
“Yoshlik” jurnali
#mujda
“Yoshlik” jurnalining 2026-yil 6-son mundarijasi bilan tanishing!
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Veb-sayt
📱
Facebook
#mujda
Muqovada:
Yosh shoir Najmiddin Turon
Fotograf:
Ernest Kurtveliyev.
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Veb-sayt
📱
Facebook
#ustoz
MUALLIM
Muallim haqida so‘zim ushbudir:
Muallim kamolot ichra ko‘zgudir.
O‘qidim Gerodot, tarixni ko‘p bor,
Forobiy, Danteni takror va takror.
Barini o‘qidim, lol qoldi aqlim,
Bariga ustozsan o‘zing, muallim.
Alisher qalbiga solgan sehr-fayz
Sensan, ey muallim, ustoz Abul-Lays.
Qutlug‘ xonadonda qutlug‘ kalom bu,
Hamid Olimjon bu, G‘afur G‘ulom bu.
Buyuk Temur sendan topgandir ta’lim,
Sen shundoq, aziz zot, aziz muallim.
Rost aytsam, o‘zingsan eng avval daho,
Sen hayot ganjida durri bebaho.
Ulug‘ ayyomingda she’riy kalom bu,
Shogirdlar nomidan qutlug‘ salom bu.
1972
MUALLIMLARGA
Nechog‘ baxtiyorman, ta’zimda shu tob
Sizning sha’ningizga bitmoqdaman bayt.
Ne odam bo‘lardim, qo‘limda kitob
Biror harf tanimay tursaydim loqayd.
Siz-ku "Alifbo"dan "Qomus"gacha to
Bari-barisini tanitgan ustoz.
Ilk bor Siz ko‘rsatgan duraxshon Zuhro
Bukun she’rim ichra tashbihdir mumtoz.
Siz mo‘jaz yurakda yoqolgan yog‘du
Oqibat quyoshdek socha olur nur.
Buyuklar haqqiga qasamyod gap bu:
Sizdan boshlanadi asli Tafakkur.
Olamda ko‘p erur muborak onlar,
Tabarruk zotlar ham garchand ko‘p erur.
Sizgadir ilk rahmat, aziz insonlar,
Munis muallimlar, Sizga tashakkur.
1974
Abdulla Oripov,
O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Veb-sayt
📱
Facebook
#tavallud
Bugun – shoir Niyatullo Elbek o‘g‘lining tavallud topgan kuni!
Dengizni sevasan…
Sen dengizni sevasan, hayhot,
Xayolingda alvon yelkanlar.
Ertakchidek tuyilar senga
Dengizlarni ko‘rib kelganlar.
Men mavjlari ulkan dengizman,
Boshim Senda, poyonim hadsiz.
Sensiz men eng mashhur yolg‘izman,
Sog‘inchlari cheksiz, sarhadsiz.
Telbalardek chayqalar ruhim,
Sen bir suluv, men bir to‘pori.
Marvaridlar tutaman senga,
Agar kelsang ko‘ksimni yorib.
Sen dengizni sevasan, tamom,
Bu his go‘zal, bu his ko‘p yaxshi.
Orzu nedir bilarmi avom,
Tushunmaydi baxtimga qarshi…
Nigohlaring savolga to‘la,
Orzularga qo‘shilar g‘ayrat.
Mushtoqliging bilan bir yo‘la
Sog‘inchlaring keltirar hayrat.
Tuyg‘ular betutqich, beega,
Dunyolar tor keladir hisga.
Dengiz o‘yi qayerdan kelgan,
Daryolarni ko‘rmagan qizga?
Sen dengizni ko‘rmoqchisan, bas,
Haqiqatga aylanar tushlar.
Kelmoqdasan, daraklaringni
Yetkazmoqda chag‘alayqushlar.
Osmonlarga tutash bo‘lsam ham,
O, ishqimning bo‘yidan pastman.
Yo‘llaringga mushtoqman, lekin
Tashrifingga tayyor emasman!
Sen dengizni sevasan, men-chi?
Men dengizga aylanaman, kel!
Yaqin qolding, ortar sevinchim,
Iforingni keltirmoqda yel.
Tushlaringni kezinasan keng,
Tun. Jimgina orom olasan.
Tong. Dengizga aylanaman, sen
Ummonlarni sevib qolasan!
Men sochilib ketaman tamom!
🔗
Batafsil
➡️
“Yoshlik” /
2023/ 5
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Veb-sayt
📱
Facebook
#iqtibos
Adabiyot – ezgulikka, oliy maqsadlarga daxldor. U bepayon sahro oralab oqib borayotgan ulkan daryodir. Bu daryo ahamiyati ta’rif-tavsifga sig‘maydi, sarhad bilmaydi.
Azim Suyun
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Veb-sayt
📱
Facebook
#talaba_kundaligi
O‘qing, sira afsuslanmaysiz
Shu desangiz, ko‘ngil bir g‘aroyib hikoyalar o‘qishni tusadi. Amaliyot bahonasida “Yoshlik” jurnali tahririyatiga borgandik. Shu yergacha kelib quruq ketamanmi, degan o‘yda jurnalning yillik sonlarini jamlab olib kelgandim. Zap ish bo‘lgan ekan. Mutolaani boshlab yubordim.
“Yoshlik”ning 2024-yil 2-sonidan joy olgan fransuz adibi Prosper Merimening “Matteo Falkone” nomli hikoyasini o‘qidim-u, xayolning uchqur oti meni uzoqlarga olib ketdi. Tarjima juda ajoyib chiqqan. Mutarjimi kimsan, Ozod Sharafiddinov bo‘ladi-yu, ajoyib bo‘lmasmidi. Tili ravon, uslubi g‘oyat sodda. Hikoyani xatm qildim. O‘ylanib qoldim, bu hikoyaning syujet liniyasi atoqli adibimiz Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasidagi “Qochoq” nomli hikoya syujetiga juda-juda o‘xsharkan. Faqat yechimlar, qarashlar har xil. Keling, ushbu hikoyalar va ularning qahramonlari haqida birga fikr yuritsak.
👉
Davomi…
“Yoshlik” / 2025 / 9
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Veb-sayt
📱
Facebook
#qutlov
28
-
sentyabr
–
shoir
Shahobiddin
Ravshanovning
tavallud
topgan
kuni
!
* * *
Yomg‘ir, derazamni chertishni bas qil,
Yomg‘ir, jim ketaver zaminga singib.
Sen bilan ko‘rishsa, portlaydi qalbim,
So‘ng qayga boradi makonsiz sevgi?!
Yomg‘ir, derazamni chertishni bas qil,
Yodimga solmagin hu-uv o‘sha kuzni.
Sen ham tin olarsan tong oldi, lekin,
Boshlasak, to‘xtatib bo‘lmaydi bizni...
Yomg‘ir, derazamni chertishni bas qil…
* * *
Yomg‘irli kun. Sokin musiqa.
Derazamni chertar tomchilar.
O‘ylar ko‘nmas hech bir to‘siqqa,
Hatto meni izlab topdilar.
Sochim tortib o‘ynadi yoshlik,
Ishq ko‘ksimga qo‘rg‘oshin quydi.
Tashqaridan xo‘rsinib kelib,
Baxt yelkamga boshini qo‘ydi.
Derazamning oldida jimman,
O‘yga cho‘mdim, o‘yga yon berdim…
Yomg‘irli kun. Sokin musiqa.
Bi-ir ko‘nglimni aylanib keldim…
“Yoshlik” / 2022 / 7
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Veb-sayt
📱
Facebook
#iqtibos
Asl shoir tilsiz narsalarga zabon baxsh eta, ko‘z ilg‘amaydigan narsalarni ko‘rsata biladi.
***
Shoirlik − shoir bo‘lmaslik qo‘lidan kelmaganlarning qismati.
***
Asl she’riyat muhabbat yoki nafratdan tug‘iladi.
Qozoqboy YO‘LDOSH,
pedagogika fanlari doktori, professor
“Yoshlik” / 2025 / 12
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Veb-sayt
📱
Facebook
#tarjima
O‘lishidan avval butun dushmanlarini
afv qildi...
U shoirning “otasi haqida elas-elas bo‘lsa ham xotiralari bo‘lgan” yagona avlodi bo‘lib, Pushkin halok bo‘lganida Mariya 5 yoshda, ukalari va singlisi Natasha esa juda kichkina edilar. Mariya o‘z uyida savod chiqargan va tahsil olgan. U 9 yoshidayoq olmoncha va fransuzchani yaxshi tushungan hamda bemalol gapira olgan. Keyinchalik esa nufuzli Yekatirinski institutida ta’lim oldi, u va ukalarining bilim olishi bilan otasining pedagog do‘stlari hamisha jiddiy shug‘ullanishgan. Onasi qizaloq Mashaning shaddod bo‘lishidan xavotir olishiga qaramay, bu “chirkin o‘rdak bolasi” ulg‘aygani sari oqqushga aylana boshladi.
🔗
Davomi
...
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Veb-sayt
📱
Facebook
#nasr
Tabib
(Hikoya)
Ikki yil ketma-ket qurg‘oqchilikdan keyin kelgan bahor juda seryomg‘ir boshlandi. Qish bo‘yi ustma-ust yoqqan qor hali to‘la erimagan, suvga to‘ygan yer jalalarni singdirolmay ko‘cha boshidan oxiriga qadar katta ko‘lmak ostida yotar, halqobga sig‘magani quyiroq joy topib o‘zini pastlikka urardi. Odamlar loy kechib ko‘chaga chiqmas, tirikchilik yumushlarini ham tezroq yakunlab panaga shoshardi. Bu jalada nima qilsin?! Dehqon urug‘ini qadolmaydi, cho‘pon molini toqqa olib borolmaydi. Qishloq shalabbo odamday so‘ppayib qolgan.
🔗
Davomi...
Muyassar TILOVOVA
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Veb-sayt
📱
Facebook