Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Maryam Javlan.

maryam_javlan
Blogim oʻzingizni tanishga, savol berishga va tanqidiy fikrlashga oʻrgatadi. Hamkorlik (Zuhra): @manager_akk
Подписчики
7 572
24 часа
-8
30 дней
-56
Просмотры
1 553
ER
20,51%
Посты (30д)
31
Символов в посте
679
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 24, 11:38

Aslida bu iqtibos emas, bu butun boshli konsepsiya.
“Soya va ong osti bilan ishlash”
ning asosiy gʻoyasi.
Karl Yung hissiyotlarimizni nazorat qila olmaslik va ularga asirga aylanishimizni sabablarini ochib beradi. Har bir kishida soyalar boʻladi deydi. Soya bu — shaxsiyatimizning ongli ravishda tan olishni istamaydigan, rad etadigan yoki jamiyat qoliplariga to’g’ri kelmaydi deb o’ylaydigan qismi. Biz oʻzimizda anglamagan holda koʻp impulsiv hissiyotlarimizni yashiramiz, tan olmaymiz. “Men ojiz emasman”, “Men bunday agressiv emasman” deymiz. Biz ularni bostiramiz.
Eng qizigʻi, bu hissiyotlar yoʻqolib qolmaydi balki ong ostiga yashirinishni boshlaydi. Biz har bir vaziyatda hissiyotlarimizni bostirganimiz sari aslida ularga koʻproq energiya beramiz. Bu huddi purjinaga oʻxshaydi. Qancha bossangiz, shuncha tepaga sakraydi. Ular qaysidir vaziyatda doim toʻsatdan tashqariga chiqib ketadi. Masalan, agressiya. Uni ancha yildan buyon “nazorat qilyapman” deb bostirib kelasiz. Lekin doim nimadir gʻazabingizni keltirsa, yoki asabiylashsangiz oʻz-oʻzidan portlab ketaverasiz. Eng qizigʻi, bunday agressiya menda qayerdan paydo boʻldi deb ham savol berib ham qoʻyasiz)
Nega taqdirdek boshqaradi?
Sababi hissiyotlarimizni boshqalarga proyeksiyalashga tushamiz, ya’ni koʻchiramiz. Oʻzimiz ustida ishlamagan, bostirgan, hal etilmagan hissiyotlarni boshqalarga proyeksiyalaymiz. Shu sababli, “odam boshqada koʻrgani va gʻashiga kelgani aslida oʻzniki” deyiladi. Ayni shu mavzu, travmalar, ogʻriqli senariylarga olib boradi. Nega bizga bunday munosabatda boʻlishdi, nega biz doim oʻxshamaydigan munosabatlarga duch kelamiz, hayotimizda toksik odamlar koʻp. Sababi, bularning barchasi = oʻzimiz ongsiz ravishda yaratib qoʻygan reaksiyalarimiz.
Buni ustida ishlash uchun tan olish, integratsiya usuli, kuzatish, qabul qilish va nurga olib chiqishni Karl Yung oʻrgatgan. Qiziqsangiz, albatta kitoblarni oʻqib chiqing. Koʻpincha odamlar bu katta tajribaga mustaqil shoʻngʻiy olishmaydi. Sababi bu juda ogʻriqli va murakkab jarayon. Shunga psixologlardan yordam soʻrashadi.

October 24, 11:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Meni kuchli oʻzgartirgan iqtibos:
“Siz
ongsiz ong ostingiz
bilan yuzma-yuz kelmaguningizcha, u sizning hayotingizni
boshqaradi
va
siz buni taqdir deb ataysiz.
”
Karl Yung
(Oʻqiyotgan kitobimni yozgan postimga unchalik aloqasi yoʻq)

October 23, 19:16

Odamlarning miyasi 30 yoshdan soʻng qotishni boshlaydi, nimaga?
Intellektning 7 qirrasi
Odamning eng qiyin taraflaridan biri — qaror va haqiqatlarini oʻzgartirishi. Sababi bu juda chuqur va murakkab jarayon. Ba’zida bu tizim, bizga fikrlashimizni torayishiga sabab boʻladi. Fikrlashdagi moslashuvchanlik esa —
kognitiv moslashuv
deyiladi. Moslashuvchanligi past odam “doim shunday qilganmiz” deb, natija bermayotgan yoʻlni davom ettiraveradi. Bitta yechimni bilgan odam, oddiyroq yechim koʻz oldida turgan boʻlsa ham, uni koʻrmaydi. Bir xil tanlov, bir xil odatlar, bir xil yoʻl. Vaziyat, muhit oʻzgarganda esa u oʻz pozitsiyasini oʻzgartirmaydi.
Agar insonda kognitiv moslashuvchanlik boʻlsa, oʻz haqiqati bir pazl ekani va ularni yigʻib katta bir mozaika terish mumkinligini tushunadi. Eng katta qoida, bu haqiqat bir butun, yechim butun deb fikrlash. Bu uchun “Yana qanday yoʻl bor?” savolini berish kerak. Har bir muammoga kamida uchta yechim topishga harakat qilish, fikrni umuman teskarisiga oʻylab koʻrish vhkz.
Aksar odam 30 yoshidan keyin prefrontal korteksi rivojlanishdan toʻxtashni boshlaydi. Sababi esa “Men yetarli darajada bilib, koʻrib, oʻrganib boʻldim” deya fikrlash. Bu alaloqibat sizni “SSSR yaxshi edi” deb fikrida qattiq turib oladigan cholga aylantiradi.

October 22, 19:55

Xonada sizdan boshqa odam ham bormi? Intellektning 7 qirrasi Hech oʻzingizga uchinchi shaxs koʻzi bilan qarab koʻrganmisiz? Ha, biz odamlarga doim tanqid, muhokama ruhi bilan qaraymiz. Oʻzimizgachi? Bu — metokognitsiya deyiladi. U ichki kuzatuvchi. Sizning…

October 22, 19:55

Xonada sizdan boshqa odam ham bormi?
Intellektning 7 qirrasi
Hech oʻzingizga uchinchi shaxs koʻzi bilan qarab koʻrganmisiz? Ha, biz odamlarga doim tanqid, muhokama ruhi bilan qaraymiz. Oʻzimizgachi?
Bu — metokognitsiya deyiladi. U ichki kuzatuvchi. Sizning fikringizni, hayollaringizni toʻliq kuzatadi.
Har bitta hayol ustidan soʻroqqa tutadi:
“Nega jahlim chiqdi? Sabab?”
“Nega shoshyapman?”
“Nega hozir oʻzimni qiyosladim?” vhkz.
Nega tanqidchi bizga kerak? Sababi, metakognitsiyasi zaif odam oʻzini bilmagan narsasini bilaman deb oʻylaydi. Kuchli odam esa oʻz bilimining chegarasini koʻradi va shuning uchun tezroq oʻsadi.
Metakognitsiyani rivojlantirishni eng birinchi usuli bu:
“bugun nimani xato qildim/oʻyladim?”
. Shu bilan boshlanadi. Sababi bizni johilligimiz shundaki, avval tashqarini aybdor qilamiz, oxirgi nuqtagacha oʻz haqiqatimizga ishonib turamiz. Ba’zan ular illuziyalar boʻlsa ham. Ikkinchisi, qarorlarni, oʻrgangan bilimlarimizni ovoz chiqarib fikrlash. Bu tez tushunmayotgan nuqtamizga yoki muammo bor joyga olib boradi.

October 22, 15:12
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
🔹
Quyidagi kurslarga qabul boshlandi
:
✅
Darslar: Madrasa/Maʼhad/CEFR C1 sertifikatiga ega, bir qancha oʻquvchilari B2 va C1 sertifikatini qoʻlga kiritgan malakali ustoz tomonidan olib boriladi.
1⃣
⏏️
B1 CEFR/TANAL INTENSIV KURSI
Oʻqiladigan kitoblar
☺️
:
✅
Miftah B1
✅
Manhaj B2, C1
✅
Tanal
✅
Taʼbir
✅
Dalil
✅
100 Surat
kitoblari va istima materiallari orqali Tanal va Cefr imtihonlariga tayyorgarlik kursi.
(Darslar talabalar holatiga qarab imkon qadar arab tilida olib boriladi, hamda MUHADASA, ISTIMA va KITABADAN alohida vazifalar berilib qabul qilinadi).
📆
Dars kunlari: Seshanba, payshanba, shanba
2⃣
⏏️
Yuqori nahv kursi
Oʻqiladigan kitoblar
☺️
:
✅
1. Avomil
✅
2. Hidoyatun nahv
✅
3. Izhorul asror
✅
4. Vofiya (Kofiya sharhi)
📆
Dars kunlari: Seshanba, payshanba, shanba
✔️
Natijalar bu yerda
🆑
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🅰️
30-oktabrgacha
15% chegirma bilan yoziling
.
💖
Murojaat uchun:
@ali_isamiddinov_admin
@ali_isamiddinov_admin
@ali_isamiddinov_admin
Bundan tashqari arabcha-oʼzbekcha subtitrli multfilm va darsliklardan ham kanalimizda bepul foydalanishingiz mumkin:
💖
@arabiycartoon

October 19, 13:08

Shaxsiy blog ochishdagi qoidalar_20250216_225603_0000.pdf

October 19, 13:07

Muhim dars?
#bepul

October 19, 13:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Blog yuritish bu shunchaki post yozish va kontent plan tuzish emas.
Nasiba — telegramda shaxsiy keyslari bilan 0 dan 500$ gacha bloglari orqali daromad qiladilar. Bloglarida esa:
• blogging sirlari
• adminlarda boʻlishi kerak applar va ular bilan ishlash instruksiyasi
• blogni noldan ochish, uni raspakovkasi
• mahsulotingizni sotish sirlari haqida oʻrgatadilar.
Admin bor, kreativ admin bor. Admin bu shunchaki kontent qila oladi.
Kreativ admin esa oʻquvchisini psixologiyasini yaxshi biladi va manfaat keltira oladi.
Kreativ admin blogini tavsiya qilaman:
https://t.me/+mwRrjmkkEeQ5NjQy

October 19, 13:01

Bir faktni oʻqib qolgandim:
— oʻrtacha amerikalik aholining har birida blog, sayti yoki mahsuloti bor.
Ya’ni, ular uchun sayt yaratish, blog yuritish bu BAZA.