
PEDIATRIYA (BOLALAR SALOMATLIGI)
❓
Bolalarda sistit belgilar qanday bilan namoyon bo‘ladi?
▪️
Kunning istalgan vaqtida boladagi haddan tashqari qo‘zg‘aluvchanlik;
▪️
Siydik rangini to‘qlashishi;
▪️
Juda tez-tez yoki kamdan kam siyish;
▪️
Tana haroratining ko'tarilishi (har doim ham sodir bo'lmaydi);
▪️
Siydik chiqarishdan keyin qon tomchilari chiqishi ;
▪️
Siydik ushlay olmaslik belgilari;
▪️
Qov sohadagi og'riq;
▪️
Siydik chiqarish paytida birdan yuzaga keluvchi og'riqlar;
▪️
Siydik chiqarish paytida spazmning paydo bo'lishi;
▪️
Siydikda xarakterli parcha yoki cho'kmalar aniq ko'rinadi;
▪️
Qovuqni bo'shatish bilan bog'liq muammolar (chaqiriqlarga qaramay);
▪️
Oraliqning og'riqli palpatsiyasi.
©
Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish
👉
@Pediatric_uz
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
Bolalarda tungi enurezni davolashning asosiy turlari:
Tartib
: yotishdan oldin qo'rqinchli kitoblarni o'qish va faol o'yinlarni kamaytirish. Zo'ravonlik elementlari bo'lgan filmlar va kompyuter o'yinlari ham bolaning hali ham zaif ruhiyatiga salbiy ta'sir qiladi.
Parhez
: oxirgi ovqat 18.00 gacha tavsiya etiladi. Uyqudan oldin ko'p suyuqlik ichmaslik kerak, peshob haydovchi vositalarni chiqarib tashlash zarur: sut, sharbatlar, choy, kofe, bodring, tarvuz.
Mashq
: tos suyagi mushaklarini kuchaytirishga qaratilgan. Suzish, velosiped haydash siydik chiqarishda qatnashadigan orqa, toz va bel mushaklarini kuchaytiradi. Agar bola hali besh yoshga to'lmagan bo'lsa, yotoqda tunda siyish haftada ikki martadan ko'p bo'lsa, u holda davolanish tushuntirishli xotirjam suhbat ko'rinishida bajarilishi mumkin. (Bu o'yin shaklida bo'lishi mumkin). Kattaroq bolalarni (5-8 yosh) tunda uyg'otish mumkin. Davolashning kalendar usulini qo'llang. Agar bir oydan keyin yaxshilanish bo'lmasa, usulni bekor qiling yoki muvaffaqiyatli bo'lsa davom eting. Taglik ishlatmang.
Qovuqni tayyorlash usuli.
Siydik chiqarish istagini iloji boricha uzoqroq ushlab turishdir. Bola kun davomida xojatga kamroq borishga harakat qiladi. Yetti yoshdan boshlab ushbu usul tavsiya etiladi, samaradorlik -50%.
Kalendar usuli.
O'yinga o'xshab o'tkaziladi. Bolada taqvim o'rnatiladi, u yerda "quruq tunlar" va "nam ko'rpa" kunlari belgilanadi. "Quruq tun" uchun rag'batlantiruvchi sovrin (konfet, hayvonot bog'iga sayohat) yoki ball beriladi. Usulning samaradorligi 25-35% ni tashkil qiladi.
Kanalga ulanish
👉
@Pediatric_uz
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
Chaqaloqlarda ichak kolikasini bartaraf etish uchun tavsiyalar
Ona uchun:
1)Bola faqat emsa, ona parhez qilishi lozim, ayniqsa uglevodga boy mahsulotlardan.
2) Ona ko'proq suyuqlik ichishi kerak(kuniga 2,5-3 l).
Chaqaloqlar uchun:
1) Chaqaloqni emizib bo'lgandan so'ng, 10-15 daqiqa, kekirguncha 45 ° burchak ostida yoki vertikal ushlab turish lozim.
2) Chaqaloq qornini soat strelkasi bo'ylab massaj qilish lozim (5-6 minutdan kuniga 5-6 marta)
3) Bolaning oyoqlarini tizza va chanoq-son bo'g'imlarida bukib gimnastika qilish kerak (kuniga 5-6 marta).
4) Gaz parchalovchi preparatlar(Bobotik, Kolikvel, Espumizan) berish mumkin. Preparat dozalari pediatr tomonidan belgilanadi.
5) Zarurat bo'lsa pediatr tavsiyasi bilan probiotiklar berish mumkin.
©
Doctor Muxtorov!
Kanalga ulanish
👉
@Pediatric_uz
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
❓
Chaqaloqlarda qorin dam bo‘lishi va ichak sanchig‘i (kolika) kuzatilganda shivit suvi berish foydalimi?
Shivit suvi xalq orasida chaqaloqlarning qorin dam bo‘lishi va ichak sanchig‘ini kamaytirish uchun keng qo‘llanadi.
Biroq, uning go‘daklarda gaz to‘planishi yoki kolikani samarali davolashi ilmiy tadqiqotlarda ishonchli tasdiqlanmagan.
❓
Shivit suvining tarkibi qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Shivit tarkibidagi ayrim moddalar ovqat hazm qilish tizimiga ta’sir qilishi mumkin. Ammo shivit urug‘idan tayyorlangan suvning chaqaloqlardagi samaradorligi va xavfsizligi yetarlicha o‘rganilmagan. Uy sharoitida tayyorlangan damlamalarda mikroblar bilan ifloslanish xavfi ham mavjud.
Kanalga ulanish
👉
@Pediatric_uz
❓
Chaqaloqlardagi seboreyali dermatit nima va uni qanday davolash mumkin?
Seboreyali dermatit
— chaqaloqlarda ko‘p uchraydigan, terida yog‘li, sarg‘ish yoki oqish qipiqlar paydo bo‘lishi bilan kechadigan yallig‘lanishli teri holati.
Seboreyali dermatit, asosan, boshning sochli qismida uchraydi. Xalq orasida bu holat "sutli qasmoq" deb ham ataladi. Shuningdek, qoshlar, quloq orqasi, yuz, bo‘yin burmalari va chov sohasida ham paydo bo‘lishi mumkin.
Bosh terisida sarg‘ish, yog‘li qipiqlar va terining ayrim qismlarida qizarish boʻladi.
🩺
Qanday davolash mumkin?
1. Bolaning boshini yumshoq, hidsiz bolalar shampuni bilan yuving.
2. Qipiqlarni yumshatish. Yumshatuvchi vosita yoki vazelin surtish mumkin. Keyin yumshoq cho‘tka bilan ehtiyotkorlik bilan tozalab, vositani shampun yordamida yuvib tashlang.
3. Qipiqlarni yulib olmang! Bu terining shikastlanishi va ikkilamchi infeksiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
4. Dori vositalarini ehtiyotkorlik bilan qo‘llang. Zamburug‘larga qarshi krem yoki kortikosteroidli preparatlarni faqat pediatr tavsiyasi bilan qoʻllang.
❗️
Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?
Agar terida shish, yiring, qonash, suyuqlik ajralishi kuzatilsa, toshmalar butun tanaga tarqalsa yoki bir necha haftalik parvarishga qaramay yaxshilanmasa, pediatrga murojaat qiling.
Kanalga ulanish
👉
@Pediatric_uz