
Usmonip
Usmonip haqida ijobiy va salbiy fikrlaringizni yozing
“Oydin gurunglar” forumi davomida namoyish etiladigan spektakllar.
Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning teatrlari goʻzal tomoshalarini taqdim etishadi.
@usmonosphere
“
Oydin gurunglar”, Xivaga kelinglar
🌟
Forum ochildi. Birinchi teatr namoyishi — “Art House Hamsa” teatr-studiyasining “Oydan-da goʻzal” musiqiy kompozitsiyasi.
@usmonosphere
Suratda hindlarning dunyoga mashhur futbolchisi — Sunil Chhetri! Lekin gap hozir futbol haqida emas, aksincha, alifbo islohoti haqida. Agar yangi alifbo amalda qoʻllaniladigan boʻlsa, bu futbolchining ismi bizda “Sunil Chetri” tarzida yozilishi kerak.…
Menga xushxabar ayt, yolgʻon boʻlsa ham
Bugun uchoqda 21-oktyabr — Oʻzbek tili kuni bilan tabriklashdi. Lekin afsuski, oʻzbek tilidagi tabrikni uchoq xonimi bazoʻr, chiranib har soʻzda uch xato qilib aytdi. Ruschada va inglizchada esa tili burro. Soʻzlari dona-dona. Faqat shu oʻzimizning tilga kelganda chaynalib qoldi. Hech qursa tabrikni oʻzbekcha biladigan odam oʻqigani yaxshiroq edi-yov.
Oʻshanda Erkin Vohidov yozgan bir toʻrtlik esimga keldi:
Tayyorada to‘qilgan she’r
Parvoz chog‘i tayyoraning dilbar kelini,
Ko‘k yuzini bizga taxti Sulaymon qildi.
Lekin e’lon o‘qiganda o‘zbek tilini
Davlat tili bo‘lganiga pushaymon qildi.
Bundan ortiq baho berib boʻlmasa kerak vaziyatga. Bayraming bilan, xoʻrlangan til!
@usmonosphere
“Tirilish”dan pasportli kitob keldi. Demak, 16+ kitob bu :)
@usmonosphere
🌟
Bugun Toshkentda “Oydin gurunglar” xalqaro ijodiy forumining ochilish marosimini oʻtkazdik. Tadbir 21-oktyabr — Oʻzbek tili kuniga bagʻishlandi.
🏦
Bir yil davomida Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan ma’naviy va kitobxonlik loyihalari sarhisob qilindi. Yangi kitoblar va loyihalar taqdimoti boʻldi.
🌟
Xususan, kamina oʻzbek tiliga tarjima qilgan
“Daromad Kiberovchiga qarshi”
komiksi hamda bir yil davomida koordinatorlik qilgan
“Moliyaviy bilimlar”
turkumidagi 10 ta yangi tarjima kitob taqdim etildi.
💃
Forumning badiiy-ijodiy qismi 22-25-oktyabr kunlari Xivada, Arda Xiva majmuasida davom etadi. Barcha erkin ishtirok etishi mumkin. Yoʻlingiz tushsa, kirib oʻting!
@usmonosphere
“Yoshlik” jurnali bilan hamkorlik qilib kelayotgan yosh o‘zbek ijodkorlari!
5-qism
Rasmlarga diqqat bilan qarang. Siz kimlarni tanidingiz?
✅
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Veb-sayt
✅
Facebook