Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

SIRDARYO YANGILIKLARI 🌍

sirdaryoyangiliklari
Подписчики
3 477
24 часа
-13
30 дней
165
Просмотры
490
ER
14,09%
Посты (30д)
88
Символов в посте
634
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 26, 09:55
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

‼️
Ишга жойлашиш учун керакли ҳужжатларни my.gov.
uz орқали
олиш мумкин
📄
Бепул юклаб олиш мумкин бўлган ҳужжатлар:
🔹
3×4 ўлчамдаги фото;
🔹
ЖШШИР берилгани тўғрисида маълумотнома;
🔹
Яшаш жойи бўйича маълумотнома;
🔹
Иш тажрибаси ҳақида маълумотнома;
🔹
Ўзини ўзи банд қилганлик тўғрисида маълумотнома;
🔹
Таълим муассасасини тугатганлик ҳақида маълумотнома;
🔹
Жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағи тўғрисида маълумотнома;
🔹
Ногиронлик тўғрисида маълумотнома.
Тўлов эвазига олинадиган маълумотномалар:
🔹
Наркология диспансеридан —
маълумотнома
;
🔹
Руҳий касалликлар диспансеридан —
маълумотнома
;
🔹
Судланганлик ёки судланмаганлик тўғрисида —
маълумотнома
.
👉
https://t.me/sirdaryoyangiliklari

October 26, 04:30
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

💠
SUN’IY INTELLEKTDAN NOQONUNIY FOYDALANGANLIK UCHUN 44 MILLION SO‘MGACHA JARIMA!
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning
46²-moddasi ikkinchi qismiga
asosan:
Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish, ularni ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internetda tarqatish —
❗️
Huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
❗️
Masalan, sun’iy intellekt yordamida boshqa shaxsning shaxsga doir ma’lumotlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish va ularni internetda tarqatish ushbu modda bo‘yicha javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
👉
https://t.me/sirdaryoyangiliklari

October 23, 09:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Jarayon
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Guliston shahri va Mirzaobod tumani Davlat xizmatlari markazlari faoliyati o‘rganildi.
👉
https://t.me/sirdaryoyangiliklari

October 23, 07:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo tumanidagi Sho‘ro‘zak kollektorining ifloslanganligi yuzasidan tarqalgan murojaat Sirdaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida Peshengdon va Sho‘ro‘zak kanallaridan, shuningdek, “PENG-SHENG CHARM” MChJning oqova suvlaridan namunalar olinib, laboratoriya tahlillari o‘tkazildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, korxona oqova suvlarida ayrim ifloslantiruvchi moddalar belgilangan me’yorlardan yuqori ekanligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan mas’ul shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 72-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya hisoblandi.
Korxona faoliyatini 10 kunga to‘xtatish bo‘yicha ko‘rilgan choraga qaramasdan, uning faoliyatini davom ettirayotgani sababli faoliyatini butunlay to‘xtatish masalasida sudga da’vo arizasi kiritildi.
Mazkur holat bosh boshqarma tomonidan qat’iy nazoratga olingan.
Sirdaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi matbuot xizmati
👉
https://t.me/sirdaryoyangiliklari

October 23, 05:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#kiberxavfsizlik
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Kiberxavfsizlik klubi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda!
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida talabalar o‘rtasida axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan Kiberxavfsizlik klubi faoliyatini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Klubning asosiy maqsadi — yoshlarning texnik va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, seminar-treninglar va amaliy mashg‘ulotlar orqali kiberxavfsizlik sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, shuningdek, ularni raqamli tahdidlarga qarshi kurashish va axborot xavfsizligini ta’minlashga tayyorlashdan iborat.
💻
Klub faoliyati davomida talabalar zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganish, kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy tajriba orttirish va o‘z bilimlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
👉
https://t.me/sirdaryoyangiliklari

October 23, 05:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

E'LON !
Sayxunobod tumani aholisi diqqatiga!
Joriy yilning 24-оktabr kuni soat 10:00da
viloyat Xalq qabulxonasi tomonidan Sayxunobod tumanida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkaziladi.
Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Doniyor Kadirov ishtirok etadi.
Sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa murojaat qilishingiz mumkin.
📍
Manzil:
Sayxunobod tumani, Shodlik mahallasida joylashgan istirohat bog'i
📍
Lokatsiya:
https://maps.app.goo.gl/mtzxXyCNvTGBr8N26
📞
Ma’lumot uchun telefonlar:
(67) 225-49-32, (67) 225-40-90.
👉
https://t.me/sirdaryoyangiliklari

October 22, 12:38
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🖥
Noqonuniy ov qilgan shaxslar qo`lga tushdi
🌿
Sirdaryo viloyati hamda Guliston tumani Ekopolitsiya xodimlari hamkorligida tumanning Paxtaobod SIU  hududida ötkazilgan nazorat tadbiri davomida
ikki nafar fuqaro tomonidan 3 ta qirğovul noqonuniy ravishda ovlanganligi aniqlandi.
👉
https://t.me/sirdaryoyangiliklari

October 22, 11:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 22, 11:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"Янгилик қилиб Америка очиш керак эмас" — таълим ва илм-фан вазири Эркинжон Турдимов
"Биз агар фарзандимиз билан бир соат ўтириб дарс қилмасак, ўтириб олиб ўқитувчини ёмонлайверсак, устозни мавқеи қачон ошади? Қачонки сиз билан биз муносабатимизни ўзгартирсак".
Янги таълим ва илм-фан вазири Эркинжон Турдимов журналистларнинг саволларига жавоб бера туриб, соҳадаги кейинги режалар ва устувор вазифалар ҳақида тўхталди
👉
https://t.me/sirdaryoyangiliklari

October 21, 09:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❗️
Расман: Алифбодаги камчиликлар бартараф этилди — Президент қонунни имзолади!
Президент Шавкат Мирзиёев лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбосини такомиллаштиришга қаратилган Қонунни имзолади.
Алифбодаги 4 та ҳарфнинг ёзилиши такомиллаштирилди:
O‘ → Ö
G‘ → Ğ
Sh → Ş
Ch → Ç
Амалдаги ҳужжатлар, дарсликлар ва бошқа материалларни бирданига алмаштириш талаб этилмайди. Улар яроқлилик муддати тугагач, ўз кучини йўқотгач ёки навбатдаги янгиланиш жараёнида янги алифбога мослаштириб борилади. Яъни ўтиш жараёни босқичма-босқич ва табиий кечади. Қонунда барча жиҳатлар инобатга олинган.
👉
https://t.me/sirdaryoyangiliklari