Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Feruza Burkhanovna

feruza_burkhanovna
Birgalikda sog’lom farzand va ongli onalik ❤️ Hamkorlik uchun : @menejder_feruza
Подписчики
1 421
24 часа
4
30 дней
-16
Просмотры
601
ER
42,29%
Посты (30д)
18
Символов в посте
469
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Религия и духовность
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
July 24, 08:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ne’matlarning eng yaxshisi halovatdur,
Gar nolisak, bu Xudoga malomatdur
♥️

July 24, 05:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bu qizlar bilan o’tirish qanaqa zo’r energiya beradi bir bilsangiz
🫠
💓
Mavzularimiz, fikrlarimiz , dunyoqarashimiz o’xshash bo’lganiga ham bunday o’tirishlardan charchab emas full energy bo’lib chiqamiz.
Hamma ayollarni shunday o’zini tushunadigan kruglari bo’lishini tilab qolaman
♥️

July 22, 09:23
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

Chust shaxrida yangi basseyn
👍
7 + yoshdan katta basseynga undan kichkinalar esa mini baseynlarda trenerlar shug’ullanish imkoniyati bor.
Yangi remont qilingan , razdevalka va dush kabinalar ham toza

Suv uchun filtr 24/7 ishlaydi

Suv issiqligi 22-23 gradus ideal darajada

Manzil : eski 6 maktab ichidagi Suv havzasi
Murojaat uchun nomer : +998 88 710 00 50
O’zimni jiyanim ochyapti bemalol borsangiz bo’ladi ishonchli
😊
👍

July 22, 07:14

Chustlik qizlar sizlardan so’rash bor
🥁
Bolalarga va kattalarga Suvlari toza , trenerli basseyn qidirib yurganlar bormi ?
Chustni markazida bo’lsa , yangi remontli basseynga nima deysiz
😉

July 19, 12:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Boshi oxiri yo’q ertaklar rubrikasi
🫠
Xalid hayollarida katta o’rmonda dinozavrlar bilan yashasa kerak o’ziyam. Aytib berayotgan ertagini marvelga sotib katta kino qilsa bo’ladi
😂
♥️

July 18, 09:30

Shu sababli shirinlik yesangiz yaxshi sifatlisidan yeng , margarin va turli krasitellerlarsiz: sariyog’ va yaxshi shokolad ( palma yog’larisiz ) ranglarsiz qilingan svejiysidan ko’p bo’lmagan miqdorda yeng.

July 18, 04:25
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ko’pchilikga qiziq ekan , demak boshladik.
Metobolizm o’zi nima va nimalar uchun muhimligini bildik endi buni qanday yaxshilash kerak shu haqida gaplashaylik.
Disclaimer
🎤
: Bu hammasi o’zimni shaxsiy tajribam , doktor yoki dietolog emasman !
1.Ratsionni to’g’irlash :
Qayta ishlangan mahsulotlarni kamaytirish : kolbasa , sosiska , energetiklar , qadoqlangan shirinliklar. Bilaman qiyin juda ayniqsa shirinliksiz
🫠
Shu sababli shirinlik yesangiz yaxshi sifatlisidan yeng , margarin va turli krasitellerlarsiz: sariyog’ va yaxshi shokolad ( palma yog’larisiz ) ranglarsiz qilingan svejiysidan ko’p bo’lmagan miqdorda yeng. Qadoqlangandan ko’p yegandan sifatlisidan o’rtacha miqdorda yegan yaxshi
👍
Va albatta oqsil, sabzavotlarni ko’pgina yeyish !
2. Aktivlik : xoh u kuniga 10 ming qadam bo’lsin xoh zalda yoki uyda 1 soat shug’ullanish bo’lsin. Ishoning bu tanangizga dofamin beradiki dunyoni eng zo’r ayolidak his qilasiz ! Og’riqli kechadigan hayz sikli uchun ham , ovqat yegandan keyingi qorindangi og’riqlar uchun ham metobolizm uchun ham sport va aktivlik muhim juda. Albatta boshlang manga raxmat deysiz
😉
3. Suv normasini yetarlicha ichish . Kopmot , choy , gazirovkalar emas oddiy suvni ichish.
Bu qabziyat, tana vazni normallashishi va teri sifatiga foyda.
Suv balansini hisoblash formulasi esa
⬇️
Tana vazni (kg) × 30–35 ml
4. Oxirgi punkt esa : sifatli uyqu : 22:00 dan kech bo’lmagan vaqrda 7-8 soat uxlash gormonlar , teri yosharishi , ertangi kun energiyasi uchun zarur !
Asosiy ma’lumotlar shular edi savollar bo’lsa kommentariyada uchrashamiz , foydaki bo’lgan bo’lsa
♥️
ni bosib qo’ying
#dearwoman

July 17, 05:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ayollar uchun eeng kerakli bo’lgan bir tana jarayoni bor. Ko’pincha nazardan qochadigan , e’tibor berilmaydigan bu -Metobolizm
Metabolizm
— bu organizmning ovqatni energiyaga aylantirishi va hujayralarning ishlashi uchun zarur bo’lgan barcha kimyoviy jarayonlar yig’indisidir. Oddiy qilib aytganda, u tanangizning “ichki dvigateli”.
Hayz sikli , vazn yig’ish yoki tashlash , uyqu, energiyasizlik , homiladorlik, emizish , miyya va immun tizim , qabziyat hamma hammasining metobolizmga aloqasi bor.
Shu sababli agar sog’lom bo’lishni xohlasangiz avvalo metobolizmni yaxshilashingiz kerak !
Shu haqida ma’lumotlar kerakmi? Qanday joyiga tushiramiz tanaga qanday yordam kerak? Shu haqida post yozmoqchiman. Bu post emizish davrini tugatganlarga , homiladorlik arafasida turganlar uchun juda juda muhim chunki …
Nima dedingiz ?
♥️
#DearWomen
agar Ha! desangiz ayol mental va psixik sog’lig’i haqida shu hashtag bo’yicha postlar keladi
🫶🏻

July 15, 08:26

Hayotda rizq faqat pul yoki ovqatda emas har lahzada rizq borligini his qiladigan yoshga kelyapman.
Budilnik chalsa sekin, uyg’otmay o’zi tayyorlanib chiqib ketadigan inson -Rizq
Yordamga shay yaqinlaring bo’lishi -Rizq
Bolangni ishonib topshirib keta oladigan inson borligi-Rizq
Eshikni sen kelguncha yopmay kutib turadigan qo’shni-Rizq
Bir kun gaplashmasa havotir oladigan yaqinlar borligi -Rizq
Hayotta bunday voqealar juda ko’p bo’ladi , hayot juda qiyin deb o’ylaganda shu mayda narsalarni eslash ham shukrga chaqiradi. Muhimi ko’ra olish va his qilish.
Aslida hech kim manga nimadir qilishga majbur emas deb o’ylashni boshlangandan keyin insonlarni shunday kichik yaxshiliklari ham ko’zga ko’rina boshlaydi.
#Fthinks
💓

July 14, 14:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Anomal issiqdan qanday saqlanyapsan ?
Mana shunday
⬆️