
Yetim dasturchi kundaligi
Админ: Выделил 8 vCPU под Asterisk. Asterisk: Спасибо, я еврей. Одного пока хватит, зачем переплачивать?
😄
Serverda call center uchun asteriskni gulini guliga qo'yib sozlasa butun respublika uchun javob beradigan raqamga shunaqa past resurs ishlatsa bo'ladi.
Админ: Выделил 8 vCPU под Asterisk.
Asterisk: Спасибо, я еврей. Одного пока хватит, зачем переплачивать?
😄
Serverda call center uchun asteriskni gulini guliga qo'yib sozlasa butun respublika uchun javob beradigan raqamga shunaqa past resurs ishlatsa bo'ladi.
Bazan ma'lum voqeliklar ham qayg'uli, ham xursand qiladigan bo'lishi mumkin.
Bir vaqtlar onamga eng yaxshi muhandislardan biri bo'laman deb va'da bergandim. I meni o'qib o'rganishimdayam onam juda ko'p qo'llagan. Hech qachon kasbni majburiy tanlashim yoki qiziqishimdan tashqari narsalar qilishimga harakat qilamagan. Tug'ilgan kunim yoki boshqa kunlardagi sovg'alardayam turli instrumentlar yoki qiziqarli kitoblar berishga harakat qilardi. Albatta uyda o'qib o'rganish borasida judayam qattiq kontrol bo'lgan menda. Har kuni bugun nimani o'rganding, nima yangilik olding degan savol javob bo'lgan. Yoki menga bu narsani o'rganishimga falon mutaxasis maslahati kerak desamam u odamlar qanchalik injiq yoki odamovi bo'lmasin ko'ndirishga majbur qilgan. Shu sababli ham men ko'plab ustozlarimning hayotidagi yagona va bazan oxirgi shogirtiman.
Men uchun birinchi ustozlikniyam onam qilgan. Maktabga bormasimdanoq musiqa, etika, turli xalqlar madaniyati, fors adabiyoti yoki shunga o'xshash o'z sohamdan tashqari ammo kerakli vaziyatlarniyam doim o'rgatgan. Eng asosiysi ishimda doim kerak bo'ladigan hand made asoslaridan biri edi.
Sohamni atrofimdagi juda ko'p odamlar tushunmasdan, nimaligini anglamasdan turgan vaqtda qancha muvaffaqiyatsizliklar bo'lsayam doim qo'llagan.
Bazan o'zi nega harakat qilishim kerak degan savolni o'zingga berib turgan joyingdayam shoshma sen unga eng yaxshilaridan biri bo'laman degan vadang turipti oldingda degan o'y seni ushlab turishi mumkin.
Falcon Academy — kiberxavfsizlikni amaliy o‘rganish platformasi
Kiberxavfsizlikni faqat nazariy jihatdan emas,
real amaliy topshiriqlar orqali o‘rganishni istaysizmi?
Falcon Academy
platformasida orqali turli zaifliklarni aniqlaysiz, amaliy vazifalarni bajarasiz va kiberxavfsizlikda qo‘llaniladigan haqiqiy vositalar bilan ishlaysiz.
Platforma sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
🔹
Offensive Security (hujumkor xavfsizlik)
va
Defensive Security (himoyaviy xavfsizlik)
yo‘nalishlarini o‘rganib, olgan bilimlaringizni amalda sinab ko‘rasiz.
🔹
Har bir bo‘lim bo‘yicha
nazariy testlar
va
amaliy topshiriqlarni
bajarasiz.
🔹
Har bir bo‘limni muvaffaqiyatli tugatganingizdan so‘ng
sertifikat (bilim va ko‘nikmalarni tasdiqlovchi hujjat)
olasiz.
🔹
Kiberxavfsizlikni to‘g‘ri ketma-ketlikda o‘rganishingiz uchun sizga maxsus
Roadmap (yo‘l xaritasi)
taqdim etiladi.
🔹
Turli yo‘nalishlar bo‘yicha
200 dan ortiq laboratoriya (amaliy mashg‘ulot muhiti)
orqali bilim va ko‘nikmalaringizni mustahkamlaysiz.
🚀
Nazariyani amaliyot bilan birlashtiring, zaifliklarni aniqlashni o‘rganing va kiberxavfsizlik sohasidagi ilk qadamingizni bugunoq qo‘ying!
💻
Kiberxavfsizlikni amalda o‘rganish uchun:
www.falcon-academy.uz
❤
Telegram
@falconacademyuz
Ba’zan qurilmalar bilan ishlash yoki ularni integratsiya qilishda qurilmani doimiy ulab ishlashga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa TTY qurilmalar bilan ishlaganda bu haqiqiy bosh og‘riqqa aylanishi mumkin. Shunday vaziyatlarda real terminalni virtualizatsiya qilish…
Ba’zan qurilmalar bilan ishlash yoki ularni integratsiya qilishda qurilmani doimiy ulab ishlashga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa TTY qurilmalar bilan ishlaganda bu haqiqiy bosh og‘riqqa aylanishi mumkin.
Shunday vaziyatlarda real terminalni virtualizatsiya qilish yoki jarayonlarni avtomatlashtirish uchun Unix tizimlarida pseudo-terminal, ya’ni PTY mexanizmi mavjud.
Tarixdan qarasak pty o‘xshash g‘oyalar 1960-yillarda paydo bo‘lgan. 1967-yilda Digital Equipment Corporationning PDP-6 time-sharing tizimida terminalga o‘xshash dasturiy interfeyslar ishlatilgan. 1970-yillarda Unix tizimlarida masofadan ishlash rivojlangach PTYga ehtiyoj oshdi. 1983-yilda esa bu mexanizm 4.2BSD tarkibida qo‘llanildi.
Bunday imkoniyat nega kerak edi?
Dastlab katta kompyuterlarni boshqarish uchun teletypewriter, ya’ni real TTY qurilmalar ishlatilgan. Ular kompyuterga fizik aloqa kanali orqali ulangan. Ammo foydalanuvchi tarmoq orqali serverga ulanganda, server tomonida fizik TTY bo‘lmaydi.
Muammo shundaki, login, shell va boshqa interaktiv dasturlar terminal mavjud deb hisoblab ishlashga mo‘ljallangan. Demak real terminal o‘rnini dasturiy ravishda bosadigan alternativ kerak bo‘lgan.
Pseudo-terminal aynan shu vazifani bajaradi. Real TTY xatti-harakatini taqlid qilib, dasturga terminal mavjuddek ko‘rsatadi. PTY master va slave qismlaridan iborat. Slave tomoni shell uchun haqiqiy terminal kabi ko‘rinadi, master tomoni esa SSH, terminal emulator, tmux yoki screen tomonidan boshqariladi.
Shu sababli bash, vim, top, htop va passwd kabi dasturlar real terminalga ulanmagan bo‘lsa ham, PTY orqali odatdagidek ishlashi mumkin.
Bugungi kunda SSH, xterm, GNOME Terminal, tmux, screen, expect, Docker va Kubernetes kabi vositalar PTYdan foydalanadi.
Qisqacha aytganda, PTY real terminalning dasturiy analogi. U masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, test va virtualizatsiyani osonlashtiradi.
Xuddi shu yondashuv orqali UART yoki boshqa serial qurilmalarni ham virtual yaratib, real qurilmasiz test va integratsiya qilish mumkin.
@yetimdasturchi
Assalomu alaykum hammaga
✋
Open Budget uchun
avto-bot
yaratib beramiz
🚀
📱
Telefon raqam orqali avtomatik ro‘yxatdan o‘tish
💰
Ovoz tasdiqlangach balansga pul tushishi
⚙️
Open Budget loyihalarini qo‘shish va almashtirish
💸
Minimal yechib olish limitini sozlash
📊
Ovozlar statusini kuzatish
📥
Excel hisobotlar
🖥
Web + Telegram admin panel
Barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan.
📩
Murojaat uchun:
@csharpchi
va
@shahzodbeeck
Xullas, miyamga bir fikr kelib qoldi.
BreachForumsdagi keyingi post sud tizimlari haqida bo‘lmasligi evaziga, mening ishimni qonuniy va tinch yo‘l bilan hal qilish masalasida Oliy sud bilan bir kelishuvga erishsak-chi?
Men shu kungacha ulardan hech qanday noqonuniy narsa so‘ramadim, noqonuniy talab ham qo‘ymadim. Sudyalarga ham hamma narsani chaynab bergandek, masalani boshidan oxirigacha tushunarli va tayyor holatda taqdim qilgandim. Faqat masala shu darajaga yetib keldiki, sudyalarning harakatlari ortidan bir dunyo xarajat, vaqt va sog‘liqni yo‘qotib, odam oxir-oqibat shunday yo‘l tutishga majbur bo‘larkan.
Ishim qonuniy va tinch yo‘l bilan hal bo‘lsa, men ham bu masalani shu yerda yopib, sud tizimlarining texnik holati, ichki tarmoqlar va chala sozlangan gatewaylari bilan bog‘liq mavzularga boshqa qaytmasdan, tinchgina o‘z yo‘limda davom etaman.
Menimcha oliy sudda svet o'chib qoldi. 172.30.1.10 ipdagi mashina javob bermay qoldi
😕