
Botir Ziyatov
IFCB Shariat kengashi:
Iman Invest'ga mablag‘ kiritish shariat nuqtai nazaridan tavsiya etilmaydi.
Islom moliyasi bo‘yicha ilmli ulamolardan biri Mahmud Usmon IFCB Shariat kengashining xulosasini
e'lon qildilar.
Videoda aytilgan asosiy gaplar:
- IFCB kengashi Iman Invest bilan hamkorlikni to‘xtatdi.
- Kengash shu paytgacha kompaniya halolligi bo‘yicha yakuniy xulosa bermagan, faqat o‘rganib kelgan.
- Iyul oyida kompaniyada shubhali tranzaksiyalar borligi haqida hujjatlar kelgan. Shartnomaga ko‘ra har bir bitim kengashga tasdiqqa berilishi shart edi, lekin bu tranzaksiyalar berilmagan.
- Xalqaro moliyachilar, huquqshunos va shariy auditordan iborat komissiya 3,5 oy tekshirdi. Yakuniy natija 15-oktabrda chiqdi.
- Kengash xulosasiga ko‘ra, kompaniyada bir necha million dollarlik kamomad bor: investorlar pulini so‘rasa, hozir hammasini qaytara olmaydi.
- Pullar islom moliyasi mezonlariga, kompaniya ichki hujjatlariga va qonunchilikka zid sarflangan. Kengash aytishicha, rahbariyat bu holatlarning ko‘pini tan olib, tushuntirish xati yozgan.
- Kompaniya mudaraba asosida ishlaydi. Mudarabada investor kapitali yo‘qolgan bo‘lsa, foyda taqsimlash joiz emas.
Video:
https://www.youtube.com/watch?v=PFds7XvqLGM
IMAN kompaniyasi ham rasmiy
munosabat bildirdi
:
Usmani's kompaniyasi bilan mustaqil shar'iy audit boshlangan, natijasi ochiq e'lon qilinadi. Yangi shariat kengashi tuzilguncha yangi mahsulotlar to‘xtatilgan. Investorlarni esa shoshilinch qaror qilmaslikka chaqirishdi.
@botirziyatov
Muammolar hech qachon tugamaydi, faqat o’zgaradi. Muhimi, sizda hozir qanaqa muammo borligi.
muammolarni ham turi bor ekan:
Past sifatli muammolar
- faqat kuchingizni oladi. Ularni hal qilsangiz ham hech narsa yutmaysiz, ertaga yana shunga o’xshashi chiqadi.
Yuqori sifatli muammolar
- mustaqillik va kengayish hissini beradi, hal qilsangiz o‘sib borasiz
Oylik va lavozim qachon oshishini kutish ham, yangi loyihani qanday qilishni o’ylash ham bosh og’rig’i.
Lekin birinchisi sizni kutib o’tirishga majbur qiladi chunki bu muammo ni hal qilish boshqalarning qo’lida,
ikkinchisida esa ko’proq o’zingizni qo’lingizda.
@botirziyatov
Har kuni shu gapni o‘zimga aytib turishim kerak:
Hayotda orqada qolish degan narsa yo‘q, chunki biz hech kim bilan poyga qilayotganimiz yo‘q
@botirziyatov
Yana bir ajoyib gap :
Mening kuchim hech narsani mukammal qila olmasligimda.
@botirziyatov
AI bilimsiz odamni kuchli qilmaydi, bilimli odamni esa bir necha barobar tezlashtiradi.
Ruby on Rails muallifi DHH haqida qiziq ma'lumot oʻqib qoldim.
Bir paytlar Rust'ni "xunuk til" deb tanqid qilgan odam oʻz kompaniyasining bitta servisini Rails'dan Rust'ga koʻchiribdi. Sababi shuki, u endi kodni qo'lda yozmaydi, AI yozadi.
Yana bir misol: GitHub'da bitta dasturchi AI bilan 800 ming qator kodni Rust'ga koʻchiribdi. u ham oddiy dasturchi emas, Microsoft'ning eng tajribali muhandislaridan biri.
Shuning uchun texnik didni oshirib borish, yangi narsalarni sinab koʻrishni ham to'xtamaslik kerak.
@botirziyatov
⚡️
Bunaqa yangilikni kutmaganingiz aniq!
🌏
Japan Digital University
o'z talabalariga
eksklyuziv
imkoniyatlar taqdim etmoqda!
Zamonaviy va eng talabgir yo'nalishlardan o'zingizga mosini tanlang:
🛡
Kiberxavfsizlik
;
💻
Muhandis-dasturchi
;
🤖
Sun'iy intellekt
;
🎨
Grafik dizayn
va qo'shimchasiga hech bir oliygoh taklif etmagan imkoniyatlarga ega bo'ling!
🌟
Endilikda universitetga kirish uchun yapon tilidan imtihon topshirish shart emas!
🌟
UZBMB
(DTM)
imtihon natijalari bilan hujjat topshirishingiz mumkin.
📄
Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda!
➡️
HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN
⚡️
Universitetga qabul jarayonlari haqida ma'lumot olish uchun onlayn seminarda qatnashing!
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
Web site