
QUR'ON_TAJVID_ILMI
#eslatma
📜
Hadis:
> خَيْرُكُمْ مَنْ تَعَلَّمَ الْقُرْآنَ وَعَلَّمَهُ
Tarjimasi:
"Sizlarning eng yaxshilaringiz — Qur’onni o‘rganib, uni boshqalarga o‘rgatganingizdir."
📚
Manba: Imom al-Buxoriy, Sahih al-Bukhari, Hadis №5027
Bu hadis siz kabi opa-singillarimiz uchun katta ilhom va sharafli maqom beradi, zero siz Qur’onni o‘rganib uni farzandlaringizga ta'lim berishga bel bog'lagansiz.
📜
Hadis:
> بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً
Tarjimasi:
"Mendan bir oyat bo‘lsa ham yetkazing."
📚
Manba: Imom al-Buxoriy, Sahih al-Bukhari, Hadis №3461
Har kim o‘zi bilganini boshqalarga yetkazishga mas'ul. Buning uchun olim, katta ustoz yoki buyuk da'vatchi bo'lishingiz shart emas. Har kuni farzandlaringizga bir oyat bo'lsa ham yetkazing.
📜
Hadis:
> فَوَاللَّهِ لَأَنْ يَهْدِيَ اللَّهُ بِكَ رَجُلًا وَاحِدًا، خَيْرٌ لَكَ مِنْ حُمْرِ النَّعَمِ
Tarjimasi:
“Allohga qasamki, agar Alloh sen sababli bir kishini hidoyatga boshlasa, bu sen uchun eng qimmatbaho qizil tuyalardan ham yaxshiroqdir.”
📚
Manba: Imom al-Buxoriy, Sahih al-Bukhari (Hadis №2942),
Imom Muslim, Sahih Muslim (Hadis №2406)
"Humru n-na‘am" — ya'ni qizil tuya — arablar orasida eng qimmatbaho mulk sanalgan. Bugungi kunda bir dona qizil tuyaning bahosi eng kami $3 million AQSH dollaridan boshlanadi. 2023 yil Aprelda o'tkazilgan tuyalar festivalida noyob qizil tuya $10 million AQSH dollaridan ko'proqqa sotilgan.
Ko'rib turganingizdek, bitta insonni hidoyatiga sababchi bo'lish naqadar ulug‘ savob va ayni paytda sizni katta mulk sohibiga aylantiradi. Endi farzandlaringizning hidoyatiga sababchi bo'lsangizchi? Ham bu dunyoda ham ohiratda rohatini ko'rib o'tasiz, inshaAlloh.
Allohim, farzandlarimiz ikki dunyoda ko'z quvonchlarimiz bo'lishini Sendan so'rab qolamiz
🤲
https://t.me/YaqinOzbek
Жазирама иссиқ пайтларда ўқиладиган дуо...
—Кунлар кескин исиб кетганда, мўмин киши сакинат ва раҳмат сўраб Аллоҳга дуо қилади. Зеро, бу қалбга таскин ва руҳиятга ором бағишлайди. Бундай вақтларда қуйидаги дуоларни такрорлаш тавсия этилади:
1) «Аллоҳумма ажирний мин ҳарри жаҳаннам!»
Ё Аллоҳ, мени жаҳаннам иссиғидан асрагин.
2) «Аллоҳумма инний аъуузу бика мин ҳаррид-дунйа ва ҳаррил-аахироҳ!»
Ё Аллоҳ, Сендан дунё ва охират иссиғидан паноҳ тилайман.
3) «Аллоҳумма инний ас-алука бардав-ва салаамаа!»
Ё Аллоҳ, Сендан салқинлик ва омонлик сўрайман.
4) «Аллоҳумма азилланаа бизиллика йавма лаа зилла иллаа зиллук!»
Ё Аллоҳ, Ўзингнинг соянгдан бошқа соя бўлмайдиган Кунда бизни Ўз соянг ила соялантир.
#Эслатма
: Бундай дуолар нафақат жазирама таъсирини енгиллаштиради, балки Аллоҳга яқинлашиш ҳамда ҳаёт қийинчиликларида, жумладан, оғир об-ҳаво шароитида Ундан ёрдам сўраш эшигидир.
● Шунинг учун — бу дуоларни хар дойим ўқиб юрайлик!
✉️
Бошқаларга ҳам албатта етказинг!
Haqiqiy tolibi ilm kim?
Haqiqiy tolibi ilm — faqat darsga qatnaydigan inson emas.
U ilmni qalbi bilan izlaydigan inson.
U charchasa ham davom etadi.
Tushunmasa ham yana urinadi.
Bilmasa — so‘rashdan uyalmaydi.
Haqiqiy tolibi ilmning eng katta ziynati esa — odobidir.
U ustozining gapini bo‘lmaydi.
Nasihatdan xafa bo‘lmaydi.
Tanbehni ham o‘sishi uchun sabab deb biladi.U ilmni maqtanish uchun emas,o‘zini tuzatish uchun o‘rganadi.
Haqiqiy tolibi ilm:vaqtini qadrlaydi; bekor narsalardan uzoq yuradi;har kuni oz bo‘lsa ham ilmda o‘sishga harakat qiladi; bilganiga amal qilishdan qochmaydi. Ilm — yelkalarga yuklanadigan sharaf.
Har kim ham uni ko‘tara olmaydi… Va eng muhimi…
haqiqiy tolibi ilm ilm ortgani sari kibrlanmaydi, aksincha yanada kamtar bo‘lib boradi.
Bugun ilm nega qalblarga ta’sir qilmayapti, bilasizmi?
Chunki ilmning odobi unutilmoqda.. Ustoz gapirayotganda e’tiborsizlik qilish, nasihatini oddiy so‘zdek qabul qilish, unga faqat dars o‘tuvchi inson sifatida qarash — bular ilmning barakasini yo‘qotadi.Eng achinarlisi esa…ayrimlar ustozining ko‘nglini og‘ritib, uni norozi qilib ketmoqda.
Holbuki, ustoz — seni qorong‘ulikdan ilmga yetaklagan inson.
Bir harf o‘rgatgan odamining haqqini bilmagan qalb, ilmning haqiqiy nurini his qila olmaydi.
Chunki ilm — shunchaki ma’lumot emas.
Ilm — qalbga tushadigan nur.
Nur esa hurmat, adab va ustoz roziligi bor joyga tushadi.Ba’zan bir ustozning siniq qalbi — shogirdning barakasiz ilmiga sabab bo‘ladi…
Yana bir xavfli holat bor:
ustoz tanbeh bersa darrov xafa bo‘lish…Nasihat qilsa yomon ko‘rish.Qattiqroq gapirsa ko‘ngilga olish…
Holbuki, ustozning koyishi ham tarbiya.U seni sindirish uchun emas, o‘stirish uchun gapiradi.
Арабча:
اللهم فَهِّمْنِي كَمَا فَهَّمْتَ سُلَيْمَانَ، وَارْزُقْنِي عِلْمًا نَافِعًا، وَزِدْنِي عِلْمًا
Маъноси:
«Эй Аллоҳ, мени ҳам Сулаймонга берганингдек фаҳмли қил, менга фойдали илм бер ва илмимни зиёда қил».
Зехнни очиш учун тавсиялар
‼️
1. Аввало Аллохни фазли
2. Дуоларда давомий булиш
3. Амал килишга интилиш
4. Таквони ушлаш
5. Ёзиш ва ёдлаш
6. Гунохлардан тийилиш
7. Калбни ислох килиш
8. Устозларни дуо килиш
9. Илм олиб таркатиш
10. Садака килишлик