Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi

poytaxt_deputatlari
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇 @poytaxt_deputatlari Facebook: https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari Instagram: https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari Youtube: https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari www.toshkentdeputat.uz
Подписчики
5 461
24 часа
-99
30 дней
161
Просмотры
122
ER
2,23%
Посты (30д)
195
Символов в посте
2 185
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 11, 09:40
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

#Deputatlik_nazorati
#24_ta_tavsiyaviy_savol
#Deputat_daftari
#poytaxtdeputatlari
#deputatlik_faoliyati
✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
❗️
YOSH ISTE’DODLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTAT E’TIBORIDA
🏛
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva Mirobod tumanidagi “Parvona” mahallasida joylashgan 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati bilan tanishdi. O‘rganish davomida maktabdagi ta’lim jarayoni, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🔺
Bugungi kunda maktabda 220 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga 34 nafar o‘qituvchi tomonidan 14 ta yo‘nalishda musiqiy va ijodiy ta’lim berilmoqda. Maktab direktori Lidiya Pavlovna boshchiligidagi jamoa bolalarning iste’dodini yuzaga chiqarish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratmoqda.
📉
Maktab o‘quvchilari respublika va xalqaro tanlovlarda faol qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelayotgani ham yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning amaliy natijasi sifatida qayd etildi.
🤝
Shuningdek, 12-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining 31-, 218- va 263-sonli umumta’lim maktablari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Bu orqali bolalarni musiqa va san’atga kengroq jalb qilish, ularning qobiliyatini erta aniqlash va rivojlantirishga ko‘maklashilmoqda.
📋
Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan bo‘lgan yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini joyiga chiqib o‘rganish vazifalari bilan hamohang bo‘ldi.
🔎
Sevara Fayziyeva maktabning mavjud imkoniyatlari va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashib, yosh avlodning san’atga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va iste’dodini rivojlantirish uchun munosib sharoit yaratish muhimligini qayd etdi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
🔎
E-kengash

September 11, 08:55
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#poytaxtdeputatlari
#deputatlik_faoliyati
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
❗️
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”
🏛
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, senator Rustamxon Kalanov boshchiligida Yunusobod tumanining “Billur” mahallasida “Yagona xalq, yagona Vatan, yagona maqsad!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sh. Usmonov, Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari A. To‘laganov, tuman Kengashi deputati I. Ashrapova, nuroniy otaxon va onaxonlar hamda faol yoshlar ishtirok etdi.
🔺
Uchrashuv avlodlar o‘rtasidagi vorislilikni mustahkamlash, nuroniylarning boy hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazish, yosh avlodni Vatanga sadoqat, ilm-ma’rifat va yuksak mas’uliyat ruhida tarbiyalashga qaratildi.
📚
Ochiq va samimiy muloqot davomida “Billur” mahallasida istiqomat qiluvchi 85 yoshli olim, texnika fanlari doktori, professor, fantast yozuvchi va rassom
Qudrat Do‘stmuhammad
o‘zining hayot yo‘li, ilmiy-ijodiy faoliyati hamda ibratli saboqlari bilan o‘rtoqlashdi.
📝
Shuningdek, zamonaviy beshkurash bo‘yicha xalqaro musobaqalar g‘olibi, maktabni oltin medal bilan tamomlagan hamda ayni paytda Toshkent davlat yuridik universitetida davlat granti asosida tahsil olayotgan iqtidorli yosh
Samira Abzalova
erishgan yutuqlari, kelgusidagi maqsadlari va mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.
📉
Tadbir doirasida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni sport va ilm-fanga keng jalb etish, hududdagi sport infratuzilmasidan samarali foydalanish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
🗣
Savol-javob va samimiy fikr almashuvlarga boy tarzda o‘tgan uchrashuv keksa avlodning tajribasi, o‘rta avlodning bunyodkorlik salohiyati hamda yoshlarning shijoatini bir maqsad yo‘lida birlashtirgan muhim ma’naviy-ma’rifiy maydon bo‘ldi.
💡
Mazkur tadbir navqiron avlod qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat, ilm-ma’rifatga intilish va jamiyat hayotida faol ishtirok etish tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
🔎
E-kengash

September 11, 07:35
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#intervyu
#poytaxtdeputatlari
#deputatlik_faoliyati
🟦
🟦
🟦
❗️
Axborot 24 | Oliy Majlis Senatining 19-yalpi majlisi
bo'lib o'tdi.
🗣
Jarayonlar haqida xalq deputatlari
Toshkent shahar Kengashi deputati Bahrom Abduxalimov
intervyu berdi
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
🔎
E-kengash

September 11, 06:55
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

#kotibiyat_faoliyati
#poytaxtdeputatlari
#deputatlik_faoliyati
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
❗️
Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
🏛
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi
29-14-0-F/26-son farmoyishi
ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
Muzaffar Yusubov
tomonidan Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati joyiga chiqib o‘rganilib, mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
📝
O‘rganish jarayonida tuman Kengashining deputatlar korpusi faoliyati, deputatlarning yig‘ma jildlari, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomi, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish, deputatlik so‘rovlari, saylov okruglaridagi o‘rganishlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.
📨
Deputatlar tomonidan yuborilgan
62 ta deputatlik so‘rovining 58 tasiga javob xatlari olingan, 4 tasi ijro jarayonida
. Shu bilan birga, 15 ta so‘rov bo‘yicha masala yakuniy yechimini topmagani qayd etilib, ularning ijrosini deputatlik nazoratida davom ettirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
📥
edo.ijro.uz
elektron platformasi orqali 2026-yil davomida
103 ta murojaat
kelib tushgan bo‘lib, ularning 4 tasi ijroda, 2 tasi esa belgilangan muddatdan kech bajarilgani aniqlandi. Murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🗣
Saylovchilar oldida axborot berish amaliyoti ham o‘rganilib, ikkinchi chorak davomida
24 nafar deputat
o‘z saylov okrugida axborot bergani, 25-“Jarboshi” saylov okrugi deputati tomonidan esa axborot taqdim etilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
🔺
Kengash faoliyatining jamoatchilikka yoritilishi ham tahlil qilinib,
2026-yil avgust oyida Telegram tarmog‘ida 177 ta post
e’lon qilingani qayd etildi. Deputatlarning hududlardagi o‘rganishlari, nazorat tadbirlari va ularning amaliy natijalarini yanada keng yoritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔎
Shuningdek, deputatlar faoliyatining
eng muhim 24 ta yo‘nalishi
bo‘yicha o‘rganish tadbirlarini tizimli olib borish,
“Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”
ni sifatli yuritish, sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni oldindan saylov okruglarida o‘rganish, deputatlarga biriktirilgan qonunlar ijrosini doimiy komissiyalar doirasida nazorat qilish hamda biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📍
Yakunda Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar faolligi va deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli tashkil etish, murojaatlar ijrosi va elektron ish yuritish intizomini mustahkamlash, hududlarda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish yuzasidan
Muzaffar Yusubov tomonidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
🔎
E-kengash

September 11, 06:02
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#sessiya
#poytaxtdeputatlari
#deputatlik_faoliyati
❗️
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
🏛
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining navbatdagi 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov
ham faol ishtirok etib, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalarda qatnashdi.
🔺
Sessiyada “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida “Ochiq budjet” axborot portali orqali g‘olib deb topilgan loyihalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlash hamda ularni moliyalashtirish uchun mablag‘larni yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.
🏫
Shuningdek, Yangihayot tumani maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish, shuningdek, tumanda “Soyali sayr ko‘chasi”ni barpo etish masalalari yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
💰
Sessiya davomida tuman mahalliy budjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalari mablag‘larini tegishli xarajatlarga yo‘naltirish, tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash bilan bog‘liq masalalar ham deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.
💬
Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov
ham kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratdi.

Sessiya yakunida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
🔎
E-kengash

September 11, 05:15
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

#Deputat_daftari
#poytaxtdeputatlari
#deputatlik_faoliyati
❗️
RAQAMLI SAVODXONLIK — DAVLAT XIZMATLARIDAN QULAY FOYDALANISH SARI MUHIM QADAM
🏛
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev hamda Mirobod tumani kiberxavfsizlik rahbari T. Sobirov Mirobod tumanidagi “Banokatiy” mahallasida aholining raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirda ishtirok etdi.
🔺
Tadbir davomida aholiga
My.gov.uz
platformasidan foydalanish tartibi ko‘rsatilib, kerakli davlat xizmatlari va ma’lumotlarini mustaqil izlash hamda olish bo‘yicha ko‘nikmalar berildi.
🔐
Shuningdek,
My.soliq.uz
va
E-anticor.uz
platformalarining imkoniyatlari, ulardan foydalanish tartibi haqida ma’lumot berildi. Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
📉
Bu orqali fuqarolarning zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat xizmatlarini mustaqil olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga e’tibor qaratildi.
📋
Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — davlat xizmatlaridan foydalanishda aholiga qulaylik yaratish, fuqarolarning xabardorligini oshirish hamda mahallalarda aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish vazifalari bilan hamohang bo‘ldi.

Toshpo‘lat Matibayev fuqarolarning raqamli bilimlarini oshirish va elektron davlat xizmatlaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
🔎
E-kengash

September 10, 15:58
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#deputat_axboroti
#poytaxtdeputatlari
#deputatlik_faoliyati
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
❗️
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI XABIBULLA AKILOV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
🏛
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
6-“Sarbon” saylov okrugidan saylangan deputati Xabibulla Akilov
saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar hamda aholi manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida axborot berdi.
🤝
Uchrashuvda
Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining o‘rinbosari Bekzod Nazarov
,
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Yusubov, XDP partiyasi vakillari, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati vakillari va tuman Kengashi deputatlari
, shuningdek,
“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti vakillari
, “Mahalla yettiligi” a’zolari, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etdi.
📝
Axborot davomida 2026-yilning ikkinchi choragida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida hududlarni rivojlantirish, mahalliy budjet, kommunal infratuzilma, ijtimoiy soha va aholi murojaatlariga oid masalalar muhokama qilingani qayd etildi.
🏢
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va ko‘p qavatli uylar infratuzilmasini yaxshilash doirasida
“Humoyun” mahallasidagi 7 ta uyning 720 kv.m tom qismi ta’mirlandi
.
“Ahmad Yugnakiy” mahallasida 5 ta ko‘p kvartirali uyning 20 ta, “Jasorat” mahallasida 10 ta uyning 31 ta kirish yo‘lagi
ta’mirdan chiqarildi.
🔧
Shuningdek,
“Ahmad Yugnakiy” va “Al-Farobiy” mahallalaridagi jami 4 ta ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasida ta’mirlash ishlari
olib borildi. “Geofizika” mahallasidagi 8 ta uyning
24 ta
, “Al-Farobiy” mahallasidagi 8 ta uyning
33 ta kirish eshigi yangilandi
. “Ahmad Yugnakiy” mahallasidagi 7 ta uy atrofidagi
960 kv.m kichik yo‘lak ta’mirlandi
.
♻️
Hududlarning sanitariya holatini yaxshilashga ham alohida e’tibor qaratilib,
Ahmad Yugnakiy, Al-Farobiy, Alisherobod, Beshkapa, Chingeldi, Geofizika, Geologlar, Gulzorobod, Humoyun, Ijodkor, Iqtidор, Jasorat va Ko‘hna Mevazor mahallalaridan jami 11,8 ming tonnadan ortiq chiqindi olib chiqildi
.
🔺
“Humoyun” mahallasidagi 10 ta ko‘p kvartirali uyning 22 ta kirish yo‘lagidagi liftlar joriy ta’mirlandi.
Aholi va bolalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida esa “Humoyun”da
5 ta
, “Geofizika”da
2 ta
, “Jasorat”da
3 ta — jami 10 ta bolalar maydonchasi
ta’mirdan chiqarildi.
🔎
Uchrashuvda mahallalardagi ichki yo‘llar, ko‘cha yoritilishi, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati, liftlar, elektr, gaz va suv ta’minoti, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, bolalar maydonchalari, yoshlar bandligi, ijtimoiy himoya hamda tibbiy xizmat sifati kabi masalalar ham muhokama qilindi.
💬
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat hamda mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqilib,
qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, tegishli tashkilotlarga kiritish va zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish
bo‘yicha kelishib olindi.

Yakunda Xabibulla Akilov
6-“Sarbon” saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan ochiq muloqotni davom ettirish, kommunal va infratuzilmaviy muammolarni manzilli o‘rganish, fuqarolar murojaatlarining ijrosini nazorat qilish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarga erishish
deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishini ta’kidladi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
🔎
E-kengash

September 10, 09:54
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#poytaxtdeputatlari
#deputatlik_faoliyati
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
❗️

Uch avlod uchrashuvi”
🏛
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov boshchiligida
Yashnobod tumanidagi 156-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.
🔺
Uchrashuvda O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev, Yashnobod tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi B. Xudoyorov hamda xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari U. Muhammadiyev, T. Axmedova va N. Abduroziqova ishtirok etdi.
📁
Tadbirda
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov nutq so‘zlab
, yoshlarni nuroniylarning boy hayotiy tajribasidan saboq olishga, puxta bilim egallashga, Vatanga sadoqatli va mas’uliyatli inson bo‘lib voyaga yetishga chaqirdi. Shuningdek, avlodlar o‘rtasidagi uzviy muloqot va vorisiylikni mustahkamlashning muhim ahamiyatiga to‘xtaldi.

Tadbir davomida nuroniylar o‘zlarining hayotiy va mehnat tajribasi, bosib o‘tgan yo‘li haqida yoshlar bilan o‘rtoqlashib, ularning kelgusidagi o‘qish hamda mehnat faoliyatida muvaffaqiyat qozonishlari uchun tavsiyalar berdi.
📚
O‘z navbatida, yoshlarning fikr-mulohazalari, qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari tinglandi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.
🔎
Mazkur uchrashuv mahalliy Kengash deputatlari tomonidan o‘rganilishi belgilangan
24 ta muhim masala
, xususan, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligi, yoshlar bandligi, ta’lim va sport infratuzilmasining holatini o‘rganish yo‘nalishlari bilan hamohang bo‘ldi.
🤝
“Uch avlod uchrashuvi” avlodlar o‘rtasida tajriba almashish, o‘zaro hurmatni mustahkamlash hamda yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
🔎
E-kengash

September 10, 08:39
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

#kotibiyat_faoliyati
#poytaxtdeputatlari
#deputatlik_faoliyati
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
❗️
Olmazor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi
🏛
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi
29-14-0-F/26-son farmoyishi
ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
Jahongir G‘ulomqodirov
tomonidan Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati joyiga chiqib o‘rganilib, mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
📝
O‘rganish jarayonida tuman Kengashining deputatlar korpusi faoliyati, deputatlarning yig‘ma jildlari, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomi, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish, deputatlik so‘rovlari, saylov okruglaridagi o‘rganishlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.
📊
Bugungi kunda tuman Kengashida
30 nafar deputat
faoliyat yuritib, ularning barchasi bo‘yicha yig‘ma jildlar shakllantirilgan. Uchinchi chaqiriq davomida
15 ta sessiya
o‘tkazilgani qayd etildi. Shuningdek, “
kengash.gov.uz
” elektron tizimi orqali
35 ta deputatlik so‘rovi va 29 ta chiquvchi xat
rasmiylashtirilgan.
🔎
O‘rganishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
KQ-836-IV va KQ-710-IV-son qarorlari
talablarining ijrosi, Kengashda ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma, xorijiy mamlakatlarga chiqish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi nizom hamda Kengash va doimiy komissiyalarning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ham ko‘rib chiqildi.
⚠️
Kengash va doimiy komissiyalar ish rejasi asosida mas’ullarning hisobot va axborotlarini eshitish yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Shu bilan birga, ish rejasi ijrosi bo‘yicha
tahliliy ma’lumotlar yetarli darajada shakllantirilmagani
ko‘rsatib o‘tildi. Doimiy komissiyalarga normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini hududlarga chiqqan holda tizimli o‘rganish tavsiya etildi.
🗣
Saylovchilar oldida axborot berish amaliyoti ham alohida ko‘rib chiqildi. Deputatlarga saylovchilar bilan muntazam muloqot olib borish va o‘z faoliyati yuzasidan belgilangan muddatlarda axborot berish zarurligi tushuntirildi.
🔺
Shu bilan birga, deputatlar faoliyatining
eng muhim 24 ta yo‘nalishi
bo‘yicha o‘z saylov okruglarida muntazam o‘rganish va nazorat tadbirlarini olib borish,
“Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”
ni sifatli yuritish, deputatlarga biriktirilgan qonunlar ijrosini doimiy komissiyalar doirasida o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda hududlarda aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida deputatlik nazoratiga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📍
Yakunda Olmazor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar faolligi va deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli tashkil etish, ijro intizomini mustahkamlash, saylov okruglaridagi muammolarni manzilli o‘rganish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan
Jahongir G‘ulomqodirov tomonidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
🔎
E-kengash

September 10, 07:49
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#poytaxtdeputatlari
#deputatlik_faoliyati
1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
6️⃣
❗️
MUSTAQILLIK DARSI: YOSHLARNI ILM-FAN VA YUKSAK MAQSADLAR SARI RUHLANTIRGAN MULOQOT
🏛
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, senator, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni, akademik Shavkat Ayupov O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Mustaqillik darsi”da ishtirok etdi.
📚
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti jamoasi, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar qatnashdi.
📁
“Mustaqillik darsi” davomida mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, o‘tgan 35 yil davomida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritildi.
🎓
Deputat Shavkat Ayupov yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, talabalik davridan unumli foydalanish, puxta bilim egallash, ilmiy izlanishlar olib borish va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi. Yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish kelajak taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
🔬
Ayniqsa, matematika va ilmiy tadqiqotlarga qiziqayotgan yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, izlanishdan to‘xtamasligi hamda o‘z bilim va salohiyati bilan Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shishi muhimligi qayd etildi.
🔺
Tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim va kelajakdagi bandligi uchun mustahkam zamin yaratish kabi vazifalar bilan hamohang bo‘ldi.
🤝
“Mustaqillik darsi” nafaqat tarixiy sana mazmun-mohiyatini yosh avlodga yetkazish, balki talabalarni ilm-fan, izlanish va Vatan taraqqiyoti yo‘lida yanada katta maqsadlar sari ruhlantirgan ochiq muloqot maydoniga aylandi.
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
🔎
E-kengash