Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Musannif Adham

musannifadham
Холисликка даъво қилмайман, аммо холис бўлишга ҳаракат қиламан. Фикрларим, қарашларим умумқабул қилинган стандартларга тўғри келмаслиги, яъни, сизникидан фарқли бўлиши мумкин.
Подписчики
1 070
24 часа
-1
30 дней
-1
Просмотры
475
ER
44,39%
Посты (30д)
15
Символов в посте
900
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Религия и духовность
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Право и юридические услуги
Краткое описание
September 10, 08:25

35 yil qila olmagan ishlarini endi qila olisharmish. Ishqilib, alifboni qo‘ya turaylik — o‘zbek tili to‘liq davlat tili bo‘lib ulgurdi-ya? To‘liq, barcha sohalarda, barcha bo‘g‘inlarda, barcha idoralarda, barcha kabinetlarda davlat tiliga aylandi-a o‘zbek…

September 10, 08:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

35 yil qila olmagan ishlarini endi qila olisharmish. Ishqilib, alifboni qo‘ya turaylik — o‘zbek tili to‘liq davlat tili bo‘lib ulgurdi-ya? To‘liq, barcha sohalarda, barcha bo‘g‘inlarda, barcha idoralarda, barcha kabinetlarda davlat tiliga aylandi-a o‘zbek tili? Davlat ishlari to‘liq davlat tilida olib borilyapti, yuritilyapti, e’lon qilinyapti, to‘g‘rimi? Agar shu ish rostan ham uddalangan bo‘lsa, unda, ha, balki endi alifboni ham yagona qila olishar. Barcha davlat organlari, davlat nashrlari kirill alifbosidan voz kechishni boshlaganini ko‘rsam, o, ana, eplashyapti, qilsa bo‘lar ekan-ku, deb qo‘yaman, albatta
(#)

September 03, 17:02

Беҳзод Мусаев Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги директори лавозимидан озод этилди.

September 01, 18:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Мексикалик Ана Мариа Гарсия исмли муслима аёл мамлакатда паспортда
ҳижоб билан расмга тушган биринчи аёл
бўлибди.
Ҳукумат органлари унинг паспортда ҳижоб билан суратга тушишига қарши чиққан. Аммо у бу масалани судга олиб чиққан ва Мексика Олий Суди токи юз аниқ кўриниб турар экан, диний талабларга кўра бошни рўмол билан ўраб суратга тушишга рухсат бериб, бу диний эркинликни таъминлаш ва аксинча, диний қарашларига кўра камситишнинг олдини олиш бўлишини эслатган.
Судлар мустақил бўлса, фуқаро ўз ҳаққини бемалол ҳимоя қила олади.

September 01, 11:21

Shu poyezd haqida o'yladim. Bir reysda 415 nafar yo'lovchi tashir ekan. Agar Toshkent–Andijon oralig'ida kuniga 15–20 ming yo'lovchi qatnashi kerak bo'lsa, kuniga kamida 40 ta shunday reys yurishi talab etiladi. To'g'ri, Yaponiyaning Shinkanseni Tokio–Osaka yo'nalishida yiliga 170 million yo'lovchi tashiydi, ya'ni kuniga 450 ming. Biz shundan 30 barobar kam odamni bog'lasak ham yaxshi bo'lardi — demak, shu yo'nalishda kuniga 15–20 ming odam qatnashi kerak. Menimcha, bu erishsa bo'ladigan maqsad. Xuddi shunday, deyarli barcha viloyat markazlari bilan ham. Ya'ni har soatda har bir viloyatdan Toshkentga, Toshkentdan o'sha viloyat markaziga bittadan poyezd yursa, Yaponiyadan 30 barobar kam yo'lovchi tashigan bo'lamiz. Ular kuniga sal kam 400 ta reys qilsa, biz mayli 20 ta qilaylik. Menimcha, besh yilda buni eplash mumkin. "Hozir talab kam" deyishingiz mumkin, lekin Namanganga 2–2,5 soatda, Andijonga 3 soatda, Qo'qonga 1,5 soatda yetib boradigan poyezd bo'lsa va u har soatda qatnasa — talab paydo bo'ladi. Talab yaratiladi.
Samarqandga qatnaydigan poyezdlar sonini ham 20–30 barobarga oshirish vaqti keldi. Poyezd parkdagi attraksion emas, haqiqiy transport vositasiga aylanishi kerak.
Ko'pincha viloyat rahbarlari "viloyatni yoki tumanlarni qanday rivojlantirish kerak?" degan savolni qo'yishadi. Davlat qila oladigan va real daromad keltira oladigan narsa — viloyatni Toshkentga, shu orqali esa boshqa viloyatlar va mamlakatlarga bog'lashdir. Toshkent - mamlakatimizning asosiy iqtisodiy nuqtasi; Toshkentga bog'lanish qanchalik oson bo'lsa, tijorat ham, ish o'rinlari ham shunchalik ko'payaveradi. Xuddi shunday, qo'shni mamlakat hududlariga ham, masalan, Andijondan Qirg'izistonning O'sh shahriga 30 daqiqada yetib boradigan tezyurar poyezd yo'qligi, menimcha, muammo. Toshkentga esa kuniga kamida, eng kamida yuzlab avtobus qatnashi kerak.
Davlat iqtisodiy rivojlanish uchun hamma narsani qila olmasligi mumkin, lekin bog'lash: aniq qilsa bo'ladigan va zarar keltirmaydigan ishlardan. Bunday bog'lanish poyezd orqali ham, samolyot orqali ham, avtobus va, albatta, avtomobil orqali ham bo'lishi mumkin. Bizda esa deyarli barcha hududlarga avtomobildan boshqa yo'l bilan yetib borish qiyin. Hatto ish yuzasidan yuradigan davlat xizmatchilari ham, chipta olish muammosi ularda bo'lmasa ham - avtomobilda yurishga majburlar, chunki aksar hollarda alternativ yo'q. Serqatnovlik shunchalar yomonki, avtomobildan boshqa iloji yo'q. Hudud Toshkentga bog'lanmasa — rivojlanishi qiyin. Bog'lanish deganda, kuniga bitta 80 kishilik samolet emas, kuniga 20-30 ming odam, poyezda qatnashi. Bu albatta eng kamida.
Shuning uchun mahalliy hokimiyatlar, jumladan Toshkent hokimiyati ham, mahalliy iqtisodiy rivojlanish manfaatidan kelib chiqib, bog'lanish bilan ham, yo'lovchi bilan ham umuman qiziqmaydigan temir yo'l korxonasiga va yo'lovchi haqida qayg'urmaydigan yana bir milliy monopolistimiz — aviakompaniyaga iloji boricha ko'p bosim o'tkazishlari, reys va poyezdlar qo'shilishini, ularning sifati oshishini talab qilishlari kerak. Agar viloyatni rivojlantirmoqchi bo'lishsa — bog'lanishni kun tartibiga qo'yishlari lozim. "Aviakompaniya va temir yo'l qachondir o'zi qiladi" degan xomxayoldan voz kechish kerak.

September 01, 11:21

Xitoyda provinsiya gubernatorlari birlashib, temir yo'l masalasini bir necha marta Siyosiy byuroga olib chiqishgan. Chunki provinsiya gubernatorlarining KPI'sida aynan mintaqaviy yalpi mahsulot: ya'ni iqtisodiy o'sish turgan. Unga erishish uchun esa bog'lanish kerak bo'lgan. Temir yo'l bu ishda muhim rol o'ynagani uchun mahalliy gubernatorlar qatnov zichligi va sifat masalasida bo'sh kelishmagan. Ammo Temir yo'l vazirligining ularga bo'ysunmagan. Uni Xitoyda "rejali iqtisodiyotning oxirgi qal'asi" deb atashgan: o'z militsiyasi, o'z sudlari, o'z byudjeti bo'lgan alohida davlat ichidagi davlat edi. Vazirlikning rag'bati yo'lovchi ham, mahalliy iqtisodiyot ham emas edi. Hatto Xitoy tarixidagi eng katta siyosiy skandal ham: Xi Jinping bilan Bo Xilai atrofidagi to'qnashuv — shu bilan bog'liq. Chunki Bo Xilaining jamoadoshi Liu Zhijun bo'lib, u temir yo'l vazirligining boshlig'i edi. Xi gubernatorlik davrida — Fujianda, Chjeszyanda, keyin Shanxayda — temir yo'l bilan doimo ziddiyatda bo'lgan; asosiy sabablar qatnov zichligi, yangi liniyalar va qurilishlar edi. Bu qarama-qarshilik shu darajaga yetganki, 2011-yilda vazir Liu Zhijun korrupsiya uchun lavozimidan olingan, 2013-yilda esa vazirlikning o'zi tugatilib, funksiyalari bo'lib yuborilgan. Keyinchalik Xi markazga kelganidan so'ng Bo Xilai va uning hamkasblariga nima bo'lganini hamma biladi. Bu ziddiyat hatto bugungi Xi Jinping hokimiyatining shakllanishida ham eng muhim siyosiy to'qnashuvlardan biri bo'lgan.
Aytmoqchimanki, Xitoyda gubernatorlar bilan temir yo'l tarmog'i o'rtasidagi ziddiyat eski hikoya, lekin mantig'i tushunarli: mahalliy hokimiyatlarga o'sish kerak, o'sish esa viloyat qanchalik "bog'liq" ekaniga quriladi. Temir yo'llarida esa boshqa rag'bat.
Kuni kecha temir yo'ldagi vagonlar ahvoli haqida gapirilgani to'g'ri bo'ldi. Mahalliy iqtisodiyot rivojlanishi uchun transport rivojlanishi kerak; hozir esa havo yo'llari va temir yo'llari iqtisodiyotimiz o'sishiga yordam emas, to'siq bo'lib turibdi. Bu tabiiy: ularning rag'bati yo'lovchi ham, foyda ham emas. Shuning uchun hech bo'lmaganda mahalliy hokimiyatlarning bosimi mamlakat ichida bog'liqlikni yaxshilashga yordam berishi mumkin.
https://t.me/muhrim2022/9219

August 28, 06:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Бир инсоннинг шифо топишига сабабчи бўлайлик
Абдулазиз Азизовга капоси саркомаси (қон ва лимфа томирларининг шиллиқ қаватида ҳосил бўлган саратон) ташхиси қўйилган. У бир неча босқич кимё терапия муолажаларини олган, касаллик сабабли даволаниш жараёни ҳали ҳам давом этмоқда.
Ҳозирги кунда навбатдаги муолажаларини олиши ва даволаниш харажатларини қоплаши учун моддий ёрдамга муҳтож.
Кимдир пул билан ёрдам беради, кимдир дуоси билан, яна кимдир ушбу эълонни тарқатиб, беморга ёрдам етишига сабабчи бўлади.
5614 6816 2276 9135
9860020119802351
5614 6816 2103 6130
Карталар бемор Абдулазиз Азимов номида.

August 17, 07:32

Зиёратгоҳларимиз сақол улаган коммунистлар қўлида.
Бизга янги зиё гоҳлар керак.
@Hamid_Sodiq

August 17, 07:31

Ўлимидан кейинги комментларни ўқишни - олий ният даражасига етказмагунча ижтимоий тармоқ тинч қўймайди.
Ва блогер ўлимни кўп ўйлайдиган бўлади. Бу "ўлим" эса унинг янги "худоси" инстаграм... учундир.
@Hamid_Sodiq

August 14, 09:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘qigandirsizlar, O‘zbekistonda Prezident administratsiyasining mansabdor xodimlarida daxlsizlik huquqi, immunitet bo‘larkan —
ularni beruxsat qamoqqa olib bo‘lmas ekan
, hatto jinoyat ishi ham ochib bo‘lmaydi (ishqilib, superodamga aylantirib yuborishibdi Administratsiya kotakonlarini, quturib ketishmasa edi endi). Lekin, menimcha, O‘zbekistonda “daxlsizlik”, “immunitet” degan gaplarning qadri — taxminan bir tiyin atrofida. Do‘ppi tor kelsa, Konstitutsiyaviy qonun ham, Konstitutsiya ham oyoqosti qilinadi. Xuddi “O‘zbekneftgaz” sobiq rahbari Bahodir Sidiqov bilan bo‘lganidek — u qamoqqa olinayotgan vaqti deputat ham bo‘lgan, O‘zbekistonda esa deputatni qamoqqa olishdan avval uning kengashdoshlari oldidan o‘tib, ularning “ha, mayli” degan gapi olinishi kerak (bir og‘iz so‘ralsa, deputatlar ham odam — yo‘q demaydi, hech qachon yo‘q demagan ham). Qog‘ozda yozilgan qoidasi shunday. Lekin
Sidiqovga kelganda bu qoida unutilgan
(yoki vaqt juda ziq bo‘lganmi, kim bilsin). Davlat xizmatchilari aybi hali isbotlanmagan bir odamni qamoqqa olish jarayonining o‘zidayoq Konstitutsiya tilka-pora qilib tashlagani aytilayotgan sudni
ochiq o‘tkazib bo‘ladimi axir
?