Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Tafakkur chizgilari

tafakkur_chizgilari
Tarix, siyosat, ilm-fan falsafasi Post koʻchirilganda manba koʻrsatilsin. Murojaat uchun: @Islommerosi_bot https://t.me/innermost_thought Qo'llab-quvvatlash uchun: 5440810007957722 Hamkor: https://t.me/ufq_horizon
Подписчики
1 629
24 часа
-3
30 дней
29
Просмотры
872
ER
53,53%
Посты (30д)
11
Символов в посте
1 761
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Религия и духовность
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Исследования и академия
Краткое описание
July 28, 07:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yuqoridagi suratda Gyotening o'z qo'li bilan yozgan xati: arab xattotligida "Ali Valiyullohdir" ("Ali Allohning valisidir") iborasi, Gyote tomonidan "G'arb-Sharq devoni" bilan bog'liq holda chizilgan. Bu ibora shia diniy amaliyotida hamda Gyote Hofiz orqali tanishgan fors tasavvuf an'anasida markaziy o'rin tutadi.
@Tafakkur_chizgilari

July 28, 07:24

Muhammad (s.a.v.) haqida gap ketganda, Gyote Payg'ambarimizni o'z davri va makonining odatiy talqinidagidek — firibgar yoki mutaassib sifatida emas, balki haqiqiy diniy daho sifatida tasavvur qilgan. U Volterning Payg'ambarni sinik manipulyator sifatida tasvirlagan "Mahomet" pyesasini qat'iyan rad etdi. Gyote dastlab Volterning ushbu asarini tarjima qilgan bo'lsa-da, keyinchalik uning dushmanlik ruhidagi talqinidan uzoqlashdi.
Devonning "Izohlar va risolalar" qismida, maxsus Muhammad (s.a.v.)ga bag'ishlangan parchada Gyote shunday yozadi: u
“o'zini shoir emas, balki payg'ambar ekanligini qat'iyat bilan ta'kidlab va isbotlab kelgan, shuning uchun uning Qur'oni insonlarni o'qitish yoxud xushnud etish uchun yaratilgan insoniy kitob emas, balki ilohiy qonun sifatida qaralishi lozim edi”.
Gyote aytmoqchiki, Qur'on adabiyotga qarshi adabiyot sifatida baholanmasligi, balki o'zi da'vo qilgan shartlar asosida qabul qilinishi lozim.
Gyotеni o‘qib shuni tushunish mumkin: Yevropa islomga qadimgi yunon merosiga qanday yondashgan bo'lsa, xuddi shunday — yengib o'tilishi kerak bo'lgan narsa sifatida emas, balki o'rganilishi kerak bo'lgan an'ana sifatida yondasha olardi. Gyote ko'rsatib turibdiki, G'arbning islom bilan eng jiddiy uchrashuvi — matnlar, an'analar va ilohiyot mohiyati darajasidagi uchrashuv — e'tirofga yoʻl ochadi.
Gyote bir yodgorlik emas, balki — o'lchov. Islom bilan halol uchrashuv G'arbga xiyonat emas — bu G'arb o'zining eng uzgu paytlarida qilgan ishdir. Napoleon inson sifatida tan olgan odam, nemis adabiy o'ziga xosligining markazida turgan yozuvchi — mana shu ishni qildi, va bu ish uni o'zgartirdi. U Muhammad (s.a.v.) siymosida o'z birodarlarini dengizga to'playotgan daryoni ko'rdi. U yozgan dengiz — musulmonlar Alloh deb ataydigan xuddi shu dengizdir.
Tarjima
@Tafakkur_chizgilari

July 28, 07:24

Iogan Volfgang fon Gyote va Muhammad Payg‘ambar

1772-yilda yigirma uch yoshli germaniyalik huquqshunos talaba Islom payg‘ambari haqida bir poema yozadi:
"Musulmon kitobxonlar uchun kichik izoh: ushbu inshoda, g‘ayrimusulmon kitobxonlar uchun mo‘ljallangan akademik yozuv qoidalariga amal qilgan holda, Muhammad ﷺ ismini har gal eslaganda odatiy ehtirom iboralarini takrorlamay yozaman. Hurmat va ehtirom o‘z-o‘zidan tushunarli deb bilinadi; u qalbingizning qayerida bo‘lsa, o‘sha yerda uni o‘zingiz to‘ldirib ketishingizni so‘rayman".
Gyote imperiyaga qarashli Frankfurtda lyuteran oilasida kamol topgan, yigirma besh yoshga to‘lmay turib uni butun Yevropaga mashhur qilgan “Yosh Verter iztiroblari” romanini yaratish arafasida turgan yosh yigit edi. Keyinchalik u nemis adabiyotining yuksak cho‘qqisi va timsoliga aylangan “Faust” asarini yozdi. Veymar hukumatida o‘ttiz yil xizmat qildi. Qiyosiy anatomiya va ranglar nazariyasi poydevoriga hissa qo‘shgan ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Hegel, Shopengauer, Nitsshe, Emerson, Karlayl va XIX asr Yevropa tafakkurining butun yo‘nalishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. 1808-yilda Yevropa fotihi Napoleon u bilan uchrashganida, mulozimlariga o‘girilib:
“Mana bu haqiqiy erkak!”
(“Voilà un homme!”) degani manbalarda keltiriladi.
1819 yilda Gyote "West-östlicher Divan" ("G'arb-Sharq девони")ni nashr etdi — bu XIV asr fors tasavvuf shoiri Hofiz bilan dialog tarzida yozilgan she'rlar to'plami bo'lib, Gyote bu shoir bilan Jozef fon Hammer-Purgshtalning 1812 yildagi nemischa tarjimasi orqali tanishgan edi. Gyote asarni boshlaganida oltmish yoshlar arafasida edi. U soʻnggi qirq yil davomida butun Yevropada eng mashhur yozuvchi hisoblangan. Va u o'z ijodining cho'qqisiga erishgan vaqtda, islom she'riyat an'anasi bilan jiddiy adabiy muloqotga kirishdi. U forscha "Hotam" taxallusini oldi. O'zining hamkori Marianne fon Vilmer asosida yaratilgan "Zulayho" obraziga muhabbat she'rlari bag'ishladi. Fors uslubidan ta'sirlangan she'riy shakllarda asarlar bitdi. Qur'on parchalarini o'z qo'li bilan ko'chirib yozdi. Devonda quyidagi satrlar bor:
*Närrisch, daß jeder in seinem Falle*
*Seine besondere Meinung preist!*
*Wenn Islam Gott ergeben heißt,*
*Im Islam leben und sterben wir alle.*
“Ahmoqona-ki, har kim o'z holida o'zining yakka fikrini ma'qtaydi. Agar islom Allohga taslim bo'lish degani bo'lsa, biz barchamiz islomda yashaymiz va o'lamiz.”
Devonning "Yaxshiroq tushunish uchun izohlar va risolalar" (Noten und Abhandlungen) qismida u shunday deydi:
“Qur'onning uslubi, uning mazmuni va maqsadiga mos ravishda, qat'iy, ulug'vor, dahshatli — vaqti-vaqti bilan haqiqatan ham yuksak. Shu sababli bu kitob barcha davrlarda eng kuchli ta'sirini ko'rsatishda davom etadi.”
Shuningdek, u shunday yozadi: hech kim kitobning buyuk ta'sirchanligidan hayratlanmasin — biz uni fors, arab va hind donishmandligining eng yuksak mahsuli sifatida hurmat qilishga tayyormiz (bu yerda uning umumiy pozitsiyasi bayon qilinmoqda: u Qur'onni insoniyatning eng buyuk ma'naviy adabiyoti qatoriga qo'ygan, uni rad etishdan bosh tortgan). Bir necha sahifadan so'ng Gyote yozadiki, bu kitob “har safar yaqinlashganda yana itaradi, keyin o'ziga tortadi, so'ngra hayratga soladi va oxir-oqibat hurmat koʻrsatishga majbur qiladi”.
@Tafakkur_chizgilari

July 26, 08:01

Insonga quyidagicha ta’rif berilgan: aqlli hayvon, tabiatan siyosiy hayvon, oliy hayvon va osmondan yerga tushgan samoviy ruh.
Birinchisi uni aqliy afzalliklari nuqtayi nazaridan, ikkinchisi ijtimoiy munosabatlari jihatidan qamrab oladi; uchinchisi evolyutsion ta’limotga ko‘ra uning tirik mavjudotlar turlari orasidagi o‘rnini ko‘rib chiqsa, so‘nggisi Odam Atoning gunohi haqidagi qissaga nazar soladi...
Insonni Qur’oni Karim va Payg‘ambarimiz alayhissalom hadislarida sifatlanganlari ila ta’riflashga kelsak, bularning barchasi quyidagi keng qamrovli ta’rifda jamlangan:
«Inson — axloqan mas’uliyatli zotdir».
Musulmon e’tiqod qiladigan narsalar qatorida insonning yuksalishi va tubanlashishi ham erkinlik, ham hisobdorlikka asoslangan axloqiy mas’uliyatga bog‘liqligi ham bor. U axloqiy mas’uliyat omonati bilan xilqatning eng yuksak cho‘qqisiga ko‘tarila oladi va shu mas’uliyat sabab eng tuban darajaga ham tushishi mumkin.
Bu — uni farishtalardan-da yuksakroq martabaga ko‘targan va shaytonlar davrasiga loyiq maqomga tushirgan muqaddas omonatdir.
(C) Abbos Mahmud al-Aqqod
@Tafakkur_chizgilari

July 19, 16:06

Ziyolilik (intellektuallik) — bu huzur ichida yashash yoxud biror bir mashgʻulot bilan band boʻlish degani emas. U ekzistensial yo‘nalganlikdir. U nainki haqiqatni bilishga intilishni, ayni paytda haqiqat ichida yashashni ham taqozo qiladi. Agar Haqiqat butun borlig‘ingizni, hatto eng ichki darajangizni ham egallamasa, bu shunchaki o‘zingizga tasalli berish yoki lazzatlanish masalasidan boshqa narsa boʻlmaydi.
Intellektual (ziyoli) kishi yuksakdan turib fikrlash va maqsadsiz harakat qilish o‘rtasida qolib ketmasligi kerak. Intellektual harakatdagi fikrlash va fikrdagi harakatni o‘z ichiga oladi. Men buni transsensiya praksisi deb atayman.
Intellektualning vazifasi Imperiyadagi yoriqlarni, ya’ni uning qurbonlari qayerda ekanligini fosh etishdir. O‘sha yoriqlarni toʻldirish, o‘sha qurbonlarni nomlash va o‘sha o‘lim zonalarini yangi subyektivlik va tasavvur uchun tramplinlarga aylantirish. Qanday? Bu oʻzgacha fikrlash va harakat qilish bilan boʻladi, ya’ni Imperiya buyurganidek emas, balki buning teskarisi orqali. Bu mavjud boʻlishning tamoman oʻzgacha shakli deganidir.
(C) Ali Harfush
@Tafakkur_chizgilari

July 17, 15:51

Dunyodagi eng mashhur islomshunos olimlardan biri, professor
Jon Esposito
86 yoshida vafot etibdi. Nafaqat Amerikaga, balki butun dunyoga islomning yovuzlik emas, balki tinchlik dini ekanini anglatgan, bu sohada oʻnlab kitoblar qalamga olgan, Islom yoʻlida uzoq yillar xizmat qilgan, shogirdlar yetishtirgan, haqiqiy falastinparvar edi u.
@Tafakkur_chizgilari

July 10, 11:37

Bugungi musulmonlar siyosiy birlik masalalari ustida oʻralashib qolishgan. Men siyosiy birlikka yuqoridan turib yondashish o‘rniga, avvalo kichikroq va amaliyroq bir qadamni taklif qilaman: ko‘proq til o‘rganing. Boshqa musulmonlarning madaniyati va tiliga singib keting. Ularning nutqidagi o‘ziga xosliklarni o‘zlashtiring. Ularning liboslarini ham zohiran, ham botinan kiying. O‘z tilingiz va o‘zligingizni anglash tuyg‘ungiz rivojlanishiga yo‘l oching. Bu hamisha tariximizning bir qismi bo‘lib kelgan tabiiy jarayondir. O‘zingizni jahon musulmon ummatining bir a’zosi deb bilish va shu orqali millat, til yoxud tabaqaga asoslangan g‘arbona kimliklardan voz kechish — siz qila oladigan eng keskin dekolonial harakatdir.
(C) Firas al-Xatib
@Tafakkur_chizgilari

July 09, 08:57

Bugungi musulmon yoshlari oldida turgan vazifa musulmon va turkiy oʻlkalar bilan har qanday usulda va imkon qadar yaqinlashishdir. Bu oʻzaro yaqinlashuv – til, tarix, din, madaniyat, tafakkur aro boʻlsin – kelgusida baayni tarixning ilk davrlaridek oʻzaro ilmiy hamkorlik, lisoniy birlik, madaniy oʻxshashlik hamda fikriy yaqinlikning qaror topishiga sababchi boʻladi.
Oʻrta asrlarda hukmron boʻlgan ikki til – arab va fors tillarining Bolqon mintaqasidan to Bengal vohasiga qadar yoyilgani va bu hudud ichkarisida yashaydigan aholining bir-biri bilan qiyinchiliksiz munosabat va muomala qura olgani, ilm ahllari hamkorlik qila olgani, savdo-sotiqlarning yirik lisoniy toʻsiqlarsiz kechgani musulmon dunyosida mavjud yakka hukmron til, lugʻat va alifboning naqadar muhim ekanini koʻrsatadi.
Shu maʼnoda alifbodagi ayrim harflar oʻzgarishi qaysidir maʼnoda bizni Türkiye bilan yaqinlashtirishi nuqtayi nazaridan ijobiy holat oʻlaroq koʻrilishi kerak. Ammo bu faqat boshlangʻich boʻlmogʻi kerakki, bizning quradigan ittifoqlarimiz, yaqinlashuvlarimiz faqatgina turkiy dunyo bilan cheklanib qolishi durust emas, aksincha butun musulmon dunyosini oʻz ichiga oladigan yirik madaniy, siyosiy va iqtisodiy blok vujudga keltirishdir asl maqsad.
Buning uchun fikrlashlarimiz milliy davlatchilik sathi va mezonlarida qolib ketmasdan, "nation-state" tizimi sarhadlaridan tashqariga chiquvchi, milliy-irqiy ayirmachilikka yoʻl qoʻymaydigan tarzda qayta koʻrib chiqilishi kerak.
@Tafakkur_chizgilari

July 09, 08:23

Cho‘pon bo‘ling
G‘arb tafakkurida "taklif" tushunchasi, ya’ni shaxsiy mas’uliyat tushunchasi mavjud emas. Islomiy tafakkurda esa mas’uliyatning huquqiy-axloqiy o‘rni inson ega bo‘lgan har qanday erkinlikdan ancha ustun turadi. Shaxs o‘z vakolatiga yarasha mas’uliyatga ega bo‘ladi. Eng kamida, hech kimning ustidan vakolati bo‘lmagan shaxs o‘zi uchun hamda o‘zining axloqiy va diniy hayotini boshqarish uchun javobgardir.
Siyosiy lavozimdagi shaxs yuqori darajadagi vakolatga ega bo‘lgani uchun uning mas’uliyati ham yuqoriroq bo‘ladi. Bunday kishilar nafaqat o‘zlarini axloqsiz yoki noqonuniy xatti-harakatlardan saqlashi, balki o‘zlari boshqarayotgan jamiyatda axloq va ezgulikning tarqalishini ham ta’minlashi lozim. Diniy olim zimmasiga esa vahiy ilmini ishonchli talqin qilish va yetkazish orqali intellektual an’ana oldida mas’uliyat yuklanadi.
Ayni paytda, zamonaviy G‘arb tafakkuri bu darajalarning har biriga erkinlik nuqtayi nazaridan yondashadi. Shaxs o‘zi xohlagan ishni qilish uchun qanday erkinlikka ega? Hukmdor o‘zi lozim topganidek hukmronlik qilish uchun qanday erkinlikka ega? Din o‘zboshimcha va doimo o‘zgarib turuvchi axloq tushunchalari oldida qanday erkinlikka ega?
Cheklanmagan erkinlikning halokatli ekani ayon ekani uchun ham G‘arb tizimi barcha darajalarda erkinlik ustidan huquqiy cheklovlar yaratish bilan ovoradir. Fuqarolar boshqalarga zarar yetkazishdan saqlovchi qonunlar bilan nazorat qilinadi. Hukmdorlar o‘z hokimiyatini suiste’mol qilib, boylik orttirishiga to‘sqinlik qiladigan qonunlar bilan cheklanadi. Dinlar esa jamiyat oldidagi qiyofasi davlat ko‘rsatmalariga rioya etishini ta’minlaydigan qonunlar bilan nazorat qilinadi.
Aytishga hojat yo‘q, bunday qonunlar ko‘pincha umuman ishlamaydi. Odamlar baribir bir-biriga zulm qiladi, hukmdorlar o‘z saylovchilari hisobidan boyish uchun korrupsiyaga beriladi, dinlar esa hamisha ham davlat chizig‘idan yurmaydi. Yechim nima? Albatta, yana ko‘proq qonunlar. G‘arb tizimi o‘z mohiyatiga ko‘ra ish bermasligi isbotlangan tizimda o‘rnashib qolishda davom etmoqda.
Bu go‘yoki shaharsoz doimiy tirband bo‘lgan sakkiz qatorli avtomagistralni ko‘rib, temiryo‘l infratuzilmasi kabi muqobil yechim izlash o‘rniga, har bir yo‘nalishga yana bittadan qator qo‘shishga qaror qilganiga o‘xshaydi. “Yana bitta qator tirbandlikni bartaraf etadi” degan gap “Yana bitta qonun erkinlik va adolatni ta’minlaydi” degan gapning transport sohasidagi muqobilidir.
Bu tizimning o‘zi yaroqsiz, zero, u insonga yoki tabiatning o‘ziga xos bo‘lgan biror narsaga asoslanmagan. Atrof-muhit haqida gapiramizmi yoki butun koinot haqidami, tabiat tartib asosida ishlaydi. Har bir narsaning o‘z o‘rni bor va u shu o‘rnini bajaradi. Inson ana shu tabiiy tartibning bir qismidir.
Insonning ham o‘z o‘rni bor. Insonning mas’uliyatlari bor. Uning vazifasi – davlat qonuni to‘sqinlik qilmaguncha erkin va jazosiz harakat qilish emas, balki ana shu tartib doirasida o‘z mas’uliyatini ado etishdir. Bu mas’uliyat oddiy fuqaro, davlat rahbari va diniy olim uchun turlicha bo‘ladi. Ammo har bir darajada shaxsning atrofdagi jamiyat bilan munosabatiga asos bo‘ladigan mas’uliyat tushunchasi yotadi.
“Har biringiz cho‘ponsiz va har biringiz o‘z raiyatingiz uchun mas’ulsiz. Hukmdor xalqqa cho‘pondir va u o‘z raiyati uchun mas’uldir. Erkak o‘z ahli ayoliga cho‘pondir va u ular uchun mas’uldir. Ayol erining xonadoniga va farzandlariga cho‘pondir va u ular uchun mas’uldir. Qul xo‘jayinining mol-mulkiga cho‘pondir va u buning uchun mas’uldir. Ogoh bo‘ling, har biringiz cho‘ponsiz va har biringiz o‘z raiyatingiz uchun mas’ulsiz”.
Ushbu nabaviy hadisdan jamoa va davlatning yaxlit bir ijtimoiy-siyosiy nazariyasini qurish mumkin. U insonning ijtimoiy-siyosiy tartibdagi o‘rnini va bu o‘rin bilan birga keladigan mas’uliyatlarni anglashga asoslanadi. Albatta, erkinlik unsurlari ham mavjud. Ammo shaxs erkinligi bu jamiyatning poydevori emas. Mas’uliyat – poydevordir.
(C) Firas al-Xatib
@Tafakkur_chizgilari

July 09, 08:23

Barchamiz g‘arblikmiz – jugʻrofiyamizdan qat'i nazar
Sizning tafakkuringiz G‘arbcha. Jugʻrofiy G‘arbda – Shimoliy Amerika, Yevropa yoxud Avstraliya kabi joylardami yoxud tarixan musulmon dunyosida yashaysizmi, farqi yo‘q – siz g‘arbliksiz. Aslida, musulmon dunyosida yashovchilar fikrlashda ko‘pincha g‘arbliklarning o‘zidan-da ko‘proq G‘arblikdirlar.
Bu – sezilishi qiyin, yashirin tafakkur tarzi. Intellektual qolip. O‘zingizga va atrofingizdagi dunyoga nazar soladigan linza. Uni anglash qiyin, biroq jamiki narsalarni shakllantiradigan shudir. Agar sun’iy yo‘ldosh televideniyesi yoki internetsiz mo‘g‘ul o‘tovida ulg‘aymagan bo‘lsangiz, demak, siz dunyoga G‘arb qolipi orqali yondashasiz.
Men shogirdlarimga, agar ular chindan ham “islomiy” (bu qay ma’noni anglatishidan qat’i nazar) fikrlashni istasalar, avvalo o‘zlarining G‘arbcha qoliplaridan voz kechishlari lozimligini doim uqtiraman. Rumiyning qoʻpol tarjimalarini o‘qiydigan “Nyu Eydj” ma’naviyatchisiga o‘xshab qolish xavfini bo‘ynimga olib aytamanki: “To‘la piyolani qayta to‘ldirib bo‘lmaydi”.
Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Bizni bo‘g‘ib turgan bu qolipni qanday buzishimiz mumkin?
G‘arb qolipini fosh etadigan va uni boshqa qarashlar bilan qiyoslash imkonini beradigan uchta sohani ajratib ko‘rsatish mumkin:
Ijtimoiy-siyosiy individualizm
Hokimiyatning diniy demokratlashuvi
Tarix haqidagi progressiv qarashlar
Men ushbu sohalarning har birida biz asosan zamonaviy, G‘arbcha nuqtayi nazardan fikrlashga moyilmiz, deb hisoblayman. Bu qarashga bo‘lgan har qanday muqobil yondashuv tub burilish bo‘ladi.
Mas’uliyatsiz erkinlik
Zamonaviy tuzum, o‘zining barcha ko‘rinishlarida, individualizmni insonning tabiiy holati deb bilishga asoslanadi. Buni Amerika kabi mamlakat misolida ko‘rish oson: bu yerda mamlakatning paydo bo‘lishidan asosiy maqsad – haddan tashqari hukmron davlat hisobiga shaxsiy erkinlikni kengaytirish istagi bo‘lgan. Xohlagan narsangizni qilish uchun shaxsiy erkinlik (boshqalarga zarar yetkazmasangiz bas) tabiiy hol oʻlaroq qabul qilinadi.
Shaxsning o‘zini o‘rab turgan jamiyat va boshqaruv bilan munosabati aynan mana shu shaxsiy erkinlik tushunchasiga tayanadi. Umuman olganda, biz atrofimizdagilardan ko‘p narsa kutmaymiz va o‘z navbatida, ularga kamroq narsa berishni o‘ylaymiz. Ongimizda mas’uliyat va majburiyatlar emas, balki shaxsiy erkinligimiz ilk o‘rinda turadi.
Bu yangilik emas.
1800-yillarning boshlarida Aleksis de Tokvil Amerikaga sayohat qilganida Amerika individualizmi haqida shunday yozgan edi: “Bunday odamlar hech kimga hech narsa uchun qarzdor emas va, aytish mumkinki, hech kimdan hech narsa kutmaydi. Ular o‘zlarini yolg‘iz deb bilishga o‘rganib qolgan va taqdirlari to‘liq o‘z qo‘llarida ekanini jon deb tasavvur qiladilar”.
Hatto Yevropaning ko‘proq jamoaviylikka asoslangan, soxta sotsialistik modeli ham individualizmga bog‘lanib qolgan. U yerda davlat kattaroq, qudratliroq va odamlar hayotiga ko‘proq aralashadi. U erkinlikni amerikaliklar hech qachon chiday olmaydigan darajada cheklaydi. Lekin bu tizim ham baribir shaxs jamiyatning asosiy birligi ekani va uning qulayligi hamda xavfsizligi eng muhim ahamiyatga ega degan g‘oyaga asoslanadi. Davlat individlar o‘rtasidagi oliy hakam vazifasini o‘taydi. Qachonki ayrim shaxslar boshqalarni iqtisodiy jihatdan ekspluatatsiya qilsa, davlat muammoni hal qilish va ekspluatatsiya qilinayotganlarni himoya qilish uchun harakatga tushadi.
@Tafakkur_chizgilari