
On the Spectrum
Qayergadir yozib qo'yishim kerak edi..
Ozgina chiroyli ko'chalarda yurib, tushlik qilishga ketayotgan edik. Taksi chaqirdik. Bir kichkina, lekin ko'rinishi ajoyib taksi keldi. Yoshlari 50 dan oshgan amaki kichkina, oppoq kuchukchasi bilan oxirgi 20 yildan beri mashina haydarkan. Simba ismli kuchugi bilan salomlashsam, tez yonimga kelib oldi, pinjimga kirib, uxlab qoldi tez-da. Yo'l bo'yi amaki bilan hayvonlar qanchalik insonlarga o'xshashliklarini, boshqa qanaqa uy hayvonlari borligi haqida suhbatlashib ketdik. Haydovchi amaki - shunchaki, hayotidan baxtiyor edi. Unga shu ishi, yoqtirgan shahri, sevimli kuchugi yonida bo'lsa, kiyofa edi. Nimaga shuncha yildan beri haydovchilik qilasiz, deb so'raganimda, "kuchukcham hamrohligida qila oladigan ishim faqat shu", deya javob berdi. Uning hayotdan shunchalik qoniqqanligi ko'rib, hayron qoldim.
Amaki va Simba bilan xayrlashib, tushlik qilishga kelishgan joyimizga kirdik. Kirishimizga yoshi katta, 50-60 lar orasidagi bir qancha amakilar, xolalar o'z musiqa asboblarini chalib o'tirishgan ekan. Bir-biri bilan kulishib, o'rganib, jo'r bo'lib har xil musiqalar chalishardi. Ularni tomosha qilib, to'ymasdi odam. Shu qadar hayotdan xursand edilar-ki, bilmadim, oxirgi vaqtlar bunday odamlarni kam ko'rib boshlaganimgami, juda bir boshqacha hislar o'tdi. Ularga shu qo'llaridagi musiqiy asboblari, chalayotgan kuylari, atrofida o'ziga o'xshash odamlar borligi - baxtli bo'lishlari uchun yetarli edi.
Muzeyga borganimizda esa bolalarini o'ynatib yurgan ota-onalar, planetariumga birga qo'l ushlashib kelgan qariyalarning xursandliklarini ko'rib ham ko'nglim iyiblar ketdi. Ajoyib. Hayotning bu tinch tomonida odamlar baxtliroq ekandir, aslida, deb o'ylab qoldim. Nothing complicated. Nothing mysterious. Nothing extraordinary. Nothing revolutionary. Simple but beautiful.
Aprel 18, 2026.
Minnesota.
@on_spectrum
- Perfect place to read a book doesn't exist!
- Have you ever tried this one?)
@on_spectrum
'Coincidence is God's way of staying anonymous.'
#new_books
The Secret of Secrets - Dan Brown
Vanihoyat, bu kitob qo'limga tushdi. Qanchadan beri olaman deb yurgandim)
@on_spectrum
Spring is coming to campus, vanihoyat.
Bahor rasmlaridan ulashib ketinglar :)
@on_spectrum
Tashqarida qor. Va aprel shu kitob bilan boshlandi.
Sizda-chi?
@on_spectrum
Reading "Kichkina Shahzoda" just heals my soul.
Everything is just perfect about April!
Happy April! A sweet spot of the year!