
Bomdod Namozi
Ishqu muhabbat yo'li havas qilgulik yo'l emas, aslida. Ko'tarilarkansiz yo'llar tobora torayib boradi, tobora odamlar sizni tushunmay qoladi.
Shariatda - odamlar juda ko'p,
Tariqatda - judayam ozchilik,
Ma'rifatda - sanoqli kishilar,
Haqiqatda es Alloh bilan o'zingiz qolasiz..
Bu yo‘lning ziynati ko‘pchilikning olqishi emas. Balki yolg‘iz qolganingizda ham qalbingizning U Zotdan uzilmasligidir.
Avval odamlar bilan birga yurasiz, keyin nafsingiz bilan kurashasiz, oxir-oqibat esa o‘zingizdan ham kechib, faqat U Zotni izlaysiz.
Shuning uchun ishq — da’vo qilinadigan narsa emas. U sabr bilan sinaladi va oxirida bandani o‘zidan olib, Ma’shuqiga yetaklaydi.
Yo‘l toraygani — adashganingizdan emas. Balki manzil yaqinlashgani bo‘lishi mumkin.
🫀
Мени сўраб олгин ўзинг Худодан,
Дуоси ижобат инсон эмасман.
Эпласанг тасанно, эпласанг олқиш
Гар эплай олмасанг ғиринг демасман.
Мени сўраб олгин ўзинг Худодан,
Мен тавба қилмаган гуноҳлар сероб,
Умидлар учқуни ўчмаган аммо
Шубҳалар қийнайди кўнглимни бир қоп.
Мени сўраб олгин ўзинг Худодан,
Дуойинг ижобат бўлса қойилман.
Сенга насиб қилса Яратган эгам
Ёнингдан бир қадам узоққа жилмам.
Мени сўраб олгин ўзинг Худодан,
Раҳмондан ўзгаси беролмас мени,
Соғлом иймон билан келсин деб сўра,
Кўнглимни бошқаси кўролмас мени.
©️
Аҳлиддин Ҳузаний
Namoz vaqti ni uzbekiston bo'yicha ko'rsatadi
Arab tilini urgatadi
TOngi va tungi zikrlar bor
NAmoz o'qish uchun kerakli suralar va videlar bor
@BomdodNamozbot
Душманинг билан улфат бўлма. Чунки у сенга қарши ишлатиш учун айбларингни йиғади, тўғри ишларинг борасида эса сени енгишга уринади.
Botda Har kunlik qilgan zikr ibodat siz uchun bal beradi bu ball umumiy reyting da korsanadi Jamoa yoki dostlar bilan guruh lashib ham qatnashilsa bo'ladi
@BomdodNamozbot
botimiz yangicha yo'nalishda ishga tushurdik ishlatib fikrlarizni bo'lishsayzlar Hammamizdan Alloh rozi bo'lsin
Mudroqman.
Na sergakman va na gʻaflatda.
Uchqunman.
Na kul boʻldim va na alanga.
Muhtasilman.
Na johilman va nada oqil.
Subhi damman.
Na yorugʻ kun va na qaro tun.
Har doim oʻrtada, arosatda boʻldim.
Biroq oxiratda arosat yoʻqdir!
Yo jannat bor, yoki jahannam!
Шайх Шаъровийдан гўзал бир дуо:
«Аллоҳим! Ақлимни уни безовта қиладиган нарса билан, қалбимни унга раҳм қилмайдиган кимса билан ва вақтимни ўзига фойда бермайдиган нарса билан машғул қилиб қўйма... Раббим, мен тарафда бўл, мен билан бўл ва мени Ўзинг ила кучли қил».
— Ўзингизга тегишли аёлни эътиборда ушланг, эътиборда бўласиз…
Бўлмаса шунақа чиройли унутиласизки, қанийди унутолсам деб армон қилиб қоласиз…
Haqiqiy qiyofamiz – yashirishga uringan botinimizdir. Kiygan kiyimimiz ham, aytgan so‘zimiz ham emas. Shunday ekan, botiningga nazar sol, fikr yurit, mushohada qil, botiningga yashirgan narsalaringni o‘rgan. Shunda dunyodagi o‘rning, oxiratdagi maqoming qayerda ekanini bilasan…
Doktor Mustafo Mahmud