Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

The Stranger

salimov_blogi
Kitoblar, fikrlar, tuyg'ular haqida
Подписчики
14 345
24 часа
-12
30 дней
-101
Просмотры
7 374
ER
51,4%
Посты (30д)
15
Символов в посте
659
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Медиа и коммуникации
Краткое описание
October 25, 16:34

​​
Chingiz Aytmatov
haqida oʻqiy turib uning
"Jamila"
asariga boshqacha yondashuvni payqab qoldim. Biz odatda Jamilaga bugungi kun nuqtai nazaridan qaraymiz va baho beramiz, ya'ni asar tagidan falsafa qidirmaymiz. Jamila allaqaysi fransuzning fikricha eng goʻzal muhabbat qissasi, bizning nazdimizda esa xiyonatkor kelin.
Ammo Chingiz Aytmatov bu qadar joʻn odam emasdi. U butun yer kurrasiga tegishli masalalar ustida bosh qotirardi yoki kamida vatanparvarlik, milliy oʻzlik haqida qaygʻurardi. Jumladan, ayollarni erkaklashtirish siyosatiga qarshi edi.
Oʻtgan asrning birinchi choragida sovet imperiyasida ishchi kuchi yetishmay qoldi. Natijada erkinlik, hurlik niqobi ostida sharq ayollari qora ishchiga aylantirildi. Barmoq bilan sanarli olima, shoiralarni hisobga olmasa ayollarning bari gohida hatto erkaklarga ham ogʻirlik qiladigan ishlarga safarbar qilindi.
Jamila oʻsha tuzumga nisbatan isyon edi. Yodingizda boʻlsa u shunchaki qochib ketadi. Mehnatkash va axloqli ayol boʻlishdan qochadi. Bu yerda axloq sovet axloqi, mehnat esa majburiy mehnat edi.
Rostini aytganda qiziq yondashuv. Bu jihatdan olib qaraganda Jamila qahramonga aylanib qoladi. Asar haqiqatan ham bu talqinga imkon beradimi-yoʻqmi, buni bilish uchun qayta oʻqib koʻrish kerak.
@salimov_blogi

October 23, 06:20
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Sevgining qadriga yetmagan qizlarga shunaqa erlar nasib qiladi)

October 20, 18:24

October 20, 18:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ne zotlar ketdilar, barin ortidan,
Uch kun yigʻladilar, so'ng unutdilar.
Ne oshiqlar koʻrdim oh - figʻon chekib,
Soʻngra tamom ayro yoʻldan ketdilar.
Ne gʻamlar oʻtdilar, ne dillar sindi,
Ketganning ketidan toʻxtamadi vaqt.
Man ham el qatori yashayman endi,
Ba'zan sen haqingda oʻylayman faqat.
Hamma oʻzicha haq va hamma mazlum,
Men sening kimliging qilmayman tahlil.
Sen ham el qatori sevding, sevilding,
Sen ham el qatori unutding butkul.
Shunda bu dunyoning holiga kuldim,
O'zimning holimga achindim koʻproq.
Doʻstlarim koʻziga koʻrindim ming xil,
Kimga qaygʻuliroq, kimga baxtliroq.
Kim kimga egildi, kimga suykaldi,
Uning ham holini tushundim. Biroq,
Qaygʻusi uch kunlik odamlar uchun,
Yashaging kelmaydi uch kundan ko'proq.
Gulrux Xudoyorova

October 18, 05:29

Kechagi profil spamda boʻlgan shekilli, nechtadir kishiga yozib, qolganiga yozolmagan. Shu uchun kanal chatidagi hammaga "lic oʻting", "Xamma lic yozsin" deb chiqqan. Aqlli odam shundan ham farqlab oladi, men bunaqa imlo xato qilmayman)

October 18, 05:13

Oʻtgan yili universitetdagi oʻqituvchilarning klounlari yaratilib, talabalardan qarz soʻrab chiqishgan. Oʻqituvchim soʻrayaptiku deb anchasi kartadan oʻtkazib bergan ham. Koʻpincha profil nomi va rasmlarni aynan koʻchirishadi. Ya'ni siz profildan farqlolmaysiz qay biri haqiqiy, qay biri kloun ekanini. Faqat yozish uslubi, maqsadi orqali farqlab olish mumkin. Menikini farqlash juda oson, chunki men hech kimga oʻzim yozmayman. Yana taʼkidlayman, The Stranger yoki Ilhom Salimov nomidan kimdir yozsa, uni darhol blok qiling.

October 18, 05:09

Doʻstlar, balki bunaqasiga avval ham duch kelgandirsiz, qaysidir mashhur kishining kloun profili yaratiladi va keyin uning nomidan yozishadi. Tunda mazkur kanal chatida bittasi koʻpchilikka yozibdi. Hozircha profilimni koʻchirishni uddalolmagan, shunchaki "Stranger" deb qoʻygan. Men hech kimga yozmayman, agar kimdir nomimdan yozsa uni darhol blok qiling va hech qanday maʼlumot bermang.

October 11, 19:41

October 11, 13:29

Bu yoʻlning adogʻiga yaqin qoldi, deyapti ichimdagi bir ovoz. Shu bois necha kundan beri nimalarnidir oʻylayman. Oʻzim uchun bir sarhisob qilib olgim keldi. Kitobxonlik Yigirma besh yildan beri kitob oʻqir ekanman. Oʻlda-joʻlda, onda-sonda emas, muntazam…

October 11, 08:08

Bu yoʻlning adogʻiga yaqin qoldi,
deyapti ichimdagi bir ovoz. Shu bois necha kundan beri nimalarnidir oʻylayman. Oʻzim uchun bir sarhisob qilib olgim keldi.
Kitobxonlik
Yigirma besh yildan beri kitob oʻqir ekanman. Oʻlda-joʻlda, onda-sonda emas, muntazam, tizimli. Ancha yil faqat kutubxonalardan olib oʻqiganman. Oʻn ikki yildan beri esa sotib olib oʻqiyapman. Uyda anchagina yaxshi kutubxona shakllandi.
Bookblogerlik
Oʻn besh yilki shu ish bilan shugʻullanaman. Odnoklassnikida boshlaganman. U paytlarda telegram ham, instagram ham yoʻq edi. Tugmali telefonlardan uzun-uzun matnlarni yozish rosa vaqtni olardi. Ayniqsa internet chatoq boʻlgani uchun shuncha yozganingiz yuklanmay turib oʻchib ketsa alam qilardi. Keyin feysbukka oʻtdim. Besh yil avval telegramga. Yaqinda instagramga. Shularning orasidan eng yoqmagani instagram boʻldi.
Tarjimonlik
Eng omadim kelgani ham, eng koʻp qoqilganim ham shu soha boʻldi. Ustozi yoʻq har maqomga yoʻrgʻalar deyishadi. Mutlaqo noldan boshlaganim uchun boshida koʻp qiynaldim. Qilgan xatolarim koʻp. Biron kitob tanlayotganda qurbim yetarmikin deb oʻylaganlarim kechagiday esimda. Bugun hisob-kitob qilsam, tarjimonlikni boshlaganimga ham besh yil boʻlibdi. Endilikda men uchun kitobning oson-qiyini yoʻq, faqat saviyasiga, yoqqan-yoqmaganiga qarab tanlayman. Nashriyotlar yaxshi kitoblarni buyurtma berishidan tashqari oʻzim ham yangi mualliflarni taklif qilganim, oʻquvchilarni yangi ruhdagi asarlar bilan tanishtirganimni eslab, quvonaman. Asosan ikki turdagi kitoblarni tanladim. Birinchisi, falsafiy ruhga ega, kishini oʻyga toldiruvchi, ogʻir kitoblar. Ikkinchisi, kishiga estetik zavq beruvchi, ogʻir damida chalgʻishiga, yengil tortishiga yordam beruvchi kitoblar.
Aynan men tavsiya yoki tarjima qilganim uchun oʻqigan kitoblaringiz bormi?