
KINO INSAYDER
"TOM AND JERRY: FORBIDDEN COMPASS" filmi Rotten Tomatoesda tanqidchilar tomonidan 0% bilan debyut qilindi.
Tomoshabinlar bahosi esa 38% ni tashkil etmoqda.
@Kino_Insayder
Zakari Livay va Liam Nison ishtrok etgan "THE FIX" filmi Rotten Tomatoesda 19% bilan debyut qildi.
@Kino_Insayder
"VISIONQUEST" serialidan yangi tizer.
Premyera 14-oktyabr Disney+ platformasida.
@Kino_Insayder
Sebastian Sten "BETMEN: IKKINCHI QISM" filmini suratga olish jarayoni "CHO'QINTIRGAN OTA 2" filmini yaratishga o'xshab ketayotganini aytdi.
"Ba'zan suratga olish maydoniga borib, atrofga qarayman-da, 'Menimcha biz, Cho'qintigan ota 2 filmini suratga olyapmiz,' deb o'ylayman. Buni haddan tashqari ulug'lab yuborishni istamayman, lekin bu film oxir-oqibat o'zini oqlaydi, degan tuyg'u menda bor."
@Kino_Insayder
Panjara Ortida olamiga doir yangi "PANJA ORTIDA: BLEK-KRIK" serialidan ilk tizer taqdim etildi.
Serial voqealari sevgan insoni uchun qanchalik uzoqqa borishga tayyorligini isbotlash maqsadida Amerikadagi eng xavfli qamoqxonalardan birida nazoratchi bo'lib ishlashga kirgan ayol askar haqida hikoya qiladi.
@Kino_Insayder
Sasha Baron Koen Kventin Tarantinoning ilk "THE POPINJAY CAVALIER" nomli sahna pyesasida bosh rolni ijro etadi:
• Baron Koen pyesaning bosh qahramoni rolini o'ynashi kutilmoqda. Asar qilichbozlik va sarguzashtlarga boy komediya sifatida tasvirlangan.
• Pyesa 2027-yil bahorida Londonning West End hududidagi noma'lum teatrda namoyish etiladi.
• Bundan avval Tarantino, agar pyesa muvafaqiyatli chiqsa, uni o'zining so'nggi, 10-filmi sifatida adaptatsiya qilishi mumkinligini ham aytgan edi.
@Kino_Insayder
Endryu Garfild ishtirokidagi "QO'ZG'OLON" tarixiy filmi Rotten Tomatoes saytida tanqidchilar tomonidan hozircha 57% ga baholanmoqda.
Premyera bugundan.
@Kino_insayder