
Uchqo‘rg‘on tuman hokimligi | Rasmiy kanal
📢
ДИҚҚАТ, ТАДБИРКОРЛАР!
СОЛИҚ БОШҚАРМАСИ РАҲБАРИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ ВАҚТИ ЎЗГАРДИ
Бугун, 27-октябрь куни Учқўрғон тумани ҳокимлиги биносида Наманган вилояти Солиқ бошқармаси бошлиғи Шуҳратали Имомов иштирокида тадбиркорлар билан ўтказилиши режалаштирилган очиқ мулоқот вақти Ўзбекистон Республикаси Президенти иштирокида бўлиб ўтадиган видеоселектор йиғилиши сабабли ўзгартирилди.
📌
Очиқ мулоқотнинг янги санаси ва вақти қўшимча равишда маълум қилинади.
Тадбиркорлардан ушбу ўзгаришни инобатга олишларини сўраймиз.
Тушунганингиз учун раҳмат!
Yangiliklar
| 25.10.2026
UCHQO'RG'ON DALALARIDA G'ALLA EKISH MAVSUMI QANDAY ?
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
|
Live
|
FM-103.6
|
Facebook
#Jarayon
#Kelajak_soati
📚
«KELAJAK SOATI» MAŞĞULOTLARI ÖTKAZILDI
✨
Uçqörğon tuman ixtisoslaştirilgan maktabida öquvçilarning kasbiy qiziqişlarini rivojlantiriş, kelajakdagi maqsadlarini belgilaş va ongli kasb tanlaş könikmalarini şakllantirişga qaratilgan «Kelajak soati» maşğulotlari taşkil etildi.
🔹
5–8-sinflarda — «Kelajak kasblari bugundan boşlanadi»;
🔹
9–11-sinflarda — «Kelajak kasblari — ongli ravişda kasb tanlaş» mavzularida darslar ötkazildi.
✅
Bugungi töğri tanlov — ertangi muvaffaqiyat sari muhim qadam!
👇
👇
👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram
|
Facebook
Suyultirilgan gaz ta’minotida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash doimiy e’tiborda
“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati bugungi kunda respublikamizdagi 3 million 730 mingdan ortiq aholi va 2 mingga yaqin ijtimoiy soha obyektlarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlab kelmoqda.
Ushbu tizimni yanada rivojlantirish, ta’minot barqarorligini oshirish, gazni xarid qilish va taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda sohada moliyaviy shaffoflikni ta’minlash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 326-son qarori bilan suyultirilgan gaz ta’minotini isloh qilish, bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, sohada shaffoflikni ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Amalga oshirilayotgan islohotlar va nazorat choralari kuchaytirilayotganiga qaramay, suyultirilgan gazni noqonuniy sotish hamda talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlar ham uchrab turibdi. Bunday holatlarning oldini olish va qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirig‘iga muvofiq, Jamiyatning Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan nazorat tadbirlari muntazam olib borilmoqda.
2025-yil va 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 3 mingdan ortiq to‘satdan tekshiruv va reyd tadbirlari o‘tkazilib, jami
1217 ta qoidabuzarlik aniqlangan
. Shu davrda suyultirilgan gazni noqonuniy sotishga ixtisoslashgan
471 ta “bunker” aniqlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yilgan
.
Ko‘rilgan choralar natijasida qiymati taxminan
2 milliard so‘mlik 193,6 tonna
suyultirilgan gaz hamda umumiy qiymati
8,7 milliard so‘mlik 17 301 dona maishiy gaz ballonining noqonuniy sotilishi oldi olingan
.
2026-yilning to‘qqiz oyidagi xizmat tekshiruvlari davomida
1,4 ming tonna suyultirilgan gaz va 10 626 dona maishiy gaz balloni talon-toroj qilingani aniqlangan
. Huquqiy baho berish uchun 25 ta material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, ular asosida
19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
.
Ayni paytda Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan to‘satdan tekshiruv va reyd tadbirlari davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklarning sabablarini o‘rganish, qoidabuzarliklarga huquqiy baho berish hamda ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda.
Hurmatli iste’molchilar! Agar aholi uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gazni noqonuniy sotish yoki boshqa qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, “Hududgazta’minot” AJning quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingizni so‘raymiz:
☎️
Ishonch telefoni:
+(99871) 202-1104 yoki 1104 (qisqa raqami orqali)
📧
Elektron pochta manzili:
info@hududgaz.uz
📧
Komplayens nazorat boshqarmasi pochta manzili:
antikorruptsiya@hududgaz.uz
📱
Komplayens nazorat boshqarmasi Telegram boti:
t.me/hgt_antikor_bot
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz
Учқўрғонда бунёдкорлик ишлари жадал давом этмоқда!
Учқўрғон туманидаги Амир Темур кўчаси кенгайтирилиб, замонавий хизмат кўрсатиш ва туризм кўчасига айлантирилмоқда.
Яратилган шароитлар тадбиркорликни ривожлантириш, янги хизмат турларини йўлга қўйиш ва қўшимча иш ўринларини яратиш учун кенг имкониятлар очади.
Зеро, шароит бор жойда — тадбиркорлик ривожланади, янги иш ўринлари яратилади ва аҳоли даромади ошади!
Қайта жонланаётган пиёдалар йўлаги: қулайлик ва хавфсизлик сари яна бир қадам
Кўп йиллар давомида аҳоли эҳтиёжларига тўлиқ жавоб бера олмаган пиёдалар йўлаклари бугун замонавий қиёфа касб этмоқда.
Кўприкбоши, Қумтўғон ва Соҳил маҳаллалари ҳудудида йўл инфратузилмасини яхшилаш ишлари бошланиб, ҳудуддаги пиёдалар йўлаклари қайта жонланмоқда.
Лойиҳа доирасида
4 километр пиёдалар ва соғломлаштириш йўлаклари
, шунингдек
замонавий тунги ёритиш тизимлари
барпо этилади. Бу эса аҳоли учун хавфсиз ва қулай ҳаракатланиш имконини яратиш билан бирга, ҳудуднинг туризм салоҳиятини ҳам оширади.
Бугун қурилаётган йўлаклар — эртанги куннинг қулайлиги, хавфсизлиги ва обод маҳаллаларининг муҳим белгисидир.
———————————-
Qayta jonlanayotgan piyodalar yölagi: qulaylik va xavfsizlik sari yana bir qadam
Köp yillar davomida aholi ehtiyojlariga töliq javob bera olmagan piyodalar yölaklari bugun zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Köprikboshi, Qumtöğon va Sohil mahallalari hududida yöл infratuzilmasini yaxşilaş işlari boşlanib, hududdagi piyodalar yölaklari qayta jonlanmoqda.
Loyiha doirasida 4 kilometr piyodalar va soğlomlaştiris yölaklari, şuningdek, zamonaviy tungi yoritish tizimlari barpo etiladi. Bu esa aholi uçun xavfsiz va qulay harakatlaniş imkoniyatini yaratish bilan birga, hududning turizm salohiyatini ham oşiradi.
Bugun qurilayotgan yölaklar — ertangi kunning qulayligi, xavfsizligi va obod mahallalarning muhim belgisidir.
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТЛАРИ НАЗОРАТГА ОЛИНДИ
Учқўрғон тумани ҳокимининг биринчи ўринбосари Х. Носиров томонидан туман Халқ қабулхонасида навбатдаги шахсий қабул ўтказилди.
Қабул давомида 2 нафар фуқаронинг мурожаатлари тингланди. Жумладан, фуқаролардан бири кредит олиш, яна бири эса Ижтимоий реестрга киритиш масаласида ёрдам сўраб мурожаат қилди.
Мурожаатлар тегишлилиги бўйича масъулларга йўналтирилиб, уларнинг ўз вақтида ва қонуний ҳал этилиши юзасидан ижроси назоратга олинди.
📢
ДИҚҚАТ, ТАДБИРКОРЛАР!
СОЛИҚ БОШҚАРМАСИ РАҲБАРИ БИЛАН ОЧИҚ МУЛОҚОТ
Эртага, 27-октябр куни соат 11:00 да Учқўрғон тумани ҳокимлиги биносида Наманган вилояти Солиқ бошқармаси бошлиғи Шуҳратали Имомов иштирокида тадбиркорлар билан учрашув бўлиб ўтади.
Учрашув давомида тадбиркорлар солиқ соҳасига оид муаммолар, таклифлар ҳамда бошқа масалалар юзасидан ўз мурожаатларини билдиришлари мумкин.
✅
Солиқ масалалари бўйича саволлар;
✅
Тадбиркорлик фаолиятида юзага келаётган муаммолар;
✅
Таклиф ва бошқа турдаги мурожаатлар.
📍
Манзил: Учқўрғон тумани ҳокимлиги биноси.
Барча тадбиркорларни очиқ мулоқотда фаол иштирок этишга таклиф этамиз!
АЙНИ ЛИМОНЛАР ҒАРҚ ПИШГАН МАВСУМ!
Учқўрғонда 200 гектар майдонда лимон етиштирилмоқда
Айни кунларда Учқўрғон туманида лимон ҳосилини йиғиб олиш мавсуми қизғин паллага кирган. Офтоб нурига тўйиб пишган лимонлар нафақат дастурхонимизга файз киритмоқда, балки қишлоқ хўжалигининг истиқболли йўналишларидан бири бўлган лимончиликнинг иқтисодий салоҳиятини ҳам намоён этмоқда.
Бугунги кунда туманда қарийб
200 гектар майдонда лимончилик йўлга қўйилган
бўлиб, соҳада замонавий агротехнологиялардан фойдаланиш, ҳосилдорликни ошириш ва маҳсулот етиштириш ҳажмини кенгайтиришга алоҳида эътибор қаратилмоқда.
Хусусан, Учқўрғон туманида фаолият юритаётган «Citrus City» МЧЖда 8 гектар майдонда лимон етиштирилмоқда. Замонавий иссиқхона шароитида парваришланаётган лимонлар бугунги кунда ички бозорга етказиб берилмоқда. Корхонада 50 нафар фуқаро доимий иш билан таъминланган бўлса, мавсумий ишлар даврида 200 нафарга яқин аҳоли даромад топиш имкониятига эга бўлмоқда.
Лимончиликнинг афзаллиги шундаки, у ердан йил давомида самарали фойдаланиш, қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари етиштириш ҳажмини ошириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш учун кенг имкониятлар яратади.
Айни пайтда соҳани янада ривожлантириш, етиштирилган маҳсулотларни узоқ муддат сақлаш ва экспорт салоҳиятини ошириш муҳим вазифалардан ҳисобланади. Шу мақсадда «Citrus City» МЧЖда 100 тоннали совуткичли омбор ташкил этиш режалаштирилган. Бу эса лимонларни сифатли сақлаш, бозор талабига мувофиқ етказиб бериш ва келгусида халқаро бозорларга чиқиш имкониятларини кенгайтиришга хизмат қилади.
Лимончилик — нафақат баракали ҳосил, балки янги иш ўринлари, қўшимча даромад ва ҳудуд иқтисодий тараққиёти учун муҳим манба.
—————————-
🍋
AYNI LIMONLAR ĞARQ PIŞGAN MAVSUM!
Uçqörğonda 200 gektar maydonda limon yetiştirilmoqda
Ayni kunlarda Uçqörğon tumanida limon hosilini yiğib olish mavsumi qizğin pallaga kirgan. Oftob nuriga töyib pişgan limonlar nafaqat dasturxonimizga fayz kiritmoqda, balki qissloq xöjaligining istiqbolli yönalişlaridan biri bölgan limonçilikning iqtisodiy salohiyatini ham namoyon etmoqda.
Bugungi kunda tumanda qariyb 200 gektar maydonda limonçilik yölga qöyilgan bölib, sohada zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalaniş, hosildorlikni oşiriş va mahsulot yetistiriş hajmini kengaytirisga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, Uçqörğon tumanida faoliyat yuritayotgan «Citrus City» MCHJda 8 gektar maydonda limon yetiştirilmoqda. Zamonaviy issiqxona şaroitida parvarişlanayotgan limonlar bugungi kunda içki bozorga yetkazib berilmoqda. Korxonada 50 nafar fuqaro doimiy iş bilan ta’minlangan bölsa, mavsumiy ishlar davrida 200 nafarga yaqin aholi daromad topiş imkoniyatiga ega bölmoqda.
Limonçilikning afzalligi şundaki, u yerdan yil davomida samarali foydalaniş, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetistirish hajmini oşiriş va aholi bandligini ta’minlaş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.
Ayni paytda sohani yanada rivojlantiriş, yetiştirilgan mahsulotlarni uzoq muddat saqlaş va eksport salohiyatini oşiriş muhim vazifalardan hisoblanadi. Şu maqsadda «Citrus City» MCHJda
100 tonnali sovutkiçli ombor taşkil etiş
rejalaştirilgan. Bu esa limonlarni sifatli saqlaş, bozor talabiga muvofiq yetkazib beriş va kelgusida xalqaro bozorlarga çiqish imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
🍋
Limonçilik — nafaqat barakali hosil, balki yangi ish örinlari, qoshimça daromad va hudud iqtisodiy taraqqiyoti uçun muhim manba!
Namangan viloyati bo'yicha
"E-auksion"
platformasidan mulklar, ijaraga bino va inshoatlri hamda er uchaskalr, avtomabillar va texnikalar sotib olib o'z biznesingizni yo'ga qo'ying
!
▪️
Davlat aktivlari (
koʼrish
)
▪️
Davlat mulkini ijaraga olish (
ko'rish
)
▪️
Dehqon xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalari (
koʼrish
)
▪️
Qishloq xo‘jaligiga moʼljallangan yer uchastkalari (
koʼrish
)
▪️
Koʻchmas mulklar (
koʼrish
)
▪️
Avtotransportlar (
ko'rish
)
▪️
Yer uchastkalar (
ko'rish
)
▪️
Koʻchma savdo joylari (
ko'rish
)
▪️
Boshqa mulklar (
ko'rish
)
Barcha shaxar va tumanlardan obyektlar savdoga chiqarildi, endilikda obyektlar soni ko'payishda davom etmoqdi.
☎️
: 71-202-21-11,
📞
: 99 207-26-12
⬇️
Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:
👇
👇
👇
🔝
Telegram|
🔝
Facebook|
📧
Instagram
|