Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Zairzade (Islom psixologiyasi)

zairzadee
Ruhiy og’riqdan ongli o’zgarish sari 🎓 MA in Philology & Psychology 📚 Researcher in Religious Psychology Ikbol Kurbonova Abdizoyirovna ✅ Kurslarga yozilish uchun 👇 @zairzade_admin
Подписчики
48 653
24 часа
-7
30 дней
-271
Просмотры
11 475
ER
23,59%
Посты (30д)
30
Символов в посте
773
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Религия и духовность
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Психология и консультация
Краткое описание
September 11, 14:48
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Shunday insonlar borki, ular bilan gaplashish qalbga huzur beradi. Shundaylari ham borki, ular bilan sukut saqlash eng katta ibodatdir.
Mavlono Rumiy
@zairzadee

September 11, 04:20
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!
❤️
Bugun Juma. Ko‘pchiligingiz orziqib kutadigan
Juma tuhfasi
kuni…
Bu safar sizlar uchun bera olishimiz mumkin bo‘lgan
eng katta hadyani
tayyorladik!
Startiga atigi
1 hafta qolgan “STOP G‘IYBAT” marafoni
ning narxini avvaldan imkon qadar arzon qilgan edik. Shunga qaramay, ko‘pchilik:
Juma kuni chegirma bo‘ladimi?”
— deb so‘radi.
Siz so‘radingiz, biz
“xo‘p”
dedik!
❤️
Faqat bugun ushbu marafonga
MAXSUS JUMA CHEGIRMASI
bilan qo‘shilishingiz mumkin.
Shuningdek,
“3-KO‘Z” loyihamizga qabul yakunlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi.
Individual konsultatsiya tartibiga chegirma berilmaydi. Ammo guruh tartibidagi darslar uchun
keyingi Juma chegirma bo‘lmasligini
hisobga olib,
aynan bugun so‘nggi MAXSUS CHEGIRMA
ni taqdim qilamiz!
Agar anchadan beri boshlashni istab, ammo ortga surib kelayotgan bo‘lsangiz — balki bugungi imkoniyat aynan siz uchundir…
🔴
Chegirma
faqat bugun amal qiladi
. Ertaga eski narx qaytadi va muddat uzaytirilmaydi.
Bizdan sizga Juma tuhfasi, sizdan esa duolaringizda eslab qo‘yishingizni umid qilamiz
🤲🏻
😊
➡️
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
🫴
@zairzade_admin
@zairzadee

September 10, 14:16

Duo qabulning ilk qadami
Ibn Arabiy “Futuhot” asarida shunday deydi:
“ALLOH bir narsani iroda qilmasidan avval, banda o‘sha istakni qalbida topa olmaydi”.
Ya’ni qalbingizda bir duo qilish istagi tug‘ilgan bo‘lsa, bu ham bejiz emas. Balki o‘sha duoning qalbingizga tushishi ALLOH sizni O‘ziga yuzlantirayotganining, duo eshigini ochayotganining bir belgisidir.
Oddiy inson istagining amalga oshishini kelajakdan kutadi: “Bir kuni bo‘ladi”, deydi. Orif esa hozirgi lahzada qalbiga tushgan ilohiy ishorani anglashga harakat qiladi.
“Biz insonga uning shox tomiridan ham yaqinmiz” oyati bizga shuni eslatadi: ALLOH bizga ertaga emas, ayni damda yaqindir. U qalbimizdagi aytilmagan so‘zlarni ham, ko‘zimizdagi yoshni ham, ichimizdagi eng pinhon ehtiyojni ham biladi.
Ammo bu “qalbimga tushdi, demak aynan men xohlagan shaklda albatta amalga oshadi”, degani emas. Duoning qabuli ba’zan so‘raganimizni berish, ba’zan bir baloni qaytarish, ba’zan esa undan ham yaxshirog‘ini nasib etish shaklida bo‘ladi.
Shunday ekan, faqat kelajakdagi natijani kutib yashamang. Hozir qalbingizga duo solingani, ALLOHga yuzlanish imkoniyati berilgani va U Zot bilan bog‘lanayotganingizning o‘zi ham buyuk bir ne’matdir.
Ehtimol, duoning qalbingizga tushishi qabul sari tashlangan ilk qadamdir…
@zairzadee

September 09, 04:24
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

NOL G‘IYBAT.
NOL MUHOKAMA.
NOL YOMON GUMON.
NOL HASAD.
NOL GINA.
Pok til. Pok qalb. Xotirjam ruh.
🤍
🔥
“STOP G‘IYBAT” marafoni startiga atigi 8 kun qoldi!
O‘zgalarni muhokama qilishdan o‘zingizni isloh qilishga o‘tish vaqti keldi.
🔴
To’liq ma’lumot
➡️
https://t.me/zairzadee/7470
Ishtirok
uchun adminga yozing
➡️
@zairzade_admin
@zairzadee

September 09, 03:38
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Bir-biringizning qadriga yeting. Chunki kutilmaganda ayrilib qolishingiz mumkin…
🪶
Aliy karromallohu vajhahu
Bugun yoningizda bo‘lgan inson ertaga ham bo‘lishiga hech kim kafolat bera olmaydi. Shuning uchun mehringizni yashirmang, yaxshi so‘zlaringizni ayashmang, uzr so‘rashni va kechirishni kechiktirmang.
Ba’zan inson ayrilgandan keyingina kimningdir qadrini chuqur anglaydi. Ammo kech qolgan sog‘inch qalbni o‘rtasada, o‘tgan fursatni qaytara olmaydi.
Qadriga yetish faqat yo‘qotgandan keyin yig‘lash emas, borligida e’zozlashdir…
🤍
@zairzadee

September 07, 13:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🛑
STOP G’IYBAT
Bir insonning go’shtini yegan bo’larmidingiz…?
Albatta, yo’q.
Lekin ALLOH taolo g’iybatni aynan o’lgan birodarining go’shtini yeyishga qiyos qildi. Shunga qaramay, nega bu gunoh bugun eng oddiy suhbatga aylanib qoldi?
Har kuni…
☑️
Qarindoshlar haqida gapiramiz.
☑️
Qo’shnilarni muhokama qilamiz.
☑️
Telegram guruhlarida yozamiz.
☑️
Instagramdagi odamlarni tahlil qilamiz.
Va eng achinarlisi…
Ko’pchiligimiz buni g’iybat deb ham hisoblamaymiz. Balki aynan shu gunoh sabab:
— qalbingiz siqilayotgandir…
— duolaringizning ta’sirini his qilmayotgandirsiz…
— ibodatning halovati yo’qolgandir…
ALLOH bizni ogohlantiryapti.
Endi esa navbat o’zimizni o’zgartirishda.
Shu maqsadda Sizni
4 kunlik “STOP G’IYBAT” marafoniga
taklif qilamiz.
Bu marafonda:
🌿
G’iybatning eng yashirin ko’rinishlarini bilib olasiz.
🌿
Nega tilimiz bu gunohga moyil bo’lishini tushunasiz.
🌿
G’iybatga olib keladigan ichki sabablarni Islom psixologiyasi asosida tahlil qilamiz.
🌿
Tilni tarbiya qilish va g’iybatni hayotdan batamom chiqarish uchun amaliy mashqlarni bajaramiz.
Bu shunchaki navbatdagi dars emas.
Bu tilni poklash, qalbni poklash va ALLOHga yanada yaqinlashish sari bir qadam.
🗓️
4 kunlik onlayn marafon
Ba’zi gunohlar qo’l bilan qilinmaydi…
Ular til bilan qilinadi.
Balki aynan bugun ularni to’xtatish vaqti kelgandir…
➡️
Ro’yxatdan o’tish uchun
@zairzade_admin
ga murojaat qiling
🔴
Atigi 10 kun qabul! Keyin yopiladi
@zairzadee

September 07, 13:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

September 07, 10:02
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Instagramdagi savol javobdan ilindik
❤️
@zairzadee

September 07, 04:34
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Hayot tajribalaridan shuni angladimki, sabrning haqiqiy mukofoti faqat yo‘lning oxiridagina kelmaydi.
Balki u qalb o‘z ishini ALLOHga topshirgan ilk lahzadanoq boshlanadi. Ana shunda qalb faqat rozilik bilan his qilish mumkin bo‘lgan ajib bir halovatni tuyadi. Unga kutishning achchiqligini unuttiradigan sakina tushadi.
Inson hamma narsani nazorat qilishga uringanida charchaydi. Ammo natijani ALLOHga topshirib, Uning taqdiriga ishonganida qalbi yengillashadi. Chunki tavakkul- hech narsa qilmay kutish emas, balki qo‘lingdan kelgan barcha sabablarni qilib, natijani xotirjamlik bilan ALLOHga topshirishdir.
Ba’zan javob kechikayotgandek tuyuladi. Aslida esa ALLOH bizni kutish orqali tarbiyalaydi, qalbimizni poklaydi va biz ko‘rmagan yaxshiliklarga tayyorlaydi. Yo‘qotganimiz biz uchun eng yaxshisi bo‘lmasligi, kechikkan narsa esa eng munosib vaqtda kelishi mumkin.
Sabr qilgan qalb asta-sekin shuni anglaydi: ALLOHning huzuridagi ne’matlar yo‘qotilgan narsalardan ulug‘roq, Uning tanlovi bizning istagimizdan go‘zalroqdir. U Zotning yengillik va najot haqidagi va’dasi esa o‘zgarmas haqiqatdir.
Shunday ekan, qalbingizni kutishning og‘irligi bilan emas, ALLOHning va’dasiga bo‘lgan ishonch bilan to‘ldiring. Balki siz izlayotgan halovat manzilga yetishda emas, o‘zingizni ALLOHga topshirganingizda boshlanar…
🤍
Kim ALLOHga tavakkul qilsa, bas, U unga kifoya qiladi.
— Taloq surasi, 3-oyat
@zairzadee

September 05, 04:39

Rizq faqat mol-dunyo, pul yoki ne’matlargina emas. Go‘zal xulq ham eng ulug‘ rizqlardan biridir.
Muloyimlik, sabr, hayo, kechirimlilik, shirinso‘zlik va insonlarning ko‘nglini og‘ritmaslik, bularning barchasi ALLOHning bandasiga bergan bebaho ne’matlaridir.
Agar sizga go‘zal va maqtovga loyiq xulq berilgan bo‘lsa, bilingki, rizqlarni taqsimlovchi Zot sizga alohida ne’mat ato etgan.
Chunki mol-dunyo qo‘lni boyitadi, go‘zal xulq esa qalbni bezaydi, insonni aziz qiladi va Jannatga yaqinlashtiradi.
Go‘zal xulqingiz uchun ham ALLOHga shukr qiling. Zero, hamma boylik ko‘zga ko‘rinavermaydi…
@
zairzadee