
CEEN
Avstriya tog‘larida kuchli qor ko‘chishi yuz berdi
Hodisa chang‘ichilarga yopirildi. Qor tuzog‘ida to‘qqiz kishi qolib ketdi. Barchasi qutqarildi.
🔥
🔥
🔥
🔥
O'zgidromet ma'lumotlariga asosan 18:00 holatiga ko'ra poytaxtda havo sifati ancha yaxshilangan Oxirgi kunlardagi chora-tadbirlar natijasi asta-sekin raqamlarda o'z aksini topmoqda.
🔥
🔥
🔥
🔥
O'zgidromet
ma'lumotlariga asosan 18:00 holatiga ko'ra poytaxtda havo sifati ancha yaxshilangan
Oxirgi kunlardagi chora-tadbirlar natijasi asta-sekin raqamlarda o'z aksini topmoqda.
🔥
🔥
🔥
🔥
Jakarta dunyodagi eng ko‘p aholi yashaydigan megapolisga aylandi
Indoneziya poytaxti Jakarta
42 million
aholisi bilan BMTning Jahon urbanizatsiyasining istiqbollari bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng zich aholi yashaydigan shaharlari ro‘yxatida
Tokioni
ortda qoldirdi.
Bu o‘zgarishga nafaqat demografik jarayonlar, balki shahar chegaralarini aniqlashning yangi, yanada unifikatsiyalangan metodologiyasi ham sabab bo‘ldi.
Reytingning uchlik yetakchisi quyidagicha:
1-o‘rin — Jakarta (42 million)
2-o‘rin — Dakka (37 million)
3-o‘rin — Tokio (33 million)
2018-yilgi
ma’lumotlarda
Tokio
birinchi o‘rinda edi. Hozirgi keskin farq esa Osiyodagi urbanizatsiya jarayonlari qanchalik tezlashganini ko‘rsatadi: ro‘yxatdagi eng yirik o‘nta megapolisdan
to‘qqiztasi
—
Jakarta, Dakka, Tokio, Nyu-Dehli, Shanxay, Guanchjou, Qohira, Manila, Kalkutta
va
Seul
— aynan shu mintaqada joylashgan.
Ma’lumotlar
urbanizatsiya miqyosi qanchalik kengayganini yaqqol ko‘rsatadi:
- 1950-yilda Yer aholisining 2,5 milliarddan atigi
20%
shaharlarda yashagan bo‘lsa, bugun
8,2 milliard
aholining deyarli yarmi shahar aholisidir.
🔥
🔥
🔥
🔥
"Yashil Makon" umummilliy loyihasining Keniya versiyasi ekan
Bizda ham qilib ko'rishni o'ylab ko'rish kerak.
🔥
🔥
🔥
🔥
Dehliga “o‘lim smogi” yana qaytdi
Aholi chidab bo‘lmaydigan iflos havodan charchadi. Havo ifloslanishi bilan eng ko‘p qiynalayotgan poytaxt — Nyu Dehli yana zaharli tuman ostida qoldi. 34 million aholining tomog‘ini qirib, nafasini siquvchi qora tutun bu mavsumda yanada kuchaydi.
30 yillik rejalardan natija yo‘q!
1996-yildan beri hukumat havo sifatini yaxshilash bo‘yicha rejalar tuzib keladi, ammo har yili sovuq mavsumda vaziyat qaytadan og‘irlashadi. Yong‘inlar, Divali uchun salyutlar, shahar transporti va past haroratdagi “inversiya” — hammasi tutunni yerda ushlab qoladi.
🌫
IQAir ma’lum qilishicha, hozir Dehlida havo sifati “hazardous” — o‘ta xavfli darajada.
Pediatr Vandana Prasad shunday deydi:
“Bir yoshli bolaning o‘pkasiga bunday havoning qanday ta’sir qilishini tasavvur qiling. Ba’zan uch yoshli bolalar menga keladi — yo‘tal hech qachon ketmaydi.”
🌧
Muvaffaqiyatsiz “sun’iy yomg‘ir” (cloud seeding)
Hukumat o‘tgan oy qimmat
“sun’iy yomg‘ir”
tajribasini o‘tkazdi —
kumush yodid
bilan bulutlarni to'yintirish orqali tutunni yuvib tashlamoqchi bo‘ldi. Ammo
3 ta
urinishning barchasi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi, chunki havoda namlik atigi
15%
bo‘lgan.
Mutaxassislar buni avvaldan ogohlantirgan edi, chunki qish oylarida
kerakli bulutlar bo‘lmaydi
, hatto
yomg‘ir hosil bo‘lsa ham quruq qatlamda bug‘lanib ketadi
, bu faqat
2 kunlik
vaqtinchalik yechim, asosiy muammo esa hal etilmaydi.
⚠️
Yaqinda Dehli Oliy sudiga ariza topshirildi. Unda: ifloslanish darhol favqulodda holat deb e’lon qilinsin; choralar faqat
“anti-smog qurollari”
va
suv sepuvchi mashinalar
bilan cheklanmay, asosiy manbalarga zarba berilsin, deyiladi.
🌍
Global Air 2025
hisobotiga ko‘ra, 2023-yilda dunyodagi barcha havo ifloslanishidan o‘limlarning
30%
i faqat
Hindistonda
sodir bo‘lgan.
🔥
🔥
🔥
🔥
🇸🇬
Singapur bog' magistrallarini yaratmoqchi
🌳
Singapur o‘zining "vertikal bog‘ magistrallari" - ifloslanish va shahar issiqligiga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan ulkan tirik devorlar bilan shahar barqarorligini qayta belgilamoqda. Ushbu yashil inshootlar karbonat angidridni yutadigan, mayda chang zarralarini ushlab qoladigan va kislorod chiqaradigan, hatto shahar markazida ham toza havo yaratadigan minglab o‘simlik turlaridan tashkil topgan.
🌎
Havo tozalashdan tashqari, bu vertikal bog‘lar atrof-muhitni sovutishda katta rol o‘ynaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yashil devorlar issiqlikni yutib, namlikni oshirish orqali atrofdagi havo haroratini
8°F
(taxminan
4,5°C
) gacha pasaytirishi mumkin. O‘simliklar, shuningdek, transport shovqini darajasini 50% gacha kamaytiradigan tabiiy shovqin to‘sig‘i vazifasini bajaradi. Avtomobil yo‘llari yaqinida yashaydigan aholi uchun bu o‘simliklardan quvvat oladigan tinchroq, toza va salqinroq mahallalarni anglatadi.
♻️
Singapurning yashil yondashuvi nafaqat estetika, balki "Bog‘dagi shahar" deb nomlangan kengroq qarashning bir qismidir. Arxitekturani ekologiya bilan birlashtirib, davlat urbanizatsiya va tabiat yonma-yon rivojlanishi, beton changalzorlarni jonli, barqaror ekotizimlarga aylantirishi mumkinligini isbotlamoqda.
🔥
🔥
🔥
🔥
#rasmiy_xabar
❌
Ijtimoiy tarmoqda “Mana nega havo zaharlandi” sarlavhali video qariyb 2 yil oldin olingan, u bugungi kunga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi
Ayrim ijtimoiy
tarmoqlarda
so‘nggi kunlarda poytaxt havosining ifloslanishi Toshkent IES tomonidan ham sodir bo‘layotgani aytilgan video tarqatilmoqda.
Ushbu video mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Mazkur video qariyb
2 yil oldin — 2024-yilning fevral oyida olingan bo‘lib, o‘sha paytda
stansiyada
asosiy yoqilg‘i tabiiy gazdan,
zaxira yoqilg‘i sifatida esa
qisqa muddat
mazutdan foydalanilgan.
Avval xabar berganimizdek
, Toshkent IESda o‘rnatilgan “Yengli filtr” qurilmasi chiqindilarni 99,5% samara bilan tozalaydi
va
havoga tashlanadigan qattiq zarrachalar konsentratsiyasini 100 mg/m³ dan 6 mg/m³ gacha kamaytiradi.
Stansiyada tutun gazlari tarkibini
yuqori aniqlikda nazorat qiluvchi
va
real vaqt rejimida
ma’lumotlarni
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Situatsion markaziga uzatuvchi avtomatik monitoring tizimlari joriy etilgan.
Shu bilan birga, stansiyaning sanitariya-himoya hududida
zamonaviy ekopost o‘rnatilgan
bo‘lib, u
atrof-muhit holatini doimiy nazorat qilish
va
ekologik ko‘rsatkichlarni tezkor monitoring qilishni ta’minlaydi.
Joriy kuz-qish mavsumi boshlangandan beri mazkur stansiyada mazut yoqilg‘isidan foydalanilmagan va stansiya tabiiy gaz asosida ishlamoqda.
⚠️
Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq egalari va fuqarolardan tasdiqlanmagan hamda noto‘g‘ri bo‘lgan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz. Bu bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjud ekanligini eslatib o‘tamiz.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling
👇
@minenergy_uz