Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Doniyor Nasriddinov

doniyor_nasriddinov
🏃‍♂️ Ironman & Oceanman | Ta'lim eksperti @Colba_maktabi | @COLBA_Talim_Markazi | @Murabbiy_akademiyasi asoschisi Bu yerda hayotiy xulosalalarim va shaxsiy rivojlanishga oid fikrlarimni ulashib boraman.
Подписчики
12 952
24 часа
-8
30 дней
-7
Просмотры
6 675
ER
51,54%
Посты (30д)
19
Символов в посте
569
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 15, 12:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

• Оилангиздаги муносабатларни яхшиламоқчимисиз?
• Бахтли ва саодатли оила қуриш ниятингиз борми?
•
Шахсан Икром Шарифдан
жонли тавсиялар олишни истайсизми?
Акамиз Икром Шариф
"Фароғат қасри" курсига
қабул бошлабдилар. “Фароғат қасри
”
оилада тотувлик, бирдамлик, сакинатни бардавом бўлишига хизмат қиладиган курсдир.
Оила илмини ўрганаман деганлар учун тавсия қиламиз. Дарслар
19 октябр
санасидан бошланар экан.
👤
Қабул менежерига ёзиш
📎
Курс ҳақида батафсил
@ikromsharif

October 13, 13:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bemor Naima Abdurahmonova bolaligidan 1-guruh nogironi.
U meningoensefalit (miya va miya pardasi yallig‘lanishi) kasalligini asoratlar hamda tez-tez qaytalanib turadigan tutqanoqdan aziyat chekadi.
Shifokorlar tomonidan belgilangan uzoq muddatli muolajalar, muntazam dori-darmonlar hamda reabilitatsiya kurslari oila byudjeti uchun og‘irlik qilmoqda.
Sizning ozgina eʼtiboringiz va saxovatingiz bir insonning og‘riqlarini yengillashtirishi mumkin.
Xayriya uchun plastik karta raqami:
5614 6819 1186 7673
6262910225498542
Kartalar Siddiqova Rislig‘oy (bemorning onasi) nomida.
#xayriya

October 09, 14:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Monakodaman — dunyoning eng qimmat shaharlaridan biri.
Har yerni qilmagin orzu,
Har yerda bor toshu-tarozu.
@Doniyor_Nasriddinov

October 08, 11:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Alloh taolo behikmat ish qilmas.
IRONMAN musobaqasi qoldirildi, biz bunga deyarli 2 yil tayyorgarlik ko'rgan edik.
Nasiba ekan, musobaqa keyingi yilga qoldi.
Lekin, bu 3 aka-ukani unutilmas safarni amalga oshirishiga sabab bo'ldi.
Akang bilan gaplashib imoning ziyoda bo'lishi,
ukang bilan gaplashib xalovat topishing — naqadar yaxshi.
Yevropa bo'ylab sayohat qilyapmiz,
Mevlâ görelim neyler,
Neylerse güzel eyler.
@Doniyor_Nasriddinov
P.s: Video Fransiyaning Marsel shahridan Nitsaga ketishda olingan.

October 06, 10:56
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

October 05, 12:55

Ular qanday yashashgan?
Ming yil oldin ham odamlar bitta narsadan qo'rqishgan: vaqtning tugashidan.
Ulug'larimiz hayotini o'qib, "Biz umrimizni isrof qilyapmiz" degim keladi.
Ibn Aqiyl chaynashga ketadigan daqiqani ham ayardi.
Non o'rniga ivitilgan talqon yerdi.
Muhammad ibn Salom Poykandiyning darsda qalami sindi.
"Kimda qalam bo'lsa — bir dinor" deb chaqirardi, qalamlar unga uchib kelardi.
Xatib Bag'dodiy ko'chada yurganda ham kitobini qo'lidan qo'ymasdi.
Ibn Jarir Tabariyning oldiga vafotidan bir soat oldin mehmon keldi.
Suhbatda bir duo tilga olindi, u darhol qog'oz-qalam so'rab yozib oldi.
"Shu holatda ham-a?" deyishdi. "Odam o'lguncha ilmdan voz kechmasligi kerak" dedilar.
Ularning birortasi "vaqtim ko'p" demagan.
Hozir esa umr xuddi tugamaydigandek uni foydasiz ishlarga sarflayapmiz.
Instagramga bir kirib, chiqayotganingizda vaqtga qarasangiz oradan 2 soat o'tib ketgan bo'ladi.
"Vaqt qilichdir, agar sen uni kesmasang, u seni kesadi"
Imom Shofe'iy
@Doniyor_Nasriddinov

October 04, 08:51

Qonli 4-oktabr, 1938
O'sha kecha o'zbek millati o'z gullarini yo'qotdi.
Cho'lpon. Fitrat. Abdulla Qodiriy va yana ko'plab boshqa millat farzandlari.
Ularning gunohi — millatga xizmat qilgani edi.
165 kishilik ro'yxat tuzilgan edi.
155 tasi otuvga hukm qilindi.
Bir necha kunlar davomida odam otilgan.
Aholi qatl ovozini eshitmasin deb, motor yoqib qo'yishgan.
Hammasi bitta chuqurga, kafansiz ko'milgan.
Bu — millatning boshi kesilgan kun edi.
Biz buni hech qachon unutmaymiz.
Millatni kuchaytirish uchun, istiqlolni saqlab qolish uchun borimizni berishimiz kerak.
Biz ilm bilan ko'tarilamiz.
Mehnat bilan ko'tarilamiz.
Millatni ildizidan mustahkam qilamiz.
Shunda ularning va boshqa ulug’larimizning qoni behuda ketmaydi.
@Doniyor_Nasriddinov

October 04, 07:31
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

October 04, 06:57
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

October 04, 06:55
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram