Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi

ferganasoliq
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali. Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60 Ishonch telefoni: 73 241 70 61 Veb-sayt: https://soliq.uz/ ; Facebook: facebook.com/ferganasoliq ; Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Подписчики
1 910
24 часа
-1
30 дней
-79
Просмотры
679
ER
35,55%
Посты (30д)
57
Символов в посте
1 048
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
September 12, 05:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

KADR - ISLOHOTNING YURAGI
Kecha Zominda
«HR boshqaruvida xavflar»
mavzusidagi seminarning birinchi kuni sermazmun maʼruzalar, ochiq muloqot va qizgʻin bahs-munozaralarga boy boʻldi.
Soliq qoʻmitasi tashabbusi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda
85 nafar ishtirokchi
bir maqsad atrofida jam boʻldi: davlat boshqaruvida inson kapitali bilan bogʻliq xavflarni anglash va ularni samarali boshqarish.
Zero,
kuchli davlat boshqaruvi — kuchli kadrlardan boshlanadi.
Bugungi HR — shunchaki kadrlar bilan ishlash emas. Bu —
davlat islohotlarining barqarorligi, institutsional salohiyat va samarali boshqaruvning muhim omili.
Birinchi kun yakunlari esa bir haqiqatni yana bir bor koʻrsatdi:
kadrga eʼtibor — kelajakka eʼtibor.
Тelegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
X
|
Threads

September 11, 09:19
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun yer va mol-mulk solig‘i to‘lashning so‘nggi kuni!
Soliqlarni masofadan
Soliq
mobil ilovasi
orqali tez va oson
to‘lashingiz mumkin.
❗️
O‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga
har bir kechiktirilgan kun uchun
qonunchilikda belgilangan tartibda
penya hisoblanib
, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.
#15_oktabr
#yer_soligi
#mol_mulk_soligi
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube

September 11, 07:13
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

INSONNI ANGLAGAN RAHBAR — XAVFNI OLDINDAN KOʻRA BILADI
🇺🇿
Zominda soliq tizimi rahbar va kadrlar mutaxassislari uchun “HR xavflarini boshqarish” mavzusida amaliy trening boshlandi.
📍
Jizzax viloyatining soʻlim Zomin tumanida 10–13-sentyabr kunlari Soliq qoʻmitasi tizimi xodimlari uchun “
HR xavflarini boshqarish
” mavzusida amaliy trening oʻtkazilmoqda.
Bugungi tez oʻzgarayotgan mehnat muhitida tashkilot samaradorligi nafaqat zamonaviy texnologiya yoki mukammal tizimlarga, balki
inson resurslarini qanchalik toʻgʻri boshqara olishga
ham bevosita bogʻliq.
Zero, har bir xodimning oʻz kuchli va zaif tomonlari, qobiliyati, salohiyati, motivatsiyasi va kasbiy oʻsishga boʻlgan ehtiyoji bor.
Rahbarning vazifasi esa ana shu jihatlarni oldindan anglash, kuchli salohiyatga ega xodimni qoʻllab-quvvatlash va uning imkoniyatlarini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit yaratishdan iborat.
Chunki oʻz vaqtida aniqlanmagan muammo — keyinchalik boshqaruv xavfiga, eʼtiborsiz qoldirilgan salohiyat esa — yoʻqotilgan imkoniyatga aylanishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan, mazkur trening Soliq qoʻmitasi tizimida inson resurslarini samarali boshqarish,
kadrlar bilan bogʻliq xavflarni oldindan aniqlash va ularning oldini olish
, xodimlarning salohiyatidan oqilona foydalanish hamda zamonaviy HR yondashuvlarini amaliyotga keng tatbiq etishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Treningda belgilangan roʻyxatga muvofiq hududiy soliq organlari hamda Soliq qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari mutaxassislari, barcha hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari va kadrlar boʻlimi rahbarlari, shuningdek, respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar ishtirok etmoqda.
🎙
Tadbirni Soliq qoʻmitasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish departamenti direktori
Toʻrabek Toʻrayev
boshqarib borib, treningning maqsad va vazifalari, inson resurslarini strategik boshqarishning bugungi kundagi ahamiyati xususida soʻz yuritdi.
U taʼkidlaganidek, samarali HR siyosati — bu faqat kadrlarni ishga qabul qilish yoki ularning faoliyatini baholash emas. Bu, avvalo,
insonni tushunish, uning salohiyatini toʻgʻri baholash, jamoadagi munosabatlarni boshqarish va ehtimoliy xavflarni muammoga aylanishidan oldin koʻra bilish
demakdir.
🤝
Shuningdek, tadbirda Boshqaruv samaradorligi agentligi masʼul xodimi
Xotambek Shokirov
ishtirok etib, zamonaviy boshqaruv, rahbarlik salohiyati va inson resurslarini samarali boshqarish masalalari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
🌐
Amaliy mashgʻulotlar jarayonida xalqaro tajribaga ega trenerlar ishtirok etib, HR sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, risklarni baholash, jamoani samarali boshqarish, xodimlarning kuchli va rivojlantirilishi zarur boʻlgan jihatlarini aniqlash hamda inson omili bilan bogʻliq xavflarni tizimli ravishda boshqarish boʻyicha tajriba almashilmoqda.
Zero,
kuchli xodimni faqat aniqlashning oʻzi yetarli emas.
Uning salohiyatidan toʻgʻri foydalanish, kasbiy oʻsishi uchun imkoniyat yaratish, munosib ish muhitini taʼminlash va mehnatiga munosib baho berish ham samarali boshqaruvning muhim shartidir.
Aks holda, eʼtiborsiz qolgan salohiyatli mutaxassisning motivatsiyasi pasayishi, jamoadagi ichki muvozanat buzilishi yoki kadrlar qoʻnimsizligi kabi holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Shu maʼnoda,
HR xavflarini boshqarish — muammo paydo boʻlgach, uni bartaraf etish emas, balki muammoning paydo boʻlish ehtimolini oldindan koʻra bilish va unga oʻz vaqtida yechim topish sanʼatidir.
🤝
Tadbirda Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari
Zafar Azimov
ham ishtirok etib, hududda samarali boshqaruv va inson kapitali bilan ishlash borasidagi yondashuvlar haqida fikr bildirdi.
🏨
Trening Zomin tumanidagi “Zafaron premium” mehmonxonasida tashkil etilgan.
Inson — har qanday tizimning eng qimmatli resursi. Rahbarning haqiqiy mahorati esa ana shu resursni nafaqat boshqarish, balki uni anglash, rivojlantirish va asrashdadir.
Chunki inson salohiyatini oʻz vaqtida anglagan rahbar — imkoniyatni boy bermaydi.
Тelegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
X
|
Threads

September 10, 14:47
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
ТАДБИРКОРЛАР ДИҚҚАТИГА!
Бизнесингиз учун қанча маблағ керак? Қандай муддатга? Қайси валютада?
Энди кредит олишда умумий шартларга мослашиш эмас,
айнан бизнесингиз эҳтиёжларига мос молиялаштириш имкониятларини шакллантириш
мумкин!
Шу мақсадда тадбиркорлар ўртасида махсус
сўровнома
ўтказилмоқда.
📝
Сўровномада иштирок этинг ва ўз эҳтиёжингизни билдиринг:
⏹️
Сизга мос кредит шартлари
Кредит миқдори, муддати, валютаси ва тўлов шакли —
аннуитет ёки дифференциал
— бўйича эҳтиёжингиз ўрганилади.
⏹️
Гаров масаласида ечим
Гаров таъминоти етарли бўлмаса,
қўшимча кафиллик ёки муқобил молиявий инструментлар
бўйича имкониятлар кўриб чиқилади.
⏹️
Бизнесни кенгайтириш имконияти
Келгуси
1–3 йиллик режаларингиз
ўрганилиб, янги иш ўринлари яратиш ва фаолиятни кенгайтириш учун зарур ресурсларни аниқлашга хизмат қилади.
⏹️
Банк хизматларини яхшилаш
Молиялаштириш жараёнидаги муаммо ва таклифларингиз ўрганилиб, банк хизматларини янада қулайлаштириш чоралари белгиланади.
⏱️
Сўровномани тўлдириш учун атиги 3–5 дақиқа кифоя!
💬
Сизнинг фикрингиз - келгусида тадбиркорлар учун янада қулай молиялаштириш шартларини шакллантиришга ёрдам беради.
➡️
Сўровномада иштирок этинг:
📍
@CB_survey_fbot
💡
Фикрингизни билдиринг - бизнесингиз учун зарур имкониятларни биргаликда шакллантирамиз!
🕊
Telegram
📱
Instagram

September 10, 07:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazildi
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube

September 10, 06:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ehtiyojmand oila aʼzosini ishga olgan korxonalarga soliqdan yengillik beriladi
Kuni kecha Prezidentimiz tomonidan hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish
oʻtkazildi.
Yig'ilishda ma'lum qilinishicha, qishloq tumanlarida ehtiyojmand oila aʼzosini ishga olgan korxonalar uchun 1-oktabrdan ushbu xodim boʻyicha
ijtimoiy soliq stavkasi 2 foiz
(amalda 12 foiz)
etib belgilanadi.
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube

September 10, 04:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#soliq_taqvimi
🗓
Eslatma
❗️
2026-yil 10-sentabr
avgust oyi uchun:
- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
👉
Soliq kodeksi 292-moddasi birinchi qismi
👉
Soliq kodeksi 293-moddasi birinchi qismi
sentabr oyi uchun
:
- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
👉
Soliq kodeksi 417-moddasi oltinchi qismi
– aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
👉
Soliq kodeksi 432-moddasi birinchi qismi
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube

September 09, 12:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#qonunchilikdagi_yangiliklar
O‘rta va yirik biznes uchun soliq auditining yangi imkoniyati!
✔️
2027-yil 1-yanvardan 2028-yil 31-dekabrga qadar
huquqiy eksperiment o‘tkaziladi.
Unga ko‘ra, oʻrta va yirik tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz faoliyatini auditorlik tashkilotini jalb qilgan holda soliq va yigʻimlarni toʻgʻri hisoblash va toʻlash boʻyicha tashabbus tarzidagi auditdan oʻtkazish hamda auditorlik xulosasini soliq organi tomonidan tan olish mexanizmi joriy etiladi.
❗️
Bunda audit oʻtkazilgan davr uchun soliq organlari tomonidan soliq auditi oʻtkazilmaydi
(bundan audit xulosasi bilan qamrab olinmagan soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan holatlar mustasno)
.
✔️
Aniqlangan xato va kamchiliklar
30 kun muddatda
bartaraf etilganda tadbirkorlik subyektiga nisbatan moliyaviy jarimalar qoʻllanmaydi.
👉
PF-175 27.08.2026-yil.
Тelegram
|Facebook
|YouTube|
Instagram
|X|
Threads

September 09, 05:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Birinchi xato uchun – ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi
Prezidentimizning
PF-175-son Farmoni
ga asosan,
2027-yil 1-yanvardan boshlab
:
tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy jarimalar qoʻllashda
“Birinchi xato uchun – ogohlantirish”
qoidasi joriy etiladi va uning doirasida birinchi marta qoida buzgan, lekin fuqarolar hayoti va sogʻligʻi, oʻzgalar mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorlarga jarima qoʻllamasdan, dastlab kamchilikni bartaraf etish uchun
oʻn kun muddat beriladi.
PF-175 27.08.2026-yil.
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube

September 08, 10:46
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

Farg‘ona shahrida tadbirkorlar uchun amaliy seminar
:
moratoriy davrida tadbirkorlar faoliyati tekshirilishi mumkinmi?
Farg‘ona shahrida Soliq qo‘mitasining mas’ul xodimi ishtirokida tadbirkorlik subyektlari uchun amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Prezidentimizning
PF-175-son Farmoni
mazmun-mohiyati tadbirkorlarga batafsil tushuntirildi.
Xususan, kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga
3 yil muddatga moratoriy e’lon qilinganligi
, shuningdek, soliq tekshiruvlari qaysi hollarda o‘tkazilishi mumkinligi haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek,
2027-yil 1-yanvarga qadar
tadbirkorlik subyektlariga eksport operatsiyalari bo‘yicha yuzaga kelgan muddati o‘tgan debitor qarzdorlikni
o‘z mablag‘lari hisobidan so‘ndirish imkonini beruvchi
bir martalik umumdavlat aksiyasi
e’lon qilinganligi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Seminar davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan amaliy javoblar berildi.
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
Youtube