
Muvaffaqiyat Sirlari
Channel created
Uddalay olmasamchi?
Uddalasamchi?
Xato bo'lsachi?
To'g'ri bo'lsachi?
Qabul qilishmasachi?
Qabul qilishsachi?
Ulgurmasamchi?
Hozir ayni vaqti bo‘lsachi?
Qilsam pushaymon bo‘lib qolsamchi?
Qilmasam pushaymon bo‘lsamchi?
O'xshamasachi?
O'xshab qolsachi?
Yaxshi gumon, yaxshi niyat, yaxshi kutuv, yaxshi duo - ishning yarmi. Sinab ko'ring.
Eng yaqin do'stim aytdi:
- oshna,
o'lsam qabr ustida
belkurakni hech kimga bermagina
#thoughtsoutloud
- Zar qadrini zargar biladi.
- Ilmning haqiqiy qadrini olim biladi.
- Kitob qadrini o'qigan va uqqan biladi.
- Iymon halovatini uni tatigan biladi.
- Sening qadringni seni tushungan biladi.
Ammo unutma:
- Zargar ham birdagina mutaxassis bo'lmaydi.
- Olim ilmni "bilmayman"dan boshlaydi.
- Har qanday kitobxon ham qachonlardir umuman kitob o'qimagan bo'ladi.
- Iymon halovatini anglaganlar avval qachondir uni yo'qotganlar va qayta topganlar bo'ladi.
- Seni hali tushunmagan bo'lsalar, demak qayerdadir bunga harakat boshlangan.
Ma'lum darajaga chiqquncha, hamma noldan boshlaydi.
Sen ularning darajasiga tushma. Sen ular ko'tarilguncha sabr qil.
Yigitlarga tavsiya
Yigitlar, o‘zimizga qarab yurishni odat qilishimiz kerak. Buning uchun ko‘p pul yoki alohida imkoniyat shart emas
Soch-soqolni vaqtida tartibga keltirish, kiyimlarni toza va dazmollangan holda kiyish, doim yaxshi ifor bilan yurish kifoya. Kiyimning qimmat yoki arzonligi muhim emas, asosiysi ozodalik
Muomalada ham ayrim narsalarga e’tibor berish kerak. Shoshilmasdan, bosiqlik bilan gapirish, o‘rni kelganda kulish, jamoat joyida so‘kinmaslik. Har bir gapga aralashish yoki hamma narsaga fikr bildirish shart emas
Maqtanishdan ham tiyilgan yaxshi. Nimaga erishganimizni hammaga aytib yurishning umuman keragi yo‘q aslida
O‘z prinsiplarimiz bo‘lsin. Faqat ularni gapirish emas, hech kim ko‘rmayotgan paytda ham ularga sodiq qolishimiz muhim
G‘azabni ham, hayajonni ham boshqarishni o‘rganaylik. Jahl ustida aytilgan gap yoki qilingan ishdan keyinchalik o‘zimiz uyalib qolishimiz mumkin. His qilgan narsalarimizni hamma ham bilishi shart emas
Xullas bularning hech biri qiyin emas. Shunchaki kundalik odatimizga aylantirsak bo‘ldi
Life updated.
Ko'zimda porlardi yulduzlar nuri,
Bezovta qilmasdi ko'ksimni vijdon.
Hozir qolmagandir qalbim huzuri,
Men nega o'zgardim bilmam onajon.
Hozirgi holatingni — avval orzu qilarding.
Erishding!
Baribir noshukrsan-a?
Yilning ilk 12 oyi doimo qiyin bo‘ladi.