Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

TRM Metodik yordam

trm_metodika
TRM Metodik yordam
Подписчики
21 891
24 часа
-13
30 дней
891
Просмотры
6 162
ER
28,15%
Посты (30д)
15
Символов в посте
1 661
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
September 11, 05:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#SinfBoshqaruvi
#Metodik_yordam
#tavsiya
🎯
Bolaga buyruq berish kerakmi yoki tanlash huquqini?
Nega ba’zan o‘quvchiga:
“Buni qil!”
desangiz, u bajarishni xohlamaydi, lekin:
“Qaysi birini tanlaysan?”
desangiz, munosabati birdan o‘zgaradi?
🧠
Buning muhim sababi erkinlik — insonning asosiy ehtiyojlaridan biri.
Bizga nima qilishimizni doimo boshqalar belgilab berishi yoqmaydi. Bolalarda ham xuddi shunday.
📚
Tasavvur qiling, o‘qituvchi:
“Mana mavzu. Hamma shu mavzuda ikki bet insho yozadi. Aynan mana shu tartibda. Ertagacha.”
dedi.
O‘quvchi uchun deyarli barcha qarorlar qabul qilib bo‘lingan. Undan faqat buyruqni bajarish talab qilinmoqda.
🔄
Endi shu vazifani boshqacharoq beramiz:
“Mavzu mana shu. Lekin uni qanday yoritishni tanlashingiz mumkin. Kimdir insho yozadi, kimdir taqdimot tayyorlaydi, kimdir video qiladi. Asosiy talablar esa hamma uchun bir xil.”
Maqsad o‘zgarmadi. Talab ham pasaymadi. Ammo tanlov paydo bo‘ldi.
💡
Mana shu juda muhim.
Chunki tanlov berish — bolaga xohlaganini qildirish degani emas.
Tanlov — chegaralar ichidagi erkinlik.
👨‍🏫
O‘qituvchi:
“Topshiriqni bajarasanmi yoki yo‘qmi?”
deb so‘ramaydi. U:
“Qaysi usulda bajarmoqchisan?”
deb so‘raydi.
Yoki 10 ta masalani majburan berish o‘rniga, maqsadga mos bo‘lsa:
“Mana 8 ta masala. Shulardan 5 tasini tanlab yech”
deydi. Kichik farqdek ko‘rinadi.
Lekin psixologik jihatdan o‘quvchining pozitsiyasi o‘zgaradi:
“Meni majburlashyapti”dan — “Men qaror qilyapman”ga.

Tanlov yana bir narsani beradi — mas’uliyatni.
Agar qarorni o‘zim qabul qilgan bo‘lsam, natijaga ham ko‘proq egalik qilaman. Shuning uchun
erkinlik intizomning dushmani emas.
To‘g‘ri tashkil qilingan erkinlik bolani mas’uliyatga o‘rgatadi.
Demak, o‘qituvchi nazoratdan butunlay voz kechmaydi. U maqsadni, chegarani va sifat mezonini belgilaydi.
🤝
Ammo shu chegaralar ichida o‘quvchiga:
“Bu sening ham ta’liming. Sen ham tanlov qilishing mumkin”
degan imkoniyatni beradi.
🌱
Ba’zan o‘quvchining motivatsiyasini oshirish uchun yangi mukofot o‘ylab topish shart emas.
Unga kichik bir tanlovning o‘zi yetarli bo‘lishi mumkin.
©
Taʼlimni rivojlantirish markazi
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika

September 10, 07:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#maslahat
#Pedagoglar
#tavsiya
📚
3 darajali bilim: hamma narsani bir xil chuqurlikda o‘qitish kerakmi?
Tasavvur qiling, o‘qituvchiga bir yil ichida 100 ta tushunchani o‘rgatish vazifasi berildi. Ularning hammasiga bir xil vaqt ajratilsa, nima bo‘ladi?
Eng muhim bilim ham, bola bir marta eshitib qo‘ysa yetadigan ma’lumot ham bir xil darajada o‘qitiladi. Natijada dastur tugaydi. Lekin bolaning boshida savol qoladi:
🤔
“Xo‘sh, shularning qaysi biri haqiqatan muhim edi?”
Standards-based education yondashuviga ko‘ra, o‘quv mazmunini uch darajaga ajratish mumkin:
🔴
Essential to know
— bilishi shart.
🟡
Important to know
— bilishi muhim.
🟢
Nice to know
— bilsa yaxshi.
Farqi nimada?
🔴
Birinchi daraja — bilishi shart bo‘lgan bilimlar.
Bular keyingi o‘rganish uchun poydevor bo‘ladigan tushuncha va ko‘nikmalar.
Masalan, bola ko‘paytirishning ma’nosini tushunmasa, keyinchalik matematikaning ko‘plab mavzularida qiynaladi.
Demak, bunday mavzuni:
“o‘tdik, keyingisi”
, deb tashlab ketib bo‘lmaydi.

Unga vaqt beramiz.
✍️
Mashq qilamiz.
🔄
Turli vaziyatlarda qo‘llaymiz.

Va imkon qadar o‘quvchining
haqiqatan tushunganiga
ishonch hosil qilamiz.
🟡
Ikkinchi daraja — bilishi muhim bo‘lgan bilimlar.
Ular ham ta’lim uchun ahamiyatli, lekin birinchi darajadagi bilimlar kabi katta vaqt va chuqurlikni talab qilmasligi mumkin.
🟢
Uchinchi daraja esa — bilsa yaxshi.
Qiziqarli faktlar, qo‘shimcha tafsilotlar, mavzuni boyitadigan ma’lumotlar.
Ularni berish mumkin. Lekin muallif juda muhim ogohlantirish qiladi:
⚠️
“Bilsa yaxshi” bo‘lgan narsalarga haddan tashqari vaqt sarflasak, “bilishi shart” bo‘lgan narsalarni chuqur o‘rgatishga vaqt qolmaydi.
Bu yerda o‘qituvchi uchun qiyin vazifa boshlanadi.
Chunki ba’zan bizga eng yoqadigan mavzu —
o‘quvchi uchun eng zarur mavzu bo‘lmasligi mumkin.
Shuning uchun savol:

“Men nimani o‘qitishni yaxshi ko‘raman?”
emas.

“Bu bolalar kelajakda nimani bilmasdan keyingi bosqichga o‘tmasligi kerak?”
bo‘lishi kerak.
Yana bir muhim jihat: kitob bunday qarorni
bitta o‘qituvchi yolg‘iz qabul qilmasligi kerakligini
ta’kidlaydi.
Maktab, metodik jamoa yoki ta’lim tizimi birgalikda:
🔹
“Nima essential?”
🔹
“Nima important?”
🔹
“Nima nice to know?”
degan savollarga javob topishi kerak.
Shunda o‘qituvchi ham
“hammasiga ulgurish” bosimidan chiqib
, eng muhim bilimlarni sifatli o‘rgatishga e’tibor qarata oladi.
🎯
Chunki ta’limning sifati bolaning nechta mavzuni ko‘rganida emas.
Qaysi muhim bilimlarni chuqur tushunib, keyinchalik qo‘llay olishida.
Shuning uchun dars rejasiga qaraganingizda uchta belgi qo‘yib ko‘ring:
🔴
Buni bilishi shartmi?
🟡
Bilishi muhimmi?
🟢
Yoki bilsa yaxshimi?
©
Taʼlimni rivojlantirish markazi
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika

September 09, 13:23
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Metodik_yordam
#maslahat
#Pedagoglar
🎓
O‘quvchi o‘zini baholashni o‘rgansa nima o‘zgaradi?
Tasavvur qiling, o‘quvchi topshiriqni tugatdi va darhol:
“Ustoz, to‘g‘rimi?” deb sizga olib keldi. O‘qituvchi xatolarni topdi, tuzatdi, baho qo‘ydi.
Keyingi topshiriqda ham xuddi shu holat. Bola bu holatda asta-sekin nimani o‘rganadi? “Mening ishimni tekshirish — o‘qituvchining vazifasi.”
📚
Zamonaviy pedagogika bugun boshqa bir taklif bilan chiqmoqda:
o‘quvchini faqat o‘qituvchi baholamasligi kerak. O‘quvchi o‘z ishini o‘zi baholashni ham o‘rganishi kerak.
Lekin “Ishingni o‘zing bahola”, deyishning o‘zi yetarlimas.
Chunki sifat nima ekanini bilmagan bola sifatni qanday baholaydi?
📝
Namuna:
Masalan, bir o‘qituvchi yozma ish boshlanishidan oldin o‘quvchilariga to‘rtta oldingi ish namunasini beradi. Bittasi juda kuchli. Bittasi yaxshi. Bittasi o‘rtacha. Bittasi esa talabga javob bermaydi.
🤔
Va o‘quvchilardan: “Qaysi ishga 4 yoki 5 baho berardingiz? Nega?” deb so‘raydi. Mana shu yerda juda muhim jarayon boshlanadi.
O‘quvchi shunchaki bahoni ko‘rmayapti — sifatni ko‘rishni o‘rganyapti.
“Nega bu ish kuchli?”
“Bunisida nima yetishmayapti?”
“4 bilan 5 ning farqi nimada?”
📋
Keyin o‘quvchiga rubrika beriladi. Endi topshiriqni tugatgach, u darhol o‘qituvchiga yugurmaydi.
Avval o‘zidan so‘raydi:
“Men yaratgan ish qaysi darajaga o‘xshaydi?”, “Maqsadimga yetdimmi?”, “Nimani yaxshilasam, ishim kuchliroq bo‘ladi?” Mana shu — self-evaluation.
💡
Bu shunchaki o‘ziga baho qo‘yish emas. Bu o‘z ishi haqida fikrlash va uni yaxshilashni o‘rganish.
Ba’zi bolalar ishini topshirishga keladi, boshqa ishlarga qaraydi va joyiga qaytib ketadi. Nega? Chunki o‘zi tushunadi: “Men hali yakunlamagan ekanman.”
🤫
O‘qituvchi hech narsa demadi.
Baho bilan qo‘rqitmadi. Xatosini ham ko‘rsatib bermadi.
O‘quvchining o‘zi qaror qildi.
🎯
Mana shu nuqtada
baholash nazorat vositasidan o‘rganish vositasiga aylanadi.
Self-evaluation faqat akademik ishga tegishli emas. O‘quvchidan xulqi haqida ham so‘rash mumkin: “Sen qanday o‘quvchi bo‘lishni xohlaysan?”, “Bugungi xatti-harakating seni o‘sha o‘quvchiga yaqinlashtirdimi?”
💭
Bu savollar bolaga tayyor hukm bermaydi.
Uni o‘zi haqida o‘ylashga majbur qiladi.
Shuning uchun har safar: “Mana xatoying.” deyishdan oldin bir marta:
“O‘zing qanday baholaysan?”
deb ko‘ring.
Chunki ta’limning kuchli natijalaridan biri —
o‘qituvchining bahosiga qaram o‘quvchi emas, o‘z ishining sifatini ko‘ra oladigan o‘quvchini tarbiyalashdir.
©
Taʼlimni rivojlantirish markazi
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika

September 08, 14:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#maslahat
#Pedagoglar
#tavsiya
Baho: u motivatsiya beradimi yoki o‘rganishga xalaqit qiladimi?
🎯
Tasavvur qiling, ikki o‘quvchi nazorat ishidan “4” oldi. Birinchi o‘quvchi avval “3” olib yurgan. Uning uchun bu — katta yutuq. Ikkinchisi esa doim “5” oladi. Uning uchun “4” — muvaffaqiyatsizlik.
📌
Baho bir xil. Ammo uning bola uchun ma’nosi mutlaqo boshqacha.
💡
Shuning uchun bahoning o‘zi bolaning qancha o‘rganganini ham, qanchalik rivojlanganini ham har doim to‘liq ko‘rsatib bera olmaydi. Biz o‘quvchini tashqi nazorat vositalari bilan boshqarishga haddan tashqari bog‘lanib qolganmiz.
⚖️
Baho ham shunday vositaga aylanishi mumkin.
🎁
“5 olsang — sovg‘a bor.”
📵
“2 olsang — telefoningni olib qo‘yaman.”
⚠️
“Yaxshi o‘qimasang, ko‘rasan...”
🤔
Bunday vaziyatda bolaning diqqati nimaga qaratiladi?
Bilishga emas.
Bahoga.
U “Buni qanday tushunaman?”
deb emas,
“Bundan necha olaman?”
deydigan bo‘lib qoladi.
🧠
Hatto ba’zan bola eng kam kuch bilan kerakli bahoni olish strategiyasini o‘rganadi: nimani yodlash kerak, nimani tashlab ketish mumkin, testda nima tushadi...
👀
Tashqaridan qaraganda u muvaffaqiyatli o‘quvchi. Ammo u haqiqatan o‘rgandimi?
📚
Bu bahodan voz kechish kerak degani emas. Baho kerak, ammo
baho ta’limning maqsadiga aylanmasligi kerak.
✍️
Masalan, o‘quvchi yozma ish topshirdi.
Faqat “4” deb aytmasdan,
“Fikring aniq. Dalillaring hali kuchsiz. Bitta kuchli misol qo‘shsang, ishing keyingi darajaga chiqadi”
, deyish mumkin.
➡️
Ikkinchi holatda o‘quvchi faqat qayerda turganini emas,
qayerga yurishi kerakligini ham tushunadi.
📈
Yana bir muhim narsa — bolani boshqa bolalar bilan emas, imkon qadar uning
avvalgi natijasi bilan ham solishtirish.
“Madina sendan yaxshiroq yozibdi” deyish o‘rniga:
“Oldingi ishingda fikringni ikki gap bilan asoslaganding. Bu safar esa uchta dalil keltirding. Mana bu — rivojlanish.”
🌱
Shunda o‘quvchi muvaffaqiyatni boshqalardan ustun kelish bilan emas,
o‘z kompetentligining oshishi bilan bog‘lay boshlaydi.
⭐️
Eng kuchli nuqta esa self-evaluation bilan bog‘lanadi. Baho qo‘yishdan oldin:
💬
“O‘zing bu ishingga qanday baho bergan bo‘larding? Nima uchun?”
deb so‘rang.
🔍
Endi bola bahoning passiv qabul qiluvchisi emas. U
o‘z o‘rganishini tahlil qilayotgan ishtirokchiga aylanadi.

Shuning uchun savol:
“Bolaga nechchi qo‘ydim?”
bilangina tugamasligi kerak.
“Bu baholash bolaga keyingi safar yaxshiroq o‘rganish uchun nima berdi?” ga aylanishi kerak.
🎓
Chunki bahoning eng yaxshi vazifasi
bolani mukofotlash yoki jazolash emas. Unga o‘z rivojlanishini ko‘rsatish va keyingi qadamni tushuntirishdir.
©
Taʼlimni rivojlantirish markazi
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika

September 07, 12:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Meet_up
2026-2027-o‘quv yilida pedagoglarni kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish va metodik qo‘llab-quvvatlash
💻
Vebinarda ishtirok etish uchun havola:
https://us06web.zoom.us/launch/jc/86591466177
ID:
865 9146 6177
Kod:
2026
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika

September 06, 14:14
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#matematika_mashq_daftari

Matematika
fanidan mashq daftari o‘quvchilarning darsda olgan bilimlarini amaliy topshiriqlar orqali
mustahkamlashi
,
mustaqil fikrlashi
va
masalalarni yechish ko‘nikma
larini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Videorolikda mashq daftarining
mazmuni,
undan
dars jarayonida
va
mustaqil ta’limda
samarali foydalanish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berilgan.
📎
Videoni tomosha qiling va
mashq daftaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar
bilan tanishing!
👍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating!
🌐
Veb-sayt
✈️
Telegram
👥
Facebook
📺
Youtube
📹
Instagram

September 04, 10:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Bolalar_xavfsizligi
#Ogoh_bola
#Raqamli_xavfsizlik
🌐
Internetdagi xavfsizlik qoidalari
Internet — bilim olish, muloqot qilish va yangi narsalarni o‘rganish uchun katta imkoniyatlar yaratadigan qiziqarli olam.
Biroq undan foydalanishda turli xavf va firibgarliklarga duch kelish mumkin.
Internetdagi xavflarni tanish va shubhali vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish muhim:

Noma’lum ilovalarga ishonmang. Ilovani o‘rnatishdan oldin uning kim tomonidan yaratilgani, izohlari va boshqa foydalanuvchilar fikrlarini tekshirib ko‘ring.

Kuchli paroldan foydalaning. Parolda ism, tug‘ilgan sana yoki oson topiladigan boshqa ma’lumotlardan foydalanmang. Turli akkauntlar uchun bir xil parolni ishlatmaslikka harakat qiling.

Ikki bosqichli himoyani yoqing. Ushbu funksiya akkauntingizga begona shaxslarning kirishidan qo‘shimcha himoya qiladi.

Login, parol va tasdiqlash kodlarini boshqalar bilan bo‘lishmang. Hatto tanish insonlardan kelgan so‘rovlarda ham bunday ma’lumotlarni yuborishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘ring.
📌
Internetda xavfsizlik faqat shubhali havolalardan saqlanish bilan cheklanmaydi.
Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, akkauntlarni mustahkamlash va raqamli odatlarga e’tibor berish ham
muhim.
Oqilona foydalaning, ma’lumotlaringizni asrang va raqamli muhitda xavfsiz bo‘ling!
©
Taʼlimni rivojlantirish markazi
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika

September 02, 14:05
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#7_sentyabr_sindromi
#metodik_yordam
#ota_onalarga_maslahat
“7-sentyabr sindromi”: tartib, tushunish va ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi nega muhim?
Yangi o‘quv yilining dastlabki kunlaridagi hayajon o‘tgach, ayrim bolalarda
charchoq, diqqatning pasayishi, kayfiyat o‘zgarishi, uyqu yoki ishtahaning buzilishi
kuzatilishi mumkin.
Bu holat ba’zan shartli ravishda
“7-sentyabr sindromi”
deb ataladi. Aslida esa bu bolaning
yozgi erkin rejimdan maktab tartibiga o‘tishi va yangi yuklamalarga moslashish jarayoni
bilan bog‘liq holat.
🔹
Bu davrda ota-onalar
nimalarga e’tibor berishi kerak?

Uyqu va kun tartibini barqarorlashtirish;

bolani dastlabki haftalarda ortiqcha mashg‘ulotlar bilan yuklamaslik;

ochiq havoda sayr va jismoniy faollikka vaqt ajratish;

uyqu oldidan gadjetlardan foydalanishni kamaytirish;

faqat baholari haqida emas, bolaning
o‘zini qanday his qilayotgani
haqida ham suhbatlashish;

holat uzoq davom etsa yoki bolaning salomatligi yomonlashsa, mutaxassisga murojaat qilish.
Muhimi, har bir bolaning maktabga moslashish tezligi turlicha. Bu jarayonda
tartib, tushunish va ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi
eng katta yordam bo‘la oladi.
🔹
Batafsil tavsiyalar videolavhada.
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika

September 02, 09:51
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#metodik_yordam
#inklyuziv_talim
“Inklyuziv muhit” nomli oʻquv uslubiy qoʻllanma ishlab chiqildi
Inklyuziv taʼlim tashkil etilgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktorlari, psixologlari, maxsus pedagoglari, yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi)larni metodik qoʻllab-quvvatlash maqsadida
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
hamkorligida
“Inklyuziv muhit”
nomli oʻquv uslubiy qoʻllanma ishlab chiqildi.
O‘quv-uslubiy qo‘llanmada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida inklyuziv muhitni shakllantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, maxsus ta’limdan inklyuziv ta’limga o‘tish jarayonini tashkil etish hamda pedagogik jamoaning hamkorlikdagi faoliyati yoritilgan.
Qo‘llanma 2026-yilning 5-8-avgust kunlari Samarqand shahrida tashkil etilgan
“Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish: muammolar va innovatsion yechimlar”
mavzusidagi amaliy seminarida inklyuziv ta’lim jarayoni ishtirokchilariga taqdim etildi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 17-avgustdagi 04-37-2691-sonli xati bilan hududlardagi inklyuziv ta’lim joriy qilingan umumiy o‘rta ta’lim maktablariga amaliyotda foydalanish uchun yuborildi.
🔹
Qo‘llanma bilan tanishish uchun havola:
https://raqamlitalim.trm.uz/uploads/inclusive_resoure_file/1787055213.pdf
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika

August 23, 12:10

Ustozlar milliy forumi doirasida tashkil etilgan “O‘zbek tili” sho‘basi ma’ruzachilarining taqdimotlari
Ma’ruzachi:
Saidaxmedova Dono Ulug‘bek qizi
Taqdimot mavzusi:
O‘zbek tilini o‘qitishda kommunikativ yondashuv (CLT), topshiriqqa asoslangan ta’lim (TBL) va kontentga asoslangan ta’limni (CBL) amaliyotga tatbiq etish
Ma’ruzachi:
Bakirova Iroda Yuldashevna
Taqdimot mavzusi:
Davlat tilini o‘qitishda interaktiv metodlar va amaliy nutqqa yo‘naltirilgan topshiriqlarni loyihalash texnologiyalari
Ma’ruzachi:
Ismanov Qobuljon
Taqdimot mavzusi:
Raqamli ta’lim resurslari va sun’iy intellekt vositalaridan metodik yordam ko‘rsatishda foydalanish hamda masofaviy metodik xizmat ko‘rsatish
Ma’ruzachi:
O‘runboyeva Umida Oblaqulovna
Taqdimot mavzusi:
O‘zbek tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishda KRK va KRS doirasida zamonaviy mentorlik hamda hamkorlikda o‘qitish tizimini tashkil etish
Ma’ruzachilar:
Sangirova Zamira Bozorboyevna, U. Mamadiyev
Taqdimot mavzusi:
Davlat tilini o‘qitishning zamonaviy konsepsiyasi va me’yoriy-huquqiy asoslari
Ma’ruzachi:
Alimova Gulmira Kabuljanovna
Taqdimot mavzusi:
Inklyuziv til muhiti: sinfda alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun psixologik qulaylik va teng imkoniyatlar yaratish
Ma’ruzachilar:
J. Narziyev, Sh. Abduraimov
Taqdimot mavzusi:
O‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini baholash va monitoring qilish
Ma’ruzachi:
Mahmudova Nodira G‘ofurjon qizi
Taqdimot mavzusi:
Davlat tilini o‘qitishda o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish: nutqiy faoliyat turlarini integratsiyalash metodikasi
Ma’ruzachi:
Musurmonkulova Oysuluv
Taqdimot mavzusi:
O‘zbek tili metodistining zamonaviy faoliyat modeli: tanlov paradoksi — vizual til, nutq, moslashish va ma’naviy mezon
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika