Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ilm duri

ilm_duri
Ilmga ixlosmand qalblar uchun. Reklama xizmati:️ t.me/reklama_servis/139
Подписчики
17 783
24 часа
6
30 дней
706
Просмотры
1 514
ER
8,51%
Посты (30д)
35
Символов в посте
775
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Религия и духовность
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 28, 04:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

«
Ko‘pchilik yoshlar ko‘proq vaqtlarini va’z va diniy darslar eshitishga bag‘ishlashni, dunyo ishlari va hayotiy ilmlarga esa ozgina vaqt sarflashni taqvodorlik deb o‘ylashadi. Islom bu yo‘l bilan hech narsa yutmaydi. Agar aqida ahli qiziltanlilarga o‘xshab soddalik qilsa, niyati qanchalik yaxshi bo‘lmasin hech qachon g‘olib bo‘lolmaydi.
Ey musulmon, hayot tizginini ilm va iqtidor bilan qo‘lingga ol! Shunda o‘zing e’tiqod qilgan haqiqatga nusrat bera olasan
».
Shayx Muhammad Gʻazzoliy
📚
@ilm_duri

October 27, 04:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Hazrat Ali roziyallohu anhu aytadilar:
«Oliy fazilatlar mashaqqatning miqdoriga qarab hosil boʻladi, kim oliy martabani istasa, tunlari bedor boʻlsin. Azizlikni istaysan-u kechalari uxlaysan-mi?! Axir dur istagan kimsa dengizga shoʻngʻishi kerak. Shuni bilki, buyuk maqomlar buyuk himmatlar bilangina boʻladi. Kishining qadri ham kechasi bedor boʻlishidadir. Kim mashaqqatsiz buyuk boʻlaman desa, umrini bekorga zoye qilibdi».
📚
@ilm_duri

October 26, 05:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌷
Ibrat
Xolid ibn Valid roziyollohu anhuga bir kishi kelib:
- Falonchi sizni so‘kdi, -dedi.
Xolid unga:
- Bu uning sahifasi. Uni xohlagani bilan to‘ldiraversin, - dedilar.
Vahb ibn Munabbih rahmatullohi alayhga bir kishi kelib:
- Falonchi sizni so‘kdi, - dedi.
Vahb unga:
- Shayton sendan boshqa elchi topa olmadimi?! - dedilar.
Hasan rahimahullohga bir kishi:
- Falonchi sizni so‘kdi, - dedi.
Hasan unga:
- U otgan o‘q menga tegmagan edi. Sen uni olib kelib yuragimga sanchding, -dedilar.
Imom Shofi’iy rahmatullohi alayhga bir kishi kelib:
- Falonchi siz haqingizda yomon gaplarni gapirdi, - dedi.
Imom unga:
- Agar rost aytgan bo‘lsang sen chaqimchisan. Agar yolg‘on aytgan bo‘lsang sen fosiqsan, - dedilar. U xijolat bo‘lib qaytib ketdi.
📚
@ilm_duri

October 24, 10:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌷
QALBI SINGANLARGA...
Faqih va obid Muhammad ibn Vosi’ rohimahulloh sarkarda Qutayba ibn Muslim qo‘shini safida Qobul fathida qatnashdi. Shaharni uzoq vaqt qamal qilishdi. Ammo foydasi bo‘lmadi. Shahar taslim bo‘lmas edi.
Qutayba askarlariga dedi:
- Muhammad ibn Vosi’ni qidiringlarchi, u nima qilayotgan ekan!
Askarlar Muhammad ibn Vosi’ni qidirib ketishdi. Uni bir joydan topishdi. Muhammad ko‘rsatgich barmog‘ini ko‘tarib Allohga duo qilayotgan edi:
"Yo Hayy, yo Qayyum....!".
Askarlar Qutaybaning huzuriga borib ko‘rganlarini aytib berishdi. Shunda Qutayba dedi:
"Sizlarga g‘alaba muborak bo‘lsin! Qo‘shin ichidagi Muhammad ibn Vosi’ning ko‘rsatgich barmog‘i mingta qilichdan yaxshiroqdir!".
Agar boshingizga mushkulot tushsa, sabablarining barini qilsangizda foydasi bo‘lmasa, qalbingizni isloh qiling. Ko‘rsatgich barmog‘ingizni samoga ko‘tarib duo qiling. Dunyo muammolarining yechimi Robbimiz huzurida...
📚
@ilm_duri

October 24, 09:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇬🇧
Ingliz tilini o‘rganish endi yanada oson!
🚀
Ezabon
bilan ingliz tilini yangi va qiziqarli usulda o‘rganing!
✨
AI Chat
— sun’iy intellekt bilan ingliz tilida suhbatlashing.
💬
Tandem Chat
— yangi do‘stlar toping va ingliz tilida muloqot qiling.
📝
Grammar & Vocabulary
— grammatik qoidalarni o‘rganing va yangi inglizcha so‘zlarni o‘zlashtiring.
🔊
Tarjima va talaffuz
— so‘z va iboralarning ma’nosini tushuning, tarjimalar hamda talaffuz orqali o‘rganishingizni boyiting.
📚
Stories
— foydali ma’lumotlar va qiziqarli yangiliklarni kuzating.
👨‍🏫
Teacher Support
— tajribali o‘qituvchilardan yordam oling.
Har kuni ozgina mashq — katta natijalar sari bir qadam!
💪
🌍
Ezabon
— ingliz tilini birgalikda o‘rganamiz!
👉
Hoziroq
Ezabon
’ga qo‘shiling va ingliz tilida gapirishni boshlang!
www.ezabon.com
Telegram

October 24, 04:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌷
Ibn Javziy rohimahulloh aytadilar:
"Shayton insonning ilmi qadar unga yaqinlashishga imkoniyat topadi. Insonning ilmi qanchalik oz boʻlsa shaytonning imkoniyatlari shuncha koʻpayadi, ilm qancha koʻp boʻlsa uning imkoniyatlari shuncha ozayadi".
📚
@ilm_duri

October 23, 05:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#ilmiy_suhbat
😎
Ustoz Husayn Buxoriy bilan onlayn suhbat
Savollarga javoblar
📝
Suhbat mavzulari:
00:00 — Kirish. 1-savol: Kishi oʻzida zohidlikni kasb qilmoqchi boʻlsa, eng avval nima qiladi?
03:57 — 2-savol: Kishi Oxiratga qancha Qurʼonni koʻtarib borsa, shuncha koʻtaril deyiladi
06:42 — 3-savol: Ustozning darslarini eshitib, lekin oʻziga singdirolmayotganlar nima qilsa boʻladi?
14:28 — 4-savol: Inson tadbir bilan Qurʼon yodlayveradimi yo taqdirida borini yodlaydimi?
20:26 — 5-savol: Risalatul-Mustarshidiyn, Risalatul-Qushayriyya kitoblarini ruhiy tarbiyaga endi kirganlar eshitsa boʻladimi?
32:14 — 6-savol: Tibyan kitobini oʻqimasdan turib, Qurʼonga oʻtmasligimiz kerakmi?
34:36 — 7-savol: Qurʼonni, uning ahkomlarini oʻrgansa, lekin unga amal qilolmasa, nima qilsa boʻladi, qanday yoʻl tutish kerak?
45:01 — 8-savol: Tasavvuf ahli ichida ayollar ham boʻlganmi? Ayollarga nafsni poklash haqida nasihat qilsangiz
50:46 — 9-savol: Jannatda darajalari pastroq bandalar Alloh taoloni, Rasululloh alayhissalomni koʻradimi?
52:28 — 10-savol: Firdavs jannatga yetish uchun muayyan amal bormi?
56:34 — 11-savol: Namozni xushuʼ va huzuʼ bilan, jamʼ holatida oʻqishning iloji bormi?
57:27 — 12-savol: Ustoz sharh qilayotgan kitoblarni oʻqishda, tinglashda tartib bormi? Birinchi qaysi kitobdan darslarni eshitish kerak?
01:00:09 — 13-savol: Ilm haqida, ilm oson yuqishi haqida aytib bersangiz?
01:04:04 — 14-savol: Biror ishga kirishishdan oldin niyatni taftish qilish kerak ekan. Buni qanday qilamiz?
01:05:07 — 15-savol: Tolibi ilm shaytonning vasvasasiga tushmaslik uchun nima qilish kerak?
01:07:20 — 16-savol: Zehnni kuchaytirish uchun nimalar qilish kerak va nimalardan voz kechish kerak?
01:14:52 — 17-savol: Tasavvuf haqida tasavvur kitobidagi bir jumla haqida
01:19:47 — 18-savol: «Shariatni desang, oʻldir ilonni, tariqatni desang, qiynama jonni». Shuni tushuntirib bersangiz
01:29:40 — Xotima. Duo
📚
@ilm_duri

October 23, 04:04
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🤩
ngliz tilini o‘rganishda sizni ham shu kabi muammolar qiynayaptimi?
⚡️
"Hammasini tushunaman, lekin gapira olmayman..."
⚡️
"Kurslarga borishga ortiqcha vaqtim yo‘q..."
⚡️
"Aynan nimadan va qanday boshlashni bilmayapman..."
🤩
o‘xtang! Bu muammolarning barchasiga yechim
quyidagi kanalda
!!!
⚡️
Ushbu kanalda 0 dan boshlab erkin muloqotgacha bo‘lgan yo‘lni birgalikda bosib o‘tamiz:
• Tekin va foydali darslar va kunlik yuboriladigan qiziqarli ma’lumotlar
• Darajangizga mos kitoblar va jonli savol-javoblar
• Qiziqarli viktorinalar va sovg‘alar
• Eng faol o’quvchiga
ikkinchi oy tekin o’qish imkoniyati
🤩
archasi quyidagi kanalda Imkoniyatni qo’ldan boy bermang!!!
https://t.me/+Bjd2eguC5MY2ZGEy
https://t.me/+Bjd2eguC5MY2ZGEy
https://t.me/+Bjd2eguC5MY2ZGEy

October 23, 03:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌷
Ilmni qalbdan sidirilishi
Abdulloh ibn Salom Ka’bul Ahbordan so‘raydi: «
Olimlar ilm o‘rganib, qalbga joylaganlaridan keyin ularning qalbidan ilmni sidirib tashlaydigan narsa bormi?
» Ka’b javob berdi: «Bor. Bular: ochko‘zlik, hirs va dunyo tashvishlari».
Bir kishi Fuzayl ibn Iyozdan: «Ka’bning bu so‘zini qanday tushunish mumkin?» - deb so‘raydi. Fuzayl bunday javob beradi: «Odam ochko‘zlik qilib, bir narsaga hirs qo‘yadi va uni qo‘lga kiritishga tutinadi, shunda dini, imoni yodidan ko‘tariladi. Nafsi unga-bunga haris bo‘ladi, havasini keltirgan har narsani olgisi kelaveradi. Shu tariqa bir qator kishilarga ishi tushadi. Ular ham, buning ehtiyojini qondirgach, endi uning burniga halqa o‘tqazib oladilar va xohlagan ishlarini qildiradilar, istagan yerlariga olib boradilar, uning iste’dodini o‘zlari uchun itday ishlatadilar. Bu esa ularga iliq muomalada bo‘lishga majbur etadi. Dunyo manfaati yuzasidan do‘stlashgan bu odamlar bilan uchrashganda ta’zim qiladi, xastalansalar, ko‘rgani boradi, ziyofatlariga qatnashadi. Bularning barini Alloh rizosi uchun emas, yolg‘iz dunyoviy manfaat uchun qiladi. Ayting-chi, o‘sha kishilarga ishi tushmaganida, o‘zi uchun yaxshiroq bo‘lmasmidi?»
Abu Homid G'azzoliy. "Mukoshafat-ul qulub" kitobidan
📚
@ilm_duri

October 22, 04:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bir soat davomida ilm olish azobini tatib ko‘rmagan odam butun umri davomida jaholatning sharmandaligini yutib yuradi.
Imom Shofe’iy
📚
@ilm_duri