Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

«ШАРҚ ЮЛДУЗИ» журнали

sharqyulduzijurnali
Расмий саҳифа! Ушбу тарихий журнал 1931 йилдан чиқа бошлаган. Журнал ОАК эътироф этган нашрларнинг 10.00.02 “Ўзбек адабиёти” ихтисослиги бўйича рўйхатига киритилган.
Подписчики
1 254
24 часа
2
30 дней
21
Просмотры
313
ER
24,96%
Посты (30д)
15
Символов в посте
1 041
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Искусство и культура
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 23, 16:29
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Янгиликлар
#Ўзбек_тили_байрами
🇺🇿
ОНА ТИЛИ – МИЛЛАТ РУҲИ: ТОШКЕНТ ИСЛОМ ИНСТИТУТИДА ДАВЛАТ ТИЛИНИНГ ҚАДР-ҚИММАТИ ВА НУТҚ МАДАНИЯТИГА БАҒИШЛАНГАН ДАВРА СУҲБАТИ ЎТКАЗИЛДИ
🌟
Имом Бухорий номидаги Тошкент ислом институтида 21 октябрь – Ўзбек тили байрами куни муносабати билан «Давлат тили – миллий маънавиятимиз тимсоли» мавзусида маънавий-маърифий давра суҳбати ташкил этилди.
🟢
Давра суҳбатининг фахрий меҳмони сифатида таниқли шоир, журналист ва ҳуқуқшунос, «Шарқ юлдузи» ҳамда «Звезда Востока» журналлари бош муҳаррири Сирожиддин Раупов (Сирожиддин Рауф) иштирок этди.
🟢
Унда она тилимизнинг жамият ҳаётидаги ўрни, давлат тилининг нуфузини юксалтириш, адабий тил меъёрларига риоя этиш, нутқ маданиятини такомиллаштириш ҳамда ёш авлод қалбида миллий тилга эҳтиром туйғусини мустаҳкамлаш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди.
Бизни кузатиб боринг:
Telegram
|
Facebook
|
web-sayt

October 23, 13:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#МУНДАРИЖА
#2026/09
✨
«Шарқ юлдузи»
журналининг
2026 йил, 9-сони
нашрдан чиқди. Мундарижа билан танишинг. Журналда асарлари эълон қилинган муаллифлар ижодини имкон қадар мактаб ва Олий ўқув юртида таълим олувчи ёшлар орасида тарғиб қилинг.
✨
Бизни кузатиб боринг:
Telegram
|
Facebook
|
web-sayt

October 21, 16:31
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

🌷
Toshkent amaliy fanlar universitetida Qunduzxon Xusanboyevaning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori Qunduzxon Parpaliyeva Xusanboyevaning 70 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari Minhоjiddin Mirzo, "Sharq yulduzi" jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Abdunabi Boyqo‘ziyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, xonanda Shuhrat Daryo, universitet professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirni universitet rektori Abdusalom Vaxitovich Umarov ochib berdi.
Yubiley tadbirida ustoz Qunduzxon Xusanboyevaning mazmunli hayot yo‘li, ilmiy-pedagogik va ijodiy faoliyati, ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnatlari haqida so‘z yuritildi. Ustozning ilm-fan rivoji, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish hamda talaba-yoshlarning kamolotiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi.
Tadbir ishtirokchilari ustozga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.
Tantanali tadbir yakunida Qunduzxon Xusanboyevaga va tadbir ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari hamda diplomlar topshirildi.

October 21, 11:47
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
🗣
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir
Sirojiddin Rauf
ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
⏺
Tadbir davomida o‘zbek tilining boyligi va betakror jozibasi, uning milliy o‘zligimizni ifodalashdagi o‘rni, davlat tiliga hurmatni oshirish hamda adabiy til me’yorlariga rioya qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
💬
Shoir bilan samimiy muloqot davomida ona tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzini yuksaltirish va kundalik hayotda to‘g‘ri qo‘llashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
___
СОСТОЯЛСЯ КРУГЛЫЙ СТОЛ, ПОСВЯЩЁННЫЙ ДНЮ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА
🗣
В честь 21 октября, Дня узбекского языка, в Палате государственных кадастров состоялся круглый стол с участием члена Союза писателей Узбекистана, поэта
Сирожиддина Рауфа
.
⏺
Участники встречи обменялись мнениями о богатстве и самобытности узбекского языка, его роли в сохранении национальной идентичности, повышении уважения к государственному языку и соблюдении норм литературной речи.
💬
В ходе встречи с поэтом особое внимание было уделено бережному отношению к родному языку, повышению его престижа и правильному использованию в повседневной жизни.
___
A ROUND TABLE DISCUSSION HELD IN HONOUR OF UZBEK LANGUAGE DAY
🗣
To mark Uzbek Language Day on 21 October, the Chamber of State Cadastres hosted a round table discussion with
Sirojiddin Rauf
, a poet and member of the Writers’ Union of Uzbekistan.
⏺
During the event, participants exchanged views on the richness and distinctive character of the Uzbek language, its role in preserving national identity, promoting respect for the state language, and observing the standards of literary Uzbek.
💬
The discussion also highlighted the importance of preserving and promoting the native language, enhancing its status, and using it correctly in everyday life.
📶
Website
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
|
📱
Facebook

October 20, 06:43
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

📚
“MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA IJODKORLAR BILAN UCHRASHUV
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda milliy adabiyotimiz namoyandalari ijodini keng targ‘ib etish maqsadida
“Ma’rifat ulashib”
loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda shoir, hajvchi va publitsist
Xurshid Nurullayev
, shoir, jurnalist va tarjimon
Amirqul Karim
hamda yosh shoir
Islom Ali
ishtirok etdi.
Muloqot davomida ijodkorlar o‘zlarining hayot va ijod yo‘li, adabiyotga kirib kelish jarayoni, ijodiy izlanishlari hamda she’riyatning inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar. Talabalar bilan samimiy muloqot, she’riyat va adabiyotga oid fikr almashuvlar uchrashuvga o‘zgacha mazmun bag‘ishladi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, badiiy adabiyotga mehrini oshirish va ijodkorlar bilan bevosita muloqot qilish imkonini yaratdi.
OʻzDXA UF Matbuot xizmati

October 20, 06:00

21- октябр — Ўзбек тили байрами куни!
— Суҳбатларимизда доимий урғу бериладиган бир нуқтага тўхталсак... Бугун она тилимизга муносабат қай даражада ўзгарди?
– Бугун она тилимизнинг софлиги, бойлигини сақлаб қолиш, ривожлантириш учун давлатимиз қабул қилаётган қарорлар, куйиниб ёзаётган олимлар, шоиру ёзувчилар кўплигидан, идора ишларимиз ўзбек тилига ўта бошлаганидан хурсанд бўлмасликнинг иложи йўқ. Аммо ичимда қийнайдиган саволлар кўп: Нега фақат тил байрами яқинлашгандагина она тилимиз, давлат тилимиз ҳақида кўп гапириб қоламиз? Нега аксарият олий ўқув юртлари, хусусий ва хорижий университетларда ўзбек тили ўтилмайди? Нега йўналиши ва шаклидан қатъий назар ҳамма Олий ўқув юртларида ўзбек тилидан имтиҳон олинмайди? Нега барча поғонадаги раҳбарлар ўзбек тилини билиши шарт деган масала қолиб кетди? Нега мактабларда она тили дарслари қисқариб кетган? Нега жой ва муассасалар номланиши, ташқи рекламалар ҳақидаги қонунлар бўла туриб хорижий тилда фирма ва компаниялар тузамиз, маиший муассасаларимиз номлари хорижий тилда? Нега ғирт ўзбек маҳаллаларда ҳам ўзимиз “Дом продаётся” деб ёзиб қўямиз? Бизга нима бўлган?
“Адабиёт зиёси”
газетасининг 2026 йил 18 сонидаги Азиз Саид билан суҳбатдан.
https://t.me/Aziz_Said_ijodi

October 20, 05:33
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

✔️
✅
✅
✅
✅
ADIBLAR BILAN IJODIY UCHRASHUV: TALABALARGA E’TIROF VA ESDALIK SOVG‘ALARI TOPSHIRILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti birinchi prorektori, professor Baxtiyor Nasimov hamda institut professor-o‘qituvchilari ishtirokida talaba-yoshlar uchun taniqli adiblar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari Aziz Said, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Isajon Sulton hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Guli Nigor ishtirok etdi.
Samimiy muloqot davomida talabalar adiblar bilan ijod, adabiyot va kitobxonlik haqida suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, adiblar institutning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bunday ijodiy uchrashuvlar talaba-yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
#
TTYSI #TITLI #ТИТЛП
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Instagram
|
Web-site
|
Facebook
|
YouTube

October 20, 05:33
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram

✔️
🟦
🟦
🟦
“MA’RIFAT ULASHIB” TADBIRLARI “YASHIL MAKON” LOYIHASI BILAN UZVIY DAVOM ETDI
“Ma’rifat ulashib” tadbirlari doirasida umumta’lim maktabida hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tashkil etilgan davra suhbatlari ezgu tashabbus — “Yashil makon” loyihasi bilan uzviy davom etdi.
Tadbirlarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari Aziz Said, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Isajon Sulton, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Guli Nigor, institut birinchi prorektori, professor Baxtiyor Nasimov, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvlar davomida ma’rifat, adabiyot va kitobxonlikning inson kamolotidagi o‘rni bilan bir qatorda, tabiatni asrash, atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish va ekologik madaniyatni yuksaltirishning ahamiyati ham e’tirof etildi.
Tadbirning ramziy davomi sifatida institut hududida adiblar va talabalar ishtirokida ko‘chat ekish marosimi tashkil etildi. Ushbu ezgu tashabbus ma’rifat va tabiatga mehr, ezgulik va bunyodkorlik g‘oyalarini o‘zida mujassam etdi.
#
TTYSI #TITLI #ТИТЛП
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Instagram
|
Web-site
|
Facebook
|
YouTube

October 16, 16:29
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

“Ma’rifat ulashib”
loyihasi doirasida tashkil etilgan ijodiy uchrashuvdan videolavha!
———————————————
😃
O‘zJOKU matbuot xizmati:
@uzjmcu

October 16, 16:29
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

“Ma’rifat ulashib”
loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil etildi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida
yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ijodkorlar bilan muloqot qilish imkoniyatini yaratishga qaratilgan
“Ma’rifat ulashib” loyihasi
doirasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Do‘stlik” ordeni sohibi, shoir, jurnalist va tarjimon
Aziz Said
, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi
Isajon Sulton
,
Xondamir Qodiriy
hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
Guli Nigor
ishtirok etdilar.
Ijodiy uchrashuv davomida adabiyotning inson ma’naviyati va dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni, badiiy ijodning o‘ziga xos jihatlari, kitobxonlikning ahamiyati hamda yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mehmonlar o‘zlarining ijodiy faoliyati, hayotiy tajribalari va adabiyot olamidagi izlanishlari bilan o‘rtoqlashib, talabalarga qimmatli fikr va tavsiyalar berdilar.
“Ma’rifat ulashib” — ma’naviyat, adabiyot va ijod atrofida birlashgan yoshlar loyihasi!
———————————————
😄
O‘zJOKU matbuot xizmati:
@uzjmcu