
Pediatr Nur Olimovna
Shifokor shunday qilishi shart!
Assalomu alaykum qadrli obunachilar.
Menga reseptlarni ko'rib bering deb jo'natganingizda demak shifokor tushuntirmabdida deb o'ylab qolaman.
Shifokorning vazifasi faqat dori yozib berish emas, balki onaga uni nima uchun, qanday va qachon qo‘llashni tushuntirishdir.
Ayniqsa, bola davolanayotganda ona retseptdagi tibbiy atamalarni emas, aniq va tushunarli ko‘rsatmalarni bilishi kerak.
1. Har bir dorining nima uchun berilganini tushuntirish
«Bu dorini bolangizga nima sababdan buyurganimni tushuntirib beraman. U kasallikning mana shu belgisiga yoki sababiga ta’sir qiladi».
Ona dorining nomini yodlab qolishidan ko‘ra, uning vazifasini tushunishi muhim.
2. Qanday qabul qilishni aniq aytish
Bir martalik dozasi qancha?
Kuniga necha marta beriladi?
Ovqatdan oldinmi yoki keyinmi?
Necha kun davom ettiriladi?
Qaysi o‘lchov vositasidan foydalaniladi?
Masalan, «kuniga uch mahal» deyishning o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Qabul qilish vaqtini ham aniqlashtirish kerak.
3. Nojo‘ya ta’sirlarni yashirmasdan tushuntirish
Onani qo‘rqitish ham, xavflarni yashirish ham noto‘g‘ri. Qaysi nojo‘ya ta’sir kuzatilishi mumkinligini, qaysi holatda shifokorga murojaat qilish va qaysi belgida shoshilinch yordam chaqirish kerakligini tushuntirish lozim.
4. Dorilarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirmaslikni aytish
Dozani oshirish, kamaytirish, boshqa doriga almashtirish yoki davolashni muddatidan oldin to‘xtatishdan avval shifokor bilan maslahatlashish kerak. Ayniqsa, antibiotiklar va bolalarga beriladigan boshqa muhim dorilarda bu juda ahamiyatli.
5. Onaning tushunganini tekshirish
«Tushundingizmi?» deb so‘rashning o‘zi kamlik qiladi. Yaxshisi:
«Iltimos, dorilarni bolangizga qanday berishingizni o‘z so‘zingiz bilan aytib bersangiz».
Bu onani imtihon qilish emas. Bu — shifokor o‘z tushuntirishi to‘g‘ri yetib borganiga ishonch hosil qilishi uchundir.
Aziz ota-onalar, siz shifokordan ma'lumot olishga haqlisiz!!!
Hurmat bilan Pediatr Nur Olimovna
Ustozni eslab...
O'shanda 1-sinfga borgan edim. Maktab men uchun sirli olam edi, savlatli, yuzlari nurli ayol kutib oldi.
Sing xonasida 40 ga yaqin o'quvchi edik. Birdan 5 yoshli ukam Sherzod yig'lab qoldi. U" men ham o'qiyman" deb yig'lar edi.
Ustoz ukamni yupatdi va mening partamga o'tqazdi.Shu kundan boshlab ukam ham men bilan o'qidi va maktabni birga bitirdik.
Ustoz, qishda bolalarning ho'l paypoqlarini yechib issiqlik trubalariga ilib quritar edi.
U hojatxonaga olib borar, ba'zi bolalarni dastro'molida burunlarini artib qo'yar edi.
Ustozning qo'llari oppoq va issiq edi, men harf yozayotib hanuz taftini his qilaman.
Esimda, bizning sinf pul yig'ib unga qimmatbaho sovg'alar qilmaganmiz, ota-onalarimiz hashamatli bayramlar uyushtirmagan.
U juda kamtar va vazmin edi, birinchi ustozimdan sabr va matonatni o'rganganman, chunki hech qachon nolimas edi.
Saodatxon Aya, Haqqingingizga duolar qilay, Alloh mehnatlaringiz ajri evaziga Jannatlar va'da qilsin.
Ustozlarimizni eslab qo'yaylik...
Hurmat bilan Pediatr Nur Olimovna
Turmush o'rtog'imiz bilan munosabat bolalarga qanday ta'sir qiladi?
Assalomu alaykum qadrli obunachilar, qadrli Ayollar!
Bolalaringizga mehribon bo'lishingiz uchun sizda qop-qop mehr bo'lishi kerak.
Agar bu mehrni yoshligingizda onangiz sizga yetarlicha bergan bo'lsa juda yahshi, aks holda uni bolalarga berishga yetkiza olmaysiz.
Eng katta mehr bu turmush o'rtog'ingizdan oladigan mehrdir. Oilada u sizni hurmat qilsa, yoki sizni hafa qilmasa bu mehrni ko'paytirib- ko'paytirib bolalarga berishingiz mumkin.
Bunday munosabatlarda hattoki oilada otalar ko'chada olia boqish uchun kech kelib bolalarga vaqt topa olmagan taqdirda ham ayol ikki kishi uchun ham mehr beraveradi.
Agar oilada ayol eri tomonidan sevilmasa, qadrlanmasa bu erkakning bolalari ham mehr ko'rmaydi.
Hatto, eri uzoqda yurgan va vafot etgan yoki ajrashgan ayollar ham barcha bolaga barobar mehr berishga juda qiynalishadi.
Shuning uchun oilada o'z avlodlarini sog'lom, ruhan kuchli bo'lishini hohlagan erkaklar ayollari bilan murosaa yo'lini axtarishlari kerak, zero bu mehr farzandlaridan o'zlariga ayoli orqali "qaytadi".
Ассалому алейкум ва рохматуллохи ва барокатух!
Аллохимнинг изни ила янги иш жойда ўз иш фаолиятимни бошладим!
Манзил: Андижон шахар Лермонтов кучаси 96
Мўлжал: Эвос кафесига етмасдан, Марказий поликлиникадан бурилишда Сехат оилавий клиникаси
Yosh shifokorlar ancha bilimli!
Assalomu alaykum qadrli obunachilar! Mening kanalimdagi a'zolarning 90 foizi ayollar ekanligini hisobga olib shu ma'lumotni ulashmoqchiman.
Bu shifokor ayol qabuliga kirganimda menga uning hotirjam gapirishi va o'ziga bo'lgan ishonchi juda yoqdi.
Anchadan beri meni qiynayotgan muammodan halos bo'lgach esa, "yosh mutaxassislarimizga bemalol ishonsa bo'ladi"- degan qarorga keldim.
Ushbu videorolikni sizga yuborishimdan maqsad bu shifokorga chuqur minnatdorligim tufayli, marhamat ayollar bir uchrashib ko'ring.
Hurmat bilan Pediatr Nur Olimovna
Qaror chiqaruvchi miya
“Bola nega o‘zini bunday tutdi?”, “Nega u bilib turib yana shu ishni qildi?” — ota-onalar ko‘pincha bu savollarni berishadi.
Buning javobi miyaning rivojlanishida yashiringan.
Miyaning prefrontal korteksi — ya’ni peshona po‘stlog‘i qaror qabul qilish, rejalashtirish, o‘zini nazorat qilish, vaziyatni baholash va impulslarni tiyishda muhim rol o‘ynaydi.
Ammo bolalarda bu qism hali to‘liq yetilmagan.
Shuning uchun bolalar:
xohishini darhol nazorat qila olmasligi;
“buni qilsam nima bo‘ladi?” deb oqibatini oldindan baholay olmasligi;
hissiyotga berilib ketishi;
sabr qilishda qiynalishi;
kattalar aytgan qoidani bilsa ham, uni har doim bajara olmasligi mumkin.
Bu har doim ham “bola qaysar” yoki “tarbiyasi yomon” degani emas.
Bolaning miyasi asta-sekin rivojlanadi. O‘zini boshqarish ham mashq orqali shakllanadi.
Shuning uchun bola xato qilganda faqat jazolashdan ko‘ra, unga: “Bu ishni nega qilmaslik kerak?” “Keyingi safar qanday yo‘l tutishimiz mumkin?” “Avval o‘ylab, keyin qaror qilamiz”
kabi savollar bilan fikrlashni o‘rgatish foydaliroq.
Darvoqe, miyaning prefrontal qismining rivojlanishi 25 yoshda tugal va yetuk bo'ladi, bu esa Hali 25 yoshga kirmagan ota- onalarning o'zi ham bolalaridek qaror chiqara olmasligidan dalolat beradi
😀
.
Hurmat bilan Pediatr Nur Olimovna
Ertaga maktab, tayyormisizlar?
Assalomu alaykum qadrli obunachilar va jonkuyar ota-onalar.
Maktabga faqat kiyim, daftar-qalam emas, ruhiy jihatdan ham tayyormizmi?
Ba’zi bolalar maktabni intiqlik bilan kutadi. Boshqalarida esa xavotir, qo‘rquv yoki yangi o‘quv yiliga moslashish qiyin kechishi mumkin.
Ayniqsa kichik sinf o‘quvchilariga alohida yordam kerak. Ularga birinchi kundanoq
“Baholaring qanday bo'ldi? ”dan ko‘ra,
“Bugun nimalar bo‘ldi?”
“Qaysi dars senga yoqdi?”
“Biror narsa seni qiynamadimi?”
kabi savollar ko‘proq kerak.
Bola o‘zini faqat yaxshi baholari uchun emas, shaxs sifatida qadrlanishini his qilishi juda muhim.
Uyda maktabdagi muammolar haqida gapirishga imkon beradigan xavfsiz muhit yarating. Har bir xatosini darhol tanqid qilish o‘rniga, uni tinglashga harakat qiling.
Ovqatlanishiga ham e’tibor bering
O‘quv yili davomida bolaning energiya sarfi ortadi. Ertalabki nonushtani tashlab ketish, kun bo‘yi shirinlik yoki fastfud bilan yurish bolaning kun davomidagi holatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Bolaning ratsionida muntazam ravishda: — oqsil manbalari: tuxum, go‘sht, baliq, dukkaklilar; — sut mahsulotlari; — sabzavot va mevalar; — murakkab uglevodlar: bo‘tqa, non, guruch, makaron va boshqa don mahsulotlari; — yetarli miqdorda suv bo‘lishi kerak.
Maktabga ketayotgan bola uchun yaxshi nonushta va imkon qadar foydali tamaddi tayyorlab berish — uning o‘qishiga kiritilgan kichik, ammo muhim sarmoyadir.
Ha, yana bir muhim maslahat! Uydagi yosh bolalaringizga endi maktabdan turli respirator infeksiyalari kelishi mumkin, demak qo'l yuvishni barcha oila a'zolari uchun asosiy shart deb hisoblasak, bolaning maktab kiyimlari bilan ukalari yoniga kelishiga yo'l qo'ymasak yahshi bo'lar edi
Hurmat bilan Pediatr Nur Olimovna
Suyultirilgan quyuq sut(moloko) nega zarar?
Juda ko'p emizishdan chiqarmoqchi bo'lgan onalarga bolaga quyuq sutni suvga qo'shib ichkizishni " maslahat berishadi".
Afsuski, bunday bolalarda tish bilan bog'liq va asab bilan bog'liq muammolarga duchor bo'ladi.
Birinchi eng katta muammo- bolalik kariyesidir, chunki bu mahsulot tarkibidagi shakar juda ko‘p. Suyultirish shakarni yo‘qotmaydi, faqat konsentratsiyasini kamaytiradi holos...
Ikkinchi muammo esa shirin suyuqlikni tez-tez ichish og‘izda bakteriyalar uchun doimiy oziqa bo‘lib, emalning yemirilishini tezlashtiradi.
Ayniqsa, bu suyuqlikni uxlatishdan oldin yoki tunda berish ayniqsa xavfli: so‘lak kamaygani uchun tishlari kariyesi tezroq rivojlanadi.
Bundan tashqari ortiqcha kaloriya va shakar — vazn ortishi va bolaning shirin ta’mga o‘rganishiga olib kelishi mumkin.
Shirin suv oddiy sut yoki ona sutining o‘rnini bosishi mumkin, natijada bolaning ratsioni muvozanati buziladi, ularda kerakli ozuqa moddalar yetishmovchiligi kelib chiqadi, ayrim bolalarda ich ketishi, qorin dam bo‘lishi kuzatilishi mumkin.
Emizishdan chiqarmoqchi bo'lgan onajonlar uchun eng yahshi tanlov bu vaqtinchalik sun'iy sut yoki mol suti hisoblanadi ( bola 1 yoshdan katta bo'lsa).
Hurmat bilan Pediatr Nur Olimovna