
Farg‘ona viloyati axborot-kutubxona markazi
Kayfiyat uchun kutubxonachilardan kitobxonlar uchun maxsus
😉
Kutubxonachilar hind kinosida o‘ynasa...
Ey, mitti kitobsevarlar! Sizni kutubxonada kimlar kutayotganini ko'ring!
🥰
Cheburashka, sehrli qovoqcha, muallaq minora va yana ko'plab do'stlar...
Shaffof soyaboningizni oling va ertaklar olamiga sayohatga keling!
☔️
📚
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi
📝
O‘zbekiston Respublikasining
"Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”
gi qonuni qabul qilindi.
🔰
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan,
28 ta harf
va
1 ta tutuq belgisi
dan iborat
o‘zbek alifbosi
joriy etiladi.
☑️
Mazkur o‘zgartirishga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topadi.
Alifbo tarkibi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g,
Ğ ğ
H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o,
Ö ö
P p, Q q, R r, S s,
Ş ş
Ç ç
T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va
(tutuq belgisi).
Fergana.gov.uz|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X
#kutubxona_OAV_nigohida
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist Doniyor Ergaşev 90 yoşga töldi.
🔔
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻
𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|
📝
𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|
📱
YouTube|
🎙
Radio FM 90.8
|
Facebook
#kutubxona_OAV_nigohida
Viloyat axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirokchilar e’tibori yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.
🔔
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻
𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|
📝
𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|
📱
YouTube|
🎙
Radio FM 90.8
|
Facebook
Farg‘ona jurnalistikasi ustozi Doniyor Ergashev 90 yoshda
Farg‘ona jurnalistikasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan, ko‘p yillik samarali faoliyati bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Doniyor Ergashev 90 yoshni qarshiladi.
Shu munosabat bilan Farg‘ona shahridagi viloyat axborot-kutubxona markazida viloyat hokimligi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi, “Yangi Farg‘ona” gazetasi tahririyati, “Farg‘ona viloyati teleradiokanali” davlat muassasasi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda ustozning hamkasblari, shogirdlari, jamoatchilik vakillari hamda oila a’zolari qatnashdi.
Dastlab viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ahmedov viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning ustozning qutlug‘ 90 yoshi munosabati bilan yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Tabrikda Doniyor Ergashevning el-yurt xizmatiga bag‘ishlangan umri, soha rivojiga qo‘shgan hissasi va fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.
Tadbir davomida ustozning sermazmun hayot yo‘li va kasbiy faoliyatiga to‘xtalib o‘tildi. Uning viloyat teleradioqo‘mitasida rahbar, viloyat hokimligi muassisligidagi gazetalarda bosh muharrir sifatida olib borgan faoliyati Farg‘ona jurnalistikasi tarixida muhim o‘rin tutadi.
Doniyor Ergashev yarim asrdan ziyod umrini jurnalistikaga bag‘ishlab, viloyatning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotini yoritish, xalqning orzu-intilishlari va bunyodkorlik mehnatini qalamga olishga munosib hissa qo‘shdi. Uning so‘zga mas’uliyat bilan yondashuvi, kasbiga sadoqati va boy tajribasi ko‘plab yosh jurnalistlar uchun ibrat maktabiga aylandi.
Ustozning jurnalistika sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari munosib taqdirlanib, unga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni berilgan.
Bugun ham matbuot yangiliklarini kuzatib borishi, kasbiga bo‘lgan mehri va hayotga faol munosabati bilan yosh avlodga namuna bo‘lib kelmoqda.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan va ustozning hayoti hamda faoliyatiga bag‘ishlangan videolavhada uning nafaqat jurnalist sifatidagi mahorati, balki sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, jismoniy faollikni targ‘ib etishi ham alohida ta’kidlandi.
Batafsil
Fergana.gov.uz|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X