Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Tez_yordam_Samarqand_103

tez_yordam_samarqand_103
Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali va uning hududiy stansiyalari rasmiy matbuot kanali!!!
Подписчики
13 345
24 часа
-5
30 дней
-252
Просмотры
2 098
ER
15,72%
Посты (30д)
26
Символов в посте
1 406
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Медицина
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
October 26, 13:44
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📝
📝
📝
📝
📝
📝
📝
Özbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida”
gi Farmoniga köra tez tibbiy yordam tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi:
“Jasorat” medali
Buribayeva Arailim
Kidirovna
- Respublika tez tibbiy yordam markazining Peşku tumani bölimi hamşirasi, Buxoro viloyati
“Sodiq xizmatlari uçun” medali
Botirov Meyli Turayeviç
- Respublika tez tibbiy yordam markazining Koson tumani bölimi haydovçisi, Qaşqadaryo viloyati
“Soğlom turmuş” medali bilan
Ibragimov Dilşodjon Soatillayeviç
- Respublika tez tibbiy yordam markazining Davlatobod tumani bölimi feldşeri, Namangan viloyati
“Şuhrat” medali bilan
Abdunazarov Erkin Ğulomoviç
- Respublika tez tibbiy yordam markazining Buvayda tumani bölimi haydovçisi, Farğona viloyati
Omonov Faxriddin Saparoviç
- Respublika tez tibbiy yordam markazining Oqqörğon tumani bölimi feldşeri, Toşkent viloyati
Umirzokov Nizomiddin Apayeviç
- Respublika tez tibbiy yordam markazining Paxtaçi tumani bölimi haydovçisi, Samarqand viloyati
#tez_tibbiy_yordam
#mukofot
#taqdirlash
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
YouTube

October 26, 11:34
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining 2026-yil 12-oktabrdagi 901-U-son buyrug‘iga asosan, bir guruh tibbiyot xodimlari Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur provinsiyasi Urumchi shahriga xizmat safariga yuborildi.
Xizmat safari davomida mutaxassislar Urumchi shahar markaziy shifoxonasida malaka oshirish, tibbiyot sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Mazkur tashrif xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish va zamonaviy tibbiyot yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
🏥
Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali axborot xizmati.
📷
Instagram I
🐤
Facebook I
🎬
You tube I
🚀
Telegram

October 26, 07:16
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🚑
Haydovchilar kuni munosabati bilan ehtirom va e’tibor!
Haydovchilar kuni munosabati bilan bir guruh tez tibbiy yordam haydovchilariga bayram sovg‘alari ulashildi.
Tez tibbiy yordam haydovchisi bo‘lish — yuksak mas’uliyat, hushyorlik va fidoyilikni talab etadigan sharafli kasb. Chunki har bir chaqiruv ortida inson hayoti, har bir daqiqa ortida esa umid mujassam.
Ular kecha-yu kunduz, turli ob-havo sharoitlarida ham bemorlarni o‘z vaqtida shifoxonaga yetkazish, shifokorlarning manzilga tezkor yetib borishi va insonlar hayotini asrab qolish yo‘lida xizmat qiladilar.
🎉
Bayram munosabati bilan barcha haydovchilarni samimiy muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, yo‘llarida bexatarlik va mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🏥
Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali axborot xizmati
.
📷
Instagram
I
🐤
Facebook
I
🎬
You tube
I
🚀
Telegram

October 26, 07:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
Samarqand shahrida yashovchi aholi va mehmonlar diqqatiga!
💧
Samarqand shahrida ichimlik suvi taʼminoti uzluksizligini taʼminlash, suv taʼminoti tizimlari va tarmoqlarining barqaror ishlashini yoʻlga qoʻyish hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida, Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokidagi “Samarqand shahrida suv taʼminoti tizimlari va yoʻl tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida “Choʻpon-ota” va “Mulyon” suv inshootlarida rekonstruksiya qilingan uskuna hamda tizimlarni ishga tushirish ishlari amalga oshiriladi.
🗓
2026-yil 27-oktabr kuni
⏰
soat 01:00 dan
🗓
2026-yil 28-oktabr kuni
⏰
soat 08:00 gacha
quyidagi hududlarda ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi:
📍
Trikotaj fabrikasi atrofi:
Qoʻshtamgʻali, Joʻyisoy, Konigil, Qoziariq, Davlatshoh Samarqandiy, Ogahiy, Sharq tongi, Sarbadorlar, Shahribod, Qoʻshbaqqoli, Sarbon, Ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Fidoyilar.
📍
Registon hududi:
Bogʻi Feruza, Yominiy, Zominiy, Urgutiy, Registon, Sharq, Dari Zanjir, Imomi Vosey, Xoʻja Zudmurod, Dahbediy, Xalqobod, Eski Qalandarxona, Kulollar, Qoʻshhovuz, Koʻk Masjid, Ibrohim xoʻja, Soʻzangaron, Ustozlar.
📍
Sadriddin Ayniy koʻchasi atrofi:
Charmgari, Xoʻja Abdudorun, Rajabamin, Bogʻi Safed, Sadriddin Ayniy, Muliyon, Muliyon Poyon, Gʻafur Gʻulom, Qoʻshchinor, Chashma, Abdulla Qahhor, Xoʻja Ahror Valiy, Namozgoh.
📍
Ulugʻbek rasadxonasi hududi:
Gala Osiyo, Bogʻibaland, Bogʻimaydon, Xoʻja Diniyor, Qir, Zarafshon, Geologiya, Chilstun, Yuksalish, Joyichuqur, Rasadxona, Qoʻrgʻoncha.
📍
Gulobod koʻchasi atrofi:
Birdamlik, Qovola, Bogʻi Mirzo, Furqat, Bunyodkor, Maroqand, Devori Koʻndalang, Dukchiyon, Masjidi Qoʻngʻiroqdor, Ahmad Yassaviy, Lolazor, Mirzo Ulugʻbek, Navbogʻchiyon, Koʻl, Boʻston, Bekxo, Tadbirkorlar, Hamid Olimjon.
📍
Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi atrofi:
Ilgʻor, Beshchinor, Bahor, Tojmahal, Zulfiya, Istiqlol, Tokzor, Semurgʻ, Ilmobod, Damariq, Al-Xorazmiy, Terakzor, Qarshi yoʻli, Beklar, Nayman.
📍
Sartepo massivi:
Sattepo, Yangi Qoʻrgʻon, Guliston, Zargartepa, Botir Zokirov, Hofiz Sheroziy, Saʼdiy Sheroziy, Xoʻjasoat, Quyi Xoʻjasoat.
📍
Sugʻdiyona hududi:
Sugʻdiyona, Maʼshal, Al-Buxoriy, Nodirabegim, Uvaysiy.
📍
Amir Temur koʻchasi atrofi:
Amir Temur, Oʻrikzor, A. Avloniy, Shodlik, Marhabo, Mirzo Bedil, Saxovat.
📍
Shahar markazi hududi:
Lohutiy, Anhor, Birlik, Mustaqillik, Alisher Navoiy, Navbahor, Gulbahor, Sevali ota, Oʻzbekiston, Oq Saroy, Motrid, Koʻk Saroy, Yangi Xayrabod, Gʻiyosiddin Jamshid, Mir Said Baraka hamda ushbu mahalla va koʻchalarga tutash hududlarda ichimlik suvi taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
“Samarqand suv taʼminoti” AJ Samarqand shahar filiali yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr soʻraydi hamda aholi, tashkilot va muassasalardan ichimlik suvini oldindan zaxiralab qoʻyishlarini soʻraydi.
Shuningdek, suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan hududlarga maxsus texnikalar orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.
📞
Murojaat uchun:
55-707-18-21
Bizni kuzatib boring!
🔝
Telegram |
🔝
Instagram |
🔝
YouTube |
🔝
Web-sayt |
🔝
Facebook

October 25, 19:27
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

🔴
🟦
🟦
🟦
🟦
🇷🇺
🇺🇿
Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari Samarqand viloyati Raqamli sog‘liqni saqlash markaziga tashrif buyurdi
⏩
Samarqand viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish hamda tez tibbiy yordam sifatini yangi bosqichga olib chiqish masalalari xalqaro miqyosda e’tirof etilmoqda.
Kuni kecha Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi Samarqand viloyati Raqamli sog‘liqni saqlash markaziga tashrif buyurdi. Mehmonlar markaz faoliyati, sohani raqamlashtirish jarayonlari hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tubdan yaxshilayotgan zamonaviy axborot tizimlari imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida, ayniqsa, tez tibbiy yordam tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muhtaram Prezidentimizning PQ-20-sonli qarori ijrosi doirasida sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish orqali xizmat ko‘rsatish tezkorligi va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari alohida e’tirof etildi.
Uchrashuvda avtomatlashtirilgan boshqaruv axborot tizimlarining funksional imkoniyatlari amalda namoyish etildi. Mazkur tizimlar yordamida:
Chaqiriqlarni qabul qilish va yo‘naltirish to‘liq avtomatlashtirilgani;
Bemorlar joylashgan manzilga eng yaqin brigadalarni tezkor safarbar etish imkoniyati yaratilgani;
Tibbiy xizmatlar sifati ustidan doimiy raqamli nazorat o‘rnatilgani ta’kidlab o‘tildi.
Muloqot chog‘ida inson hayotini saqlab qolishda eng muhim hisoblangan — o‘tkir koronar sindrom (
O'KS
) va bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (
insult
) bilan og‘rigan bemorlarga "oltin soat" oralig‘ida shoshilinch yordam ko‘rsatish tizimi muhokama qilindi. Raqamli texnologiyalar tufayli kardiologik va nevrologik favqulodda holatlarda bemor hududiy shifoxonaga yetib kelguniga qadar uning ko‘rsatkichlarini masofadan uzatish va shifokorlar jamoasini oldindan tayyorlash imkoniyatlari yuqori baholandi.
✅
Yakunda, raqamli texnologiyalar orqali tibbiyot tizimi samaradorligini yanada oshirish, xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga yetkazish hamda bu borada ikki tomonlama o‘zaro tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha kelishib olindi.
🏥
Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali axborot xizmati
.
📷
Instagram
I
🐤
Facebook
I
🎬
You tube
I
🚀
Telegram

October 21, 07:54
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

21-oktabr til bayrami muborak bo’lsin!
🏥
Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali axborot xizmati
.
📷
Instagram
I
🐤
Facebook
I
🎬
You tube
I
🚀
Telegram

October 21, 04:02
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🇺🇿
21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI!
🇺🇿
Til — millatning ruhi, ma’naviy boyligi va kelajagidir!
🇺🇿
O‘zbek tili — xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniyati, milliy qadriyatlari va bebaho ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan ulug‘ ne’matdir. Ona tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzini oshirish, ravnaqi va sofligini ta’minlash barchamizning sharafli burchimizdir.
🇺🇿
Tilga ehtirom — elga ehtirom. Ona tilimizni qadrlash, uni to‘g‘ri va ravon qo‘llash, kelajak avlodlarga boy meros sifatida yetkazish orqali milliy o‘zligimizni yanada mustahkamlaymiz.
🏥
Respublika tez tibbiy yordam markazi
barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
🔵
Ona tilimizga hurmat — xalqimizga hurmat. Har bir so‘zimizda mehr, har bir murojaatimizda e’tibor, har bir xizmatimizda inson hayoti va salomatligiga yuksak mas’uliyat mujassam bo‘lsin!
🎚
Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!
#tez_tibbiy_yordam
#til_bayrami
#21oktabr
#Uzbekistan
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
YouTube

October 20, 06:45
Файлы недоступны
4
1
Открыть в Telegram

🔴
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Pastdarg'omda tez tibbiy yordam sifatini oshirish va mehnat muhofazasiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
🏢
Ayni paytda Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyat filiali ma’muriy boshqaruv xodimlari tomonidan
Pastdarg'om tuman tez tibbiy yordam stansiyasida
xodimlar uchun amaliy-uslubiy o‘quv seminari o‘tkazilmoqda.
✅
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qarori
hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari ijrosini ta’minlash, xodimlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Tadbir davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirish va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda:
✅
Tibbiy yordam sifati va tezkorligi
Zamonaviy o‘quv dasturlari va uslubiy ko‘rsatmalar asosida shifokorlar, feldsherlar hamda boshqa tibbiyot xodimlariga o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta aniqlash, tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorlarni shifoxonaga yotqizish hamda asoratlarning oldini olish tartiblari tushuntirilmoqda.
✅
Raqamli tizimlardan samarali foydalanish
MedData-103 2.0
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimidagi yangilanishlar, uning imkoniyatlari va undan to‘g‘ri foydalanish tartibi bo‘yicha xodimlarning amaliy ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda.
✅
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik
Vazirlar Mahkamasining
819-son qarori
hamda vazirlikning tegishli buyruqlari talablari asosida tibbiyot xodimlari va haydovchilarning mehnat xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Ish joylaridagi zararli omillar ta’sirining oldini olish, elektr jihozlari, tibbiy uskunalar va avtotransport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlanmoqda.
✅
Mazkur o‘quv seminarlari aholiga ko‘rsatilayotgan tez tibbiy yordam sifatini yuksaltirish, xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Viloyatning boshqa tez tibbiy yordam stansiyalarida ham ushbu yo‘nalishdagi o‘quv seminarlari izchil davom ettirilmoqda.
🏥
Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali axborot xizmati
.
📷
Instagram
I
🐤
Facebook
I
🎬
You tube
I
🚀
Telegram

October 18, 06:06
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

❗️
Самарқанд шаҳрида халқаро миқёсдаги муҳим тадбирлар ўтказилиши муносабати билан, 18 октябрдан 22 октябрга қадар шаҳарга кириш йўллари ва айрим кўчаларда транспорт воситалари ҳаракати вақти-вақти билан чекланади
✅
@Zarnews_uz

October 17, 07:42
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

🔴
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
Payariqda tez tibbiy yordam sifatini oshirish va mehnat muhofazasiga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
🏢
Ayni paytda Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyat filiali ma’muriy boshqaruv xodimlari tomonidan
Payariq tuman tez tibbiy yordam stansiyasida
xodimlar uchun amaliy-uslubiy o‘quv seminari o‘tkazilmoqda.
✅
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-son qarori
hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari ijrosini ta’minlash, xodimlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Tadbir davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirish va amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda:
✅
Tibbiy yordam sifati va tezkorligi
Zamonaviy o‘quv dasturlari va uslubiy ko‘rsatmalar asosida shifokorlar, feldsherlar hamda boshqa tibbiyot xodimlariga o‘tkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarni erta aniqlash, tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorlarni shifoxonaga yotqizish hamda asoratlarning oldini olish tartiblari tushuntirilmoqda.
✅
Raqamli tizimlardan samarali foydalanish
MedData-103 2.0
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimidagi yangilanishlar, uning imkoniyatlari va undan to‘g‘ri foydalanish tartibi bo‘yicha xodimlarning amaliy ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda.
✅
Mehnat muhofazasi va xavfsizlik
Vazirlar Mahkamasining
819-son qarori
hamda vazirlikning tegishli buyruqlari talablari asosida tibbiyot xodimlari va haydovchilarning mehnat xavfsizligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Ish joylaridagi zararli omillar ta’sirining oldini olish, elektr jihozlari, tibbiy uskunalar va avtotransport vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlanmoqda.

✅
Mazkur o‘quv seminarlari aholiga ko‘rsatilayotgan tez tibbiy yordam sifatini yuksaltirish, xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Viloyatning boshqa tez tibbiy yordam stansiyalarida ham ushbu yo‘nalishdagi o‘quv seminarlari izchil davom ettirilmoqda.
🏥
Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali axborot xizmati
.
📷
Instagram
I
🐤
Facebook
I
🎬
You tube
I
🚀
Telegram