ldoshi bilan hangoma qilolmaydi.
4. Ayniqsa erkaklar, oyog'imizni katta xolamizning uyidagi eshikdek lang ochib o'tirmaylik. Yonimizdagi odam ham bilet uchun pul to'lagan.
5. Samolyot to'xtagan payt bir balodan quruq qolgandek yugurmaylik. Eshik ochilishiga hali kamida o'n daqiqa bor. Baribir hammamiz yuk kutamiz. Yo'lakda serrayib turishning hech qanday ma'nosi yo'q.
6. Samolyot qo'nishidan avval styuardessalar birma bir chiqindi bormi, deb aylanishadi. O'shanda nima lash-lushingiz bo'lsa bering. Oxrigi chiqqanlar ahlatxonaga guvoh bo'lmasin.
7. Bunisi uncha katta taqiq emasku lekin samolyot qo'ngan payt chapak chalish cringe.
8. Aytgancha, samolyot mahalladagi taksi emas. Kamar taqsangiz uchuvchilar kelib "bizga ishanmesmi aka" deb to'ng'illamaydi. Ano' chiroq o'lgur yongan payt, turbyulansda kallam shiftga urilmasin desangiz, kamarni taqing.
9. Qo'shimcha. Milliy g'urur uchun. Styuardessa kelib ruscha gapirgan mahal o'zingizni aqlli ko'rsatish uchun ruscha javob bermang. Hammamiz kimligingizni, nima ish qilishingizni chidab bo'lmas darajada yaxshi bilamiz. Shuning uchun o'zbekcha gapiravering.
10. Yoningizga bir tonna yuk olmang. Hech kim ortiqcha yukingizni chegaradan o'tqazib berishga majbur emas. Joyim yo'q, deganlarga ishonmay bechoraning jomadonini ko'tarib ko'radiganlar bor, omaygat. Ro'molli ekaningiz hech qanday xavfni yo'q qilib qo'ymaydi.
Qisqasi, shular. Foyda berishiga ko'zim yetmaydiyu lekin hay... mayli.
@bobil_kutubxonasi

October 08, 12:26

Uni buni qo’yinglar, bundan bir yilcha avval Anne Carson qalamiga mansub “Erning Go’zalligi” she’r-essesini tarjima qilgan, lekin “kim qayerda chiqarsin”, deb tashlab qo’ygandim.
Eng sevimli shoirlarimdan birini Nobel bilan qutlayman. Shuncha yildan keyin oxiri shoirga berishdi.
Kim biladi, endi balki talab bo’lsa tarjimani e’lon qilarman.
@bobil_kutubxonasi

October 07, 12:17

Doktorantura boshlandi. Birinchi yil bemalol bo’ladi, deb o’ylagandim.
Darsga kirdim.
Uch soat, tanaffussiz ma’ruza.
Dars: Ahloq falsafasi
Mavzu: Kit ovlash avvaliga vahshiylikdek tuyuladi, lekin Yaponiya kabi dengizga bog’liq mamlakatlar uchun kit ovi o’ta muhim sanaladi. Bu holatda kimning ahloqini olamiz?
Men esa faqat Prust va Toni Morrisonni o’qib qiyoslaymiz, deb yurgandim.
Yoshligimdi qoytar, Til-Tarix
🤧