
SHEVASHUNOS/ Avazxon Umar
#SDG17
😄
TDSHUda 2026-yil 15-16- dekabr kunlari
“Butunjahon turkiy tillar oilasi kuni”
ga bag‘ishlab
“Turkiy yozma meros: sivilizatsiyalararo muloqot va raqamli kelajak”
mavzuidagi uluslararo ilmiy yig‘ini o'tkaziladi.
Ilmiy yig‘in kengashlari:
🔵
Turkiy yozma yodgorliklarni qiyosiy-tarixiy o‘rganish:
Qadgi turkiy bitiglarning tili, uslubi va poetikasi.
🔵
Manbashunoslik va matnshunoslik masalalari:
Qo‘lyozmalar va epigrafik yodgorliklarni tanqidiy matnini tayyorlash va paleografik tahlil muammolari
.
🔵
Kompyuter tilshunosligi va elektron korpuslar:
Turkiy tillarning milliy va tarixiy elektron korpuslarini yaratish tajribasi.
🔵
Raqamlashtirish va innovatsiyalar:
Yasamaong (AI) va OCR texnologiyalarini qadimiy turkiy matnlarni deshifrovka qilish va restavratsiya qilishdagi tatbiqi.
🔵
Muzeylashtirish va global integratsiya:
Turkiy yozma merosni saqlashda xalqaro kutubxonalararo tarmoqlarni yaratish va madaniy turizmni rivojlantirish.
Yig‘inda ilmiy ma’ruza bilan qatnashish:
🎤
Anjuman shakli:
Aralash (jonli va ZOOM platformasi orqali).
✅
Anjuman tillari:
o‘zbek, turk, ingliz, rus.
🔶
Maqola yuborishning so‘nggi kuni:
2026- yil 15- noyabr.
👨💻
Maqolalar yuboriladigan elektron pochta
: mangu8bitig@gmail.com
🧾
Bog‘lanish telefoni
(Telegram, WhatsApp): +998909658656
MAQOLALAR QABULI BO’YICHA BATAFSIL
O'zbek tilida
/
Turk tilida
/
Ingliz tilida
✅
TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS
🌐
Telegram
|
🌐
Facebook
|
🌐
Youtube
📹
Instagram|
🌐
Twitter |
🗄
tsuos.uz
Bugun qadrdonimiz, turk tili o’qitish markazi Hilal Edu asoschisi, G’ulomjon ziyoratinizga keldi. Bir finjon qahva ustida suhbat qildik. Albatta mavzumiz ta’lim, ilm va tarjimalar bo’ldi. Kelajakda amalga oshirsak manfaatli bo’ladigan loyihalarni gaplashdik.
Anqara
@shevashunos
Sizningcha qaysi so’zlarni unutib boryapmiz? İzohlarda ma’nosi bilan yozing. Bobo, buvilaringizdan so’rang!
Masalan: Takasaltang- Hech narsaning gʻam-tashvishini qilmaydigan, ishyoqmas, bekorchi.
😊
@shevashunos
O’zbek tili bayrami qutlug’ bo’lsin!
Ona tilimiz shunchaki biz har doim so‘zlaydigan so’zlardan iborat emas, balki u biz tush ko‘radigan, yig‘laydigan va eng teran tuyg‘ularimizni his etadigan ma’naviy vatandir.
Konfutsiy aytadi:
"Bir mamlakatni xonavayron qilmoqchi bo‘lsangiz, avvalo uning tilini barbod eting….
O’qtay Sinanog‘lu:
"Borgan sari begonalashib borayotgan til bilan na ilm qilib bo‘ladi, na o‘z madaniyatini saqlab qolish mumkin. Ona tili — ozodlikning birinchi va bosh shartidir."
@shevashunos
Yine sessizlik,
Yine
sükûnet
“Hiçbir şey”le dolar gönül
“Hiçbir şey”den başlanır söz
“Hiçbir şey”i söyler yine dil
Çığlık atar zebansız hülya
Sükûnette acı
çeker can
“Hiçbir şey”i tanımaz güya
“Hiçbir şey”den oluşan cihan
Rauf Parfi
Aktaran: Avazxon Umarov
👉
Siz ham turkchaga tarjima qilishga urinib ko’ring!
@shevashunos
Barcha ustozlarga bayram qutlug‘ bo‘lsin! O‘qituvchisi e'zozlangan jamiyat aslo kam bo‘lmaydi.
Ustoz
Sohibqiron yotar ustoz poyida,
Jomiyni pir tutgan Navoiy hazrat.
Ustoz buyuk, degan buyuk qoida
Bu qaytar dunyoda azaliy hikmat.
Aflotunga shogird edi Arastu,
Ul shogirdga shogird bo‘ldi Iskandar.
Bu oltin silsila davomi mangu,
O‘zi ustoz bo‘lar ustoz ko‘rganlar.
Bormi murabbiydan baxtliroq inson,
Shogirdlari qilsa yuksakka parvoz.
Boshimizga tojsiz, bor bo‘ling omon,
Tabarruklar ichra tabarruk ustoz!
Erkin Vohidov,
O‘zbekiston xalq shoiri.
@shevashunos
«Тўйтепа»
шаҳри —
«Нурафшон»
,
«Бўз»
тумани —
«Бўстон»
бўлди. Шундай тарихий жой номларини ўзгартириш мумкинми?» — деган саволга шарқшунос, Филология фанлари доктори, профессор
Қосимжон Содиқов
жавоби...
«Ўртада бегона йўқ»
подкастининг навбатдаги сони
«Туркий дунё: илдизлар ва истиқболлар»
мавзусига бағишланди.
«Маданият ва маърифат»
каналида — тез кунда!
@Rustam_MIRVOKHID
👆
Yuqorida berilgan mavzular doirasida Turkiyadagi Alisher Navoiy vaqfi maqolalar tanlovi e'lon qiladi.
Qabul qilingan turk tilidagi maqolalar bepul nashr qilinib, mualliflarga qalam haqi to'lanadi.
MAQOLA CHORLOVI
Mavzu: "
Davlat arbobi va boshqaruvchi sifatida Alisher Navoiy
"
Alisher Navoiy vaqfi (
nevayivakfi.org
) buyuk mutafakkirning davlat arbobligi, diplomatiya tushunchasi, adolat falsafasi va burokratiya boshqaruvi haqidagi original ilmiy tadqiqotlarni nashrga taklif etadi.
🔹
Asosiy yo‘nalishlar:
• Temuriylar saroyi burokratiyasida Navoiyning o‘rni
• Adolat va ideal hukmdor konsepsiyasi
• Bunyodkorlik, vaqf va ijtimoiy siyosat faoliyati
• Sulton Husayn Boyqaro va Navoiy munosabatlari
• Diplomatik va siyosiy vositachilik roli
🗓
Muhim sanalar:
•
Tezis topshirish oxirgi muddati:
01.11.2026
(Kamida 300 so‘z)
•
Qabul qilingan tezislar e'loni:
06.11.2026
•
To‘liq matn topshirish:
01.03.2027
💡
Hakamlar tomonidan
qabul qilingan maqola mualliflariga qalam haqi (gonorar) to‘lanadi.
Maqolalar turk tilida qabul qilinadi.
📩
Aloqa va maqola topshirish:
nevayiserisi@gmail.com
Turkiyaning Karabuk universiteti Turkiy dunyo tadqiqot va amaliyot markazi
“Filologiya va Madaniyat Masalalari
(
ilmiy-uslubiy maqolalar to‘plami
№ 6)” uchun maqolalar qabul qiladi.
Yo‘nalishlar:
▶️
tilshunoslik;
▶️
adabiyotshunoslik;
▶️
madaniyat, tarix, san’at;
▶️
pedagogika, psixologiya;
▶️
jamiyatshunoslik, dinshunoslik;
▶️
turizm, geografiya, etnografiya;
▶️
antropologiya;
▶️
musiqashunoslik.
Maqolalar o‘zbek tili (lotin alifbosida) bilan bir qatorda barcha turkiy tillarda yoki ingliz tilida qabul qilinadi.
O'zbek tilidagi maqolalarga 1 sahifalik
kengaytirilgan annotatsiya
yozish so'raladi.
• Maqolalar joriy yilning 30 noyabriga qadar qabul qilinadi.
• Maqolalar to‘plamining nashr etilishi: dekabr 2026- yil
Murojaat uchun:
📧
saidbekboltabayev@gmail.com