Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Diplomat (Sobirov)

pan_diplomat
Tarix, siyosat va ideologiya. Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat Instagram: www.instagram.com/pan_diplomat Muallifga yozish: @pan_sobirov
Подписчики
4 451
24 часа
-6
30 дней
-33
Просмотры
1 239
ER
27,84%
Посты (30д)
27
Символов в посте
523
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Медиа и коммуникации
Краткое описание
October 27, 12:56

Do‘stlar, aftidan, Netanyahu davri tugayapti. Uning o‘zi arab partiyalari saylovlarni o‘g‘irlayotganini aytib chiqdi. Uning partiyasi “Likud” esa allaqachon saylovlarni o‘g‘irlangan deb da’vo qilishga tayyorlanayotgan ekan. Isroilda hozir 1969-yildan beri…

October 27, 12:17

Do‘stlar, aftidan, Netanyahu davri tugayapti. Uning o‘zi arab partiyalari saylovlarni o‘g‘irlayotganini aytib chiqdi. Uning partiyasi “Likud” esa allaqachon saylovlarni o‘g‘irlangan deb da’vo qilishga tayyorlanayotgan ekan.
Isroilda hozir 1969-yildan beri eng yuqori saylov davomati (yavkasi) qayd etilmoqda.
@pan_diplomat

October 27, 12:04
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Isroilning arab fuqarolari tuya va eshaklar ustida ovoz berishga bormoqda. Aynan arab fuqarolarining faolligi (
ular Isroilda 2 mln ortiq, umumiy aholining 10 foizi
) Netanyahuning asosiy raqibi Gadi Ayzenkotga yordam berishi mumkin.
@pan_diplomat

October 27, 06:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun Isroilda parlament saylovlari
Netanyahu ketadimi? Isroilning tajovuzkor o‘ta o‘ng davri tugaydimi? Umid kam, lekin deyarli butun dunyo kuzatyapti.
@pan_diplomat

October 27, 05:00

Tramp va respublikachilardan yana bir pastlik
Respublikachilarning Ohayo shtati gubernatorligiga nomzodi Vivek Ramasvami demokrat raqibi Emi Ektonning onasi bilan rolik
olibdi
. Rolikda ona saylovda qiziga ovoz bermaslikka chaqirgan va qizi Ekton xonimni yolg‘onchilikda
ayblagan
.
Bunday rolik nafaqat demokratlarda, balki mahalliy respublikachilarni ham norozilik uyg‘otdi.
Chunki Ektonning onasi u 3 yoshligida ajrashgan. Ekton va akasi onasi bilan qolgan va ona keyinroq yangi turmush qurgan. Bir necha yil ichida Ektonning onasi bir necha marta erga tekkan va ulardan biri Ektonga jinsiy zo‘ravonlik qilgan. Shundan so‘ng, politsiya o‘gay otani qamoqqa olgan, Ektonning haqiqiy otasi esa, nihoyat, u va akasini qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan. Ya’ni, Ekton 12 yoshidan keyin onasi bilan umuman ko‘rishmagan (hozir 60 yoshda).
Ona o‘z qizini zo‘rlagan erkak bilan yashashda davom ettirgan. Va hozir endi qizini yolg‘onchilikda ayblayabdi. Shubhasiz, Ramasvami bu uchun unga pul to‘lagan.
Shunday og‘ir yoshlik jarohati bor Ektonga qarshi bunday rolik olinishi ko‘pchilikda nafrat uyg‘otdi. Ohayoning respublikachi gubernatori Mayk Devayn videoni “mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan” deb atab, Ramasvamini uni o‘chirib tashlashga chaqirgan. Shtat senatori Jon Hasted (o‘sha Tramp maqtagan erkak) bunday rolik e’lon qilishni o‘ziga ep ko‘rmasligini aytgan.
Eng qizig‘i, AQSHdan migrantlarni haydab yuborish tarafdori bo‘lgan Tramp va Vens, etnik hind bo‘lgan Ramasvamining ushbu pastkash harakatini qo‘llab-quvvatlagan. Ramasvami ham ularning ishonchini oqlab, nafaqat videoni o‘chirishdan bosh tortgan, balki uni TVda aylantirish uchun 4 mln dollar sarflagan.
Lekin so‘rovnomalarda Ekton baribir oldinda bormoqda va katta ehtimol bilan u Ramasvamini yengib, shtatning yangi gubernatori bo‘ladi.
@pan_diplomat

October 26, 08:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tramp Michiganda:
“Men uning (Jon Hyusted) ketiga qaraganimda
aytdim
, vaholanki oldin hech qachon erkaklar bilan bunday qilmaganman. Ayollar – ha qaraganman, erkaklarga esa yo‘q.
Aytgancha, men oldinroq aqlbovar qilmas darajada go‘zal ketga – Nikki Minajnikiga
qaradim”
.
Baydenni qarib, esi ketdi deb tanqid qilishgandi bir paytlar. Melaniya Tramp bu nutq paytda qayerda bo‘lgani ham, qiziq.
@pan_diplomat

October 26, 06:55

Kecha juda muhim ikki saylov bo‘lib o‘tdi. Har ikkisida so‘llar va o‘nglar to‘qnashdi. Serbiyada 12 yildan beri hokimiyatga turgan Vuchichni, nihoyat, hukumatdan ketqazishyapti.
Vokzaldagi tom qulashidan boshlangan serb namoyishlari mamlakatda chuqur ildiz otgan korrupsiyaga qarshi kurashga aylanib ketdi. Asosan talabalardan iborat namoyishchilar “Talaba ro‘yxati — talabalar g‘alaba qozonadi!” koalitsiyasini tuzdi va dastlabki saylov natijalarga ko‘ra, Vuchich partiyasini ortda
qoldirdi
.
Vuchich, allaqachon, mag‘lubiyatni
tan oldi
. Uning prezidentlikdan bosh vazirlikka o‘tib, hukmronlikni davom ettirish fokusi o‘xshamay qoldi.
Ikkinchisida, aksincha, iqtidordagi so‘llar o‘ta o‘nglardan himoyalandi. Braziliya prezidenti Lula da Silva o‘zidan oldingi prezident Jair Bolsonaruning o‘g‘li Flaviu Bolsanaruni ortda qoldirdi.
Katta Bolsonaru Trampning tarafdorlaridan edi. U COVID paytida Trampga o‘xshab kasallikni rad qilib, karantinga amal qilmagandi. Xuddi Trampdek ekologik muammolarni ham rad qiladi. Umuman tipik piarchi o‘ng konservator.
Shunday qilib, o‘ta o‘nglashishga qarshi o‘ta so‘llashish bilan javob berilmoqda.
Tramp Orbanni qo‘llagandi, Orban yengildi. Bolsonaruni qo‘llagandi, mana uyam yengilyapti.
@pan_diplomat

October 24, 06:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Buxoroda amirligidagi mutaassiblik bilan bog‘liq qiziq voqea
Yoxud diniy ulamolar nega pul bosib chiqarishga qarshi bo‘lgandi?
@pan_diplomat

October 23, 07:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#iqtibos
Saparmurat Niyozov Turkmanistonning ilk Prezidenti bo‘lib, mamlakatni 1991-2006 yillarda boshqargan. Ushbu iqtibos uning “Ruhnoma” kitobidan olingan.
@portal24_official

October 23, 04:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tram prezidentligining ilk 18 oyida uning hukumati jami 980 ming kishini AQSHdan deportatsiya qilibdi. Bu Trampning
“1 yilda 1 mln deporatatsiya”
va’dasi amalga oshmaganini
ko‘rsatadi
.
Qolaversa, Tramp bu boradagi rekordga ham yaqinlashmagan. Rekordni 2000-yilda Tramp yomon ko‘radigan Bill Klinton qo‘ygan. Klinton administratsiyasi bir yilda 1.86 mln chet ellikni mamlakatdan badarg‘a qilgan. Ya’ni, AQSH XXI asrga “jiddiy tozalash” bilan kirib kelgan.
@pan_diplomat