
Toşkent viloyati sport boşqarmasi
Davlatimiz rahbari Olimpiya shaharchasida Prezident Olimpiadasining tantanali ochilish marosimida
ishtirok etdi.
—
Глава нашего государства
принял участие
в торжественной церемонии открытия Президентской Олимпиады в Олимпийском городке.
#Mirziyoyev
#marosim
#sport
#PrezidentOlimpiadasi
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
💼
🖥
🖥
🖥
Prezident olimpiadasi doirasida yengil atletika va qilichbozlik sport turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqalar “O‘zbekiston 24” telekanalining “Sport xabarlari” dasturida yoritildi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
💼
🖥
🖥
🖥
Prezident Olimpiadasi doirasidagi chim ustida xokkey sporti musobaqalari, yosh sportchilarning shiddatli bahslari va erishayotgan natijalari “O‘zbekiston 24” telekanali nigohida
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
AYTJAN KHALMAKHANOV — JAHON ÇEMPIONATI KUMUŞ MEDALI SOHIBI!
Hamyurtimiz Aytjan Khalmakhanov yunon-rum kuraşi böyiça Jahon çempionatida faxrli ikkinçi örinni egallab, kumuş medalni qölga kiritdi!
Polvonimizni uşbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!
Kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar va oltin medallar yor bölişini tilaymiz!
Prezident Olimpiadasining tantanali ochilish marosimi barchaga bayramona kayfiyat bagʻishladi. Olimpiya shaharchasi uzra salyutlar otildi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Prezident Olimpiadasi g‘oliblari uchun mukofotlar oshirilib, yangi imtiyozlar joriy etiladi
Yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida kelasi yildan Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi. Birinchi o‘rin sohiblariga 25 million, ikkinchi o‘rin uchun 12 million, uchinchi o‘rin uchun 6 million so‘m beriladi.
Shuningdek, olimpiadada g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvchilari oliygohlarning sport yo‘nalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Kelasi yildan Prezident olimpiadasi g‘oliblariga 1 yillik stipendiya berish boshlanadi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
Prezident Olimpiadasi dasturidagi
sport turlari soni 35 taga
yetkaziladi. Yosh toifasi ham kengaytirilib, musobaqa
14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar
o‘rtasida o‘tkaziladi.
Har yili
olimpiada g‘oliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro yig‘inlarga
yuboriladi. Kelasi yildan
g‘oliblarga bir yillik stipendiya berish
boshlanadi. O‘z yo‘nalishida
eng yaxshi natijaga erishgan sport maktabi zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.
Poytaxtdagi
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpiya shaharchasiga ko‘chiriladi.
Shu orqali yosh sportchilar chempionlarimiz tarixi va yutuqlari bilan yaqindan tanishib, yangi g‘alabalarga intiladi.
Prezidentimiz yoshlarni
ochilayotgan imkoniyatlarni tinimsiz izlanish, qat’iy intizom va bilim bilan natijaga aylantirishga
chaqirdi:
“Musobaqa maydonida munosib raqib, hayotda esa yaxshi do‘st bo‘ling”.
Shundan so‘ng 2026-yilgi Prezident Olimpiadasini
ochiq deb e’lon qildi.
– Olg‘a, Yangi O‘zbekiston! Olg‘a, O‘zbekiston yoshlari! Olg‘a, o‘zbek xalqi!
– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor o‘tkazilayotgan
Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida
ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari
sportchi yoshlar, murabbiylar va sport fidoyilarini
musobaqa boshlanishi bilan tabrikladi.
Bu yilgi bellashuvlarda yurtimizning turli hududlaridan kelgan
3,5 mingdan ziyod yosh olimpiya va paralimpiya yo‘nalishidagi 26 ta sport turi bo‘yicha
kuch sinashadi. Ularga
1,5 ming murabbiy
hamrohlik qilmoqda.
– Har biringiz bu maydonga
o‘z orzuingiz, o‘z maqsadingiz, eng asosiysi, g‘alabaga bo‘lgan katta ishonchingiz
bilan kelgansiz,
– dedi Prezidentimiz sportchi o‘g‘il-qizlarga murojaat qilib.
Bugun bellashayotgan yoshlar orasidan
ertaga dunyoni hayratga soladigan chempionlar va rekordchilar yetishib chiqishiga
ishonch bildirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
🇺🇿
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yil ham “Prezident olimpiadasi”ning ochilish marosimida shaxsan ishtirok
etmoqda
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
– Bugun
parasportchi o‘g‘il-qizlarimizning matonati va jasoratini
ham alohida e’tirof etmoqchiman,
– dedi Prezidentimiz.
Yaqinda yakunlangan
Paraosiyo o‘yinlarida ular 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza – jami 145 ta medal
bilan umumjamoa hisobida
uchinchi o‘rinni
egalladi.
Pauerliftingchi Ro‘za Qo‘ziyeva
oltin medal bilan birga jahon rekordini ham o‘rnatdi.
Lolaxon Qodirova suzishda, Madina Muxtorova va Karomat Omonova yadro uloqtirishda, Shahina Yigitaliyeva nayza uloqtirishda, Navro‘za Ahmadova esa disk uloqtirishda
Osiyo rekordlarini yangiladi.
Yegor Bolotov to‘rtta, Xurshid Qodirov uchta oltin medal
qo‘lga kiritdi.
Asila Mirzayorova
uzunlikka sakrash bo‘yicha Paraosiyo o‘yinlari rekordini yangilab,
ikkinchi marta Osiyoda tengsiz ekanini
namoyon etdi.
Asila Mirzayorova Osiyo paralimpiya qo‘mitasining 2026-2030-yillar uchun sportchilar qo‘mitasi a’zosi
etib saylandi. Prezidentimiz buni
o‘zbek sportiga xalqaro e’tirof namunasi
sifatida baholadi.
Facebook
|
Instagram
|
X