
O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal
❓
Lizingga texnika olgan fermerning shartnoma muddati tugaganda, agar qarzdorlik mavjud bo‘lsa, Jamiyat qanday choralar ko‘radi?
📶
Agar shartnoma muddati yakunlanganda qarzdorlik to‘liq so‘ndirilmagan bo‘lsa, Jamiyat tomonidan amaldagi tartib va qonunchilikka muvofiq qarzdorlikni undirish choralari ko‘riladi.
🔵
Xususan, qarzdor lizing oluvchiga hamda kafil sifatida ishtirok etgan shaxslarga qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda belgilangan muddatda qoplash bo‘yicha talabnoma yuboriladi.
▶️
Batafsil video orqali tanishing
🌎
www.uzal.uz
🕊
Telegram
|
📹
Instagram
|
📱
Facebook
|
📺
YouTube
YOSHLAR TASHABBUSI — TARAQQIYOT POYDEVORI
🚜
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish
“O‘zagrolizing” AJ
faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🤔
“Yoshlar kuni” doirasida
davlat rahbari darajasida o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, shuningdek, ularni qarorlar qabul qilish jarayonlariga jalb etish maqsadida qator amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.
⏺
Jumladan, Jamiyatning hududiy filiallari direktorlari hamda mahalliy yosh fermerlar o‘rtasida ochiq muloqotlar o‘tkazilib, yosh tadbirkor va fermerlarni qiynayotgan masalalarni aniqlash, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni o‘rganish hamda tegishli yechimlarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📝
Shuningdek, yoshlarning rahbarlik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularda mas’uliyat, tashabbuskorlik va yetakchilik sifatlarini shakllantirish maqsadida
“Bir kunlik rahbar”
loyihasini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Loyiha doirasida yoshlarga rahbarlarning kundalik faoliyati, boshqaruv jarayonlari va qarorlar qabul qilish mexanizmlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi.
#yoshlar_siyosati
🌎
www.uzal.uz
🕊
Telegram
|
📹
Instagram
|
📱
Facebook
|
📺
YouTube
KELGUSI HOSILGA BUGUNDAN POYDEVOR: POPDA KUZGI DALA ISHLARI
🌿
Pop tumanida kelgusi yil hosili uchun yer maydonlarini sifatli tayyorlash, kuzgi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish ishlari izchil davom etmoqda.
🚜
«Yakkatut» MMTP hududidagi «Shuhrat Umid servis» fermer xo‘jaligi dala maydonida kuzgi shudgorlash ishlarini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
⏺
Tadbirda viloyat va tuman mas’ullari hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, yer resurslaridan oqilona foydalanish, foydalanishdan chetda qolgan yerlarni qishloq xo‘jaligi aylanmasiga kiritish, ichki ariqlarni tozalash va hududlarni obodonlashtirish masalalari yuzasidan tegishli topshiriqlar berdilar.
🍂
Kuzgi dala ishlarini qisqa muddatlarda va agrotexnik talablar asosida bajarishda zamonaviy, yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalarining o‘rni beqiyos.
🚜
Bu borada
«O‘zagrolizing» AJ tomonidan fermer xo‘jaliklarini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash va ularni lizing asosida yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar qishloq xo‘jaligi jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, yerga ishlov berish sifatini oshirish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarishga xizmat qiladi.
👍
Pop tumani bo‘yicha kuzgi shudgorlash ko‘rsatkichlari:
- 16 334 gektar yer maydonini shudgorlash rejalashtirilgan;
- 13 ta otryad tashkil etilgan;
- 3 ta yuqori unumli texnika jalb qilingan.
Sifatli shudgor, zamonaviy texnika va o‘z vaqtida bajarilgan agrotexnik tadbirlar — 2027-yil hosilining mustahkam poydevori!
#KuzgiShudgor
🌎
www.uzal.uz
🕊
Telegram
|
📹
Instagram
|
📱
Facebook
|
📺
YouTube
“O‘ZAGROLIZING” AJ: 2,8 TRILLION SO‘MLIK TEXNIKALAR — AGRAR TARAQQIYOTGA KATTA HISSА!
🌿
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, fermer xo‘jaliklarining texnik imkoniyatlarini kengaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
🚜
“O‘zagrolizing” AJ tomonidan bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar aniq raqamlar va salmoqli natijalarda namoyon bo‘lmoqda.
📊
2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, jamiyat tomonidan respublika hududlariga: 2 trillion 821 milliard 180,1 million so‘mlik
qishloq xo‘jaligi texnikalari yetkazib berildi.
🚜
2 984 dona
zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi fermerlar va agrar soha vakillari ixtiyoriga topshirildi.
📊
Bu shunchaki statistik ko‘rsatkichlar emas. Ushbu raqamlar qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining texnik salohiyatini mustahkamlash, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va fermerlar uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini ifodalaydi.
⚙️
Har bir yetkazib berilgan texnika — ishlab chiqarish quvvatini oshirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish va vaqt hamda resurslardan samarali foydalanish uchun yaratilgan yangi imkoniyatdir.
#uzagrolizing_sarhisob
🌎
www.uzal.uz
🕊
Telegram
|
📹
Instagram
|
📱
Facebook
|
📺
YouTube
#diqqat_muhim
🚜
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati
mahalliy ishlab chiqaruvchilarning
zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini imtiyozli lizing asosida taqdim etadi
.
✔️
20%
boshlang‘ich to‘lov
🌀
Yillik
19%
dan
🔵
Texnika turiga qarab
7 yilgacha
➡️
PL- 4 - 4.5 va 5 metrli
Lazerli yer tekislagich (Zavod ZKT MCHJ)
➡️
OSHU
keng qamrovli universal changlagich - 200M
("Agrixim" MCHJ QK)
➡️
"VP - 1 MB"
pnevmo oqimli osma bug' pukagichi
("Agrixim" MCHJ QK)
➡️
3.5 - 4 - 4.5
-
5
metrli -
Lazerli yer tekislagich
va boshqa ko‘plab texnikalarni (
Toshkent Traktor Zavodi)
orqali
LIZING SHARTLAR
I asosida xarid qilishingiz mumkin.
📞
Batafsil:
hududiy filiallar
yoki
+998 97 448 18 43
+998 97 717 73 87
Kerakli texnikani bugunoq lizingga oling!
O‘zagrolizing — ishonchli hamkoringiz.
🌎
www.uzal.uz
🕊
Telegram
|
📹
Instagram
|
📱
Facebook
|
📺
YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi Qonuni (O‘RQ–1184-son, 21.10.2026-y.)
qabul qilindi.
🔰
Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan,
28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan
iborat o‘zbek alifbosi joriy etiladi.
🔎
Mazkur o‘zgartirishga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan tashkil topadi.
📝
Alifbo tarkibi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’ (tutuq belgisi).
📜
Shuningdek, Qonunda quyidagilar belgilandi:
🔹
Qonun kuchga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida rasmiylashtirilgan
hujjatlar, milliy valyuta
va
qimmatli qog‘ozlarda
takomillashtirilgan harflarning avvalgi shakli mavjud bo‘lishi ularning
amal qilishiga va muomalada bo‘lishiga monelik qilmaydi.
🔹
Davlat organlari va tashkilotlarining takomillashtirilgan harflarning avvalgi shakli mavjud bo‘lgan ramziy belgilari va boshqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining bo‘rtma tasviridan, geografik obyektlarning nomlari tushirilgan peshlavha va ko‘rsatkichlardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa ashyolar va manbalardan
ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga
yoxud Qonun ijrosiga doir
chora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar
foydalaniladi.
📌
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran
olti oy o‘tgach
kuchga kiradi.
🌎
www.uzal.uz
🕊
Telegram
|
📹
Instagram
|
📱
Facebook
|
📺
YouTube
#uzagrolizing_sarhisob
☁️
Paxta hosilini qisqa muddatda va nes-nobud qilmay yig‘ib olishda zamonaviy texnikalar muhim o‘rin tutadi.
🇺🇿
Prezidentning
PQ-97-son qarori
doirasida
2026-yilda 800 dona paxta terish mashinasini
yetkazib berish belgilangan bo‘lsa, fermerlar talabidan kelib chiqib, “O‘zagrolizing” AJ tomonidan
957 dona zamonaviy paxta terish mashinasi
lizing asosida yetkazib berildi.
👍
Paxta terimi: raqamlar va natijalar!
🌎
www.uzal.uz
🕊
Telegram
|
📹
Instagram
|
📱
Facebook
|
📺
YouTube
Prezidentimiz G‘uzorda paxta hosilini ko‘zdan kechirdi.
—
Президент нашей страны осмотрел урожай хлопчатника в Гузаре.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Davlatimiz rahbari Qarshi shahrida “Nasaf” brendi ostida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi “FM World” korxonasi faoliyati bilan
tanishdi.
—
Глава нашего государства
ознакомился
с деятельностью предприятия «FM World» по сборке современной сельскохозяйственной техники под брендом «Nasaf» в городе Карши.
#Mirziyoyev
#safar
#Qashqadaryo
#mashinasozlik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X