Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

PSIXODIAGNOSTIKA

psixodiagnostika
PSIXOLOGIYANI BIZ BILAN O'RGANING YAGONA ILMIY PSIXOLOGIK KANAL Sayt: psixodiagnostika.com Psixologik testlar: @PsixologiyaBaza www.youtube.com/@psixodiagnostika Donate: https://tirikchilik.uz/azuz Admin: Psixolog Azamat Baxriddinov @az_uz
Подписчики
3 791
24 часа
2
30 дней
66
Просмотры
1 578
ER
41,62%
Посты (30д)
9
Символов в посте
729
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Психология
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Психология и консультация
Краткое описание
October 25, 11:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

PSIXODIAGNOSTIKA.COM
— psixologning raqamli yordamchisi
Testlarni qog'ozda o'tkazib, natijalarni qo'lda hisoblashdan charchadingizmi? Endi buni platforma o'zi qiladi
👇
✅
30 dan oshiq ilmiy testlar bitta joyda.
MMPI, Raven, IQ, Big Five, Klimov, Sondi, stress va depressiya testlari bor
🔗
Bitta havola orqali butun guruh test topshiradi.
Havolani sinf, kurs yoki jamoaga yuborasiz. 10000 nafar sinaluvchidan bir vaqtda test va uning natijasiga ega bo'lasiz.
⚡️
Natija bir zumda tayyor.
Grafik va tavsiyalari bilan tayyor PDF hisobot chiqadi.
🔒
Natijalar maxfiy.
Ularni faqat siz, ya'ni mutaxassis ko'radi.
🎯
Kimlar uchun:
psixologlar, maktab va OTMlar, HR bo'limlari.
🎁
IQ va Stress testlarini
bepul
sinab ko'ring!
BATAFSIL VIDEODA...
👉
psixodiagnostika.com
videoni to'liq ko'rganlar 20% chegirmaga ham ega bo'ladi

October 20, 09:17

psixodiagnostika.com
PLATFORMADAGI MAVJUD TESTLAR RO'YXATI
(31 ta test hozircha...)
1. Chegaraviy shaxs buzilishi testi (BPD)
2. Histrionik shaxs buzilishi testi (HPD)
3. Obsessiv-kompulsiv shaxs buzilishi testi (OCPD)
4. Qaram shaxs buzilishi testi (DPD)
5. Qochuvchi shaxs buzilishi testi (AvPD)
6. Shizoid shaxs buzilishi testi (SPD)
7. Shizotipal shaxs buzilishi testi (STPD)
8. Shaxs xususiyatlari testi (PID-5-M)
9. MMPI — Ko‘p qirrali shaxsiyat so‘rovnomasi
10. Sondi testi (Szondi)
11. 16PF Kettel so‘rovnomasi
12. Katta Beshlik (Big Five / OCEAN)
13. MBTI Shaxsiyat testi (Myers–Briggs)
14. Raven progressiv matritsalari (SPM)
15. IQ Test (Intellekt darajasi)
16. Assinger (Agressiya) testi
17. Klimov kasbiy yo‘nalish metodikasi (DDS)
18. Kasbiy qiziqishlar so‘rovnomasi
19. Qobiliyatni aniqlash testi (Ayzenk)
20. S-XA ijtimoiy moslashuvchanlik diagnostikasi
21. SFM metodikasi
22. Stressga bardoshlilik (Rezilyentlik) testi
23. Maslach emotsional so‘nish so‘rovnomasi (MBI)
24. Kopengagen hissiy charchoq so‘rovnomasi (CBI)
25. Rozenberg o‘z-o‘zini baholash shkalasi (RSES)
26. JSST-5 Farovonlik indeksi (WHO-5)
27. Teylor bezovtalanish darajasi testi (TMAS)
28. “Jmurov” depressiv holat metodikasi
29. O‘quv motivini baholash testi (EMA)
30. “Bilim olishga intilish” metodikasi (Ilyin & Kurdyukova)
31. Emotsional salomatlik testi (TES)
©️
Psixologiya

October 20, 08:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Agar maktab o'quvchilarida bilim olish motivi darajasi, o‘rganish ishtiyoqi hamda kognitiv faolligini baholamoqchi bo'lsangiz, “Bilim olishga intilish” metodikasi ishlatasiz.
Ushbu “Bilim olishga intilish” metodikasi
psixodiagnostika.com
platformasida bor.

October 20, 08:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Agar 16+ yoshdagi sinaluvchilarda (talaba, xodimlar, mijozlar)
suitsidal
xulq-atvor darajasini baholamoqchi bo'lsangiz, S-XA metodikasini qo'llaysiz.
Ushbu S-XA metodikasi
psixodiagnostika.com
platformasida bor.

October 20, 07:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#DAXSHAT
#TEZKOR
#SHOK_XABAR
psixodiagnostika.com
platformamiz to'liq ishga tushirildi.
Platformadan foydalanish tartibi:
1. Ro‘yxatdan o‘tasiz.
2. Obunani rasmiylashtirasiz.
3. Faoliyatingizga mos testni tanlab, foydalanasiz.
Masalan, 500 nafar talaba, xodim yoki o'quvchidan bir vaqtning o‘zida emotsional holatini tekshirmoqchi bo‘lsangiz, platformamizdan "Emotsional salomatlik (TES)" testini tanlaysiz. Testning quyi qismida "Link olish" degan tugma bor, shu olingan havolani (linkni) talabalarning Telegram guruhiga jo‘natasiz. Talabalar havola orqali testga kirishadi, ro‘yxatdan o‘tishadi va savollarga javob berishadi.
Sizda esa 1 soatga qolmay, 500 nafar talabaning emotsional salomatligi bo‘yicha tayyor interpretatsiyalar bo‘ladi.
Maktab psixologlari uchun ham platformamizda 13 ta (kasbga yo‘naltirish, qobiliyat, o‘quv motivatsiyasi va hokazo) testlar mavjud.
Xullas, sinab ko‘ring!
©️
Psixologiya

October 18, 14:37

FOHISHABOZLIK VA KORRUPSIYA Korrupsion xulq-atvorga ega shaxslar bilan olib borgan o'sha so‘rovnomamda ular fohishabozlikka keskin qarshi ekanliklarini ham ta’kidlashgan. Fahshni qoralashga o‘rgatilgan odamga korrupsiya ham xuddi shunday razolat va harom…

October 18, 14:23

FOHISHABOZLIK VA KORRUPSIYA
Korrupsion xulq-atvorga ega shaxslar bilan olib borgan o'sha so‘rovnomamda ular fohishabozlikka keskin qarshi ekanliklarini ham ta’kidlashgan.
Fahshni qoralashga o‘rgatilgan odamga korrupsiya ham xuddi shunday razolat va harom ekanligi o‘rgatilganda edi, hozir korrupsiya ancha kamayar edi. Hali ham kech emas, bolangizga erta bolalikdan korrupsiya eng katta axloqsizlik va gunoh ekanligini singdirsangiz, sog‘lom jamiyat shakllanishiga hissa qo‘shgan bo‘lasiz, savobga qolasiz.
©️
@jinoyat_psixologiyasi

October 18, 14:17

NON VA KORRUPSIYA
Korrupsion xulq-atvorga ega shaxslar bilan olib borgan so‘rovnomamda ular yerda yotgan nonni ko‘zga surib, oyoq ostidan olib qo‘yishlarini ta’kidlashgan.
Nonni qadrlashga o‘rgatilgan odamga korrupsiya ham harom ekanligi o‘rgatilganda edi, hozir korrupsiya ancha kamayar edi. Hali ham kech emas, bolangizga erta bolalikdan korrupsiya yomon va gunoh ekanligini singdirsangiz, sog‘lom jamiyat shakllanishiga hissa qo‘shgan bo‘lasiz, savobga qolasiz.
©️
@jinoyat_psixologiyasi

October 05, 04:55

12 yoshli bola sigaret chekyapti.
Darhol psixologga:
— “Shu bolani tarbiyalab qo‘ying”.
Bola maktabda bezorilik qilyapti:
— “Psixolog, o‘zingiz shug‘ullaning”.
Bola yaxshi o‘zlashtirmayapti:
— “Psixolog, ota-onasiga tushuntirib, bolasini to‘g‘rilab qo‘ying”.
Qiziq, psixolog qachondan boshlab ota-onaning o‘rnini bosadigan tarbiya bo‘yicha universal mutaxassisga aylanib qoldi?
Psixologning vazifasi bolani tarbiyalash emas.
Psixolog bolaning xulq-atvoridagi muammoni psixologik jihatdan baholaydi, uning sabab va omillarini o‘rganadi, zarur psixologik yordamni tashkil qiladi, ota-ona va pedagoglarga asoslangan tavsiyalar beradi. Zarur hollarda esa boshqa mutaxassislarga yo‘naltiradi.
Masalan, bola chekyapti — faqat
“chekma”
deyish psixologik yondashuv emas. Bola nega chekmoqda? Tengdoshlarining ta’siri bormi? Oiladagi nazorat qanday? Stress yoki boshqa muammolar mavjudmi? Xulq-atvorning boshqa xavf omillari bormi? Mana shu savollar bilan ishlash psixologning kasbiy vazifasi.
Bola bezorilik qilsa ham xuddi shunday. Uni “yaxshi bola bo‘l” deb nasihat qilish bilan psixologik muammo hal bo‘lib qolmaydi.
Psixolog bolaning tarbiyasini o‘z zimmasiga olmaydi. U bolaning psixologik muammosini tushunishga va uni hal qilishga yordam beradi.
Har kim o‘z professional chegarasini bilsa, ta’lim tizimida juda ko‘p muammolar kamayadi.
Aks holda psixologga hamma muammoni olib kelamiz:
“Bola chekdi — psixolog aybdor”.
“Bola urishdi — psixolog qani?”
“Bola dars qilmayapti — psixolog ishlamayapti”.
“Bola tarbiyasiz — psixolog nima qilyapti?”
Yo‘q, hurmatli hamkasblar. Psixolog maktabdagi barcha muammolar uchun javobgar shaxs emas.
Psixolog — ota-ona ham emas, tarbiyachi ham emas, inspektor ham emas.
Psixolog — o‘zining professional kompetensiyasi doirasida psixologik muammolar bilan ishlaydigan mutaxassis.
Ushbu postni maktab direktorlariga jo'natib qo'yamiz
😂
©️
Psixologiya

September 01, 04:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Mustaqillik psixologiyada turlicha talqin qilinadigan tushunchadir.
Umuman olganda, mustaqil boʻlish — bu tashqi muhit talablariga yoki boshqa odamlarning fikriga emas, balki oʻz ehtiyojlari, fikrlari yoki mulohazalariga muvofiq harakat qilish va oʻzini boshqarishdir.
Davlatning ham mustaqilligi xuddi shu kabi, yaʼni qaysidir davlatning raʼyiga qarab emas, balki oʻz xalqining ehtiyojidan kelib chiqib siyosat yuritishdir.
BIZ MUSTAQIL DAVLATNING MUSTAQIL FUQAROLARIMIZ!
BARCHAMIZGA MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BOʻLSIN!
®
Psixologiya