
Qirqqishloq News
🥇
Baxmallik paraosiyo o‘yinlari g‘oliblari munosib kutib olindi!
🇯🇵
2026-yilgi
V Paraosiyo o‘yinlari — Aichi–Nagoya
musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, medallarni qo‘lga kiritgan baxmallik sportchilar tantanali ravishda kutib olindi.
🏆
Sportchilarimizning natijalari:
🥈
Yoqutxon Xolbekova
— 2 ta kumush medal;
🥉
Farog‘at Muhammadqulova
— 2 ta bronza medal;
🥉
Pokiza Ahmadbekova
— 1 ta bronza medal.
👏
Sportchilarimiz jami
5 ta medal
bilan yurtimiz sharafini munosib himoya qildi!
G‘oliblarni Baxmal tumani hokimligi, tuman sport maktabi hamda sport ta’lim muassasalari rahbarlari tantanali kutib oldilar.
🇺🇿
Sportchilarimizga yangi g‘alabalar va ulkan zafarlar tilaymiz!
Kanalga ulanish uchun
⤵️
@qirqqishloq_news
📱
Telefoningizni zararli APK fayllardan himoya qiling!
🔐
“Apk Qo‘riqchi”
— Android telefonlar uchun mo‘ljallangan xavfsizlik ilovasi. U telefonga o‘rnatilgan dasturlarni, ularning manbalarini va shubhali APK fayllarni tekshirishga yordam beradi.
📲
Ilovani telefonga o‘rnatish tartibi:
1️⃣
Quyidagi havolani bosing:
https://project.cybercontrol.uz/r/oGtzA3tUSDNS4nVIZ9F8_A
2️⃣
Google Play sahifasida
“O‘rnatish” (Install)
tugmasini bosing.
3️⃣
O‘rnatish tugagach, ilovani oching.
4️⃣
Ilova so‘raydigan ruxsatlarni diqqat bilan o‘qing. Faqat nima uchun kerakligini tushungan ruxsatlaringizni bering.
⚠️
Eslatma:
Ilova Android telefonlar uchun mo‘ljallangan. Ilovani faqat rasmiy Google Play sahifasidan o‘rnating va telefoningiz xavfsizligini ta’minlash uchun shubhali fayllarni ochishda ehtiyot bo‘ling.
Kanalga ulanish uchun
⤵️
@qirqqishloq_news
O‘zbekistonda so‘nggi besh yilda bolalar kambag‘alligi qariyb 4 barobar qisqardi
Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tgan Bolalar farovonligiga investitsiya butunjahon sammiti ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida ma’lum qildi.
Bunga mamlakatda oila va bola ehtiyojini barvaqt aniqlab, yordam beradigan ijtimoiy himoya tizimi yaratilishi orqali erishildi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim qamrovi 27,7% dan 78% ga, oliy ta’lim bilan qamrov esa 9% dan 45% ga oshdi.
Prezident bolalar uchun xavfsiz ta’lim va raqamli muhit yaratish, kiberbulling hamda shaxsiy ma’lumotlarni suiiste’mol qilishga qarshi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/23/child-poverty/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
🥶
Jizzax va Gulistonda harorat +1 darajagacha tushdi
🌡️
Bugun soat 08:00 holatiga ko‘ra, Jizzax va Guliston shaharlarida havo harorati
+1 darajagacha
pasaydi.
❄️
Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ko‘plab hududlarida tuproq yuzasida sovuq urishi va qirov tushishi kuzatilmoqda.
🌱
Dehqon va tomorqa egalari diqqatiga:
sovuqqa sezgir ekinlarni asrash choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.
Kanalga ulanish uchun
⤵️
@qirqqishloq_news
🇰🇿
Qozog‘iston armiyasida katta islohot: chaqiriluvchilar 6 oy o‘qib, 6 oy harbiy qismda xizmat qiladi
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev raisligida Xavfsizlik kengashining harbiy islohot masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat armiyasini modernizatsiya qilish rejasi ma’qullandi.
📌
Islohot doirasida nimalar o‘zgaradi?
🪖
Harbiy xizmat ikki bosqichga bo‘linadi:
Dastlabki 6 oy — o‘quv markazlarida harbiy tayyorgarlik;
Keyingi 6 oy — harbiy qismlarda xizmat, jangovar tayyorgarlik va amaliy vazifalarni bajarish.
🚁
Uchuvchisiz tizimlar kuchlari tashkil etiladi.
Armiyaning tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilib, boshqaruv va mudofaani rejalashtirish mexanizmlari takomillashtiriladi.
🛡
Harbiy xizmatchilar huquqlari himoya qilinadi.
Harbiy xizmatchilar ishlari bo‘yicha vakil institutini tashkil etish, nizomga zid munosabatlarning oldini olish va intizomni kuchaytirish rejalashtirilgan.
🎓
Harbiy ta’lim ham yangilanadi.
Ixtisoslashtirilgan harbiy maktablar tarmog‘ini kengaytirish va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tayyorlash tizimini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
📅
Islohot qachon amalga oshiriladi?
Rejadagi tashkiliy chora-tadbirlarni 2026-yil oxirigacha, asosiy konseptual o‘zgarishlarni esa 2027-yilda amalga oshirish belgilangan.
📌
Qozog‘iston armiyani zamonaviy texnologiyalar, samarali boshqaruv va harbiy xizmatchilar xavfsizligiga ustuvor ahamiyat berish orqali yangilashni maqsad qilmoqda.
🔗
Manba:
Qozog‘iston Prezidenti rasmiy sayti
Kanalga ulanish uchun
⤵️
@qirqqishloq_news
💧
Jizzaxda tabiiy mineral suvni qadoqlash bo‘yicha investitsiya loyihasi amalga oshiriladi
.
Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan hamda Gonkongning
JDB Group
kompaniyasi asoschisi Chan Xun To bilan uchrashdi.
🤝
Uchrashuv yakunida tabiiy mineral suvni qadoqlash va ichimlik suvi ishlab chiqarish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.
💼
Investorlar suv resurslarini o‘rganib, loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
📈
Loyiha yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy resurslardan samarali foydalanish va viloyat sanoat salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Kanalga ulanish uchun
⤵️
@qirqqishloq_news
⚛️
Jizzax viloyatida qurilayotgan atom elektr stansiyasining birinchi energobloki reaktor binosi poydevor plitasini qurib bitkazish
2026-yil oxirigacha
rejalashtirilgan.
📌
Bu haqda 23-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va «Rosatom» bosh direktori Aleksey Lixachyov uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ma’lum qilindi.
🏗
Uchrashuvda yana nimalar muhokama qilindi?
▪️
AES qurilishi va loyihalashtirish ishlarining borishi;
▪️
Atom energetikasi sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash;
▪️
Bo‘lajak stansiya yaqinida atomchilar shaharchasini barpo etish;
▪️
Yadro tibbiyoti va zamonaviy texnologiyalar sohasidagi hamkorlik.
🏘
«Rosatom» ma’lumotiga ko‘ra, kelajakdagi atomchilar shaharchasi
30 mingdan ortiq mutaxassis va ularning oila a’zolari
uchun mo‘ljallangan. Unda uy-joylar, ta’lim, tibbiyot va sport muassasalari kabi infratuzilmalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Kanalga ulanish uchun
⤵️
@qirqqishloq_news
O‘zbekiston Henley & Partners pasportlar reytingida 10 pog‘onaga pastladi
Oktabrda O‘zbekiston reytingda 82-o‘rinni egalladi. Bu 2025-yil sentabr oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 10 pog‘ona past.
Fuqarolar oldindan viza rasmiylashtirmasdan borishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar soni 62 tadan 57 taga kamaydi.
MDH davlatlari orasida Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Armaniston va Qirg‘iziston O‘zbekistondan yuqoriroq o‘rinlarni egalladi.
Reytingda Singapur yetakchilik qildi. Uning fuqarolari oldindan viza olmasdan 193 ta yo‘nalishga borishlari mumkin. Oxirgi o‘rinni esa 22 ta yo‘nalish bilan Afg‘oniston egalladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/22/henley-partners/
Telegram
|
Instagram
|
YouTube