Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

ODAMLAR ORASIDA

odamlar_orasida2
🥀 Samimiyat sog’inganlar 🥀
Подписчики
537
24 часа
-2
30 дней
-13
Просмотры
320
ER
59,59%
Посты (30д)
5
Символов в посте
895
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Медиа и коммуникации
Краткое описание
October 15, 03:32
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Ajoyib yechim
👏
O’rnak olsa arziydi.
https://t.me/odamlar_orasida2

October 12, 04:32

G‘azoda hali ham tinchlik yo‘q. Har kuni insonlar, begunoh bolalar hayotdan ko‘z yummoqda. Ayrimlar bu haqda o‘ylamaydi ham, hatto nimalar bo‘layotganini bilmaydi ham…
Biz-chi? Bilsak ham nima qila olayapmiz? Yuragimiz eziladi, ko‘zlarimizga yosh keladi. «Allohim, O‘zing najot ber!» deymiz-u, yana o‘z tashvishlarimizga sho‘ng‘iymiz…
Ba’zan o‘ylab qo‘rqib ketaman:
Qiyomat kuni Alloh taoloning huzurida bu holimizga qanday javob beramiz ekan?
Qo‘limizdan kelganicha harakat qildikmi? Mazlumlar uchun chin dildan qayg‘urdikmi? Ularni duolarimizda esladikmi?
Yuragimni ezadigan yana bir masala — Mubashshir Ahmad domla. O’ylasam, ezilib ketaman. Bir olimni himoya qila olmagan, kasal holida xo‘rlanishiga yo‘l qo‘ygan jamiyat qanday jamiyat bo‘ldi, deb o‘ylanib qolaman…
😢
Sizlardan bir iltimosim bor:
mazlumlar haqqiga duo qiling.
Shunchaki til uchida emas, chin yurakdan, Alloh taologa yolvorib duo qiling.
Namozlaringizda, sajdalaringizda, masjidlarda, yo‘lda, uyda — har qanday holatda ularni unutmang. Allohdan ular uchun najot, nusrat, ofiyat va xotirjamlik so‘rang. Zulm ostida qolganlarga najot, yaradorlarga shifo, yetimlarga panoh, qalblarga sabr va ummatga uyg‘onish nasib etishini so‘rang.
Allohim, mazlumlarni O‘zing asra! Ularga O‘zing najot ber! Bizni ham ularning dardiga befarq bo‘lib qolishdan saqla. Qo‘limizdan keladigan yaxshiliklarni qilishga tavfiq ber. Bizni huzuringda javob bera olmaydiganlardan qilma!
😢
🤲
Alloh taolo barchangizdan rozi bo‘lsin. Duolaringizni ijobat aylasin.
https://t.me/odamlar_orasida2

October 12, 04:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

G’azolik ota yozmoqda:
Bu bizning oxirgi suratimiz bo‘lishi mumkin…
💔
🇵🇸
Agar vafot etsak, bizni yangiliklarda tilga olinadigan shunchaki raqamlar sifatida eslamang.
Biz ham orzulari bor qalblar, umidlarga to‘la yuraklar edik. Bizning ham hali oxiriga yetmagan hikoyalarimiz bor edi.
Bizni duolaringizda unutmang va biz haqimizda gapirishda davom eting.
Chunki har bir ism ortida tinchlikda yashashni orzu qilgan bir insonning butun umri, o‘ziga xos hikoyasi bor.
💔
https://t.me/odamlar_orasida2

October 03, 06:23

Yodimda, bolaligimda bizni chalg‘ita oladigan yagona narsa — TV edi. Unda ham doim bizga yoqadigan ko‘rsatuvlar bo‘lavermasdi.
(Keyinchalik, maktab davrlarimda kompyuter ham qo‘shildi. Buni alohida aytib beraman
😁
).
Shu tarzda zerikib, kitob o‘qishni boshlaganman. Uyda qanaqa kitob bo‘lsa, topib o‘qirdim. Maktab kutubxonasidan ham kitoblar olib kelib o‘qirdim.
Dadam har hafta «Darakchi», «Bekajon», «Xordiq» kabi gazetalarni olib kelardilar. Avvaliga o‘zimga yoqqan sahifalarni o‘qirdim. Bo‘sh vaqtim shunchalik ko‘p bo‘lgan ekanki, o‘qiydigan sahifalarim tugab qolardi.
Shundan keyin miyamga g‘alati bir fikr kelgan
🤓
. «Men o‘qimaydigan sahifalarni ham bekorga bosib chiqarishmagandir. Demak, foydasi bordirki, yozishgan».
Shu tarzda har bir gazetani birinchi sahifasidan oxirigacha erinmay o‘qiydigan bo‘ldim
😂
.
Balki siyosatga qiziqishim ham o‘sha vaqtlarda shakllangandir.
Yana alohida krossvord, skanvordli gazetalar ham bo‘lardi. Talashib ishlardik. Qiziq tomoni, o‘sha gazetalarni ham tashlab yubormasdim. «Bularning ichida qancha ma’lumot bor-a! Naqd xazina-ku!» deb, katta karobkaga yig‘ardim.
Hatto «To‘yim bo‘lsa, kitoblarimga qo‘shib sep qilib olib ketaman», derdim
🤓
😂
.
Shunaqa gaplar…
Aytgancha, to‘ydan keyin kitoblarimni olib ketdim. Gazetalar esa ancha vaqt uyda turdi. Ba’zan uyga borganimda ularni yana varaqlab kelardim
🥲
.
Bolaligimda zerikkanimdan boshlangan o‘sha kitoblar, gazetalar, krossvordlar… aslida shunchaki vaqt o‘tkazish emas ekan. Balki o‘sha paytlarda, o‘zim bilmagan holda, bugungi o‘zimni yig‘ib borayotgan ekanman.
#shaxsiy
https://t.me/odamlar_orasida2

October 03, 06:07

Madridlik enagani bir haftadayoq ishdan bo‘shatib yuborishdi. Sabab — u «hech narsa qilmas emish».
Aslida esa u ko‘pchilik ota-onalarning qo‘lidan kelmaydigan eng muhim ishni qilayotgan edi.
Bolakay:
«Zerikib ketdim»
, deb xarxasha qila boshladi. Ispaniyalik Mari esa uni ovutishga shoshilmadi. Qo‘liga planshet ham tutqazmadi, rasm chizishni ham taklif qilmadi. U shunchaki xotirjam kofe ichib o‘tiraverdi.
Buni ko‘rgan ona esa g‘azabdan o‘zini bosolmay:
«Men sizga bekorga pul to‘layapmanmi?!»
deb baqirdi. Shunda Mari hamma narsani ostin-ustun qilib yuboradigan bitta gapni aytdi:
«Zerkish – bu ijodning boshlanishi. Siz bolaning zerikishini multfilm yoki biron o‘yin bilan chalg‘itsangiz, uning xayolot olamini (fantaziyasini) o‘ldirasiz».
Ispaniyada
«zerkish huquqi»
degan tushuncha bor. Bolaning miyasi mustaqil ishlashni boshlashi uchun unga 15–20 daqiqalik sukunat kerak. U tashqaridan biron tayyor ovunchoq kutib yashamasligi lozim.
Ota-onalar yo‘l qo‘yadigan xato:
Bizda onalar ko‘pincha bolaga animatorlik qiladi. Bola salgina ovoz chiqarsa bo‘ldi — qo‘liga darrov o‘yinchoq, telefon yoki biron ovunchoq tutqazishadi.
Natijada esa, bola 7 yoshga yetganda ham o‘zini besh daqiqa bo‘lsa-da mustaqil chalg‘ita olmaydi. U o‘ynamaydi, u shunchaki tayyor kontent iste’molchisiga aylanadi.
Tajriba qilib ko‘rishdi:
Buni eshitgan bir ota o‘z o‘g‘lida sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. O‘g‘li:
«Zerikib ketdim»
, deganida, u multfilm qo‘yib bermadi. Shunchaki:
«Ha, zerikyapsanmi? Shunaqasi ham bo‘lib turadi»
, dedi-da, kitobini o‘qishda davom etdi.
Keyingi 15 daqiqa haqiqiy daxshat bo‘ldi. Bola noroziy bo‘lib, xona ichida tinmay aylanib yurdi, otasini ko‘ndirishga urindi. Ammo ko‘p o‘tmay hamma yoq jim-jit bo‘lib qoldi.
Ota xonaga kirsa — o‘g‘li yostiqlardan o‘ziga «baza» qurib olgan va paypog‘i bilan gaplashib o‘tirganmish. U uzoq vaqtdan beri birinchi marta o‘zi mustaqil o‘ynayotgandi. Tayyor kontent yutmayotgan, balki hech narsadan o‘z dunyosini yaratayotgan edi.
Mari mutlaqo haq edi.
Ispaniyalik bola boshida bir oz xarxasha qiladi. Keyin esa baribir hech qanday «shou» bo‘lmasligini tushunadi. Va kutilmaganda yerdan bitta tayoq topib, uni o‘zi uchun qilich qiladi. O‘ziga xos dunyo quradi, soyasi bilan gaplashadi. Yo‘q narsalarni xayolan o‘ylab topadi.
Mustaqillik mana shunday dunyoga keladi. Bolaga o‘sha bo‘shliqni o‘zi yengib o‘tishiga qo‘yib berish kerak.
💡
Xulosa:
«Bolangiz uchun masxaraboz bo‘lishni bas qiling. Siz ularga bera oladigan eng katta yordam – bu uy ichidagi tinchlik va o‘z hayotingiz bilan band bo‘lgan holatingizdir».
Hayotga bo‘lgan qiziqish tinimsiz ko‘ngilochar narsalardan tug‘ilmaydi. U bolaga o‘zi yengib o‘tishga ruxsat berilgan o‘sha bo‘shliqdan o‘sib chiqadi.
Zerkish – dushman emas. Bu fantaziya, o‘yin va shaxsiyat shakllanadigan erkin hududdir.
https://t.me/odamlar_orasida2

September 11, 18:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Senga qarab ot kishnasa, kishnaysanmi?
Maymun ko‘ksin mushtlasachi, mushtlaysanmi?
Yashaysanmi o‘chakishib hayvonlarga,
It tishlasa, sen ham uni tishlaysanmi?
Iqbol Mirzo
https://t.me/odamlar_orasida2

September 08, 04:00
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🇫🇷
ФРАНЦИЯДА
ИСЁН
: "
АГАР
УЛАРГА
ТАҚИҚЛАНГАН
БЎЛСА
,
БИЗ
ҲАММАМИЗ
ҲИЖОБДАМИЗ
!"
Франциянинг ўта ўнгчилари (миллатчилари) ҳижобни жамоат жойларида бутунлай тақиқламоқчи. Жавоб эса улар кутгандан бутунлай бошқача бўлди.
Париждан Марселгача француз аёлларининг ўзи қўзғалди.
Бу энди шунчаки мусулмонлар масаласи эмас - бу эркинлик масаласи.
Улар нима демоқда?
"Бу қонун хавфсизлик учун эмас, бу бевосита мусулмон аёлни жамиятдан сиқиб чиқариш учун. Бу - дискриминация".
Жавоб - флешмобга айланди
TouchePasAMonHijab - "Менинг ҳижобимга тегма" хештеги остида минглаб француз аёллари тармоқларни портлатиб юборди.
Улар камера қаршисида ҳижоб ўрашни ўрганмоқда, кўзгуда ўзига қараб: "Сен ёлғиз эмассан, опажоним" демоқда.
Ва энг кучлиси - уларнинг ваъдаси:
"Агар бу қонун қабул қилинса, биз ҳар куни кўчага ҳижобда чиқамиз. Ҳаммамиз. Қани, ҳаммамизни қамаб кўрингларчи".
Бу энди матога қарши қонун эмас, бу - бутун бир авлод аёлларининг виждонига қарши урушга айланди.
https://t.me/odamlar_orasida2

August 16, 17:43

Judayam ibratli va samimiy suhbat bo’libdi. Xarom ichkilik ichuvchilar ko’rsa, zora ibrat bo’larmidi.
Qiz farzanddan noliydiganlar uchun ham juda kerakli gaplar aytilibdi.
https://youtu.be/COsie-ZuwaA?si=GvQ1fV57rh1VFVcS

August 10, 04:36
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Endi esa Niagara sharsharasidan videolar!!!
Tasvirda chiroyli, ko‘z bilan ko‘rganda esa umuman boshqacha…
Qiziq fakt: Niagara aslida
uchta sharsharadan
iborat. Eng kattasi Horseshoe Falls Kanada tomonida joylashgan.
🇨🇦
Biz har gal sharsharani Kanada tomondan ko’rar edik. Bu gal ota onam, akamlar va biz hammamiz oilaviy Amerika tomondan ko’rdik. Amerika tomondan suvni yuqoridan kelishini va pastga oqib tushishini ko’rish mumkin ekan. Lekin Kanada tomondan butunlay o’zgacha manzara. Uchta sharsharani ham bor go’zalligi bilan, bo’y-u basti bilan ko’ra olasiz.
Subhanalloh… Yaratganning qudratiga qarang.
🤍
(Videoda dadamni ovozlari)
@odamlar_orasida2

August 10, 04:13

Nafs va shaytonni qanday farqlaymiz?
Nafs — bu xohishlarimiz. Biz istagan turli orzu-istaklarimiz ham, buzg‘unchiliklar ham nafsdandir. Nafs bizga xohlatadi.
Shayton esa uni ziynatlab, chiroyli ko‘rsatadi. O‘sha nafsimiz buyurgan ishni oqlab beradi.
Bugun ko‘pchiligimiz nafsimizni tergamay qo‘ydik. Shaytonni ayblab qo‘ya qolamiz.
Hasanxon domla suhbatlaridan
@odamlar_orasida2