Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Suhrob Bo‘ronov | Rasmiy kanal

suhrob_buranov
Sharqshunos-afg‘onshunos va siyosatshunos Suhrob Bo‘ronovning Afg‘on muammosi, Afg‘onistondagi vaziyat, qolaversa, Sharq makoni va mintaqamizda sodir boʻlayotgan eʼtiborga molik voqea-hodisalar haqida tahliliy fikr-mulohazalari taqdim etib boriladi.
Подписчики
3 430
24 часа
30 дней
-30
Просмотры
976
ER
28,45%
Посты (30д)
44
Символов в посте
1 047
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Исследования и академия
Краткое описание
June 15, 12:48

UzReportning "Aspekt" ko‘rsatuvida jahon siyosatida sodir bo‘layotgan siyosiy jarayonlardan tortib jahon chempionatigacha bo‘lgan masalalarni suhbat qildik.
Batafsil:
https://youtu.be/R1zqpMMliCM
@suhrob_buranov

June 13, 03:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram


Sen o‘zingni o‘rgatib qo‘ygan odamlar uchun har doim javobgarsan!
©️
"Kichkina shahzoda"
👉
@suhrob_buranov
👈

June 12, 18:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Пётр Иличев:
Тахминан 20 нафар террорчи гуруҳ фаолият кўрсатадиган Афғонистон қўшнилари учун таҳдид бўлиб қолмоқда.
Россия Ташқи ишлар вазирлигининг Янги чақириқлар ва таҳдидлар бошқармаси директори Пётр Иличев МДҲ мамлакатларининг терроризмга қарши кураш идоралари раҳбарларининг йиғилишида "Мамлакатда тахминан 20 та террористик гуруҳ фаолият юритмоқда, уларнинг аъзолари сони 20 000 дан 23 000 гача”, деб
таъкидлаб ўтди
. Унинг сўзларига кўра, бундай шароит биринчи навбатда Афғонистоннинг қўшни давлатлари учун сезиларли таҳдид пайдо қилади.
Иличев Афғонистон расмийлари бир қатор террорчи гуруҳлар фаолияти учун амалда қулай шароитлар яратишда давом этаётганини ҳам таъкидлади.
Иличев айтишича: “Афғонистондаги террорчи гуруҳларнинг сони, жумладан, уларнинг чегаралараро ҳужумлар эҳтимоли, айниқса қўшни мамлакатларда заиф гуруҳларни радикаллаштиришга қаратилган саъй-ҳаракатлари билан боғлиқ ҳолда, асосли хавотирларни келтириб чиқаради”.
👉
@suhrob_buranov
👈

June 12, 17:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

CENTCOM Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari ishtirokidagi eng yirik mashg'ulotni yakunladi
AQSh Markaziy qo'mondonligi (CENTCOM) Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari ishtirokidagi eng yirik o'quv tadbirining yakunlanganini
e'lon qildi
. Mashg‘ulotlarda 10 ta davlatdan 350 dan ortiq harbiy xizmatchilar, shuningdek, AQSh Milliy gvardiyasining 10 ta bo'linmasi ishtirok etdi. Ikki haftalik mashg'ulotlar harbiy sohada ishonchni mustahkamlashga qaratilgan edi. CENTCOM bunday tadbirlar hamkorlikni kengaytirish va ishtirokchi mamlakatlar qurolli kuchlarining o'zaro moslashuvini oshirishga hissa qo'shishini ta'kidladi.
👉
@suhrob_buranov
👈

June 11, 18:53

Pokiston–Eron quruqlik yo‘laklari Markaziy Osiyo savdosiga yangi imkoniyat ochmoqda
Central Asia-Caucasus Analyst
e'lon qilgan maqolaga
ko'ra
,
Markaziy Osiyo davlatlari uzoq yillardan beri dengiz portlariga chiqish uchun asosan Eron yo‘nalishiga tayanib kelgan. Biroq 2026 yilda Eron atrofidagi harbiy vaziyat va Hormuz bo‘g‘ozidagi inqiroz sabab Eronning Chobahor va Bandar-Abbos portlari orqali savdo qilish qiyinlashdi. Shu sharoitda Pokiston va Eron yangi yechim topib, Pokistonning
Gwadar, Karachi va Port Qosim
portlarini Eron chegarasidagi
Gabd va Taftan
punktlari bilan bog‘laydigan
6 ta yangi avtomobil yo‘nalishini
ishga tushirdi.
25 aprel kuni Pokiston hukumati yangi tranzit tartibini qabul qildi va yuklarni Pokiston portlaridan avtomobillarda Eron hududiga olib o‘tishga ruxsat berdi. Natijada ilgari Hormuz bo‘g‘ozi orqali Eron portlariga boradigan yuklar endi Pokiston portlariga tushirilib, quruqlik orqali Eronga yetkazilmoqda.
Bu qarorning natijalari allaqachon sezilmoqda. Masalan, 2025 yil davomida Gvadar porti orqali atigi
8,3 ming konteyner
o‘tgan bo‘lsa, 2026 yil aprel oyining bir necha haftasida port
11 ming konteynerni
qayta ishladi. Shu bilan birga, Karachi portida Eronga yuborilishi kerak bo‘lgan
3 mingdan ortiq konteyner
yig‘ilib qolgan.
Bu holat Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham yangi imkoniyat yaratmoqda. Bugungi kunda ular janubiy yo‘nalishlarga katta qiziqish bildirmoqda. Avvallari Pokiston portlariga chiqish uchun Afg‘oniston orqali o‘tishga to‘g‘ri kelardi. Ammo Afg‘onistondagi xavfsizlik muammolari va Pokiston-Afg‘oniston munosabatlarining yomonlashuvi bu yo‘nalishni xavfli qilib qo‘ydi.
Endi esa yuklar Pokiston portlariga yetib kelgach, Afg‘oniston hududiga kirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Eron chegarasiga olib borilishi va u yerdan Eronning rivojlangan avtomobil hamda temiryo‘l tarmoqlari orqali Markaziy Osiyoga yetkazilishi mumkin.
Shunday qilib, Pokiston va Eron o‘rtasidagi yangi
6 ta quruqlik koridori
Markaziy Osiyo davlatlariga dengiz portlariga chiqish uchun yangi alternativ imkoniyat yaratmoqda. Agar Pokiston portlari samaradorligi va yo‘llar xavfsizligi ta’minlansa, ushbu yo‘nalish kelajakda Markaziy Osiyo savdosining muhim transport koridorlaridan biriga aylanishi mumkin.
https://t.me/policylaab

June 11, 16:24
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇮🇷
Siyosat o‘z yo‘liga, ammo Eron san’atiga tahsin aytmaslikning sira imkoni yo‘q.
Eron hofizi Muhsin Nomju tomonidan ijro etilgan
“Ey sarbon” qo‘shig‘i
ni fors tilidan o‘zbek tiliga o‘girishga harakat qildim:
ای ساربان، ای کاروان
لیلای من کجا می بری
با بردن لیلای من
جان و دل مرا می بری
ای ساربان کجا می روی
لیلای من چرا می بری
ای ساربان کجا می روی
لیلای من چرا می بری
در بستن، پیمان ما
تنها گواه ما شد خدا
تا این جهان برپا بود
این عشق ما بماند به جا
ای ساربان کجا می روی
لیلای من چرا می بری
ای ساربان کجا می روی
لیلای من چرا می بری
تمامی دينم به دنيای فانی
شراره عشقی که شد زندگانی
به ياد ياری خوشا قطره اشکی
به سوز عشقی خوشا زندگانی
هميشه خدايا، محبت دل ها
به دل ها بماند بسان دل ما
که ليلی و مجنون فسانه شود
حکايت ما جاودانه شود
تو اکنون ز عشقم گريزانی
غمم را ز چشمم نمی خوانی
از اين غم چه حالم نمی دانی
پس از تو نمونم برای خدا
تو مرگ دلم را ببين و برو
چو طوفان سختی ز شاخه غم
گل هستی ام را بچين و برو
که هستم من آن تک درختی
که در پای طوفان نشسته
همه شاخه های وجودش
ز خشم طبيعت شکسته
ای ساربان، ای کاروان
ليلای من کجا می بری
با بردن ليلای من
جان و دل مرا می بری
ای ساربان کجا می روی
ليلای من چرا می بری
ای ساربان کجا می روی
Ey sarbon
Ey sarbon, ey karvon,
Qayga ketadursan Laylim olib
Dil-u jonim, siton qilib
Ey sarbon, qayga ketadursan
Nechun maning Laylim olib
Ey sarbon, qayga ketadursan
Nechun maning Laylim olib
Ahd-u paymon guvohimiz qodir Xudo
Ishqimiz-la qolsin mudom foniy dunyo
Ey sarbon, qayga ketadursan
Nechun maning Laylim olib
Ey sarbon, qayga ketadursan
Nechun maning Laylim olib
Butun dinim foniy dunyo uchundir
Umr bo‘lgan ishqning go‘zal sururi
Qatra ko‘z yosh to‘kkan ul yor uchundir
Otash ishq-la baxtli hayot uchundir.
Xudo-yo, qalbga mudom muhabbat jo
Ul ko‘ngil dilga payband bo‘lish uchundir
Layli Majnun afsonadir yanglig‘ jafo
Hikoyamiz toki abad qolish uchundir.
Xudo shohid, sendan keyin qolmasman man
Murda qalbim holin bir bor ko‘rib ketgin
Tabiat qahrin urib shoxlar singan,
To‘fon poyin tizzalagan ul daraxtman man
Misli kuchli bo‘ron kabi xasta gulim
Anduh shoxdan bir bor kelib uzib ketgin.
Ey sarbon, ey karvon
Qayga ketadursan Laylim olib
Dil-u jonim, siton qilib.
👉
@suhrob_buranov
👈

June 11, 16:04
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇳
BMT va Afg'oniston Pokistonning aviahujumlari oqibatida tinch aholi halok bo'lganini qoraladi
BMT Bosh kotibi matbuot kotibi o'rinbosari Farxan Haq va BMTning Afg'onistondagi ko'maklashish missiyasi (UNAMA) Pokiston harbiy rejimining Afg'onistonning uchta viloyatiga uyushtirgan aviahujumlari oqibatida tinch aholi qurbon bo'lganidan chuqur
xavotir bildirdi
. Tashkilotlar tomonlarni ziddiyatni zudlik bilan yumshatishga, doimiy o't ochishni to'xtatishga va muloqot boshlashga chaqirmoqda.
📊
Qurbonlar va talofatlar
BMT ma'lumotlariga ko'ra, 9-10-iyun kechasi
Xost, Kunar va Paktika
viloyatlariga berilgan havo zarbalari oqibatida
13 nafar tinch aholi halok bo'lgan
, 14 kishi jarohatlangan. Qurbonlar va yaradorlarning aksariyati
ayollar va bolalardir
. Hujumlar davomida tinch aholining turar joy binolari va uylari nishonga olingan.
🇺🇳
BMT va UNAMA pozitsiyasi
Farxan Haq har ikki tomonni xalqaro huquq va inson huquqlari majburiyatlariga rioya qilishga hamda tinch aholi va fuqarolik infratuzilmalarini nishonga olishdan tiyilishga chaqirdi.
UNAMA chegaralarni, ayniqsa, insonparvarlik yordamlari uchun qayta ochish, tinch aholini himoya qilish va kelishmovchiliklarni faqat muloqot orqali hal etish zarurligini ta'kidladi.
🇦🇫
Afg'oniston Tashqi ishlar vazirligi va munosabat
Afg'oniston matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid ham 13 kishi vafot etganini va 14 kishi yaralanganini tasdiqladi.
Afg'oniston Tashqi ishlar vazirligi Pokistonning Kobuldagi muvaqqat ishlar vakilini chaqirtirib, mamlakat havo hududi buzilgani va tinch aholi uylari bombardimon qilinganiga qarshi qat'iy norozilik bildirdi.
Vazirlik ushbu hujumlarni "tajovuzkorlik va insoniyatga qarshi jinoyat" deb atadi va o'z hududini himoya qilish muqaddas burch ekanini eslatdi:
"Pokiston tomoni proksi siyosat yuritish o'rniga o'zining ichki muammolariga tub yechimlar izlashi kerak. Bir mamlakatda ayollar va bolalarni o'ldirish qanday qilib boshqa davlat xavfsizligini ta'minlash vositasi bo'lishi mumkin?"
Afg'oniston tomoni ushbu provokatsion harakatlar va takroriy jinoyatlardan kelib chiqadigan barcha oqibatlar uchun javobgarlik to'liq Pokiston harbiylari zimmasiga tushishini alohida ta'kidladi.
👉
@suhrob_buranov
👈

June 11, 15:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇹🇷
🏳️
🇵🇰
Istanbulda Afg'oniston va Pokiston o'rtasida norasmiy muzokaralar bo'lib o'tdi
Afg'oniston va Pokiston vakillari o'zaro ziddiyatlar fonida muloqotni yaxshilash maqsadida Istanbulda "Track 1.5" (hukumat va nohukumat vakillari ishtirokidagi norasmiy diplomatiya) doirasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichida
uchrashdilar
.
📅
Vaqt va tashkilotchilar
8–9-iyun kunlari bo'lib o'tgan uchrashuv Turkiyaning Insonparvarlik yordami fondi (IHH) tomonidan tashkil etildi. Jarayonni o'tkazishda
Turkiya va Qatar
ham vositachi sifatida ishtirok etdi.
🤝
Muzokaralar maqsadi
Tashkilotchilarga ko'ra, muloqotdan asosiy maqsad — ikki davlat o'rtasida o'zaro tushunishni rag'batlantirish, ishonchni mustahkamlash hamda mintaqaviy barqarorlik va farovonlikni qo'llab-quvvatlashdir.
⚠️
Keskinlik fonidagi muloqot
E'tiborli jihati shundaki, ushbu uchrashuv ikki mamlakat o'rtasidagi murakkab siyosiy va xavfsizlik muammolari, xususan, yaqindagina Pokistonning Afg'oniston hududiga uyushtirgan va 13 nafar tinch aholi (jumladan, bolalar) o'limiga sabab bo'lgan aviahujumlaridan so'ng darhol o'tkazilmoqda.
🕊
Kutilmalar
Qiyinchiliklarga qaramay, tashkilotchilar bunday norasmiy platformalar kelishmovchiliklarni muloqot orqali hal qilish va qo'shnilar o'rtasida konstruktiv hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun o'ta muhim ekanligini ta'kidlashmoqda.
👉
@suhrob_buranov
👈

June 09, 16:44

Глобал тинчлик индекси 2026
Иқтисод ва тинчлик институти ҳисоботи
👉
@suhrob_buranov
👈

June 08, 09:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Rossiya “Tolibon” armiyasini tiklamoqda: nega aynan hozir?
Rossiya “Tolibon” armiyasining harbiy texnikalarini tiklashga kirishmoqda. Moskva va Kobul o‘rtasida imzolangan yangi harbiy-texnik bitim oddiy ta’mirlash ishlari bilan cheklanib qolmasligi mumkin. Ayrim ekspertlar buni Kremlning Afg‘onistonga qaytishi va mintaqadagi ta’sirini mustahkamlashga qaratilgan strategiyasining bir qismi sifatida baholamoqda.
To'liq maqola
:
https://daryo.uz/2026/06/08/rossiya-tolibon-armiyasini-tiklamoqda-nega-aynan-hozir
👉
SardorAli