Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Karim Raximov

karimraximov
Yo asling kabi körin, Yo köringaning kabi böl! Jaloliddin Rumiy https://sites.google.com/view/karimraximov
Подписчики
2 582
24 часа
9
30 дней
357
Просмотры
3 375
ER
130,71%
Посты (30д)
5
Символов в посте
655
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Исследования и академия
Краткое описание
October 28, 02:46

Isbotni yangilangan ilovasi va html varianti. Endi uni kompyuteringizda offlayn bemalol ishlatishingiz mumkin.
Yangilangan ilovada 1500 ta test ham qo'shilgan.
Test topshirishlar soni va kitobni tanlab o'zingizni sinab ko'ring.
Test topshirganingizdan keyin yechimlar tahlilini ham ko'rasiz.
@karimraximov

October 27, 16:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Isbot.apk

October 27, 16:46

Kutib oling birinçi android dasturimiz:
Isbot
!
Dastur yuqoridagi IMOga tayyorgarlikning 2-7-kitoblari asosida tuzilgan!
Dastur tez orada play marketdan ham joy oladi. Apple uchun ham tez orada tayyorlaymiz.
@karimraximov

October 18, 17:08

Xalqaro olimpiadalarga tayyorlanish uchun barcha metodlarni o'z ichiga olgan kitoblar yozishni orzu qilardim lekin kitob yozishga vaqtim yetmasdi. Sun'iy intellekt chiqqanidan keyin shu kitoblarni tayyorlashga ketadigan vaqt juda qisqardi va shu imkoniyatdan foydalanib IMOga bosqichma bosqich tayyorlovchi kitoblarni SI yordamida tayyorladim.
Marhamat matematikadan
Xalqaro maktab olimpiadalariga
tayyorlanish uchun 7 ta kitob.
Kitoblarni qanday tartibda o`qish kerak:
2,3,4,5-kitoblarni parallel boshlash kerak. Shundan keyin 6-7-kitoblar bilan davom ettirish kerak.
Undan tashqari bu kitoblar asosida va boshqa qo'shimchalar bilan IMOga tayyorlanish uchun haftalik darslar ham tashkil qildik (kim qiziqsa
@piolympiad
kanali orqali barcha ma'lumotlarni olishi mumkin)
Kitoblar nashrga chiqsa, SIdan foydalanilganligi alohida ko'rsatiladi.
@karimraximov

October 01, 17:54

Yo'l ko'rsatmasang hattoki ChatGPT ham o'tlab ketadi.
Inson noto'g'ri yo'ldan ketmasligi uchun to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi ustozga ega bo'lishi juda muhim. Aks holda avvalgilarning har bir xatosini aynan takrorlashi yoki majoziy ma'noda boshqa tomonga "o'tlab ketishi" muqarrar... Hayotimizda to'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi ustozlarimiz ko'paysin...
Barcha ustoz va murabbiylarni bugungi bayram bilan tabriklayman.
@karimraximov

August 26, 13:23
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🎉
🎉
🎉
Hurmatli do'stimiz, qadrli hamkasbimiz Karimboy (Raximov Karim Xoshimovich) davlatimiz rahbari tomonidan ta'sis etilgan
"O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi"
esdalik nishoni bilan taqdirlandilar!
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
👨‍🎓
Karimboy O'zbekiston matematika ilm-fanida o'zining mustahkam o'rniga ega bo'lgan yetuk olimlarimizdan sanaladi. U nafaqat kuchli tadqiqotchi, balki bugungi kunda zamonaviy matematikaning eng dolzarb yo'nalishlaridan hisoblangan
plyuripotensiallar nazariyasi va kompleks dinamik sistemalar
bo'yicha o'zining mustaqil ilmiy maktabini yaratgan chinakam ustozdir.
Bugungi kunga qadar do'stimizning rahbarligida ko'plab
shogirdlar
PhD (falsafa doktori) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilib, yurtimiz fani rivojiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shib kelmoqdalar.
💐
💐
💐
Ushbu yuksak e'tirof va mukofot bilan hurmatli Karimboyni chin qalbimizdan tabriklaymiz!
🤲
🤲
🤲
Kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida yangidan-yangi zafarlar, mustahkam sog'lik va kuch-quvvat tilab qolamiz.
🙏
🙏
🙏

July 23, 17:03
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📊
Bir yil. O‘nlab olimpiadalar. Yuzlab yutuqlar, Minglab doimiy ishtirokchilar, O‘n Minglab umumiy ishtirokchilar, Yuz Minglab ishtiroklar, Millionlab reyting ballar ,...
Ortda qolayotgan o‘quv yili biz uchun shunchaki sanalar almashinuvi emas, balki minglab o‘quvchilarning orzulari, mehnati va muvaffaqiyatlari bilan to‘la unutilmas davr bo‘ldi.
✨
Qisqacha raqamlarda:
🏆
50 dan ortiq olimpiada tashkil etildi.
📈
Shundan 33 tasi reyting olimpiadalari bo‘ldi.
🌍
17 ta KHISO va 14 ta xalqaro olimpiadalarning saralash bosqichlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
👨‍🎓
Olimpiadalarimizda
10 mingdan ortiq o‘quvchi
ishtirok etdi va umumiy qatnashuvlar soni
100 ming marta
dan oshdi.
🏕
Yillik reyting
bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilarni bir joyga jamlovchi
"Yozgi maktab"
loyihasi yangi darajada tashkil etilmoqda (
20-26 iyul kunlari
)
🛫
O‘quvchilarimiz bilan
AQSh
,
Avstraliya
,
Indoneziya
,
Turkiya
davlatlaridagi final bosqichlarida yurtimiz sha'rafini munosib himoya qildik. Oldinda
AQSh
(
26-31 iyul
Nyu York va
1-6 avgust
Boston),
Buyuk Britaniya
(
2-9 avgust
) va
Xitoy
(
10-16 avgust
) safarlari bizni kutmoqda!
🥇
Birgina joriy o‘quv yilining o‘zida
80 dan ortiq
o‘quvchimiz xalqaro olimpiadalarning final bosqichlarida biz bilan muvaffaqiyatga erishdi.
📍
Olimpiadalar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
,
Toshkent shahri
va
barcha viloyatlarni
qamrab olgan holda
31 ta manzilda
tashkil etildi.
Har bir raqam ortida tinimsiz mehnat qilgan o‘quvchilar, fidoyi ustozlar, ishonch bildirgan ota-onalar va katta jamoamizning sa'y-harakatlari mujassam.
Biz uchun eng katta yutuq — bu nafaqat medallar, balki ilmga intilayotgan, o‘ziga ishongan va xalqaro maydonlarda O‘zbekiston nomini munosib himoya qilayotgan yoshlarning safi tobora kengayib borayotganidir.
Bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Oldinda yanada ulkan marralar, yangi loyihalar va bundan-da katta g‘alabalar kutmoqda!
Birgalikda yanada yuksak cho‘qqilar sari!
🚀

July 19, 19:02

O'zbekiston finalga chiqsa zo'r bo'lardida...
Ispaniyaning bosh vaziri va Argentinaning prezidenti siyosiy pozitsiyalari va Yamal (barsa muxlisi emasman) degan bolani qo'lidagi bayroq uchun ham bugun Ispaniyaga muxlislik qilaman...
@karimraximov

July 10, 11:32

📢
Dynamical Days Jizzakh 2026 xalqaro yozgi maktabi
2026-yil
14–18-sentabr
kunlari Jizzax pedagogika universitetida dinamik sistemalar bo‘yicha besh kunlik
“Dynamical Days Jizzakh 2026”
xalqaro yozgi maktabi bo‘lib o‘tadi.
Yozgi maktab xaotik dinamik sistemalarning statistik xususiyatlarini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy funksional-analitik va ehtimollik usullariga bag‘ishlanadi.
🎓
Taklif etilgan ma’ruzachilar:
🔹
Carlangelo Liverani
University of Rome Tor Vergata, Italiya
Standard Pairs, Projective Cones and Limit Theorems
🔹
Wael Bahsoun
Loughborough University, Buyuk Britaniya
Transfer Operators and Young Towers
Dastur davomida jami
8 ta asosiy ma’ruza
va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
👥
Yozgi maktab bakalavr va magistratura talabalari, doktorantlar, yosh tadqiqotchilar hamda dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizika yo‘nalishida ishlayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
📅
O‘tkazilish sanasi:
14–18-sentabr, 2026-yil
📍
Manzil:
Jizzax, O‘zbekiston
⏳
Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi:
15-avgust, 2026-yil
🌐
Batafsil ma’lumot va dastur:
https://dynamical-days.vercel.app/
📝
Ro‘yxatdan o‘tish:
https://seminar.jdpu.uz/
Dinamik sistemalar va ergodik nazariyaga qiziquvchi barcha yosh matematiklarni ushbu xalqaro yozgi maktabda ishtirok etishga taklif qilamiz!
@karimraximov

May 27, 00:53

Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin!
Ushbu muborak ayyom barchamizga ezgulik, xotirjamlik va baraka olib kelsin. Yurtimizdagi har bir oilada olim va olimalar ko'paysin, yurtimiz olimlar yurti bo'lsin!
@karimraximov