
Endokrinolog maslahati πβοΈ
#klinik_vaziyat
π©Ί
Onaning Graves kasalligi (Diffuz toksik buqoq - zaharli buqoq ) fonida yangi tugβilgan chaqaloqlarda tireotoksikoz
πΆ
π
Homiladorlikning 36-haftasida tugβilgan bola.
π€°
Ona (22 yosh) homiladorlikning 31-haftasida Β«kam suyuqlikΒ» tashxisi bilan yuborilgan.
π
35-haftada ultratovush tekshiruvida homilaning ichki rivojlanish kechikishi aniqlangan.
π
Homilaning yurak urishi: 158 urish/min.
Tugβilishning dastlabki soatlarida:
πΆ
Tugβilgan vazni: 1800 g.
β
Apgar ballari: normal.
β‘
Puls: taxminan 200 urish/min! Qoβl bilan boβgβim aniqlanmadi.
π
Koβrikda: ekzoftalm, yuqori kipriklarning tortilishi (Rasm A), deyarli toβliq teri osti yogβ toβqimasining yoβqligi (Rasm B).
Davomi bor...
π
@endocrinoo
Davomi...
βοΈ
π©Έ
Diagnostika va davolash:
π¬
Onada tushuntirib boβlmaydigan vazn yoβqotish bilan Graves kasalligi tashxisi qoβyilgan ( yil davomida taxminan 28 kg, jumladan homiladorlik davrida 6 kg vazn yoΚ»qotgan ).
π‘
Yangi tugβilgan chaqaloqqa "yangi tugβilgan chaqaloqlar tireotoksikozi" tashxisi qoβyilgan.
π
TTG: <0,01 mME/l (0,4-4,0).
π
Erkin T4: > 70 pmol/l (14-30).
π
Terapiya: propranolol, tiamazol.
β
Natija: 5 kundan soβng erkin T4 normallashdi, taxikardiya bartaraf etildi.
Manba:
Kanalga aΚΌzo boΚ»ling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing
@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
Sizda semizlik yoki ortiqcha vazn bor va koΚ»p kasal boΚ»lasizmi? Yoki doimiy charchoqda yurasizmi?
π
Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
(
@endocrinoo
)
Semizlik - bu organizmda ortiqcha yogΚ» toΚ»planishi bilan kechuvchi metabolik kasallik boβlib, faqat ortiqcha vazn emas, balki surunkali past darajadagi yalligΚ»lanish (low-grade chronic inflammation) bilan kechadi.
Bu holat immun tizimini doimiy βfaol holatdaβ ushlab turadi va koβplab kasalliklarning rivojlanishiga sabab boβladi.
βοΈ
YalligΚ»lanish qanday boshlanadi? (Patogenez)
Semizlikda yogΚ» toΚ»qimasi (adipoz toβqima) faqat energiya saqlovchi organ emas, balki endokrin faol toβqima hisoblanadi.
U turli sitokinlar va gormonlar ishlab chiqaradi:
π
Leptin, adiponektin, resistin,
π
IL-6, TNF-Ξ±, MCP-1, va boshqalar.
π§©
Bosqichma-bosqich mexanizm:
1β£
. YogΚ» hujayralarining kattalashishi (gipertrofiya):
Oksidativ stress va gipoksiya yuzaga keladi.
Hujayralar nekrozga uchraydi.
2β£
. Immun hujayralar chaqiriladi:
Makrofaglar, T-limfotsitlar, neutrofillar yogΚ» toΚ»qimasiga kiradi.
Ular yalligΚ»lanish sitokinlarini chiqaradi:
β TNF-Ξ±, IL-1Ξ², IL-6
3β£
. Surunkali past darajadagi yalligΚ»lanish rivojlanadi:
Bu yalligΚ»lanish infektsiya kabi kuchli emas, lekin doimiy.
Natijada butun organizm darajasida metabolik stress paydo boΚ»ladi.
Kanalga aΚΌzo boΚ»ling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing
@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
Hayz siklida harorat egri chizigΚ»i
π
Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
(
@endocrinoo
)
Hayz sikli 2 ta fazadan iborat boΚ»lib dastlabki davri
FOLIKULYAR FAZA
boΚ»lib bu davrda estrogen gormoni faol ish bajaradi va haroratni pastroq holatda saqlaydi
2-faza OVULYATSIYA va LUTEIN FAZA. Bu davrda progesteron keskin ortadi
Progesteron gormoni kuchli termogen ta'sirga ega. U bosh miyadagi tana haroratini boshqaruvchi markazga (gipotalamusga) toΚ»gΚ»ridan-toΚ»gΚ»ri ta'sir qilib, organizmning "termostat" sozlamasini bir oz yuqoriroq darajaga suradi.
Natijada, ovulyatsiya sodir boΚ»lgach va progesteron darajasi keskin oshgach, tana harorati oΚ»rtacha 0.2Β°C - 0.5Β°C gacha koΚ»tariladi va hayz boshlangunga qadar yuqori darajada saqlanib turadi.
@endocrinoo
Chat_savol_yΓΆllash
Diabetdagi 5 hil dori haqida
@endocrinoo
Insulin haqida
@endocrinoo
Autoimmun tireoiditni tashxislashda qoΚ»llaniladigan taxlil AT-TPO boshqa autoimmun kasallik mavjudligini ham tasdiqlaydimi?
YoΚ»q! Sababi bu taxlil faqat qalqonsimon bez uchun sezgir. Lekin odatda bitta autoimmun kasallik boshqa autoimmun kasallik (lar) bilan birga keladi ( multiautoimmunitet )
Eng koΚ»p uchraydigan autoimmun kasalliklar
β’Qandli diabet 1-tur
β’Vitiligo
β’Revmatoid artrit
β’Pernitsioz anemiya
β’Seliakiya kasalligi
Kanalga aΚΌzo boΚ»ling
Malumotni yaqinlarga ham ulashing
@endocrinoo
SLGT ingibitorlarining foydali va nojoΚ»ya taΚΌsirlari
π
Endokrinolog Fayzullayev Jahongir
(
@endocrinoo
)
β’Dapagliflozin ( Dapa , Dapamet , Forsiga )
β’Empagliflozin ( Emflazin , Jardy , Jardins )
β’Kanalgliflozin
β’Urtugliflozin
Ushbu dorilar yoki ushbu tarkibli preparatlarni qabul qiluvchi bemorlarda siydik yoΚ»llari infeksiyasi paydo boΚ»ladi va ushbu aΚΌzolarda qichishish kuzatilishi mumkin.
Bu ushbu dorilarning tasir mehanizmi bilan bogΚ»liq boΚ»lib ular qondagi qandni siydik orqali ajratadi. Ichakda glukoza soΚ»rilishini pasaytiradi. Siydik muhiti glukoza tasirida shirin tabiatga oΚ»zgarishi infeksiya uchun qulay xisoblanadi.
Foydali tasiri esa :
π«
Kardioprotektiv (yurakni ximoya)
Nefroprotektiv ( buyrakni)
Gepatoprotektiv (jigarni)
Kanalga aΚΌzo boΚ»ling
MaΚΌlumotni yaqinlarga ham ulashing
@endocrinoo
@endokrinolog_maslaxatii
#hazil_time
Sizga ham qosh va kipriklarni oΚ»stiradigan krem kerakmi?
@endocrinoo