Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

“Hududgaz Farg’ona” GTF • Rasmiy

hududgaz_fargona_gtf
Farg‘ona viloyatida gaz ta’minoti bo‘yicha rasmiy va tezkor ma’lumotlar. • Uzilishlar va tiklash ishlari • Reja asosidagi o‘chirishlar • Xavfsizlik bo‘yicha ogohlantirishlar 📞 Call-markaz: 1104 yoki 112 🔗 https://taplink.cc/hududgaz_fargona_gtf
Подписчики
2 440
24 часа
-54
30 дней
-55
Просмотры
598
ER
24,51%
Посты (30д)
163
Символов в посте
937
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Промышленность и инженерное дело
Краткое описание
October 27, 05:42
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

😊
😊
😊
😊
😊
Is gazi hayot uchun xavfli!
Hurmatli fuqarolar, xonalarni isitish uchun faqat sertifikatlangan isitish moslamalaridan foydalaning.
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

October 27, 04:50
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

⚠️
QOZON YONIDAGI BOMBA!
🔥
Oshxonada ovqat tayyorlayotganda gaz ballonini gaz plitasi yoki qozon yoniga qo‘yish juda xavfli!
❗️
Yuqori harorat gaz ballonining qizib ketishiga, bosim ortishiga va oqibatda portlash xavfi yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin
✅
Gaz ballonini issiqlik manbalaridan uzoqda, tik holatda va xavfsizlik talablariga muvofiq joylashtiring
🚫
Xavfsizlik qoidalariga beparvo bo‘lmang! Birgina ehtiyotsizlik Siz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin
Gaz bilan hazillashmang — xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘ying!
🛡️
🔂
”Hududgaz Farg‘ona” GTF Matbuot xizmati
•
Facebook
•
Instagram
•
YouTube
•
Telegram
•

October 27, 04:17
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚠️
Gaz hidi sezilganda nima qilish kerak?
❌
Gaz quvuridagi asosiy jo‘mrakni tezda yoping.
🪟
Xona eshik va derazalarini keng ochib, xonani shamollating.
🚫
Chiroq yoki elektr jihozlarini yoqib-o‘chirmang, gugurt va zajigalkadan foydalanmang.
🏃‍♂️
Barcha odamlarni darhol xavfsiz joyga, ko‘chaga olib chiqing.
📞
Xavfsiz hududga chiqqach,
104 yoki 112
raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, avariya-gaz xizmatiga xabar bering!
⚠️
Gaz xavfsizligi — barchamizning mas’uliyatimiz!
O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrang!
🛡
🔂
”Hududgaz Farg‘ona” GTF Matbuot xizmati
•
Facebook
•
Instagram
•
YouTube
•
Telegram
•

October 27, 04:13
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

❗️
BEFARQ BO‘LMANG!
Is gazidan zaharlanishning oldini olaylik!
Havo harorati pasayishi bilan xonadonlarda isitish moslamalaridan foydalanish boshlanadi. Biroq yoz mavsumi davomida ishlatilmagan, texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan isitish qurilmalari, ayniqsa, qo‘lbola va nostandart moslamalardan foydalanish, dudburon va mo‘rkonlarning tozaligi hamda sozligiga e’tiborsizlik ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
So‘nggi kunlarda is gazidan zaharlanish oqibatida insonlar hayotdan ko‘z yumayotgani barchamizni yanada hushyor va mas’uliyatli bo‘lishga undashi kerak. Zero, is gazi rangsiz va hidsiz bo‘lib, uni sezish qiyin. Shu bois xavfsizlik qoidalariga beparvolik qilish inson hayoti va salomatligiga jiddiy tahdid tug‘diradi.
Hurmatli fuqarolar! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang!
Isitish mavsumida quyidagi xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz:
◎ Faqat muvofiqlik sertifikatiga ega, belgilangan xavfsizlik talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalaning. Qo‘lbola va nostandart qurilmalarni ishlatmang.
◎ Mavjud isitish moslamalarini mavsum boshlanishidan oldin malakali mutaxassislarga ko‘rsating, ularning texnik holati va xavfsiz ishlashini tekshirtiring.
◎ Dudburon va mo‘rkonlarning holatini diqqat bilan ko‘zdan kechiring, ularni qurum va boshqa to‘siqlardan muntazam tozalab turing.
◎ Xonani isitish maqsadida ochiq olovdan, jumladan, gaz plitadan foydalanmang. Isitish moslamalarini belgilangan maqsaddan tashqari ishlatish xavfli.
◎ Xonalarda havo almashinuvi va shamollatish imkoniyati mavjudligini ta’minlang. Ventilyatsiya kanallarini berkitmang, ularning ishlash holatini nazorat qilib boring.
◎ Isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmang, ulardan foydalanishda ishlab chiqaruvchi ko‘rsatmalari va xavfsizlik talablariga amal qiling.
Is gazidan zaharlanishning dastlabki belgilari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va holsizlik kabi alomatlar bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday holat kuzatilsa, darhol toza havoga chiqing, xonani shamollating, boshqa odamlarni ham xavfli hududdan olib chiqing va tez tibbiy yordam hamda tegishli favqulodda xizmatlarga murojaat qiling.
Unutmang: is gazi xavfini ko‘z bilan ko‘rib yoki hididan bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun xavfsizlik choralarini oldindan ko‘rish, isitish moslamalarini tekshirish va dudburonlarni tozalash juda muhim. Bu shunchaki tavsiya emas, hayotni asrashning muhim shartidir.
Aziz yurtdoshlar! Isitish mavsumini xavf-xatarsiz o‘tkazish uchun befarq bo‘lmang. O‘zingizni, oilangizni va yaqinlaringizni asrang. Xavfsizlikka bugun e’tibor qaratish ertaga insonlar hayotini saqlab qolishi mumkin.
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
🌐
hududgaz.uz

October 27, 03:28
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

😊
😊
😊
😊
😊
❗️
Korrupsiya haqida xabar berish — xavf emas, masʼuliyat.
“Hududgaztaʼminot” AJ hamda uning tasarrufidagi gaz ta’minoti filiallarining mansabdor shaxslari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan yoki yo‘l qo‘yilgan korrupsion holatlar, yuzaga kelayotgan manfaatlar to‘qnashuvi hamda boshqa salbiy oqibatlar yuzasidan xabarlar uchun quyidagi
Aloqa kanallari
orqali bog‘lanishingiz mumkin:
☎️
Ishonch telefoni:
+(99871) 202-1104 yoki 1104 (qisqa raqami orqali)
📧
Elektron pochta manzili:
info@hududgaz.uz
📧
Komplayens nazorat boshqarmasi pochta manzili:
antikorruptsiya@hududgaz.uz
📱
Komplayens nazorat boshqarmasi Telegram boti:
t.me/hgt_antikor_bot
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

October 27, 02:31
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🌤️
FARG‘ONADA BUGUNGI OB-HAVO VA TAVSIYALAR
☀️
Bugun, 27-oktabr kuni Farg‘ona viloyatida havo asosan quyoshli bo‘lishi kutilmoqda
🌡️
Harorat:
🌅
Ertalab: +8…+12°C
☀️
Kunduzi: +20°C gacha
🌙
Kechasi: +10°C atrofida
🌧️
Yog‘ingarchilik ehtimoli juda past
⚠️
#XavfsizGaz
— xavfsizlikni unutmang!
🏠
Isitish moslamalari va gaz jihozlarining sozligini tekshiring
🌬️
Xonalarni muntazam shamollatib turing
🚫
Gaz plitasidan xonani isitish uchun foydalanmang
🔥
Gaz jihozlarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmang
💙
Xavfsizlik — har bir xonadondan boshlanadi!
🔂
”Hududgaz Farg‘ona” GTF Matbuot xizmati
•
Facebook
•
Instagram
•
YouTube
•
Telegram
•

October 26, 15:13
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚠️
DIQQAT! REJALI O‘CHIRISH!
Toraytirish moslamalarini almashtirish, o‘lchov majmuasini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish hamda gaz tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari munosabati bilan Farg‘ona viloyatining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
📍
Farg‘ona shahri
▪️
“Janubiy-Sharqiy” GTSning 6-sanoat tarmog‘i
🕒
Vaqti:
26-oktabr kuni soat 10:00 dan 12:00 ga qadar
📊
Jami:
▪️
5 ta ulgurji iste’molchi
▪️
3 ta AGTKSH
📍
Marg‘ilon shahri
▪️
“Turvat” GTSning 7-aholi tarmog‘i
🕒
Vaqti:
26-oktabr kuni soat 10:00 dan 12:00 ga qadar
📊
Jami:
▪️
15 972 ta aholi xonadoni
▪️
73 ta ulgurji iste’molchi
📍
Yozyovon tumani
▪️
“Yozyovon” GTSning 1-aholi tarmog‘i
🕒
Vaqti:
26-oktabr kuni soat 14:00 dan 16:00 ga qadar
📊
Jami:
▪️
5 600 ta aholi xonadoni
▪️
48 ta ulgurji iste’molchi
📍
Bog‘dod tumani
▪️
“Bog‘dod” GTSning 1-aholi tarmog‘i
🕒
Vaqti:
26-oktabr kuni soat 12:00 dan 14:00 ga qadar
📊
Jami:
▪️
7 517 ta aholi xonadoni
▪️
78 ta ulgurji iste’molchi
📍
Toshloq tumani
Qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari munosabati bilan quyidagi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:
▪️
Kanjirg‘a MFY
▪️
Axshak MFY
🕒
Vaqti:
27-oktabr kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar
📊
Jami:
▪️
490 ta aholi xonadoni
🔧
Belgilangan ishlar yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti texnik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilgan holda bosqichma-bosqich tiklanadi.
❗
Hurmatli fuqarolar va iste’molchilar! Gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi davrida gaz jihozlarini nazoratsiz qoldirmasligingizni hamda xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz.
🔂
”Hududgaz Farg‘ona” GTF Matbuot xizmati
•
Facebook
•
Instagram
•
YouTube
•
Telegram
•

October 26, 14:55
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚠️
IS GAZI — KO‘RINMAS, SEZILMAS, AMMO HAYOT UCHUN XAVFLI!
Is gazidan zaharlanish inson hayoti uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ayniqsa, isitish mavsumida gaz jihozlari, pechlar va dudburonlardan foydalanishda ehtiyotsizlik og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
☝️
Is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun:
🔥
Isitish pechlari va gaz jihozlarining sozligini muntazam tekshiring
🏠
Dudburon va mo‘rilarni vaqtida tozalang, ventilyatsiya kanallarini berkitmang.
🚗
Avtomobil dvigatelini yopiq garajda ishlatmang
🚫
Gaz plitasidan xonani isitish maqsadida foydalanmang.
🚨
Is gazidan zaharlanish alomatlari:
bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi va qusish.
❗️
Agar zaharlanishdan shubhalansangiz, jabrlanuvchini xavfsiz joyga, toza havoga olib chiqing va
112 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling
. Hushsiz odamga ovqat yoki ichimlik bermang, nafas olmayotgan bo‘lsa, tez yordam ko‘rsatishni bilsangiz, yurak-o‘pka reanimatsiyasini boshlang.
🛡️
Unutmang: xavfsizlikka befarqlik qilmang! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrang!
🔂
”Hududgaz Farg‘ona” GTF Matbuot xizmati
•
Facebook
•
Instagram
•
YouTube
•
Telegram
•

October 26, 13:00
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

😊
😊
😊
😊
😊
#Mutaxassis_tavsiyasi
Xonada gaz hidi sezilganda nimalar qilish kerak?
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

October 26, 09:26
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

⭕️
⭕️
⭕️
⭕️
🔥
“Vaillant” русумли икки контурли иситиш ускунасини тўғри ўрнатишга эътибор қаратинг!
👍
Хонадоннинг девор қисмига ўрнатиб, ишлаб чиқариш стандартига тўғри келувчи мўрикони битта бурилиш орқали ташқарига чиқариб юборинг.
⚠️
"Vaillant” русумли икки контурли иситиш ускунасининг ишлаб чиқариш стандартига тўғри келувчи мўрикони ташқаридаги учи, қушлар ва ҳайвонларнинг иситиш ускунасига тушишига йўл қўймаслик учун пластик материалидан тўсиқ ўрнатилган (фақат шу қисми яъни дудбуроннинг учи пластик материалидан иборат ҳолос).
👎
Ҳозирги кунда эса, аксарият ҳолатларда икки контурли иситиш ускунаси мўриконларининг барча қисмлари пластик қувурдан иборат.
🦠
Бу эса, пластикнинг совуқ ва иссиқ ҳавога чидамсизлиги натижасида уланиш жойларидан ажралиб чиқиб, ис газининг хонага тўпланишига сабаб бўлади.
🔵
🟠
🟢
🔴
🔂
”Hududgaz Farg‘ona” GTF Matbuot xizmati
•
Facebook
•
Instagram
•
YouTube
•
Telegram
•